THE SUBJECT OF CRIME-THE IMPORTANCE OF CRIME AS AN IMPORTANT ELEMENT OF ITS COMPOSITION: NATIONAL AND FOREIGN EXPERIENCE

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Abdunazarova, M. (2023). THE SUBJECT OF CRIME-THE IMPORTANCE OF CRIME AS AN IMPORTANT ELEMENT OF ITS COMPOSITION: NATIONAL AND FOREIGN EXPERIENCE. Modern Science and Research, 2(7), 11–16. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/22312
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the concepts and essence of the structure of the crime and the qualification of the act, the importance of the subject of the crime, which is considered an important element of the structure of the crime as the basis of criminal responsibility, the similar and different aspects of the national and foreign experience in this field are revealed.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

11

JINOYAT SUBYEKTI – JINOYAT TARKIBINING MUHIM ELEMENTI

SIFATIDAGI AHAMIYATI: MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA

Abdunazarova Maxliyo Raximovna

Jizzax viloyati yuridik texnikumi

“Xususiy-huquqiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi

Telefon: +998976448900

maxliyo.abdunazarova@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.8208922

Annotatsiya.

Mazkur maqolada jinoyat tarkibi va qilmishni kvalifikatsiya qilish

tushunchalari hamda mohiyati, jinoiy javobgarlikning asosi sifatida jinoyat tarkibining muhim
elementi hisoblangan jinoyat subyektining ahamiyati, bu sohada milliy va xorijiy tajribaning
o‘xshash hamda farqli jihatlari ochib berilgan.

Kalit so‘zlar:

jinoyat tarkibi, kvalifikatsiya, jinoyat tarkibi elementlari, jinoyat subyekti,

jinoyatda subyekt yoshi, aqli rasolik, aqli norasolik, maxsus subyekt.

THE SUBJECT OF CRIME-THE IMPORTANCE OF CRIME AS AN

IMPORTANT ELEMENT OF ITS COMPOSITION: NATIONAL AND FOREIGN

EXPERIENCE

Abstract.

In this article, the concepts and essence of the structure of the crime and the

qualification of the act, the importance of the subject of the crime, which is considered an
important element of the structure of the crime as the basis of criminal responsibility, the similar
and different aspects of the national and foreign experience in this field are revealed.

Key words:

composition of crime, qualification, elements of composition of crime, subject

of crime, age of subject in crime, sanity, insanity, special subject.

ЗНАЧЕНИЕ СУБЪЕКТА ПРЕСТУПЛЕНИЯ КАК СУЩЕСТВЕННОГО

ЭЛЕМЕНТА СОСТАВА ПРЕСТУПЛЕНИЯ: ОТЕЧЕСТВЕННЫЙ И ЗАРУБЕЖНЫЙ

ОПЫТ

Аннотация

. В данной статье раскрываются понятия и сущность состава

преступления и квалификации деяния, значение предмета преступления, который
рассматривается как важный элемент состава преступления как основание уголовной
ответственности, выявлены сходные и различные аспекты отечественного и
зарубежного опыта в этой области.

Ключевые слова:

состав преступления, квалификация, элементы состава

преступления, субъект преступления, возраст субъекта преступления, вменяемость,
невменяемость, специальный субъект.

Ma’lumki, shaxs tomonidan jinoyat sodir etish holatlari insoniyat tarixining har qanday

davrida mavjud bo‘lgan va o‘zining ijtimoiy xavfliligi bilan ajralib turgan. Shu tufayli, bugungi
kunda dunyo mamlakatlarining barchasida jinoyatchilikka qarshi kurashish davlat siyosatining
muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Har qanday davlatda jinoiy-huquqiy siyosatni
amalga oshirishning dastlabki va muhim bosqichi – bu qonun hujjatlarida jinoyat uchun
javobgarlikni belgilashdir. Bundan ko‘zlangan maqsad ijtimoiy hayotda sodir etilgan real
qilmishning belgilarini jinoyat qonunida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi belgilariga solishtirish
orqali uning qanday jinoyat ekanligini va unga nisbatan qay turdagi jazo tayinlash kerakligini


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

12

aniqlash hisoblanadi. Aynan mazkur jarayon “qilmishni kvalifikatsiya qilish” deb nomlanadi.
Jinoyatni kvalifikatsiya qilishning asosini jinoyat qonunida belgilangan aniq jinoyat tarkibi tashkil
etadi. Ya’ni, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ijtimoiy hayotda sodir etilgan real qilmishni
kvalifikatsiya qilishda Jinoyat kodeksining Maxsus qismi moddasida nazarda tutilgan jinoyat
tarkibiga tayanadi.

Jinoyat tarkibi deb – ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat deb baholash uchun zarur bo‘lgan

obyektiv va subyektiv belgilarning minimal yig‘indisiga aytiladi.

Bu belgilar jinoyat qonuni Maxsus qism normalarida mustahkamlanganligi bois, u yoki bu

ijtimoiy xavfli qilmishning jinoyat deb baholanmog‘i uchun zaruriy belgi bo‘lib hisoblanadi.

Jinoyat tarkibi elementlarini – jinoyat tarkibining obyektiv va subyektiv tomonlarining

zaruriy va fakultativ belgilari tashkil etadi.

Jinoyat tarkibi elementlari:
- jinoyat obyekti;
- jinoyatning obyektiv tomoni;
- jinoyat subyekti;
- jinoyatning subyektiv tomoni.
Xususan, V.N.Kudryavsev “Qilmishda jinoyat tarkibi belgilari yig‘indisining mavjudligi

bu jinoiy javobgarlikka tortish uchun eng kam va yetarli asoslar borligini anglatadi. Eng kam
degani shu ma’nodaki, agar qilmishda jinoyat tarkibining zaruriy belgilaridan kamida bittasining
yo‘qligi shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish mumkin emasligini anglatadi. Yetarli deganda,
shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun qo‘shimcha ma’lumotlarni (obyektiv va subyektiv
belgilardan tashqari) yig‘ishning zarurati yo‘qligidir” degan fikrni ilgari suradi [3]. Shunga
o‘xshash fikrlarni milliy huquqshunos olimlarimiz ham bildirishgan. Jumladan, M.Usmonaliyev
va P.Bakunov jinoyat tarkibi deganda, jinoyat qonunida ko‘zda tutilgan muayyan ijtimoiy xavfli
harakat yoki harakatsizlikning jinoiyligini ifodalovchi tomonlar (elementlar) yig‘indisini nazarda
tutadi [4]. A.S.Yoqubov va R.Kabulovning fikricha, “Jinoyat tarkibi jinoyat qonunchiligida aniq
bir ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat deb ta’riflovchi eng kam va yetarli obyektiv hamda subyektiv
belgilar yig‘indisidir” [5]. F.Xudoyqulov esa “Jinoyat tarkibi – bu har qanday jinoyatning tashqi
va ichki tuzilishini o‘zida namoyon etadigan subyektiv va obyektiv belgilarining minimal va
yetarli yig‘indisidir” deb yozadi [6].

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 16-moddasining 2-qismida jinoiy

javobgarlikning asosi jinoyat tarkibi ekanligi belgilangan. Unga ko‘ra, “Jinoyat kodeksida nazarda
tutilgan jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo‘lgan qilmishni sodir etish javobgarlikka
tortish uchun asos bo‘ladi” [2]. Mazkur norma mazmunidan kelib chiqqan holda, sud tergov
organlari muayyan qilmishni jinoyat deb topish va uni JK Maxsus qismining biror moddasi bilan
kvalifikatsiya qilishda jinoyat tarkibini aniqlashga e’tibor qaratadilar.

Endi jinoyat tarkibining muhim elementlaridan bo‘lgan jinoyat subyektiga e’tibor

qaratadigan bo‘lsak, jinoyatning subyekti - Jinoyat kodeksi bilan taqiqlangan ijtimoiy xavfli
qilmishni sodir qilgan va qonunga muvofiq ravishda jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin
bo‘lgan yoshdagi jismoniy shaxsdir. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 17-moddasiga
ko‘ra, jinoyat sodir etgunga qadar jinoyat qonunida belgilangan yoshga to‘lgan (JKning 17-
moddasi), aqli raso (JK 18-moddasi, JK 18

1

-moddasi), jismoniy shaxslar jinoyatning subyekti

bo‘la oladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

13

Jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish jarayonida jinoyat subyektini aniqlash bilan shartlangan

kvalifikatsiya qilish qoidalari jinoyat subyektining quyidagi asosiy belgilarini to‘g‘ri belgilash
lozimligi bilan shartlanadi. Ular quyidagilardan iborat, ya’ni jinoyat subyekti:1) jismoniy shaxs
bo‘lishi; 2) jinoiy javobgarlikka tortish yoshiga yetganligi; 3) aqli raso bo‘lishidir.

Demak, bundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, jinoyatning subyekti faqat jismoniy

shaxs bo‘lishi kerak bo‘ladi. Bu esa, yuridik shaxslarning jinoyat subyekti bo‘lishi mumkinligini
inkor etadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, jinoyatning subyekti faqat jismoniy shaxslar (inson)
bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham hayvonlar yoki boshqa predmetlar yoxud mulk shaklidan
qat’i nazar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘gan korxona, muassasa, tashkilotlar jinoyatning
subyekti bo‘la olmaydilar.

Muayyan turdagi jinoyat subyektini aniqlash insonning ijtimoiy munosabatlar individi

sifatida uning kimligi, yoshi, jinsi yoki familiyasi, ismi va otasining ismini belgilab olishni talab
etadi. Chunki bunday talablar faqat insonga xosdir. Shaxsning kimligi, yoshi, jinsi yoki familiyasi,
ismi va otasining ismini aniqlamay turib, uning javobgarligi to‘g‘risidagi masalani hal etish
mumkin emas.

Shu bilan birga, shaxs haqidagi ma’lumotlarni individuallashtirish uchun uning avvalgi

jinoiy faoliyatini ham aniqlash jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi va
u kvalifikatsiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etadi (masalan, shaxsning sudlanganligi va boshq.).

Ta’kidlash joizki, shaxsning familiyasi, ismi yoki otasining ismi haqidagi ma’lumotlarni

aniqlashda, ushbu shaxsning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi yoki fuqarolik pasporti asos qilib
olinadi.

Jinoyat subyektining jinoiy javobgarlikka tortilish minimal yoshini nazarda tutuvchi

jinoyatlarning ro‘yxati 0‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 17-moddasida belgilangan.
Mazkur normada nazarda tutilmagan jinoyatlar uchun jinoiyjavobgarlikka tortishning umumiy
yoshi 16 yosh etib belgilangan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining jinoyat qonunchiligiga
asosan Jinoyat sodir etgunga qadar o‘n to‘rt yoshga to‘lgan shaxslar (JK 17-m. 2-q.), 16 (JK 17-
m. 1-q.) va 18 (JK 17-m. 3-q.) yoshga to‘lgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 7-dekabrdagi O‘RQ-735-sonli Qonuniga ko‘ra 13 yosh
jinoyat subyekt yoshidan olib tashlandi. Shu o‘rinda xorijiy davlatlar tajribasiga nazar tashlaydigan
bo‘lsak, Rossiya, Moldova, Germaniya va Janubiy Koreya jinoyat qonunchiligini tahlil
qilganimizda, subyekt yoshining minimal chegarasi 14 yosh ekanligini ko‘rdik. Ammo, Avstraliya
jinoyat qonunida bu chegara 10 yosh hisoblanadi. Avstraliya JK 7.1-moddasiga muvofiq, 10
yoshdan kichik bo‘lgan bolalar jinoyat uchun javobgarlikka tortilmaydi. 7.2-moddada
ta’kidlanishicha, 10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘z xulq-atvorining huquqqa xilofligini
anglay olgan taqdirdagina, jinoyat uchun javobgarlikka tortiladi. Demak, qilmishni Avstraliya
Jinoyat kodeksidan kelib chiqib, kvalifikatsiya qilishda yuqoridagi jinoyat elementlarining
barchasi aniqlanishi lozim.

Jinoyat subyektining yoshini belgilash qoidalari. Jinoyat subyektining yoshi shaxsini

tasdiqlovchi hujjatlar (fuqarolik pasporti, tug‘ilganlik haqida guvohnoma va boshq.) asosida
belgilanadi.

Ayrim hollarda, shaxsda uning tug‘ilgan kuni va yilini tasdiqlovchi hujjatlar yo‘qotilgan,

nobud qilingan yoki boshqa sabablarga ko‘ra bo‘lmasligi mumkin. Bunday hollarda shaxsning
yoshini hujjatlar asosida tasdiqlovchi ma’lumotlarni boshqa manbalardan, masalan, ichki ishlar


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

14

idoralarining pasport bo‘limlaridan, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlaridan va
boshqalardan olish kerak. Agar bunday ma’lumotlar yuqorida qayd etilgan organlarda ham turli
sabablarga ko‘ra saqlanib qolmagan bo‘lsa yoki uni olishning imkoni bo‘lmasa, shaxsning ota-
onasi yoki yaqin qarindoshlarini (ota-ona, aka-uka, opa-singil, buvi- buva) so‘roq qilish yo‘li bilan
aniqlanadi.

Yuqoridagi holatlar natijasida ham subyektning yoshini aniqlashning imkoni bo‘lmasa,

buning uchun sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanadi va uning xulosasi asosidajinoyat subyektining
yoshi belgilanadi.

JK 17-moddasining mazmuniga ko‘ra, jinoyat subyekti bo‘lish uchun shaxsning qonunda

ko‘rsatilgan yoshga to‘lganligi va aqli raso bo‘lishi talab qilinadi.

Ammo,

aqliy

rivojlanishdan orqada qolgan shaxslar aqli norasolar bilan

tenglashtirilmaydi. Chunki, ular aqliy rivojlanishdan orqada qolgan bo‘lsa-da, aqli raso
hisoblanadilar va shunga ko‘ra, ular muayyan jinoyatning subyekti bo‘la oladilar. Ammo sudlar
bunday shaxslarga jazo tayinlashda ularni javobgarlik yoki jazodan ozod qilish asoslarini ko‘rib
chiqishlari shart. Lekin bunday shaxslarning javobgarligini hal qilishda sud ularning o‘z
harakatlari ahamiyatini anglay olish va boshqara olish qobiliyatidan kelib chiqishi kerak.

Amaldagi jinoyat qonunida faqat aqli raso shaxslar javobgarlikka tortilishlari va sodir

etgan ijtimoiy xavfli qilmishlari uchun sudlanishlari mumkinligi qayd etilgan. Demak, aqli rasolik,
shaxsni belgilangan yoshga yetishi bilan birga, jinoiy javobgarlik vujudga kelishining zaruriy
sharti hisoblanadi.

Jinoyat kodeksi 18-moddasining 1-qismiga muvofiq, jinoyat sodir etish vaqtida o‘z

qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglagan va o‘z harakatlarini boshqara olgan
shaxs aqli raso deb topiladi. Yuridik adabiyotlarda, «aqli rasolik» tushunchasi o‘zining yuridik
mezoniga va o‘z navbatida, uning ikki turdagi, ya’ni aqliy (intellektual) va irodaviy belgilariga
ega boTishi bilan tavsiflanishi lozimligi qayd etilgan.

Aqli rasolikning aqliy (intellektual) belgisi shaxs tomonidan sodir etilgan qilmishning

ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglab yetish qobiliyatidan iborat bo‘ladi. Irodaviy belgi esa
shaxsning o‘z xulq-atvorini boshqarish layoqatini anglatadi.

Shaxsni aqli noraso deb topish uchun quyidagi ikki mezonni aniqlash kerak: 1) yuridik

(huquqiy); 2) tibbiy (biologik). Shaxsning sodir etgan qilmishi va uning jinoyat sodir etishga
bol‘gan ruhiy munosabatida ushbu belgilarning aniqlanmaganligi, uni aqli noraso deb topish
uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘z navbatida, shaxsni aqli noraso deb topish uni jinoiy
javobgarlikka tortishni inkor etadi.

Aqli norasolikning yuridik mezoni ikki belgidan iborat: aqliy (intellektual) va irodaviy.

Aqliy (intellektual) belgi shaxsni o‘z qilmishining ijtimoiy xavfliligini anglamasligini anglatadi.
Shaxs ruhiyat (psixika)ining bu xususiyati sodir etayotgan qilmishining faktik xususiyati va uning
ijtimoiy mohiyatini tushunish qobiliyati yo‘qligini ifodalaydi. Irodaviy belgi shaxsning o‘z
harakatini boshqara olish layoqatini aks ettiradi.

Aqli norasolik deganda shaxsning ruhiy holatiga ko‘ra, sodir etayotgan jinoyatning

mohiyatini anglamasligi va uni boshqara olmasligi tushuniladi. Jinoyat kodeksi 18-moddasining
2-qismida ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli noraso holatda bo‘lgan, ya’ni surunkali
ruhiy kasalligi; ruhiy holati vaqtincha buzilganligi; aqli zaifligi yoki boshqa tarzdagi ruhiy
kasalligi sababli, o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmagan yoki harakatlarini boshqara


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

15

olmagan shaxsning javobgarlikka tortilmasligi belgilangan. Ushbu qoida asosida, aqli norasolik
holati jinoiyjavobgarlikni istisno qiladi. Shaxsning aqli norasoligi tibbiy va yuridik mezonlar
birligi va majmui bilan aniqlanadi.

Jinoyat subyekti bo‘yicha jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda jinoyat subyektining maxsus

belgilarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’kidlash kerakki, maxsus subyektning
alomatlari bo‘lmagan hollarda bu jinoyat mutlaqo mavjud emasligini bildirsa, boshqa hollarda
jinoiy javobgarlik boshqa moddalar bo‘yicha mavjud bo‘ladi, ya’ni jinoiy- huquqiy kvalifikatsiya
o‘zgaradi.

Maxsus subyekt belgilarini aniqlash qoidalari. Bir qator jinoyat tarkiblarida jinoyat

subyektining umumiy belgilari bilan uning maxsus, qo‘shimcha belgilari ham nazarda tutiladi.
Qonun chiqaruvchi muayyan jinoyat tarkibida jinoyat subyektining maxsus belgilarini nazarda
tutishi, ushbu jinoyat subyektlarining cheklanganligini anglatadi. O‘zbekiston Respublikasining
Jinoyat kodeksida maxsus subyekt belgilarini nazarda tutuvchi bir qator jinoyatlar nazarda
tutilgan, shuning uchun ham ularni umumlashtirish va tasniflash mumkin.

Jinoyatning maxsus subyekti deb jinoyatning maxsus xususiyatini ifoda etuvchi, jinoiy-

huquqiy norma dispozitsiyasida nazarda tutilgan, jinoyat subyektining umumiy belgilari (aqli
rasoligi, qonunda belgilangan yoshga yetganligi) dan tashqari qo‘shimcha maxsus belgiga ega
bo‘lgan shaxsga aytiladi.

JK Maxsus qismida shunday normalar borki, shaxsning aqli raso va muayyan yoshga

yetganligining o‘zi, o‘sha jinoyatning subyekti deb hisoblashga asos bo‘la olmaydi. Bunday
normalarda o‘sha jinoyatning asosiy belgilaridan tashqari qonun talab etgan yana boshqa maxsus
belgining bo‘lishi zarur. Masalan, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyatining o‘ta xavfli
retsidivist tomonidan sodir etilganligi uchun JK 104-moddasi 3-qismining «в» bandida
javobgarlik nazarda tutilgan. Qilmishni ushbu band bilan kvalifikatsiya qilish uchun shaxs albatta,
o‘ta xavfli retsidivist huquqiy maqomiga ega bo‘lishi kerak, undan boshqa shaxs
mazkurjinoyatning subyekti bo‘la olmaydi. Boshqaruv tartibiga qarshi alohida mansabdor
shaxslar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarda ayblash uchun shaxs, albatta, qonunga muvofiq
mansabdor bo‘lishi kerak. Shaxsni harbiy jinoyatlarda ayblash uchun u albatta, harbiy xizmatchi
bo‘lishi kerak va hokazo.

Jinoyatning maxsus subyekti o‘z mazmuniga ko‘ra, turli-tumandir. Maxsus subyektlar

sodir etadigan jinoyatlarda boshqa shaxslar jinoyatning bajaruvchisi sifatida jinoyatning subyekti
bo‘la olmaydilar. Jinoyatning maxsus subyekti belgilari jinoiy-huquqiy normaning
dispozitsiyasida tavsiflanadi yoki undan bevosita kelib chiqadi.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida ijtimoiy xavfli

qilmish sifatida e’tirof etilgan har bir jinoyat bo‘yicha jinoyat subyektining jinoiy- huquqiy
belgilarini to‘g‘ri aniqlash jinoyatlarga to‘g‘ri huquqiy baho berishga xizmat qiladi. Shu bilan
birgalikda subyekt yoshiga kiritilgan o‘zgartirishni ham ijobiy baholab, uni yetakchi xorijiy
davlatlar tajribasiga muvofiq deb hisoblaymiz.


REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “Jinoyat va jinoyat protsessual
qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3723-son
Qarori // O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari milliy bazasi;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

16

2.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, 1994-yil 22-sentabr, // O‘zbekiston
Respublikasi Qonun hujjatlari milliy bazasi;

3.

Кудрявцев В.Н. Обшая теория квалификация преступлений. М., 20074. Usmonaliyev M.,
Bakunov P. Jinoyat huquqi. Umumiy qism: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik.—T.: «Nasaf»,
nashriyoti, 2010. – B. 553.;

4.

Yakubov A., Kabulov R. Jinoyat huquqi. Umumiy qism: Darslik. – T.: O‘zbekiston
Respublikasi IIV Akademiyasi, 2009. – B. 374.;

5.

Xudayqulov F.X. Jinoyat va jinoyat tarkibi tushunchalari hamda ular (subyektiv va obyektiv)
belgilarining o‘zaro munosabati: instrumental tahlil va taklif // Huquqiy tadqiqotlar jurnali //
– 2021. – Т. 6. – №. 11.;

6.

Уголовный кодекс Российской Федерации // https://www.consultant.ru = ht814952 (июня
13, 1996 года).;

7.

Avstraliya jinoyat kodeksi // https://www.refworld.org = hh5687312 (1995). (The criminal
code of the South Korea // https://www.refworld.org = hh5687312 (1995)

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “Jinoyat va jinoyat protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3723-son Qarori // O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari milliy bazasi;

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, 1994-yil 22-sentabr, // O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari milliy bazasi;

Кудрявцев В.Н. Обшая теория квалификация преступлений. М., 20074. Usmonaliyev M., Bakunov P. Jinoyat huquqi. Umumiy qism: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik.—T.: «Nasaf», nashriyoti, 2010. – B. 553.;

Yakubov A., Kabulov R. Jinoyat huquqi. Umumiy qism: Darslik. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2009. – B. 374.;

Xudayqulov F.X. Jinoyat va jinoyat tarkibi tushunchalari hamda ular (subyektiv va obyektiv) belgilarining o‘zaro munosabati: instrumental tahlil va taklif // Huquqiy tadqiqotlar jurnali // – 2021. – Т. 6. – №. 11.;

Уголовный кодекс Российской Федерации // https://www.consultant.ru = ht814952 (июня 13, 1996 года).;

Avstraliya jinoyat kodeksi // https://www.refworld.org = hh5687312 (1995). (The criminal code of the South Korea // https://www.refworld.org = hh5687312 (1995)

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов