ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1255
XALQ VA BAXSHILAR O‘RTASIDAGI KO‘PRIK
G.O‘. Axmedova
(Terdu) dotsent, t.f.b.f.d. (PhD).
https://doi.org/10.5281/zenodo.15734382
Annotatsiya.
Maqolada O‘zbekiston Respublikasida har ikki yilda o‘tkaziladigan xalqaro
baxshichilik sa‘nati festivali haqida batafsil ma’lumot berilgan. Shu bilan birga xalqaro
baxshichilik sa‘nati festivalining milliy qadriyatlarini targ’ib qilishdagi ahamiyat to’g’risida fikr
yuritiladi.
Kalit so’zlar:
baxshi, doston, terma, repertuar, ustoz, ijod, san’at, voha, xalq, shogird.
O‘zbekiston qadimiy va boy og‘zaki ijod an’analariga ega mamlakat sifatida baxshichilik
san’atini asrlar davomida ardoqlab kelmoqda. Baxshi –
bu nafaqat qo‘shiqchi yoki shoir, balki
xalqning tarixi, dard-
u quvonchi, orzu va intilishlarini kuyga solgan so‘z san’atkoridir. Aynan
shu madaniy xazinani asrash va keng ommaga yetkazish maqsadida yurtimizda turli baxshichilik
festivallari o‘tkazib kelinmoqda
.
Baxshichilik festivallari
–
bu baxshilar, dostonchilar, sozandalar va xalq og‘zaki ijodi
vakillarining bir joyga jam bo‘lib, o‘z mahoratini namoyish etadigan, tajriba almashadigan
muhim madaniy tadbirdir.
Bunday festivallar: Milliy qadriyatlarni targ‘ib qiladi, Yosh avlodni og‘zaki ijodga
qiziqtiradi, Hududlararo madaniy almashinuvga xizmat qiladi, Unutilayotgan dostonlar va epik
janrlarni qayta jonlantiradi. 2019-yildan boshlab Surxondaryo viloyatining qadimiy Termiz
shahrida o‘tkazilayotgan bu festival O‘zbekiston miqyosidagi eng yirik baxshichilik tadbirlaridan
biridir. Unda nafaqat o‘zbekistonlik balki Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Eron, Turkiya
kabi davlatlardan kelgan san’atkorlar ishtirok etishdi. II Xalqaro baxshichilik san’ati festivali
Nukusda 2021 yil 12
–14 sentyabr kunlarda o‘tkazildi. Bu festival baxshichilik san’atini
respublika va xalqaro darajada targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi .
Festivalga 22 davlatdan 100 dan ortiq baxshilar, oqinlar va jirovlar, shuningdek
vatandoshlarimiz ishtirok etdi. U YuNESKO, AYSESKO, TURKSOY va qator nufuzli
tashkilotlar tomonidan qo‘llab‑quvvatlandi. Yurtimizda o‘tkazilgan eng yirik baxshichilik
anjumanlaridan biri sifatida, III Xalqaro baxshichilik san’ati festivali 6–
8 may kunlari Sirdaryo
viloyati Guliston shahrida tashkil etildi. 40 dan ziyod mamlakatdan saralangan san’atkorlar,
baxshi-
shoirlar va oqinlar qatnashdi: Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Turkiya, Yaponiya,
Koreya, Vengriya va boshqa davlatlardan san’atkorlar ishtirok etdi. IV Xalqaro baxshichilik
san’ati festivali —
Xivada 2025 yil 26
–28 aprel kunlari bo’lib o’tdi. Festival qadimgi Ichanqal’a
sahnalaridan birida rasmiy ochildi. Marosimda O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek
Nazarbekov, hamda YuNESKO va AYSESKO rahbarlari, Turkiya, Ozarbayjon va Turkiy
Davlatlar Parlament Assambleyasiga o‘z tabriklarini yetkazishdi. Shuningdek, Prezident Shavkat
Mirziyoevning tabrigi o’qib eshitirildi. 40 dan ziyod mamlakatdan 200ga yaqin baxshilar,
tarixchi va folklorshunos olimlar qatnashdi. Turkiya, Rossiya, Mo‘g‘uliston, Qozog‘iston,
Qirg‘iziston va boshqa davlatlardan delegatsiyalar ishtirok etdi.
«II Turkiy dunyo madaniyati
forumi» va “Yangi O‘zbekistonda baxshichilik san’ati: zamonaviy tadqiqotlar va istiqbollar”
mavzusidagi ilmiy-
amaliy konferensiyalar o‘tkazildi
.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1256
O‘zbekiston Respublikasida har ikki yilda o‘tkaziladigan Baxshilar festivali
mamlakatimizning boy madaniy merosini asrab-
avaylash, xalq og‘zaki ijodi va baxshilik
san’atini targ‘ib qilishga qaratilgan muhim madaniy tadbirlardan biri hisoblanadi. Ushbu festival
nafaqat san’at bayrami, balki yurtimiz tarixi, milliy o‘zligimiz va ma’naviy qadriyatlarimizning
hayotbaxsh ifodasidir. Baxshilik san’ati –
xalq ruhining jonli ifodasi O‘zbek baxshilik an’analari
asrlar davomida shakllangan va avloddan-
avlodga o‘tib kelayotgan noyob madaniy fenomendir.
Baxshilar
—
xalq orasida hurmat qozongan ijodkorlar bo‘lib, ular epik dostonlar,
qahramonlik hikoyalari, madhiyalar, tarbiyaviy so‘zlar va sevgi taronalarini ijro etish orqali
jamiyatga ma’naviy ta’sir ko‘rsatishadi. Festivalning mumrespublika miqyosidagi ahamiyati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan oxirgi yillarda madaniyat va san’at
sohasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Baxshilar festivali ham aynan ana shu siyosatning ajralmas
qismi sifatida har yili turli hududlarda navbatma-
navbat o‘tkazib kelinmoqda. Endilikda
“Baxshichilik san’ati” tushunchasi YUNESKO orqali butun dunyoda keng targ‘ib qilinadi. Endi
bu madaniyat yo‘qolib ketmaydi, aksincha rivoj topib boradi.
Shuni ta’kidlab o‘tishni istardimki,
xalqaro tashkilotlar kelajak avlodlarga bu madaniy merosni yetkazish va baxshichilik
san’atining
rivojlanishiga ilmiy-
uslubiy yordam ko‘rsatishi, ularni jahon madaniyati durdonalari
qatorida targ‘ib qilishi zarur. Albatta, bu jarayon qadamba
-qadam, bosqichma-bosqich amalga
oshirib boriladi. Baxshichilik san’atining YUNESKO ro‘yxatiga kiritilishining barcha
mezonlariga mos kelgan bu noyob nomoddiy madaniy meros yer yuzida kamdan-kam xalqlarda
mavjud bo‘lib, necha ming yillar osha bizgacha bezavol saqlanib, yetib kelgan. YUNESKOning
bu qarori Baxshichilik san’atini jahon miqyosida yuksak e’tirofi bo‘ldi. O‘zbekistonning
YUNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiyasi tomonidan tayyorlanib, 2020
-yilda
YUNESKOga taqdim etilgan bu azaliy qadriyatimiz endilikda xalqaro hamjamiyat e’tiborida
rivojlanadi.
Baxshichilik
–
ikki buyuk daryo, Jayxun va Sayxun oralig‘idagi sivilizatsiyalarni yaratish
qudratiga ega bo‘lgan ulug‘ ajdodlarimizdan meros. Festival doirasidagi tadbirlar, baxshilarning
to‘g‘ridan
-
to‘g‘ri ijro kechalari, ilmiy anjumanlar va seminarlar, yosh baxshilar uchun mahorat
darslari va tanlovlar, milliy liboslar va cholg‘u asboblari ko‘rgazmasi, folklor jamoalari
chiqishlari xalq va baxshilar o‘rtasidagi ko‘prik. Festivalning eng asosiy ahamiyati —
xalq bilan
baxshilar o‘rtasidagi ma’naviy aloqani tiklash va mustahkamlashdir. Baxshilar faqatgina she’r
o‘qimaydi, balki xalqning qayg‘usi, orzusi, tarixiy xotirasi va yuksak or
-
nomusi targ‘ibotchisi
sifatida faoliyat ritadilar.
O‘zbekiston Respublikasidagi Baxshilar festivali —
milliy qadriyatlarimizni asrab-
avaylash, yosh avlodga yetkazish, xalq og‘zaki ijodiga hurmat uyg‘otish va mamlakatimizning
boy ma’naviy hayotini yoritishda beqiyos ahamiyatga egadir. Ushbu festival orqali O‘zbekiston
nafaqat baxshilik an’analarini qayta jonlantirmoqda, balki o‘zini dunyoga madaniy meros
sohasidagi yetakchi davlat sifatida namoyon etmoqda. Ko‘plab viloyatlarda Navro‘z, Mustaqillik
bayrami va boshqa madaniy tadbirlar doirasida baxshilar o‘z chiqishlari bilan xalqni xushnud
etishadi. Bu esa baxshichilikni xalq orasida ommalashtirishga xizmat qiladi. Baxshichilik
festivallari
–
bu milliy madaniyatimizga bo‘lgan hurmatimizning yorqin ifodasidir.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1257
Ushbu festivallar orqali nafaqat o‘zimizning qadimiy san’atimizni e’zozlaymiz, balki uni
jahon miqyosida tanitish imkoniyatiga ham ega bo‘lamiz.
Bugungi kunda baxshichilik
–
bu
o‘tmish sadosi emas, balki zamonaviy san’atning muhim bir yo‘nalishidir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini
o‘tkazish to‘g‘risida” 2018
-yil 1-noyabrdagi PQ-3990-son qarori.
2.
Jumaniyozov A. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. –
Toshkent: O‘qituvchi, 1991.
3.
Ergashev A .Qashqadaryo
–
Surxon vohasidostonchiligi . - T.: Fan, 2008.b 138-142
4.
Nurmatov M. Baxshilik an’analari: tarixi va buguni. –
T.: “O‘zbekiston”, 2012.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 2021 yil 15 martdagi “O‘zbek baxshilar
san’atini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori.
6.
Toshpulatov A. Xalq dostonlari va baxshilar ijodi.
–
Samarqand: SamDU nashri, 2016.
