Iyun, 2025-Yil
668
JINOYAT PROTSESSIDA ADVOKAT TOMONIDAN TO‘PLANGAN
MA'LUMOTLARNING HUQUQIY TABIATI, MILLIY VA XALQARO TAJRIBA
https://doi.org/
10.5281/zenodo.15789381
Annotatsiya.
Mazkur ilmiy tadqiqot jinoyat-protsessual faoliyatda advokat tomonidan
to‘plangan ma’lumotlarning huquqiy maqomi, protsessual ahamiyati hamda ularning dalil sifatida
e’tirof etilishi bilan bog‘liq dolzarb masalalarga bag‘ishlangan. Tadqiqotda O‘zbekiston
Respublikasining amaldagi jinoyat-protsessual qonunchiligi tahlil qilinib, advokatga
berilgan dalil to‘plash vakolatlari, ularni rasmiylashtirish tartibi va sud amaliyotidagi baholanishi
o‘rganilgan.
Kalit so‘zlar:
Advokatlik so‘rovi, huquqiy yordam, ishonch bildiruvchi, dalil, advokat
vakolatlari.
Аннотация.
Данное научное исследование посвящено актуальным вопросам,
связанным с правовым статусом информации, собранной адвокатом в уголовно-
процессуальной деятельности, её процессуальным значением и признанием в качестве
доказательств. В работе проанализировано действующее уголовно-процессуальное
законодательство Республики Узбекистан, рассмотрены полномочия адвоката по сбору
доказательств, порядок их оформления и оценка в судебной практике.
Ключевые
слова
:
адвокатский
запрос,
правовая
помощь,
доверитель,
доказательство, полномочия адвоката.
Abstract.
This scientific study is devoted to the pressing issues surrounding the legal status
of information collected by defense counsel in criminal proceedings, its procedural significance,
and its recognition as evidence. The research analyzes the current criminal-procedure legislation
of the Republic of Uzbekistan, examining the powers granted to attorneys for gathering evidence,
the procedures for formalizing such materials, and their assessment in judicial practice
Keywords:
attorney request, legal assistance, principal, evidence, attorney's powers.
Jinoyat protsessi odil sudlovni ta’minlash maqsadida tortishuv prinsipiga tayangan bo‘lib,
ushbu prinsip doirasida ayblov va himoya taraflari o‘z dalillarini erkin taqdim etish huquqiga ega
bo‘lishi lozim. Himoyaning samarali amalga oshirilishi uchun advokat (himoyachi) mijoz
manfaatlarini himoya qilish yo‘lida mustaqil ravishda ma’lumotlar va dalillar to‘plashga urinadi.
Advokat tomonidan to‘plangan ma’lumotlarning huquqiy tabiati deganda, bunday yo‘l bilan
yig‘ilgan hujjatlar, tushuntirishlar va boshqa axborotning rasmiy protsessual maqomi – ya’ni
ularning dalil sifatida qabul qilinishi yoki qilinmasligi tushuniladi. Ushbu masala jinoyat-
protsessual qonunchilikdagi dolzarb muammolardan biri bo‘lib, himoya va ayblov taraflarining teng
huquqliligi tamoyili bilan chambarchas bog‘liq.
Milliy qonunchiligimizda advokat tomonidan yig‘ilgan materiallarning protsessual
ahamiyati bo‘yicha muayyan bo‘shliqlar mavjudligi ta’kidlanib kelinmoqda
1
. Xususan, amaldagi
Jinoyat-protsessual kodeks himoyachiga ayrim dalillarni to‘plash huquqini bergan bo‘lsa-da, bu yo‘l
bilan olingan ma’lumotlarni dalil sifatida bevosita tan olish mexanizmi yetarlicha ochib berilmagan.
Natijada advokatlar tomonidan to‘plangan ma’lumotlarning huquqiy maqomi noaniq bo‘lib, ularni
1
Ne’matov J. Jinoyat ishlari boʻyicha odil sudlovda tortishuv tamoyilini samarali ta’minlash yoʻlida nimalar muhim?
– OʻzA, 2023
Iyun, 2025-Yil
669
sudda ishonchli dalil sifatida qabul qilish amaliyotda qiyinchilik tug‘dirmoqda. Mazkur ilmiy ishda
advokat tomonidan yig‘ilgan ma’lumotlarning huquqiy tabiati O‘zbekiston milliy qonunchiligi va
xorijiy davlatlar – AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya hamda Fransiya – misolida tahlil qilinadi.
Milliy va xorijiy olimlarning qarashlari hamda ushbu davlatlar qonunchilik normalari tahlili asosida
himoyachi tomonidan to‘plangan dalillarni protsessual jihatdan rasmiylashtirish va ulardan
foydalanish tajribasi o‘rganiladi. Xalqaro tajribaning qiyosi advokatlar faoliyati uchun qanday
huquqiy imkoniyat va kafolatlar yaratilganini ko‘rsatib, milliy qonunchilikni takomillashtirish
bo‘yicha xulosalar berishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasida advokat faoliyati “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonun (1997-yil)
va Jinoyat-protsessual kodeksi (JPK) kabi normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi. Advokat o‘z
kasbiy faoliyatini amalga oshirish jarayonida advokat so‘rovi institutidan foydalangan “Advokatura
to‘g‘risida”gi Qonunning 7
1
– moddasiga asosan, turli idora va tashkilotlardan
ma’lumot va hujjatlar olishi mumkin
2
ligi qonunda belgilangan. Xususan, advokat davlat organlari
va boshqa tashkilotlardan ish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa
hujjatlarni so‘rash va olishga haqli ekani ko‘rsatilgan. Ushbu normalar advokatga sud jarayonlarida
dalil tariqasida ishga tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash huquqini beradi.
Jinoyat-protsessual kodeksining 87-moddasi mazkur masalani tartibga soladi. Ushbu
moddaning ikkinchi qismida himoyachi jinoyat ishi bo‘yicha dalil sifatida ishlatilishi mumkin
bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash huquqiga ega
3
ekani belgilangan. Xususan, himoyachi ish
holatlarini biluvchi shaxslarni o‘z roziligi bilan so‘roq qilish, ulardan yozma tushuntirishlar olish,
turli davlat organlari, korxona va tashkilotlarga advokat so‘rovlarini yuborib, ma’lumotnomalar,
tavsiflar, izohlar va boshqa hujjatlarni olish huquqiga ega etib qo‘yilgan. Shu bilan birga, qonunda
himoyachi ushbu tartibda to‘plagan materiallarni jinoyat ishi materiallariga qo‘shib qo‘yish haqida
iltimosnoma kiritganda, tergovchi, surishtiruvchi yoki prokuror buni majburiy tarzda
qanoatlantirishi shartligi ham nazarda tutilgan.
Shunga qaramay, milliy qonunchilikda advokat yig‘gan ma’lumotlarning dalillik kuchi aniq
belgilangan deb bo‘lmaydi. JPK 87-moddasida himoyachi topgan ma’lumotlarni ishga qo‘shish
tartibi ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, ularni mustaqil dalil turi sifatida e’tirof etish masalasi ochiq qolgan.
PKning “Dalillar” bobida (81-modda va 82-modda) dalillar faqat qonuniy tartibda to‘plangan va
rasmiylashtirilgan quyidagi manbalar – guvoh ko‘rsatmalari, jabrlanuvchi ko‘rsatmalari,
gumonlanuvchi/ayblanuvchi ko‘rsatmalari, ekspert xulosasi, ashyoviy dalillar, tergov va sud
bayonnomalari, boshqa hujjatlar – ekani sanab o‘tiladi. Mazkur ro‘yxatda advokatning yozma
so‘rovi asosida olingan tushuntirishlar yoki hujjatlar alohida dalil turi sifatida ko‘zda tutilmagan.
Shu sababli himoyachi to‘plagan materiallarni protsessual jihatdan dalilga aylantirish uchun,
amalda, ularni tegishli protsessual harakatlar orqali rasmiylashtirish talab etiladi (masalan, guvoh
sifatida rasman so‘roq qilish, hujjatni ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirish va hokazo).
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi professori J. Ne’matov ta’kidlaganidek, amaldagi
qonunchilikka muvofiq, jinoyat protsessida advokat “isbotlash subyekti” sifatida e’tirof etilmagan,
2
O’zbekiston Respublikasining “Advokatura to’g’risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Axborotnomasi, 1997-y., 2-son.
3
O’zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Axborotnomasi, 1995-y., 2-son.
Iyun, 2025-Yil
670
shu bois advokat tomonidan to‘plangan ma’lumotlar bevosita dalil sifatida ko‘rilmaydi. JPK 87-
moddasi 2-qismida himoya tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni jinoyat ishiga qo‘shish mumkinligi
belgilangan bo‘lsa-da, baribir bu ma’lumotlar ustidan vakolatli organlar tomonidan alohida baho
berilishi shartligi qayd etilgan. Boshqacha aytganda, advokat topgan ma’lumotlar avtomatik
ravishda dalil maqomini olmasdan, avvalo tergov yoki sud orqali tekshirilishi va tasdiqlanishi lozim.
Sud amaliyotida faqat belgilangan protsessual tartibda vakolatli shaxslar tuzgan hujjatlardagi
ma’lumotlargina dalil sifatida qabul qilinadi – advokat esa bunday protsessual harakatlarni mustaqil
amalga oshira olmasligi sababli, advokat tomonidan himoya uchun to‘plangan hujjatlar dastlabki
bosqichda hech qanday daliliy kuchga ega emasligi kelib chiqadi.
Milliy nazariyotda mazkur holat jiddiy muhokamalarga sabab bo‘lgan. Huquqshunos olimlar
himoyachi tomonidan dalillarni to‘plash institutini mustahkamlash zarurligini ta’kidlashmoqda.
Masalan, F. Ramazonova o‘z tadqiqotida advokatning tergov bosqichidayoq isbot qilish jarayonida
bevosita ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish lozim deb hisoblaydi. Unga ko‘ra, himoyachiga
dalillarni to‘plash huquqi berilgani bilan, ularni rasmiy protsessual tartibda mustahkamlash
mexanizmlari yaratilmagani va bu huquqni amalga oshirish kafolatlari nochor ekani muammo
tug‘dirmoqda. Ta’kidlash joizki, sobiq ittifoq va MDH davlatlari qonunchiligida ham advokatning
dalil to‘plash vakolatlarini berish bo‘yicha o‘xshash normalar mavjud. Misol uchun, Rossiya
Federatsiyasi Jinoyat-protsessual kodeksining 86-moddasi 3-qismida advokat quyidagilar orqali
dalillarni to‘plash huquqiga ega ekani mustahkamlangan: 1) turli buyumlar, hujjatlar va boshqa
ma’lumotlarni olish; 2) ish holatlarini biluvchi shaxslarni ularning roziligi bilan so‘roq qilish; 3)
davlat hokimiyati organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va
tashkilotlardan ma’lumotnomalar va hujjatlar talab qilish – bunday organlar advokat so‘ragan
hujjatlarni yoki ularning nusxalarini taqdim etishlari shartligi belgilangan
4
. O‘zbekiston milliy
jinoyat-protsessual qonunchiligida advokat o‘z tashabbusi bilan muayyan ma’lumot va hujjatlarni
to‘plashi mumkin bo‘lsa-da, hozirgi amaliyotda bu materiallarning daliliy kuchga ega bo‘lishi
uchun ularni protsessual jihatdan “legallashtirish” talab etiladi. Himoyachi tomonidan to‘plangan
ma’lumotlar faqat ular tergov harakati materialiga yoki sudda ko‘rib chiqilib, qonuniy dalil sifatida
tan olinganidangina keyin haqiqiy dalil sifatiga ega bo‘ladi. Quyida xorijiy davlatlar tajribasini
ko‘rib chiqib, ushbu masalada qanday yechimlar qo‘llanilayotganini tahlil qilamiz.
AQSh jinoyat protsessining adversarial (tortishuvga asoslangan) modeli advokatga dalil
to‘plash va sudda taqdim etishda keng erkinliklar beradi. AQSh Konstitutsiyasining Oltiinchi
tuzatishi (6th Amendment) sudlanuvchiga himoya uchun advokat yollash hamda himoyani amalga
oshirish uchun zarur choralarni ko‘rish huquqini kafolatlaydi. Sud amaliyotida himoyaning ajralmas
qismi sifatida himoya tarafning o‘ziga foydali guvohlarni chaqirish va ularni majburan keltirish
huquqi tan olingan. merika Oliy sudi Washington v. Texas (1967) ishida ta’kidlaganidek, guvohlarni
chaqirish va ularning ko‘rsatmalarini olish huquqi – bu himoya tomonning o‘z versiyasini taqdim
etish, ayblov dalillariga qarshi dalillar keltirish huquqidir va u adolat tamoyillarining asosiy
elementidir. QSh jinoyat ishlarida dalillarni ochish (discovery) va ularni rasmiy taqdim etish
jarayonlari vaqt bo‘yicha bir-biridan ajralgan bo‘ladi. Ya’ni, advokatlar sudgacha bosqichda
mustaqil ravishda turli ma’lumotlarni “kashf etish” (to‘plash) huquqiga ega, ammo ularning dalil
4
F.Ramazonova, “Oсобенности участия защитника в процессе доказывания на стадии предварительного
следствия”. Журнал Правовых исследований.
Iyun, 2025-Yil
671
sifatidagi rasmiy qabul qilinishi keyinchalik – sud majlisi yoki maxsus dastlabki tinglovlar chog‘ida
sodir bo‘ladi.
Sudda ko‘rib chiqilib, qabul qilinmaguncha, hech bir tomonning yig‘gan materiallari
rasmiy dalil maqomiga ega emas.
Shu sababli, himoyachi tomonidan olingan ma’lumotlar sudda
taqdim etilganda, ular protsessual jihatdan xuddi ayblov organlari topgan dalillar bilan teng kuchga
ega tarzda ko‘rib chiqiladi. Boshqacha aytganda, AQSh sud jarayonida “tomonlar tengligi” to‘la
amal qiladi – qaysi taraf dalilni taqdim etganidan qat’i nazar, uning ishonchliligi va ahamiyatini
baholash faqat sudga bog‘liq bo‘ladi.
AQSh tajribasida advokatlar dalil to‘plash uchun ko‘pincha
maxsus xususiy tergovchilar (private investigators) xizmatidan foydalanadilar. Himoya tomonidan
yollangan xususiy detektivlar guvohlar bilan suhbatlashish, kuzatuv olib borish, foto-video
materiallar yig‘ish, mutaxassislarni jalb qilish kabi turli usullar orqali ish uchun zarur axborotni
to‘plash vakolatiga ega. Masalan, ilmiy manbalarda AQSh xususiy detektivlari kuzatuv,
jabrlanuvchi va guvohlarni so‘roq qilish, tinglash va boshqa usullarni qo‘llab, keng qamrovli
ma’lumot yig‘ishlari qayd etiladi. Amerika huquqshunoslari himoyachining tergov bosqichidagi
faol ishtiroki odil sudlov manfaatlariga xizmat qilishini ta’kidlashadi. Masalan, bir qator xorijiy
tadqiqotchilar fikricha, himoyachi faol ravishda dalil yig‘ishi natijasida aybsizlikni tasdiqlovchi
yoki aksincha, ayblovga oid axborot tezroq aniqlanadi, bu esa tergov va sud ishlarini osonlashtiradi.
AQSh amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, himoyachining mustaqil surishtiruvi odatda tergov borishini
sustlashtirmaydi, aksincha haqqoniy natijaga erishishga yordam beradi. Shu bilan birga, AQSh
qonunchiligi dalillarni taqdim etishda “ochiqlik va bahs-munozara” (disclosure va confrontation)
prinsiplariga katta e’tibor qaratadi – ya’ni har ikki tomon ham o‘zida mavjud barcha dalillarni
ma’lum muddatlarda bir-biriga oshkor qilishi va sudda bahslashishi lozim. ulosa qilib aytganda,
AQShda advokat tomonidan to‘plangan ma’lumotlar qonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan bo‘lsa,
sudda ularni to‘laqonli dalil sifatida qabul qilish amaliyoti shakllangan. Sudlanuvchi har qanday
o‘ziga foydali guvohni chaqirish va istalgan dalilni taqdim etish uchun majburiy choralar ko‘rish
huquqiga ega bo‘lib, bu huquq sud tomonidan ta’minlanadi.
Buyuk Britaniya (Angliya va Uels) jinoyat-protsessual tizimi ham AQShga o‘xshash
ravishda adversarial xarakterga ega bo‘lib, unda sud jarayonida tomonlar tengligi va tortishuv
tamoyili ustuvor hisoblanadi. Angliya jinoyat sud jarayonlarida prokuratura va himoya har ikkisi
mustaqil dalil to‘plash huquqiga ega, sud esa ularning taqdim etgan dalillarini tinglab, baholaydi.
Anglo-amerika mamlakatlarida dalillarni yig‘ish jarayonining o‘zi kontinental (Yevropa)
tizimlardan farq qiladi – bu yerda dalillarni aniqlash (topish) va ularni protsessual rasmiylashtirish
vaqt jabhada ajratilgan. Himoyachi ish bo‘yicha muhim dalillarni sudgacha bosqichda izlab topishi
mumkin, biroq ularni rasmiy dalil sifatida taqdim etish odatda maxsus dastlabki eshituv yoki
bevosita sud majlisida sudyaning nazorati ostida amalga oshiriladi. Bunday tartib himoyaga tergov
paytida topgan dalillarini to‘plashda erkinlik bersa-da, ularni sudga kelganda tegishli protsessual
qoidalarga muvofiq taqdim etishni talab qiladi. Angliya jinoyat protsessida barcha dalillar muhim
sanaladi – qaysi tomon taqdim etganidan qat’i nazar, sud faqat ularning ishonchliligi va
qonuniyligiga qarab baho beradi. Britaniyalik amaliyotchilar ifodasi bilan aytganda, “jinoyat ishida
barcha dalillar o‘zaro teng qadrli; birontasi boshqasidan ustun qo‘yilmaydi. Har bir dalilga bahoni
faqat sudya bera oladi”.
Buyuk Britaniyada ham prokuratura zimmasida ochiqlik majburiyati bor – ular ishdagi
barcha dalillarni, jumladan, ayblanuvchini oqlovchi ma’lumotlarni ham himoyaga oshkor qilishlari
Iyun, 2025-Yil
672
shart (bu tartib 1996 yilda qabul qilingan Criminal Procedure and Investigations Act asosida yo‘lga
qo‘yilgan). Himoya taraf esa, o‘z navbatida, sud jarayonida qanday dalillarni qo‘llamoqchi ekanini
ma’lum qilishi lozim (masalan, defence statement taqdim etish orqali). Bunday almashinuv har ikki
tomonga raqib tarafning dalillariga oldindan tayyorlanish imkonini beradi va sudda tortishuvni
haqqoniy o‘tkazishga xizmat qiladi. Advokatlar Buyuk Britaniyada mustaqil surishtiruv o‘tkazish
huquqidan keng foydalanadilar. Ko‘pincha himoya advokatining jamoasida xususiy tergovchilar,
ekspertlar jalb etilib, ish bo‘yicha qo‘shimcha dalillar yig‘iladi. Masalan, advokat guvohlar bilan
bevosita suhbatlashishi, hodisa joyiga borib o‘rganish o‘tkazishi, mutaxassislar xulosasini olishi
mumkin – qonun buni taqiqlamaydi, aksincha “dalillar erkinligi prinsipi” buni ta’minlaydi. muman
olganda, Buyuk Britaniya sud amaliyotida advokat tomonidan yig‘ilgan ma’lumotlar va dalillarni
ish ko‘rishda inkor etish holati yo‘q – aksincha, himoyachi tomonidan keltirilgan har qanday dalil
ham xuddi prokuror dalillari kabi sinchiklab o‘rganiladi va protsessual baholashdan o‘tadi. Bunday
yondashuv Angliya jinoyat protsessida tortishuv tamoyilining to‘laqonli amal qilishiga zamin
yaratadi va advokatning mijoz manfaatlarini himoya qilishda faol rolini ta’minlaydi.
Yuqoridagi tahlildan ko‘rinib turibdiki, advokat tomonidan to‘plangan ma’lumotlarning
huquqiy tabiati milliy qonunchilik va turli davlatlar tajribasida turlicha talqin qilinadi. O‘zbekiston
va sobiq sovet huquqiy maktabiga mansub mamlakatlarda himoyachiga dalil yig‘ish huquqi berilgan
bo‘lsa-da, bu huquqning amalga oshirilishi qat’iy protsessual tartiblar bilan cheklangan va
himoyachi to‘plagan axborot to‘g‘ridan-to‘g‘ri dalil sifatida tan olinmaydi. Dalil faqat vakolatli
tergov organlari yoki sud tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgach, protsessual maqom
kasb etadi. Natijada, amalda himoya tarafining imkoniyatlari cheklanishi va tortishuv tamoyili
nomutanosib amalga oshishi xavfi borligi ilmiy adabiyotlarda tanqid qilinmoqda. Boshqa
tomondan, AQSh, Buyuk Britaniya kabi anglo-saks huquqiy tizimlarida advokatlar o‘z
surishtiruvlarini bemalol o‘tkazib, topgan dalillarini sudda bemalol taqdim eta oladilar – sud esa
ularni xolisona baholab, zarur bo‘lsa, majburiy choralar bilan ta’minlab beradi. Bu mamlakatlarda
himoyachi yig‘gan dalillar rasmiy maqom jihatidan ayblov tomonining dalillaridan farq qilmaydi –
axborot manbaining kimligi emas, balki u bilan bog‘liq holatlarning ishonchliligi va qonuniyligi
muhimdir.
Yuqoridagi qiyosiy tahlil O‘zbekiston jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish
uchun bir qator xulosalarni beradi. Birinchidan, advokat tomonidan yig‘ilgan ma’lumotlarni dalil
sifatida rasmiy tan olish mexanizmlarini aniqroq belgilash zarur. JPKda himoyachi topgan axborotni
dalil sifatida baholash bo‘yicha aniq protsessual qoidalar (masalan, himoyachining yozma
tushuntirishlarini sudda guvoh ko‘rsatmasi sifatida qabul qilish yoki advokat so‘rovi bilan olingan
hujjatlarni bevosita daliliy hujjat sifatida ishga qo‘shish imkoniyati) ko‘rsatilishi lozim.
Ikkinchidan, himoyachining surishtiruv o‘tkazish huquqini kengaytirish va kafolatlash
maqsadga muvofiqdir – masalan, advokatga o‘zining mustaqil tekshiruvini o‘tkazishda to‘sqinlik
qilgan mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlik choralarini kuchaytirish, advokat so‘rovlariga o‘z
vaqtida va to‘liq javob berilishini nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish kerakligi ko‘plab
mutaxassislar tomonidan ilgari surilmoqda.
Uchinchidan, jinoyat protsessida “tomonlar tortishuvi va teng huquqliligi” prinsipini to‘liq
ta’minlash uchun sudning roli va vazifalarini qayta ko‘rib chiqish ham lozim bo‘lishi mumkin.
Iyun, 2025-Yil
673
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
01.05.2023-y.
2.
O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y.
3.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining Axborotnomasi, 1995-y.
4.
Ne’matov J. “Jinoyat ishlari bo‘yicha odil sudlovda tortishuv tamoyilini samarali ta’minlash
yo‘lida nimalar muhim?” – O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (2023)
5.
Martýnchik Ye. “Advokatlik surishtiruvi nazariyasi asoslari” – Rossiya jinoyat protsessida
advokat surishtiruvi konsepsiyasi bo‘yicha maqola (2009).
6.
Vedernikov A. “Himoyachining dastlabki bosqichda ishtiroki: dolzarb masalalar” –
nomzodlik dissertatsiyasi, Moskva, 2007.
7.
Criminal Procedure and Investigations Act 1996 (UK) – Angliyada dalillarni ochish va
himoya bayonoti berish majburiyatini tartibga soluvchi qonun.
