1581
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
KONSTITUTSIYAVIY SUDGA FUQAROLAR VA YURIDIK SHAXSLARNING
MUROJAATLARI: TARIXIY RIVOJLANISH, NAZARIY ASOSLAR VA ZAMONAVIY
TENDENSIYALAR
Abdunazarova Maxliyo Raximovna
TDYU Davlat boshqaruvi huquqi mutaxassisligi magistranti
Telefon: +998976448900
abdunazarovamaxliyo04@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15531488
Annotatsiya. Ushbu maqola konstitutsiyaviy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning
murojaatlari
institutining
kelib
chiqishi,
rivojlanish
tarixi,
ilmiy-nazariy
asoslari,
metodologiyasi, muammolari va takliflarini tahlil qiladi. Maqolada konstitutsiyaviy sudga
fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari institutining zamonaviy konstitutsiyaviy
huquqdagi o‘rni, uning samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar keltirilgan. Tadqiqotda
tarxiy-huquqiy,
qiyosiy-huquqiy,
nazariy-huquqiy
va
statistik-huquqiy
metodlardan
foydalanilgan.
Kalit so‘zlar: konstitutsiyaviy sudga murojaat, konstitutsiyaviy sud, inson huquqlari,
qonun ustuvorligi, demokratiya, huquqiy davlat.
Kirish
Konstitutsiyaviy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari instituti zamonaviy
konstitutsiyaviy huquqning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u fuqarolar va yuridik shaxslarning
asosiy huquq va erkinliklarini himoya qilishning samarali vositasidir. Ushbu maqola
konstitutsiyaviy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari institutining kelib chiqishi,
rivojlanish tarixi, ilmiy-nazariy asoslari, metodologiyasi, muammolari va takliflarini tahlil qiladi.
Metodologiya
Ushbu tadqiqotda quyidagi metodologik yondashuvlardan foydalanildi:
•
Tarixiy-huquqiy metod: Konstitutsiyaviy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning
murojaatlari institutining kelib chiqishi va rivojlanish tarixini o‘rganish.
•
Qiyosiy-huquqiy metod: Turli mamlakatlarning konstitutsiyaviy sudga fuqarolar
va yuridik shaxslarning murojaatlari institutlarini qiyosiy tahlil qilish.
•
Nazariy-huquqiy metod: Konstitutsiyaviy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning
murojaatlari institutining ilmiy-nazariy asoslarini o‘rganish.
•
Statistik-huquqiy metod: Konstitutsiyaviy sudlarning faoliyati to‘g‘risidagi
statistik ma’lumotlarni tahlil qilish.
Natijalar va muhokama
Konstitutsiyaviy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari institutining
kelib chiqishi.
Konstitutsiyaviy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari
institutining ilk ildizlari XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Avstriya va Germaniyada paydo
bo‘lgan. Bu davlatlarda fuqarolar va yuridik shaxslarning asosiy huquq va erkinliklarini himoya
qilish zarurati tufayli konstitutsiyaviy nazorat mexanizmlari shakllana boshladi.
Gans Kelzen
: “Konstitutsiyaviy sud fuqarolar va yuridik shaxslarning asosiy huquqlarini
himoya qiluvchi eng oliy sud bo‘lishi kerak”
1
. Kelzenning “Sof huquqiy ta’limot” asarida
konstitutsiyaviy sudning huquqiy davlatdagi roli batafsil tahlil qilingan. U konstitutsiyaviy sudni
“negativ qonun chiqaruvchi” sifatida tasvirlaydi, chunki u konstitutsiyaga zid bo‘lgan qonunlarni
1
Kelzen, G. (1928). “Avstriya Konstitutsiyasi”
1582
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
bekor qilish vakolatiga ega.
Karl Shmitt
: “Konstitutsiyaviy sud siyosiy qarorlar qabul qilishda muhim rol o‘ynaydi”
2
.
Shmittning “Konstitutsiyaviy huquq ta’limoti” asari konstitutsiyaviy sudning siyosiy jihatlarini
o‘rganishga bag‘ishlangan. Shmitt konstitutsiyaviy sudni “konstitutsiya himoyachisi” sifatida
ko‘radi, chunki u konstitutsiyani siyosiy ta’sirlardan himoya qiladi.
Robert Aleksey
: “Konstitutsiyaviy sud inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya
qilishda muhim rol o‘ynaydi, bu esa huquqiy davlatning ajralmas qismidir”
3
.
Dyordy Ulman
: “Konstitutsiyaviy sud, demokratiya va qonun ustuvorligini kafolatlash
uchun muhim institutdir”
4
Yuqoridagu olimlarning fikrlarini qiyosiy tahlil qiladigan bo‘lsak,
Kelzen
konstitutsiyaviy sudning huquqiy jihatlariga e’tibor qaratgan bo‘lsa, Shmitt esa uning siyosiy
jihatlariga urg‘u beradi. Kelzen konstitutsiyaviy sudni “negativ qonun chiqaruvchi” sifatida
ko‘rsa, Shmitt uni “konstitutsiya himoyachisi” sifatida ko‘radi. Shunga qaramasdan, ikkala olim
ham konstitutsiyaviy sudning fuqarolar va yuridik shaxslar huquqlarini himoya qilishdagi muhim
rolini tan oladi. Robert Aleksey va Dyordy Ulmanlar esa, konstitutsiyaviy sudni inson huquqlari,
demokratiya va qonun ustuvorligining muhim kafolati deb hisoblaydi.
Konstitutsiyaviy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari institutining
rivojlanish tarixi
XX asrning birinchi yarmida Birinchi jahon urushidan keyin ba’zi Yevropa
mamlakatlarida, jumladan, Avstriyada konstitutsiyaviy sudlar tashkil etildi va ular fuqarolar va
yuridik shaxslarning individual murojaatlarini ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘ldi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin inson huquqlari va qonun ustuvorligi g‘oyalari keng
tarqalgach, konstitutsiyaviy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari instituti ko‘plab
mamlakatlarda, jumladan, Italiya, Ispaniya, Portugaliya va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida ham
joriy etildi.
Ispaniya
: 1978-yilgi Konstitutsiya bilan birgalikda, Ispaniya Konstitutsiyaviy sudi
fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlarini himoya qilish uchun muhim institutga aylandi.
Ispaniya konstitutsiyasining 161.1.b moddasiga ko‘ra, Konstitutsiyaviy sud fuqarolar va yuridik
shaxslarning asosiy huquq va erkinliklarini buzuvchi qonunlarga qarshi murojaatlarni ko‘rib
chiqish vakolatiga ega
5
.
Fransiya
: 2008-yildagi konstitutsiyaviy islohotdan song ustuvor konstitutsiyaviy
savol(QPC) mexanizmi joriy etildi. Ushbu mexanizm fuqarolar va yuridik shaxslarga o‘z
huquqlarini himoya qilishning samarali vositasini taqdim etadi. Fransiyaning Konstitutsiyaviy
qonunining 61-1 moddasiga binoan, har bir sud jarayonida, agar qonun konstitutsiyaga zid deb
hisoblansa, shu savol konstitutsiyaviy kengashga yuborilishi mumkin
6
.
XX asr oxiri va XXI asr boshlarida demokratik o‘tish jarayonida ko‘plab postsovet
mamlakatlarida, jumladan, Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston va boshqa davlatlarda konstitutsiyaviy
sudlar tashkil etildi va ular fuqarolar va yuridik shaxslarning individual murojaatlarini ko‘rib
chiqish huquqiga ega bo‘ldi.
O‘zbekistonda ham konstitutsiyaviy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari
instituti yaqinda joriy etildi. 2023-yilgi yangi tahrirdagi konstitutsiyamiz asosida fuqarolar va
2
Shmitt, K. (1931). “Konstitutsiyaviy huquq ta’limoti”
3
Aleksey, R. (2002) “Huquq nazariyasi”
4
Ulman, D. (1998) “Konstitutsiyaviy huquq asoslari”
5
Ispaniya Konstitutsiyasi
6
Fransiya Konstitutsiyaviy Kengashi
1583
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
yuridik shaxslarga konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqi berildi. O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi 55-moddasiga ko‘ra, har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini
sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining
qonunga
xilof
harakatlari
ustidan
sudga
shikoyat
qilishi
7
kafolatlangan bo‘lsa,
133-moddasida Konstitutsiyaviy sudning vakolatlariga, fuqarolar va yuridik shaxslar, agar sud
orqali himoya qilishning boshqa barcha vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, sudda ko‘rib
chiqilishi tugallangan muayyan ishda sud tomonidan o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan qonunning
Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi shikoyat bilan O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qilishga haqli
8
ekanligi belgilandi. Bu norma “Konstitutsiyaviy
sud to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni
9
bilan
ham
mustahkamlandi.
Konstitutsiyaviy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari institutining
ilmiy-nazariy asoslari quyidagilar:
-Konstitutsiyaviy ustuvorlik prinsipi
: Konstitutsiya davlatning oliy qonuni bo‘lib,
barcha boshqa qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar unga muvofiq bo‘lishi kerak.
-Inson huquqlari prinsipi
: Har bir insonning asosiy huquq va erkinliklari mavjud bo‘lib,
ular davlat tomonidan himoya qilinishi kerak.
-Qonun ustuvorligi prinsipi
: Barcha davlat organlari va fuqarolar qonunga bo‘ysunishi
kerak.
-Demokratiya prinsipi
: Davlat hokimiyati xalqqa tegishli bo‘lib, u o‘z vakillari orqali
amalga oshiriladi.
Konstitutsiyaviy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari institutining
muammolari
Bugungi kunda Konstitutsiyaviy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari
institutining samaradorligi ko‘plab omillarga, jumladan, konstitutsiyaviy sudning mustaqilligi,
uning resurslari va shikoyat predmeti, jamiyatning huquqiy madaniyatiga bog‘liq. Ba’zi
mamlakatlarda bu institut Konstitutsiyaviy sudlarning siyosiy ta’sirga beriluvchanligi,
murojaatlarni ko‘rib chiqishning uzoq davom etishi, fuqarolar va yuridik shaxslarning o‘z
huquqlari haqida xabardorligining pastligi kabi muammolarga duch kelmoqda Xususan,
O‘zbekistonda fuqarolar va yuridik shaxslarning konstitutsiyaviy sudga murojaat qilishlaridagi
asosiy muammo, agar sud orqali himoya qilishning boshqa barcha vositalaridan foydalanib
bo‘lingan bo‘lsa, sudda ko‘rib chiqilishi tugallangan muayyan ishda sud tomonidan o‘ziga
nisbatan qo‘llanilgan boshqa normativ hujjatlar emas, faqatgina qonunning Konstitutsiyaga
muvofiqligi to‘g‘risidagi shikoyat bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga
murojaat qilishga haqli ekanligi bilan bog‘liq deb hisoblaymiz. Bu holat Konstitutsiyamizning
55-moddasi talablariga zid keladi hamda fuqaro va yuridik shaxslarning Konstitutsiyaviy sud
orqali buzilgan huquqlarini tiklashni cheklab qo‘yadi.
Takliflar
Yuqoridagi muammolardan kelib chiqib, qonunchilikdagi ziddiyatlarni bartaraf etish
uchun moddaga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritilishi zarurati mavjud deb o‘ylaymiz. Ilg
7
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 55- modda. (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-
son),
8
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 133-modda. (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y.,
03/23/837/0241-son),
9
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy
qonun 27-moddasi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 03/21/687/0380-son.
1584
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
‘or xorijiy tajribaga e’tibor qaratadigan bo‘lsak,
Germaniya Konstitutsiyasining
94-moddaning
4a-qismida asosiy huquqlaridan biri yoki huquqlaridan biri davlat organi tomonidan buzilganligi
to‘g‘risida har qanday shaxs tomonidan berilishi mumkin bo‘lgan konstitutsiyaviy shikoyatlar
berishi mumkinligi belgilab o‘tilgan
10
.
Germaniyaning Federal Konstitutsiyaviy sud
to‘g‘risidagi qonun
ning (Bundesverfassungsgerichtsgesetz – BVerfGG) 92-moddasida,
shikoyatchi o‘z huquqlari buzilganlini talab qilgan organ yoki organning xatti-harakati yoki
harakatsizligi ustidan konstitutsiyaviy sudga shikoyat qilishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
Polsha Konstitusiyasining
79-moddada Konstitutsiyaviy erkinliklari yoki huquqlari
poymol etilgan har bir shaxs qonunda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra o‘zining erkinliklari yoki
huquqlari yoki Konstitutsiyada belgilangan majburiyatlari to‘g‘risida sud yoki davlat boshqaruvi
organi tomonidan yakuniy qaror qabul qilgan
qonun yoki boshqa normativ hujjat
ning
Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi qarori uchun Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilishga
haqli
ekanligi,
Polsha
Konstitutsiyaviy
Tribunal
sudining
47-moddasi
2-qismida
Konstitutsiyaviy shikoyat Tribunal tomonidan qonunlarning Konstitutsiyaga muvofiqligi,
shuningdek
boshqa normativ-huquqiy hujjatlar
ning Konstitutsiya yoki qonunlarga
muvofiqligi to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish qoidalari va tartibi asosida ko‘rib chiqilishi
belgilangan
11
.
Konstitutsiyaviy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari institutining
samaradorligini oshirish uchun quyidagi takliflarni ilgari suramiz:
-Konstitutsiyaviy sudlarning mustaqilligini ta’minlash.
-Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini qisqartirish.
-Fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqiy savodxonligini oshirish.
-Konstitutsiyaviy sudga murojaat mexanizmlarini soddalashtirish.
“Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy
qonunining 27-moddasiga fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan konstitutsiyaviy sudga
shikoyat qilish predmetini barcha normativ-huquqiy hujjatlar deb kengaytirish.
Xulosa
Konstitutsiyaviy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaatlari instituti zamonaviy
konstitutsiyaviy huquqning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u fuqarolar va yuridik shaxslarning
asosiy huquq va erkinliklarini himoya qilishning samarali vositasidir. Ushbu institutning
rivojlanishi demokratiya va qonun ustuvorligi g‘oyalarining tarqalishi bilan chambarchas
bog‘liqdir. Takliflarning qabul qilinishi natijasida fuqaro va yuridik shaxslarga konstitutsiyaviy
sudga nafaqat qonun, balki boshqa normativ xususiyatdagi qonunosti hujjatlari ustidan ham
shikoyat qilish imkoniyati vujudga keladi va bu ularning huqularini konstitutsiyaviy sud tartibida
himoya qilinishini kafolatlarini oshiradi.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 55- modda. (Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son),
2.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi
to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
28.04.2021-y.,
03/21/687/0380-son.
10
(Germaniya Federativ Respublikasining asosiy qonuni Federal qonun gazetasining III qismi, tasnif raqami
100-1 da nashr etilgan qayta ko'rib chiqilgan tahrirda, 2025 yil 22 martdagi Qonun bilan oxirgi tahrirda Federal qonun gazetasi
2025 I, № 94)
11
Polsha Konstitutsiyaviy Tribunal sudining 47-moddasi
1585
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
5391934?ONDATE=28.04.2021%2000#-5400101
3.
Kelzen, G. (1928). “Avstriya Konstitutsiyasi”
4.
Shmitt, K. (1931). “Konstitutsiyaviy huquq ta'limoti”
5.
Авакьян, С. А. (2005). Конституционное право России. Москва: Норма.
6.
Aleksey, R. (2002) “Huquq nazariyasi”.
7.
Ulman, D. (1998) “Konstitutsiyaviy huquq asoslari”.
8.
Germaniya Federativ Respublikasining asosiy qonuni Federal qonun gazetasining III
qismi, tasnif raqami 100-1 da nashr etilgan qayta ko'rib chiqilgan tahrirda, 2025 yil 22
martdagi Qonun bilan oxirgi tahrirda Federal qonun gazetasi 2025 I, № 94)
9.
Polsha Konstitutsiyaviy Tribunal sudining 47-moddasi
10.
Ispaniya Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risidagi qonun
