Authors

  • Jonibek Odinayev
  • Azizbek Mingboyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.111792

Keywords:

zamonaviy jang uchuvchisiz uchish apparati PD-785 ovoz kuchaytirgichi.

Abstract

Ushbu maqola zamonaviy jang maydonida uchuvchisiz uchish apparatlari bilan PD-785 ultraqisqa to‘lqinli radiostansiyaning ovoz kuchaytirgichlari yordamida dushman harbiy xizmatchilariga psixologik hujum qilish orqali dushmanni zaiflashtirishga va yakson qilishga yordam beradi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1342

ZAMONAVIY JANGDA UCHUVCHISIZ UCHISH APPARATLARINI RADIOALOQA

VOSITALARI BILAN QO‘LLASH ISTIQBOLLARI

Jonibek Odinayev

1

1

University of Management and Future Technologies,

Menejment kelajak texnologiyalari Universiteti magistranti.

Azizbek Mingboyev

2

Aloqa va axborot texnologiyalari mutaxassislarini

tayyorlash markazi radio va kosmik aloqa sikli boshlig‘i

-

katta o‘qituvchisi

.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15739645

Annotatsiya.

Ushbu maqola zamonaviy jang maydonida uchuvchisiz uchish apparatlari

bilan PD-

785 ultraqisqa to‘lqinli radiostansiyaning ovoz kuchaytirgichlari yordamida dushman

harbiy xizmatchilariga psixologik hujum qilish orqali dushmanni zaiflashtirishga va yakson
qilishga yordam beradi.

Kalit so‘zlar:

zamonaviy jang, uchuvchisiz uchish apparati, PD-785, ovoz kuchaytirgichi.

A

ннотация.

В данная

статья поможет ослабить и уничтожить противника на

современном поле боя путем психологического воздействия на личный состав противника
с использованием громкоговорителей с УКВ радиостанции

PD-785

с беспилотными

летательными аппаратами.

Клочевые

слова:

современное поле боя,

беспилотный летательный аппарат

, PD-

785

, громкоговоритель.

Zamonaviy

harbiy

amaliyotlar

shiddat

bilan

rivojlanib,

sun’iy

intelekt,

avtomatlashtirilgan tizimlar va radioaloqa vositalarining qo‘llanilishi yangi imkoniyat

lar ochib

bermoqda. Ular razvedka, hujum, qo‘riqlash va logistika kabi ko‘plab maqsadlarda
foydalanilmoqda. Uchuvchisiz uchish apparatlari zamonaviy jangovar taktikada muhim o‘rin
egallab, ularning radioaloqa vositalari bilan uyg‘unligi samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Ushbu maqolada dronlar va radiostansiyalarni integratsiyasi, ularning jangovar

harakatlardagi o‘rni va istiqbollari muhokama qilinadi.

Hozirgi dunyo harbiy siyosiy vaziyati tobora chigallashib bormoqda. Noqonuniy

qurollangan tuzilmalar, terroristik guruhlar va davlatlar o‘rtasida harbiy mojarolar avj olib

bormoqda. Hususan, Rossiya

Ukrainada sodir bo‘layotgan mojarolar, Tolibon harakatining

Afg‘onistonni egallab olishi, Suriyada “Hay’at tahrir ash

-

Shom” guruhining hokimiyat teppasiga

kelishi hozirgi zamonaviy jang olib borish strategiyasini kundan-

kunga o‘zgartirib bormoqda.

Chunki bu harbiy harakatlarda ishtirokchilarning yangidan-yangi texnologiyalar va

strategiyalarni qo‘llashi oqibatida arzon qurollar bilan katta

-katta talofatlar yetkazilmoqda.

2021- yildan hozirgi kunga qadar davom etayotgan Rossiya-Ukrainadagi harbiy

harakatlar davomida ikki davlat tomonidan uchuvchisiz uchish apparatlariga turli xildagi

portlovchi moddalar va snaryadlarni o‘rnatish orqali dushmanni jonli kuchini, harbiy

texnikalarini va binolarini yakson qilishda foydalanishmoqda.

Uchuvchisiz uchish apparatlarini asosan razvedka, boshqaruv (kuzatuv) hamda hujum

qilish yo‘lida foydalanishmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1343

Uchuvchisiz uchish apparatlarini jang maydonida qo‘llash

Uchuvchisiz uchish apparatlarining o‘ziga xosligi arzonligi, tez ishga tayyorlanishi,

yasalishining oddiyligi, masofadan boshqarishning mavjudligi hamda, belgilangan marshrut

bo‘yicha vazifalarni aniq bajarishi.

Uchuvchisiz uchish apparatiga Hytera PD-

785 ultraqisqa to‘lqinli radiostansiya o‘rnatilib,

radiostansiyaning karnayi o‘riga ovoz kuchaytirgichni ulash orqali masofadan boshqariladigan

ovoz kuchaytirgich yasash mumkin. Buning uchun Hytera PD-785 radiostansiyasining karnayi

o‘rniga ovoz kuchaytirgich yoki baland ovozli karnay ulanadi. Bunda radiostansiyasining

karnayining kirish qarshiligi bilan ovoz kuchaytirgichining kirish qarshiligi mos kelishi talab
etiladi.

Shu orqali PD-785 radiostansiyasining aloqa masofasi uzoqligida shahar sharoitida 5

kilometrgacha, shahardan tashqari ochiq hududda 10 kilometrgacha aloqa masofasini uzaytirish
mumkin.

Uchuvchisiz uchish apparatiga ovoz kuchaytirgichini integratsiya qilish orqali front

chizig‘i bo‘ylab pozitsiyaga joylashgan dushmanni ogohlantirish, ularni sarosimaga solish
hamda ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatish orqali ularni taslim bo‘lishga undash va chalg‘itishga erishish
mumkin. II jahon urushi davrida Germaniya tomonidan psixologik hujum qo‘llanilib, o‘z ta’sirini
ko‘rsatgan bo‘lsa, hozirgi kunda Rossiya

-Ukrainadagi harbiy harakatlarda psixologik hujum

qilish keng qo‘llanilmoqda va o‘z samarasini berib kelmoqda.

Psixologik hujumning maqsadlari:


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1344

Dushmanga psixologik hujum qilish

bu uning ruhiy holatini izdan chiqarish, ishonchini

yo‘qotish va qo‘rquvga solish uchun qo‘llaniladigan strategiyalar majmuasidir.

Dezinformatsiya (yolg‘on axborot tarqatish) dushmanni noto‘g‘ri qaror qabul qilishga

majbur qilish uchun yolg‘on yoki chalg‘ituvchi ma’lumotlar tarqatish.

Masalan, harbiy harakatlarda soxta hujumlar yoki noto‘g‘ri joylashuv haqida ma’lumotlar

tarqatish.

Qo‘rquv va shubha uyg‘otish –

dushmanni kuchsiz tomonlarini ochib berish va ulardan

foydalanish, unga psixologik bosim o‘tkazish orqali o‘z kuchiga ishonchsizlik paydo qilish.[1]

Muvozanatdan chiqarish

doimiy stress, bosim yoki tahdid ostida ushlab turish. Doimiy

psixologik hujumlar qilish orqali dushmanni maqsadga erishishida muvozanatdan chiqarish.

Ishonchsizlik yaratish

dushman jamoasi o‘z qo‘mondoligiga bo‘lgan ishonchsizligini

paydo qilish. Jamoa ichida fitnalar, shubhalar yoki ichki ziddiyatlar chiqarish.[2]

Qarorlarni shoshma-shosharlik bilan qabul qilishga majbur qilish

dushmanni tez va

noto‘g‘ri qaror qabul qilishga majbur qilish –

dushmanni tez va noto‘g‘ri manyovr yoki qaror

qabul qilishga undash uchun bosim o‘tkazish.

Psixologik provokatsiya va manipulyatsiya

dushmanni g‘azablantirish yoki hissiyotlari

orqali nazorat qilish. Ularni his-

tuyg‘ularga berilishga majbur qilish, aql bilan emas, hissiyot

bilan harakat qilishga undash.

Psixologik ta’sirni qo‘llash usullari:

1.

Kechasi va kunduzi davom etuvchi shovqin va ruhiyatga ta’sir qiluvchi tovushlar:

tinimsiz baland ovozli musiqa, qurol-

yarog‘ ovozlari yoki qo‘rqinchli tovushlar uzatish.

dushmanni uyqusiz qoldirish, ularni doimiy stress holatiga tushirish.

ba’zan qo‘rquv uyg‘otuvchi tovushlar (odam qichqirig‘i, portlash ovozlari, o‘q

ovozlari)ni doimiy bexostan uzatish.[4]

2.

Taslim bo‘lishga da’vat qilish:

dushmanga taslim bo‘lish yoki qo‘rqmasdan qochish haqida murojaatlar.

ularga hayotlarini saqlab qolish uchun taslim bo‘lish yaxshiroq ekanini ta’kidlovchi

ma’lumotlar berish. Koreya urushida AQSH va Janubiy Koreya qo‘shinlari Shimoliy Koreya
askarlarini taslim bo‘lishga chaqirgan.

3.

Propaganda va axborot urushi:

dushman safida ichki nizolarni kuchaytirish, komandirlarni obro‘sizlantirish.

“sizni qo‘llab

-

quvvatlamayabdi, sizni tashlab ketishdi” kabi ruhiy ta’sir o‘tkazuvchi

xabarlar.

qarshi tomonni ichki ziddiyatga olib keladigan yolg‘on ma’lumotlar.

Barcha psixologik ta’sirlar dushman tilida tarqatish ularni o‘z safiga og‘dirish

osonlashadi. Ikkinchi jahon urushida ittifoqchi kuchlar nemis askarlari uchun ularning ona tilida
chaqiriqlar uzatgan.[3]

Hozirda ushbu usullar quyidagi zamonaviy harbiy harakatlarda qo‘llanilib kelinmoqda:

Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasidagi propagandistik urush –

Janubiy Koreya shimoliy

qo‘shinlarga qarshi ovoz kuchaytirgich orqali axborot tarqatgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1345

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Panamaga qarshi operatsiyasi (1989) –

AQSH

qo‘shinlari Noriega rejimini taslim qilish uchun baland musiqa va eshittirishlardan foydalangan.

Rossiya-Ukraina urushida psixologik urush

Ikkala tomon ovoz kuchaytirgich orqali bir-

birining askarlarini ruhiy bosim ostiga olishga urinishgan.

Zamonaviy jang maydonida dronlarning radioaloqa vositalari bilan uyg‘unlashuvi harbiy

operatsiyalar samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Shu bilan birga, ushbu tizimlarning kiberxavfsizlik va elektromagnit to‘sqinliklarga

qarshi chidamliligi dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Turli mamlakatlarning ilg‘or
texnologiyalari dronlar va radioaloqa tizimlarini yanada samarali qilish yo‘lida rivojlanmoqda.

[5]

4 yildan buyon davom etib kelayotgan Rossiya

Ukraina urushida qo‘llanilib kelayotgan

zamonaviy dronlarning jang maydonida keng foydalanilayotgani jang olib borish strategiyasini

butunlay o‘zgartirib yubordi. Zamonaviy jang maydonida ilg‘or texnologiyalardan foydalanish

harbiy xizmatchilarga qulayliklar yaratadi.

Xulosa qilib aytganda, dronlar va radioaloqa vositalarining zamonaviy janglarda

qo‘llanilishi harbiy strategiyalarni sezilarli darajada o‘zgartirmoqda. Bu texnologiyalar

rivojlanishi bilan ularning xavfsizligi, samaradorligi va ishonchliligi ham oshib boradi.

Kelajakda yanada ilg‘or texnologiyalar joriy etilishi natijasida dronlar jang maydonida

yanada muhim ahamiyat kasb etishi kutilmoqda.

Bundan tashqari uchuvchisiz uchish apparatlariga ovoz kuchaytirgichlarini o‘rnatish

orqali nafaqat dushmanni balki o‘zimizning harbiy xizmatchilarga jang maydonida jangovar ruh

va buyruqlarni aloqa uzilgan vaqtda tez va oson yetkazish imkoniyati mavjud.

Uchuvchisiz uchish apparatlariga radioaloqa vositalarini integratiya qilish orqali

masofadan turib dushmanning harbiy xizmatchilariga psixologik hujum qilish orqali dushmanni

chalg‘itish, taslim bo‘lishga undash hozirgi zamonaviy usullardan biri hisoblanadi. Ushbu
qurilma ko‘p sonli dushmanni asirga olish va ishtiyoqini so‘ndirishda katta ahamiyatga ega.

Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar

1.

Clausewitz, Carl von.

On War

Urush strategiyalari va psixologik ta’sir haqida

fundamental ish.

2.

Lasswell, Harold D.

Propaganda Technique in the World War

Urush davridagi

propaganda usullari tahlili.

3.

Taylor, Phillip M.

Munitions of the Mind: A History of Propaganda from the Ancient

World to the Present day

Qadimdan hozirgacha propagandaning evolyutsiyasi.

4.

Watson, Peter.

War on the Mind: The Military Uses and Abuses of Psychology

Harbiy psixologiyaning amaliy qo‘llanilishi.

5.

Singer, P.W., & Brooking, Emerson T.

LikeWar: The Weaponization of Social Media

Zamonaviy urushlarda axborot va psixologik strategiyalar.

References

Clausewitz, Carl von. On War – Urush strategiyalari va psixologik ta’sir haqida fundamental ish.

Lasswell, Harold D. Propaganda Technique in the World War – Urush davridagi propaganda usullari tahlili.

Taylor, Phillip M. Munitions of the Mind: A History of Propaganda from the Ancient World to the Present day – Qadimdan hozirgacha propagandaning evolyutsiyasi.

Watson, Peter. War on the Mind: The Military Uses and Abuses of Psychology – Harbiy psixologiyaning amaliy qo‘llanilishi.

Singer, P.W., & Brooking, Emerson T. LikeWar: The Weaponization of Social Media – Zamonaviy urushlarda axborot va psixologik strategiyalar.