Authors

  • Zokirjon Boymurodov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.108733

Keywords:

advokat tekshiruvi yuridik yordam fuqarolarning huquq va erkinliklari jinoyat-protsessual qonunchilik.

Abstract

Ushbu maqolada advokatlik tekshiruvini universal huquqiy himoya vositasi va konstitutsiyaviy malakali yuridik yordam olish huquqini amalga oshirishning asosiy mexanizmi sifatida talqin etuvchi original konsepsiyasi bayon etilgan. Bunda advokat tomonidan ishonch bildiruvchining pozitsiyasini asoslash uchun sudgacha bo‘lgan bosqichda dalillarni mustaqil va erkin yig‘ish va sudda himoyasi ostidagi shaxs manfaatlarini huquqiy himoya qilishligi yoritilgan.

background image

798

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

ADVOKAT TEKSHIRUVI: HUQUQIY VA TASHKILIY JIHATLAR

Boymurodov Zokirjon Anvar o'g'li

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15671341

Annotatsiya.

Ushbu maqolada advokatlik tekshiruvini universal huquqiy himoya vositasi

va konstitutsiyaviy malakali yuridik yordam olish huquqini amalga oshirishning asosiy
mexanizmi sifatida talqin etuvchi original konsepsiyasi bayon etilgan. Bunda advokat tomonidan
ishonch bildiruvchining pozitsiyasini asoslash uchun sudgacha bo‘lgan bosqichda dalillarni
mustaqil va erkin yig‘ish va sudda himoyasi ostidagi shaxs manfaatlarini huquqiy himoya
qilishligi yoritilgan.

Kalit so‘zlar.

advokat tekshiruvi, yuridik yordam, fuqarolarning huquq va erkinliklari,

yuridik yordam, jinoyat-protsessual qonunchilik.

Аннотация.

В данной статье изложена оригинальная концепция адвокатского

расследования как универсального средства правовой защиты и основного механизма
реализации конституционного права на получение квалифицированной юридической
помощи. Освещается осуществление адвокатом независимого и свободного сбора
доказательств на досудебной стадии для обоснования позиции доверителя, а также
защита прав и законных интересов лица, находящегося под защитой, в судебном
процессе.

Ключевые слова:

адвокатское расследование, юридическая помощь, права и

свободы граждан, юридическая помощь, уголовно-процессуальное законодательство.

Annotation.

This article presents an original concept of legal investigation by a defense

attorney as a universal means of legal protection and a key mechanism for the realization of the
constitutional right to qualified legal assistance. It highlights the attorney’s independent and
unrestricted collection of evidence at the pre-trial stage to substantiate the client’s position and
ensure legal protection of the defendant’s rights and interests during court proceedings.

Keywords:

legal investigation, legal assistance, citizens’ rights and freedoms, legal aid,

criminal procedural legislation.

KIRISH.

Yurtimizda inson va fuqaro huquq-erkinliklarining konstitutsiyaviy kafolatlari orasida

malakali yuridik yordam olish huquqi alohida o‘rin egallaydi. Bu huquqni amalga oshirish
shaxsning huquqiy maqomini tashkil etuvchi boshqa huquq va erkinliklarni himoya qilishga
qaratilgan bo‘lib, qonun va sud oldida tenglik, aybsizlik prezumpsiyasi, odil sudlov kabi
umumhuquqiy tamoyillarni amalga tatbiq etadi. Shuningdek, sud jarayonida taraflarning
dalillarni to‘plash va taqdim etishda teng huquqlarga ega bo‘lishini nazarda tutuvchi tortishuv
tamoyilini ham ro‘yobga chiqaradi. Shu sababli, malakali yuridik yordam olish huquqining
muhim elementlaridan biri advokatlik tekshiruvi instituti hisoblanadi. Bu institut advokatga
ishonch bildiruvchining huquqiy pozitsiyasini asoslash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni so‘rab
olish, qabul qilish, saqlash, baholash va hech qanday to‘siqsiz taqdim etish vakolatlarini beradi.

Sud hujjatlarini tegishlilik va maqbullik mezonlariga javob beradigan ishonchli

ma’lumotlar bilan asoslash zarurligi haqidagi talab tobora ustuvor bo‘lib borayotgan huquqni
qo‘llash amaliyotining rivojlanishi va advokatning yuridik isbotlashdagi rolini o‘rganishga
qo‘shimcha qiziqish uyg‘otmoqda. Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi "advokatni jalb
qilishning o‘zi ayblanuvchiga ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan yordamning samaradorligini


background image

799

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

ta’minlamaydi" deb ta’kidlab, 2017-yilda "Dalillarni taqdim etish imkoniyati"ni faol huquqiy
himoyaning zaruriy tarkibiy qismi sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatib o‘tgan.

O‘zbekiston

Respublikasining

“Advokatura

to‘g‘risida”gi

Qonunining

6-moddasiga muvofiq, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni o‘tkazish va
ishni sudda ko‘rib chiqish chog‘ida yoki ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib
chiqayotgan organlarda va boshqa vakolatli organlarda ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ish
yoki jinoyat ishi materiallariga qo‘shib qo‘yilishi, shuningdek albatta baholanishi lozim bo‘lgan
dalillarni to‘plash va taqdim etish

1

huquqiga ega hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasining

Jinoyat-protsessual kodeksi 87-moddasi 2-qismiga asosan himoyachi jinoyat ishi bo‘yicha
dalillarni to‘plash va taqdim etishga haqli

2

hisoblanib, dalillarga ishga taalluqli axborotga ega

bo‘lgan shaxslarni so‘rovdan o‘tkazish hamda ularning roziligi bilan yozma tushuntirishlar olish;
davlat organlariga va boshqa organlarga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga
so‘rov yuborish hamda ulardan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar, tushuntirishlar kabilar kiradi.
Bunga ko‘ra milliy qonunchiligimizga asosan advokat dalillarni to‘plash huquqiga ega
hisoblansada lekin advokatlik tekshiruvini o‘tkazolmaydi va qonchilikka mazkur atama hali
kiritilmagan. O‘zi aslida advokatlik tekshiruvi nima degan savol tug‘ilishi mumkin?

E. G. Martinchikning ta’kidlashicha, "advokatlik tekshiruvi ... jinoyat ishlari bo‘yicha

sudgacha ish yuritishning tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘ladi, dastlabki tergovning yangi
turi bo‘lib, u mavjud surishtiruv va dastlabki tergov shakllarini uyg‘un ravishda to‘ldiradi

3

.

Shuningdek, "E.G. Martynchik" advokatlik tergoviga quyidagicha ta’rif bergan: “Advokatlik
tergovi — bu qonunga asoslangan, huquqiy asoslarga tayanadigan, advokat tomonidan jinoyat
ishi bo‘yicha sudgacha bo‘lgan bosqichda, himoyasi ostidagi shaxs yoki ishonch bildirgan shaxs
manfaatlarini ko‘zlab, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
uchun ahamiyatli bo‘lgan dalillar va holatlarni aniqlash, belgilash va mustahkamlash maqsadida
amalga oshiriladigan ommaviy-huquqiy faoliyat turidir.”

4

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi va “Sudlar to‘g‘risida”gi

Qonunda bunday pozitsiyani asoslash uchun quyidagi qoidalari keltirilgan. Birinchidan, jinoyat
protsessi o‘zining barcha bosqichlarida tortishuvli hisoblanadi va tortishuv tomonlarning teng
huquqliligini taqozo etadi. Biroq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining
Maxsus qismi normalari dastlabki tergovning (bahssiz) xususiyatini saqlab qolgan. Sababi,
tergovchi, surishtiruvchi, prokuror ishning to‘la huquqli "xo‘jayinlari" bo‘lgan va shunday bo‘lib
qolmoqda. Himoyachi ular bilan protsessning teng huquqli ishtirokchisiga aylanmagan va eng
muhimi - ayblov va himoya o‘rtasidagi qarama-qarshilik ustida doimiy ishlaydigan sud -
ularning nizolarida hakam paydo bo‘lmagan. Shu sababli, jinoyat protsessining sudgacha bo‘lgan
ish yurituvida advokatlik tekshiruvining asosi sifatida taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi
mavjud emas. Bunda Jinoyat-protsessual kodeksi bilan himoyachiga o‘zining dalillarni
"to‘plash" imkoniyatlarini belgilash advokatni tergovchi va surishtiruvchi kabi dalillarni to‘plash
subyektiga aylantirmaydi. Bunda birinchidan, Jinoyat-protsessual kodeksining 81-moddasi 2-
qismida ko‘rsatilgan dalil turlari orasida himoyachi tomonidan shaxsni so‘roq qilish ham,

1

Oʼzbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrdagi «Аdvokatura toʼgʼrisida»gi Qonuni // Oʼzbekiston

Respublikasi Oliy Majlisining Аxborotnomasi, 1997

2

Oʼzbekiston Respublikasining 1995 yildagi «Jinoyat-protsessual kodeksi»gi Qonuni // Oʼzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisining Аxborotnomasi, 1995

3

Адвокатское расследование в уголовном процессе. Теоретико- методологические основы доктрины

адвокатского расследования : учеб. пособие. М., 2012. С. 121.

4

См.: Мартынчик Е.Г. Адвокатское расследование в уголовном процессе, 2009. С. 91, 115–126.


background image

800

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

advokat so‘rovi bo‘yicha olingan hujjatlar ham mavjud emas. Mutaxassis xulosasi mavjud,
ammo u bila turib yolg‘on xulosa berganligi uchun mutaxassisning jinoiy javobgarligi yo‘qligi
sababli amaliyotda to‘liq bo‘lmagan dalil sifatida baholanadi. Ikkinchidan, himoyachi tomonidan
to‘plangan barcha materiallar jinoyat ishiga, shu bilan birga o‘zining (advokatning) ishiga emas,
balki dastlabki tergov organlarining ish yurituvidagi ishga qo‘shib qo‘yilishi kerak. Biroq, bunda
surishtiruvchi, tergovchi advokatga har qanday iltimosnomani qanoatlantirishni rad etishga haqli
hisoblanadi.

Bundan

ko‘rinib

turibdiki,

advokatlik

tekshiruvi

konsepsiyasi

nafaqat

jinoyat-protsessual qonun hujjatlari qoidalariga asoslanmagan, balki jinoyat sud ish yurituvi
tabiatiga ham mos kelmaydi. Advokat tekshiruvi konsepsiyasining asossizligi ildizlari jinoyat-
protsessual huquqi shakllanishining tortishuv va dalillarni to‘plash institutlariga qaraganda
chuqurroq qatlamlarida yotadi. Ma’lumki, G‘arbiy Yevropa davlatlarining jinoyat protsessi
rivojlangan. Angliya fuqarosi uchun azaldan yuridik nizoni hal qilish uning shaxsiy ishi bo‘lib
kelgan. Fuqarolik-huquqiy nizo bo‘yicha ham, jinoyat munosabati bilan ham shaxs mustaqil
ravishda o‘z foydasiga dalillar to‘plagan va sudga murojaat qilgan, sud esa vaziyatni tomonlar
ishtirokida, ya’ni tortishuv asosida hal qilgan. Bunday protsess xususiy da’vo (yoki xususiy
ayblov) protsessi deb atalib, u shaklan tortishuv protsessidan boshqa narsa bo‘lishi mumkin emas
edi.

Amerika tajribasi.

AQSHda advokatlik tekshiruvi "criminal defense investigation" deb ataladi va bu faoliyat

AQSH Konstitutsiyaning 6-tuzatishiga asoslangan bo‘lib, bunda jinoyat ishida gumon qilinuvchi,
ayblanuvchi shaxsga malakali himoyachi yollash va adolatli sudlovda ishtirok etish huquqi
kafolatlangan. Shu bois advokatlar jinoyat ishlarida mustaqil tergov o‘tkazish huquqiga ega
hisoblanadi. Shuningdek AQSHda datslabki tergov jarayonida discovery tizimi mavjud bo‘lib,
bunda prokurorlar va himoyachilar o‘zaro o‘zlari tomondan to‘plangan dalillarni almashishadi.
Bu orqali advokat prokurorlar tomonidan aniqlangan dalillarni baholaydi va advokat ushbu
dalillarni rad etishi yoki qarshi dalillar to‘plashi mumkin bo‘ladi. Dalillarni yig‘ishda esa
advokat guvohlarni so‘roq qilish huquqiga ega hisoblanadi.

Buyuk Britaniya tajribasi.

Buyuk Britaniyada jinoyat ishlarida advokatlar – "solicitor" va "barrister"lar mustaqil

tarzda tergov o‘tkazish huquqiga ega. Bu faoliyat "pre-trial preparation" doirasida amalga
oshiriladi. Advokatlar guvohlar bilan mustaqil suhbatlar o‘tkazishi, ekspertlarni jalb qilishi,
voqea tafsilotlarini qayta o‘rganishi mumkin. Bu orqali ular sudda prokuratura tomonidan
keltirilgan dalillarga qarshi dalillarni taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Shuningdek,
prokuror o‘zi tomonidan to‘plagan dalillarni advokatga ko‘rsatishga majbur hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi normalariga asosan

advokatning dalillarni to‘plash va taqdim etish faoliyati sohasidagi tarmoqli tartibga solishning
yetarli darajada mukammal bo‘lmaganligi, ya’ni uning tegishli vakolatlarini amalga oshirish
bo‘yicha “tayyor xulq-atvor modellari” mavjud emasligi, advokat surishtiruvi (advokatlik
tergovi)ni

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida asoslangan umumiy huquqiy

prinsiplarning xususiy ifodasi sifatida qarashni oqlaydi. Jinoyat protsessida tortishuv talabining
amal qilish doirasini nafaqat sud bosqichida balki sudgacha bo‘lgan bosqichda kengaytirish,
ya’ni uni sudgacha bo‘lgan ish yurituviga ham tatbiq etish faqat jinoyat protsessimizni tubdan
o‘zgartirish orqali mumkin bo‘ladi. Buning uchun jinoiy ta’qibning ommaviy yo‘nalishidan voz
kechib, jinoyat ishlarini hal etishning xususiy da’vo tartibiga o‘tish zarur. Masalan, V. Yu.


background image

801

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Melnikov shunday yozadi: "Angliya-Amerika jarayonida sudgacha bo‘lgan jarayondan olingan
ma’lumotlar himoyachiga tergovchi bilan parallel ravishda tergov o‘tkazish, "xususiy tergov
harakatlarini” amalga oshirish huquqini berish to‘g‘risidagi takliflarning asosini tashkil etadi

5

”.

Xulosa va takliflar.

1

.

Jinoyat-protsessual kodeksga advokatga mustaqil tergov o‘tkazish huquqini

mustahkamlovchi normalarni kiritish

.

Bunga sabab, hozirgi kunda jinoyat-protsessining

sudgacha bo‘lgan bosqichida xususan dastlabki tergovda advokatura instituti bilan tergov
organlarining maqomi amalda bir xil emasligi. Bunda advokat Jinoyat-protsessual kodeksiga
asosan faqatgina dalillarni to‘plash vakolatiga ega hisoblanib, ularni tekshirish yoki baholash
vakolatiga ega emas va u tomonidan to‘plangan barcha dalillar jinoyat-protsessual kodeksining
87-moddasi
2-qismiga asosan surushtiruvchi, tergovchi va prokuror tomonidan tekshirilib, jinoyat ishiga
qo‘shib qo‘yiladi. Bu holat esa bevosida himoyachining himoyasi ostidagi shaxsning huquq va
manfaatlariga putur yetishiga olib keladi. Sababi ayblov tomon gumon qilinuvchi,
ayblanuvchining himoyachisi tomonidan to‘plangan dalillarni tekshirib ishga qo‘shib qo‘yadigan
bo‘lsa jinoyat ishi bir tomonlama bo‘lib qoladi va bunda tomonlar o‘rtasida tortishuv va teng
huquqlilik masalalari yo‘qoladi.

2. Advokat himoyachi tomonidan to‘plangan barcha dalillar faqat sudga taqdim etilishi

kerak.

Bunga sabab, yuqorid aytilganidek, jinoyat protsessida tomonlarning tortishuvchaligini va

ularning teng huquqliligini kafolatlash uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchining himoyachisi
o‘zi tomonidan to‘plangan jamiki dalillarni sudga taqdim etishi lozim. Ushbu vaziyatda advokat
tomonidan to‘plangan dalillarning faqatgina sudda tekshirilib baholanishi, jinoyat protsessining
bir tomonlama amalga oshirilishi oldini oladi va advokatning haqiqatda mustaqiligini
ta’minlashga xizmat qiladi.

3. Advokat dastlabki tergov yakunlari bo‘yicha himoya xulosasi (himoya akti)

tuzishi lozim.

Jinoyat-protsessual kodeksi talablariga ko‘ra surushtiruvchi datslabki tergov

yakuni bo‘yicha ayblov dalolatnomasi, tergovchi va prokuror esa ayblov xulosasi tuzadi va
dastlabki tergov yakunida mazkur hujjat bilan ayblanuvchi va uning himoyachisini tanishtiradi.
Va mazkur hujjatni sudga yuboradi. Yuqoridagi taklifga asosan, himoyachi ham o‘zi tomonidan
to‘plangan barcha hujjatlarni yig‘ib, ish yakuni bo‘yicha himoya xulosasi tuzib, mazkur himoya
xulosasi bilan surushtiruvchi, tergovchi va prokurorni shuningdek jabrlanuvchi tomonga
tanishtirib, ushbu hujjatni sudga taqdim etishi lozim. Shunday qilib biz nafaqat sud bosqichida
AVVBbalki sudga qadar ish yuritishda ham odillik tamoyillarini tadbiq eta olishimiz mumkin
bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxat

1.

Oʼzbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrdagi «Аdvokatura toʼgʼrisida»gi Qonuni

// Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Аxborotnomasi, 1997;

2.

Об утверждении Положения об адвокатуре РСФСР : закон РСФСР от 20 ноября 1980

г. //Ведомости Верховного Совета РСФСР. 1980. № 48.

3.

Oʼzbekiston Respublikasining 1995 yildagi «Jinoyat-protsessual kodeksi»gi Qonuni //

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Аxborotnomasi, 1995;

4.

Адвокатское расследование в уголовном процессе. Теоретико- методологические

5

Мельников В. Ю. Необходимо ли возвращаться к вопросу адвокатского расследования? // Адвокатская

практика. 2015. № 4. С. 3–8.


background image

802

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

основы доктрины адвокатского расследования : учеб. пособие. М., 2012. С. 121;

5.

Мартынчик Е.Г. Адвокатское расследование в уголовном процессе, 2009. С. 91, 115–

126.

6.

Мельников В. Ю. Необходимо ли возвращаться к вопросу адвокатского

расследования? // Адвокатская практика. 2015. № 4. С. 3–8.

References

Oʼzbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrdagi «Аdvokatura toʼgʼrisida»gi Qonuni // Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Аxborotnomasi, 1997;

Об утверждении Положения об адвокатуре РСФСР : закон РСФСР от 20 ноября 1980 г. //Ведомости Верховного Совета РСФСР. 1980. № 48.

Oʼzbekiston Respublikasining 1995 yildagi «Jinoyat-protsessual kodeksi»gi Qonuni // Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Аxborotnomasi, 1995;

Адвокатское расследование в уголовном процессе. Теоретико- методологические основы доктрины адвокатского расследования : учеб. пособие. М., 2012. С. 121;

Мартынчик Е.Г. Адвокатское расследование в уголовном процессе, 2009. С. 91, 115–126.

Мельников В. Ю. Необходимо ли возвращаться к вопросу адвокатского расследования? // Адвокатская практика. 2015. № 4. С. 3–8.