ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
962
O‘ZBEKISTONDA KONSTITUTSIYAVIY SUDGA FUQAROLAR VA YURIDIK
SHAXSLARNING MUROJAATLARI INSTITUTINI TAKOMILLASHTIRISH
MASALALARI: QIYOSIY HUQUQIY TAHLIL
Abdunazarova Maxliyo Raximovna
TDYU Davlat boshqaruvi huquqi mutaxassisligi magistranti.
Telefon: +99897-644-89-00.
abdunazarovamaxliyo04@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15706389
Annotatsiya.
Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda konstitutsiyaviy sudga fuqarolar va yuridik
shaxslarning murojaatlari institutining huquqiy asoslari, protsessual talablari va uni
rivojlantirish yo‘llarini o‘rganadi. “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi
to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunining normalari tahlil qilinib, Germaniya, Ozarbayjon,
Qirg‘iziston va Tojikiston kabi xorijiy davlatlar tajribasi bilan solishtirildi. Tadqiqot shuni
ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda faqat qonunlarga qarshi shikoyat qilish imkonini beruvchi qisman
konstitutsiyaviy shikoyat instituti joriy etilgan bo‘lib, bu tizimning qamrovi va foydalanish
imkoniyatlari xalqaro standartlarga, xususan, Venetsiya komissiyasi tavsiyalariga
moslashtirishni talab qiladi. Takliflar orasida to‘liq konstitutsiyaviy shikoyat modelini joriy etish
va protsessual samaradorlikni oshirish kiradi.
Kalit so‘zlar:
Konstitutsiyaviy shikoyat, O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi, huquqiy
islohot, qiyosiy huquq, konstitutsiyaviy adolat.
Аннотация.
В данном исследовании рассматриваются правовые основы,
процессуальные требования и пути развития института конституционной жалобы в
Узбекистане. Проанализированы нормы Конституционного закона "О Конституционном
суде Республики Узбекистан" и проведено сравнение с опытом таких зарубежных стран,
как Германия, Азербайджан, Кыргызстан и Таджикистан. Исследование показывает,
что в Узбекистане введен институт частичной конституционной жалобы, позволяющий
обжаловать только законы, при этом охват и возможности использования этой
системы требуют адаптации к международным стандартам, в частности, к
рекомендациям Венецианской комиссии. Среди предложений
-
внедрение полноценной
модели конституционной жалобы и повышение процессуальной эффективности.
Ключевые слова:
Конституционная жалоба, Конституционный суд Узбекистана,
правовая реформа, сравнительное правоведение, конституционное правосудие.
Abstract.
This study examines the legal foundations, procedural requirements, and
development paths of the constitutional complaint institution in Uzbekistan. The provisions of the
Constitutional Law "On the Constitutional Court of the Republic of Uzbekistan" were analyzed
and compared with the experiences of foreign countries such as Germany, Azerbaijan,
Kyrgyzstan, and Tajikistan. The research demonstrates that Uzbekistan has implemented a
partial constitutional complaint institution, which only allows appeals against laws, and the
scope and accessibility of this system require adaptation to international standards, particularly
the recommendations of the Venice Commission. The proposals include introducing a full
constitutional complaint model and enhancing procedural effectiveness.
Keywords:
Constitutional complaint, Constitutional Court of Uzbekistan, legal reform,
comparative law, constitutional justice.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
963
Kirish
Konstitutsiyaviy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari instituti fuqarolar
va yuridik shaxslarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilishning muhim mexanizmi
hisoblanadi. O‘zbekistonda bu institut O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunda belgilangan bo‘lib, u
“qonun Konstitutsiyaga zid bo‘lgan hollarda, barcha sud himoyasi vositalaridan
foydalanilgandan so‘ng Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish imkoniyatini beradi”
. Biroq,
O‘zbekiston tizimi faqat qonunlarga qarshi shikoyatlarni qamrab oladi, bu esa Germaniya yoki
Qirg‘iziston kabi keng qamrovli tizimlarga nisbatan cheklangan hisoblanadi. Ushbu maqolada
O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy shikoyat sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari
tizimining huquqiy asoslari tahlil qilinib, uning kamchiliklari aniqlanadi hamda xorijiy tajribaga
asoslanib, isloh qilish yo‘llari taklif etiladi. Tadqiqot O‘zbekiston konstitutsiyaviy shikoyat
institutini qanday takomillashtirishi mumkin?
–
degan savolga javob berishga qaratilgan:
Metodologiya
Ushbu tadqiqot ikki asosiy usuldan foydalanadi: huquqiy hujjatlar tahlili va qiyosiy
huquq tahlil. Huquqiy hujjatlar tahlilining tanlanishi tadqiqotning maqsadi bilan bog‘liq bo‘lib,
O‘zbekistonda konstitutsiyaviy shikoyat institutining huquqiy asoslarini chuqur o‘rganish, uning
kamchiliklarini aniqlash va xorijiy tajribaga asoslangan holda islohot yo‘llarini taklif qilishga
qaratilgan. U O‘zbekiston qonunchiligining ichki tuzilishi, talablari va amaliy qo‘llanilishini
tahlil qilishga yordam beradi. Qiyosiy huquq usuli esa O‘zbekiston tizimini Germaniya,
Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Tojikiston kabi davlatlarning tajribasi bilan solishtirish orqali uning
afzalliklari va kamchiliklarini aniqlashga xizmat qiladi Ushbu usullar birgalikda ishlatilishi
tadqiqotning ilmiy asosliligini va obyektivligini ta’minlaydi, chunki ular huquqiy tizimni ham
nazariy, ham amaliy nuqtai nazardan yoritadi.
Tadqiqotning asosiy ma’lumotlari O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunining 27–
30-moddalaridan olingan.
Bu moddalar fuqarolar va yuridik shaxslarning Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqini,
ish ko‘rish asoslarini, murojaat shakli va talablarini, shuningdek ilova qilinadigan hujjatlarni
tartibga soladi
Ushbu hujjatlar tizimning huquqiy asoslarini tahlil qilish va cheklovlarini
aniqlashda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, “Ozarbayjon Respublikasi Konstitutsiyasining 130
-
moddasi, unda qonunchilik, ijro, sud va munitsipal hujjatlarga qarshi shikoyat qilish huquqi
belgilangan”
, “Qirg‘iziston Respublikasining Oliy sud Konstitutsiyaviy palatasi to‘g‘risidagi
qonuni, “actio popularis” modelini mustahkamlovchi”
, “Tojikiston Respublikasining
1
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy
qonun. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021
-y., 03/21/687/0380-son.
5391934?ONDATE=28.04.2021%2000#-5400101
. Murojaat qilingan sana: 10.06.2025y
2
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy
qonun. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021
-y., 03/21/687/0380-son.
5391934?ONDATE=28.04.2021%2000#-5400101
. Murojaat qilingan sana: 10.06.2025y
3
Ozarbayjon Respublikasi. (1995). Ozarbayjon Konstitutsiyasi. MDH davlatlari qonunchiligi ma’lumotnomasi.
PravoInform Union
4
Qirg‘iziston Respublikasi. (2021). Oliy sudning konstitutsiyaviy palatasi to‘g‘risida qonun. Bishkek: Hukumat
nashriyoti.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
964
Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risidagi qonuni, qisman shikoyat tizimi va 6 oylik murojaat muddatini
belgilaydi”
2021-
yildagi qonun asosida konstitutsiyaviy shikoyat instituti joriy etildi. “Hozir
Konstitutsiyaviy sudga faqat qonun tashabbuslarini olg‘a suruvchilar, masalan, deputatlar
murojaat qilishi mumkin, xolos. Hatto senatorlarda ham bunday vakolat yo‘q. Endi esa taklifga
ko‘ra, har bir fuqaro shu sudga shikoyat qilishi mumkin bo‘ladi. Senator ham senator emas,
oddiy fuqaro sifatida shikoyat qilishga haqli bo‘ladi”
, deb qayd etgan Akmal Saidov
Konstitutsiyaviy shikoyat tushunchasiga olimlar turlicha ta’rif beradi. Xususan,
Chesheyko-
Sohaskiy “konstitutsiyaviy shikoyat Konstitutsiyaviy sudda maxsus sud ish yurituvi
orqali shaxslarning fundamental huquqlarini himoya qilish uchun davlat organlariga nisbatan
, deb qayd etadi. Mazkur ta’rif B. Banashakning fikrlari bilan yanada
aniqlashtiriladi: "Konstitutsiyaviy shikoyat davlat hokimiyati organlarining harakatlari yoki
harakatsizligi natijasida jismoniv va yuridik shaxslarning huquqlari (fuqarolik va ommaviy
huquqda) buzilgan hollarda Konstitutsiyaviy sudda maxsus sud ish yurituvi tartibi orqali himoya
qilinuvchi institutdi”
V.S. Kuxlivskiy “konstitutsiyaviy shikoyat”ni keng ma’noda
-vakolatli organlar
tomonidan konstitutsiyaviy shikoyatlar bilan bog‘liq normativ
-huquqiy hujjatlarning
konstitutsiyaviyligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha konstitutsiyaviy sud ish
yurituvining bir turi sifatida va tor ma'noda - xususiy huquq subyektining konstitutsiyaviy
nazorat organiga normativ-huquqiy hujjatning konstitutsiyaviyligini tekshirish talabi bilan
murojaat qilish huquqi sifatida ta’riflaydi
Konstitutsiyaviy shikoyatning ta’rifi va qamrovi bo‘yicha olimlar o‘rtasida jiddiy bahs
mavjud. Chesheykov-
Sohaskiy shikoyatni faqat “fundamental huquqlarni himoya qilish uchun
maxsus sud ish yurituvi” deb ta’riflaydi, bu esa O‘zbekistonning qisman tizimiga mos keladi,
chunki faqat qonunlarga qarshi shikoyatlarga ruxsat beriladi. Biroq, Kuxlivskiy shikoyatni
kengroq ma’noda –
konstitutsiyaviy nazoratning bir turi sifatida
–
ko‘radi va uni tor ma’noda
shaxslarning murojaat huquqi deb ta’riflaydi. Bu yondashuv Qirg‘izistonning “actio popularis”
modeliga yaqinroq, chunki u har qanday normativ hujjatni shikoyat obyekti sifatida qarashga
imkon beradi. Banashak esa shikoyatni davlat organlarining harakatlari yoki harakatsizligi
natijasida huquqlar buzilgan hollarga qaratilgan institut deb hisoblaydi. Bu ta’rif O‘zbekiston
tizimining cheklovlarini tanqid qilish uchun asos bo‘ladi, chunki sud qarorlari yoki ijro hujjatlari
shikoyat ob’ekti sifatida qaralmaydi. Chesheykov
-
Sohaskiyning cheklangan ta’rifiga qarama
-
qarshi ravishda, Kuxlivskiy va Banashakning yondashuvi kengroq qamrovni qo‘llab
-
quvvatlaydi, bu esa O‘zbekiston uchun to‘liq shikoyat modelini joriy etish zarurligini ko‘rsatadi.
5
Tojikiston Respublikasi. (2021). Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risida qonun. Dushanbe: Davlat nashriyoti.
6
. Saidov, A. (2023). O‘zbekiston konstitutsiyaviy shikoyat tizimini isloh qilish. *Toshkent Legal Review*, 7(1),
23
–
30.
7
Chesheykov-Sohaskiy, O. (2021). Konstitutsiyaviy shikoyatni aniqlash. *Yevropa konstitutsiyaviy tadqiqotlar
jurnali*, 8(3), 45
–
53
8
Banashak, B. (2021). Konstitutsiyaviy shikoyat huquqiy institut sifatida. *Konstitutsiyaviy huquq jurnali*, 12(4),
56
–
67.
9
Kuxlivskiy, V. S. (2021). Konstitutsiyaviy shikoyat: qamrov va qo‘llanilishi. “Xalqaro huquqiy tadqiqotlar
jurnali”, 15(2), 89–
102.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
965
Bundan tashqari, Venetsiya komissiyasining “to‘liq shikoyat modeli konstitutsiyaviy
adolatni ta’minlaydi”
qarshi ravishda, ba’zi olimlar cheklangan shikoyat
tizimlarining samaradorligini ta’kidlaydi, chunki ular sudlarning ish yukini kamaytiradi. Bu esa
O‘zbekiston uchun dolzarb, chunki murojaatlar sonining o‘sishi (1500 taga yetishi) sud ishlarini
boshqarishda qiyinchiliklar keltirib chiqarmoqda.
Natijalar
O‘zbekistonda konstitutsiyaviy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari
instituti 2021-
yilda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi
Konstitutsiyaviy qonun bilan qonuniylashtirildi va uning “27
-
moddaga ko‘ra, fuqarolar va
yuridik shaxslar Konstitutsiyaga zid qonunlarga qarshi shikoyat qilish huquqiga ega bo‘ldi. 28
-
modda shikoyatlar va davlat organlari murojaatlarini ish ko‘rish asoslari sifatida belgilaydi, 29
-
modda esa murojaatlarning yozma yoki elektron shaklda bo‘lishi, hujjatlar ro‘yxati va boshqa
talablarni keltiradi. 30-
modda qo‘shimcha hujjatlar, masalan, normativ
-huquqiy hujjat nusxalari
va sud himoyasi vositalarining tugallanganligini tasdiqlovchi dalillarni talab qiladi”
. 2021-yil
islohotidan so‘ng yillik murojaatlar soni 800–1000 tadan 1500 taga ko‘tarildi, lekin faqat16%
(127 ta) Konstitutsiyaviy sud vakolatiga kirdi .
Qiyosiy tahlil
Germaniyada konstitutsiyaviy shikoyatlar sud ishlarining 95% ni tashkil qiladi va turli
normativ hujjatlarni qamrab oladi
. Ozarbayjonning 130-moddasi qonunchilik, ijro, sud va
munitsipal hujjatlarga qarshi shikoyatlarga ruxsat beradi. Qirg‘iziston to‘liq konstitutsiyaviy
shikoyat modelini qo‘llaydi, 97
-
modda va “actio popularis” tamoyiliga asoslanib, har bir shaxs
huquqlari buzilgan deb hisoblasa, shikoyat qilishi mumkin. Tojikiston qisman tizimga ega bo‘lib,
normativ hujjatlar va Oliy sud tushuntirishlari shikoyat ob’ekti sifatida qaraladi, lekin murojaat
muddati 6 oy bilan cheklangan. Venetsiya komissiyasi to‘liq shikoyat modelini qo‘llab
-
quvvatlaydi (Venetsiya komissiyasi, 2021).
O‘zbekistondagi muammolar:
O‘zbekiston tizimi faqat qonunlarga qarshi shikoyatlarni qamrab oladi, bu Ozarbayjon
yoki Qirg‘izistonga nisbatan cheklangan Murojaatlarning 84% sud vakolatiga kirmaydi, bu
protsessual samarasizlik va jamoatchilikning tushunmovchiligini ko‘rsatadi Bundan tashqari,
murojaat qilish huquqi cheklangan, masalan, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar
shikoyat qilish huquqiga ega emas.
Muhokama
O‘zbekistonning qisman konstitutsiyaviy shikoyat tizimi konstitutsiyaviy ustunlikni to‘liq
ta’minlashga xalaqit beradi, chunki u qonunlardan tashqari boshqa hujjatlar yoki sud qarorlarini
qamrab olmaydi. Qirg‘izistonning “actio popularis” modeli kengroq ishonch va institutsional
javobgarlikni ta’minlashini ko‘rsatadi.
10
Venetsiya komissiyasi. (2021). Konstitutsiyaviy adolat bo‘yicha xulosa. Strasburg: Yevropa Kengashi.
11
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi
konstitutsiyaviy qonun. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021
-y., 03/21/687/0380-son.
https://lex.uz/acts/-5391934?ONDATE=28.04.2021%2000#-5400101
. Murojaat qilingan sana: 10.06.2025y
12
Benda, K., & Klein, E. (2004). “
Verfassungsprozessrecht
”. Heidelberg: C. F. Müller Verlag.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
966
Venetsiya komissiyasi keng qamrovli shikoyat mexanizmlarini qo‘llab
-quvvatlaydi
Statistik ma’lumotlarga yuzlanadigan bo‘lsak
, 2022-yilda 1376 ta, 2023-yilda 1474 ta, 2024-
yilda 1400 ta, 2025-yilning birinchi choragida 501 ta konstitutsiyaviy shikoyatlarning kelib
tushgani, murojaatlar sonining o‘sishi sud ishlarini boshqarishda protsessual islohotlar zarurligini
ko‘rsatmoqda.
Biroq, shikoyatlarning katta qismi qonunosti hujjatlari va sud iqarorlariga tegishli, bu esa
O‘zbekistonda to‘liq konstitutsiyaviy shikoyat institutning o‘rnatilishiga talab borligini bildiradi.
Takliflar:
1.Shikoyat qamrovini barcha normativ hujjatlar va sud qarorlarini qamrab olish uchun
kengaytirish.
2.Elektron murojaat jarayonlarini soddalashtirish orqali foydalanish imkonini oshirish.
3.Sud vakolatlaridan jamoatchilikni xabardor qilish uchun targ‘ibot ishlarini ko‘paytirish.
4.Tojikistondagi kabi 6 oylik murojaat muddatini joriy etish.
Xulosa
O‘zbekistonning konstitutsiyaviy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari
instituti muhim islohot bo‘lsa
-da, xalqaro konstitutsiyaviy adolat standartlariga moslashish
uchun kengaytirilishi kerak.
To‘liq shikoyat modelini joriy etish, protsessual aniqlikni oshirish va Qirg‘iziston,
Ozarbayjon kabi davlatlar tajribasidan foydalanish orqali O‘zbekiston qonun ustuvorligini
mustahkamlashi mumkin. Kelgusida taklif etilgan islohotlarning amaliy ta’siri va mintaqaviy
konstitutsiyaviy tizimlar bilan mosligini o‘rganish zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi
to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021
-
y.,03/21/687/0380-son.
https://lex.uz/acts/5391934?ONDATE=28.04.2021%2000#-
2.
Benda, K., & Klein, E. (2004). “Verfassungsprozessrecht”. Heidelberg: C. F. Müller
Verlag.
3.
Chesheykov-
Sohaskiy, O. (2021). Konstitutsiyaviy shikoyatni aniqlash. “Yevropa
konstitutsiyaviy tadqiqotlar jurnali”, 8(3), 45–
53.
4.
Kuxlivskiy, V. S. (2021). Konstitutsiyaviy shikoyat: qamrov va qo‘llanilishi. “Xalqaro
huquqiy tadqiqotlar jurnali”, 15(2), 89–
102.
5.
Ozarbayjon Respublikasi. (1995). Ozarbayjon Konstitutsiyasi. “MDH davlatlari
qonunchiligi ma’lumotnomasi”. PravoInform Union.
6.
Qirg‘iziston Respublikasi. (2021). Oliy sudning konstitutsiyaviy palatasi to‘g‘risida qonun.
Bishkek: Hukumat nashriyoti.
7.
Banashak, B. (2021). Konstitutsiyaviy shikoyat huquqiy institut sifatida. Konstitutsiyaviy
huquq jurnali 12(4), 56
–
67.
8.
Saidov, A. (2023). O‘zbekiston konstitutsiyaviy shikoyat tizimini isloh qilish. Toshkent
Legal Review, 7(1), 23
–
30.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
967
9.
Tojikiston Respublikasi. (2021). Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risida qonun. Dushanbe: Davlat
nashriyoti.
10.
Venetsiya komissiyasi. (2021). Konstitutsiyaviy adolat bo‘yicha xulosa. Strasburg:
Yevropa Kengashi.
