1371
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
QORAQALPOQ XALQ MAQOLLARIDA MADANIY ONG, IJTIMOIY TAFAKKUR
VA TARBIYAVIY QADRIYATLARNING AKS ETISHI
Saylaubaeva Bibigul Jen’isbay qizi
ToshDOʻTAU 3
-kurs talabasi
+998943285057
https://doi.org/10.5281/zenodo.15754452
Annotatsiya.
Ushbu maqolada qoraqalpoq xalq og‘zaki ijodining qadimiy va barqaror
janrlaridan biri - maqollar xalq tafakkuri, ijtimoiy munosabatlar, axloqiy-
me’yoriy qarashlar va
milliy ongning shakllanishidagi o‘rni nuqtai nazaridan tahlil etiladi. Maqollar xalq
madaniyatining mazmuniy ifodasi bo‘lib, unda tarixiy tajriba, mehnat etikasiga munosabat,
axloqiy ideal va hayot falsafasi mujassam. Maqolada ushbu janrning tarixiy ildizlari, arab
tilidan kirib kelgan atamalar asosida shakllanishi, hamda timsollilik, ko‘chma ma’no,
aforizmlilik kabi stilistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Qoraqalpoq maqollari misolida mehnat,
halollik, sabr-
toqat, harakat, mas’uliyat kabi ijtimoiy
-tarbiyaviy tushunchalarning qanday
ifodalangani ko‘rsatilib, ularning yosh avlodni ijtimoiy ongli shaxs sifatida shakllantirishdagi
o‘rni ochib beriladi. Shuningdek, maqollarni semantik guruhlarga ajratish orqali xalq
tafakkurining tizimli anglanishiga yo‘l ochuvchi metodologik asoslar taqdim etiladi.
Kalit so‘zlar:
qoraqalpoq folklori, maqollar, xalq og‘zaki ijodi, milliy tafakkur, madaniy
meros, timsollilik, axloqiy qadriyatlar, mehnat etikasi, arabcha atamalar, semantik tahlil,
tarbiyaviy funksiyalar, ijtimoiy ong.
Qoraqalpoq xalq og‘zaki ijodi –
boy tarixiy, falsafiy va axloqiy tajribaning mujassamidir.
Ayniqsa, maqollar xalq tafakkuri, madaniyati, urf-odatlari va axloqiy qarashlarini yuksak
darajada aks ettiradi. Maqollarni o‘rganishda ularning semantik guruhlariga ajratish xalq
tafakkurini tizimli anglashga imkon beradi. Qoraqalpoq xalq naql-maqollarining xizmat
qiladigan vazifasi ham, boshqa xalqlarning naql- maqollari kabi inson bilan inson orasidagi
munosabatlarni ko‘rsatadi. Shuning bilan birga jamiyat va tabiat hodisalari bilan urf
-odat va
qadriyatlar, ta’lim tarbiya, jamiyatlik moral, xulq
-
atvorning normalarini bir so‘z bilan aytganda,
xalq turmushining oynasi, insoniychilik qoidalarining zanjiri sifatida rivojlangan. Naql-
maqollarda aytilmaydigan so‘z, ochilmaydigan sir yo‘q, deyarli. Turmushda bor bo‘lgan
voqealarning hammasiga o‘ziga xos bo‘yoqdorligi, o‘rni va bahosi beriladi.
Og‘zaki xalq ijodining boshqa turlari kabi naql
-maqollarning kelib chiqishi har xil
tarixiy voqealarning belgisi, geografik atamalar, xalqning kundalik turmushi, kasb-hunarlarining
mahorati beriladi. Jamiyatning tafakkur mahsuli hisoblangan naql-maqollarning deyarli
ko‘pchiligi turmushga xalqning ko‘z
-
qarashi va xalq massasining ideallarini ko‘rasatadi.
Qoraqalpoq xalq og‘zaki ijodining tabiiy mahsuloti sifatida xalq orasida keng tarqalib, hayotga
to‘g‘ri munosabatni shakllantiruvchi naql
-
maqollarning orasida, “Jegen awiz uyalar”, “Jaqsi
para beredi, jaman bara beredi”, “Qiz tan’risi mal” kabi revolyutsiyadan oldingi elni
boshqaruvchi hokimiyatning maqsad va muddoalarini ko‘rastuvchi naql
- maqollar ham uchrab
turadi.
Naql-maqol termini qoraqalpoqlar orasida juda erta vaqtlardan boshlab tarqalgan. Chunki
bu termin xalq orasida tarqalib, shu janrning atamasi bo‘lib shakllanishi haqida fikr bildiruvchi
1
Qoraqalpoq folklori. Nukus, 1978. 4-tom, 8-bet
2
Qoraqalpoq folklori. Nukus, 1978. 4-tom, 9-bet
1372
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
olimlarning ko‘pchiligi, arablarning O‘rta Osiyo va Qozog‘iston dalalariga kelishi bilan, shu
territoriyalarda yashovchi turkiy tillar xalqiga arab tilining ta’siri bo‘lgan deb tasdiqlashadi.
“Maqal” so‘zi qoraqalpoq tiliga arablardan kirgan. Bu so‘zning ma’nosi “o‘rinli so‘z”
ya’ni “tegishli joylarda aytiladigan so‘z”. Arablar ham “Likelli makanin makal” o‘ringa mos
makali bor deydi.
Ba’zi olimlar shuning dalili sifatida erta davrlardagi adabiy meroslarni ko‘rsatishadi. 11
-
asrning mashhur namunalaridan biri hisoblangan “Devoni lug‘atit turk” kitobida juda ko‘p
maqollar berilganini ko‘rsatish bilan bir qatorda To‘nyuquqning nomiga bitilgan bitikdoshda
chiroyli va ko‘rkam epitetlar, metaforalar, naql
-
maqollar, aforizmlar ko‘p keltirilgan.
Bu janr hamma xalqlarda mavjud. Lekin har bir xalqda har xil terminlar bilan beriladi.
Shularning ichida turkiy tillar xalqlarining ko‘pchiligida ayrim fonetik o‘zgarishlarini hisobga
olmaganda, deyarli bir-
biriga juda yaqin keladi. O‘zbeklar “maqol”, turkmanlar “naqil ve atalar
so‘zi” qirg‘izlar “naqal
-
laqaplar”, qozoqlar “maqal
-
matel” deydi.
Qoraqalpoqlarda bu terminning “hikmetli so‘z”, “misal so‘z”, “na’siyat so‘z” kabi
variantlari ham bor. Qaysi xalq qanday qilib ataganidan qat’iy nazar ularning ma’nosi bir xildir.
Xalqimiz ota-
bobolarimizdan qolgan har bir so‘z asl gavhar va donolikning chashmasi deb
hurmat qilishadi. Ko‘pchilik xalqlar “Otalar so‘zi –
aqlning ko‘zi” deb ham atashadi. Bu bir
tarafdan naql-
maqolarning yana bir atamasi bo‘lsa, ikkinchi tarafdan bu xalqning bergan bahosi
bo‘lib hisoblanadi. “Agar dunyodagi barcha xalqlarning naql
-maqollarini hamda donishmand
ota-
bobolarimizning hikmatli so‘zlarini yig‘ganimizda katta bir kitob bo‘lgan bo‘lar edi”.
Qoraqalpoq xalq maqollari o‘zaro mazmun, ayniqsa shu mazmunining o‘zgachaligini
paydo qiladigan tuzilish tarkibiga ko‘ra farqi bilanadi. Naqllarning tuzilishidagi so‘zlar aniq
ma’noni bildiradi. Shuning uchun ham undagi so‘zlar tinglovchiga aql berish va pand
-nasihat
kabi eshitilib, hech qanday tushuntirishni talab qilmaydi. Lekin maqolning tuzilishiga kirgan
so‘zlarda ko‘chma va tag ma’nolar uchraydi. Shuning uchun ham undagi so‘zlarning ma’nosi har
qanday holatga tegishli bo‘lgan ma’nosini anglab, qo‘llashga va tushunsa bo‘ladi. Undagi imo
-
ishora va timsollab so‘zlash ko‘proq bo‘ladi. Masalan, “Qizim sag‘an aytaman kelinim sen
tin’la” kabi maqollar mulohaza va fiklash orqali amalda qo‘llaniladi.
Maqollarga xos yana bir xususiyat shundaki, ular to‘g‘ri gapni faqat timsol gapga
almashtiradi. Ba’zi bir holatlarda narsaning nomini atamaydi. Lekin shartli turda boshqa narsa
orqali yetqizadi. Umuman olganda, bularning bittasi turmushni aniq va tog‘ridan to‘g‘ri
ko‘rsatsa, ikkinchisi ko‘chma ma’noda tasvirlaydi. Qoraqalpoq xalqining jonli tilida ayrim
naql-maqollarning bir-
biriga juda yaqin kelish xususiyatini ko‘rsatib, rus tadqiqotchisi Snegirov
“Ba’zi bir maqollar naqldan, ba’zi bir naqllar esa maqolllardan kelib chiqadi”
uchun, “Baqirawiq tu’yenin’ ba’ri jaqsi, baqirip turg‘ani onnan da jaqsi”, “Qazanshinin’ erki bar,
qaydan qulaq shig‘arsa”, “Qiymildag‘an qir asar, bu’lkildegen jer teser”, “Tapqan birewin
soyadi, tappag‘an ekewin soyadi”.
Maqollarni ma’noviy guruhlash zarurati shundaki, ular orqali xalq ongidagi muhim
qadriyatlarni aniqlash, tarbiyaviy va didaktik maqsadlarda qo‘llashni osonlashtirish, ularning
stilistik va semantik xususiyatlarini tadqiq qilishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Qoraqalpoq folklorining mehnat haqida aytilgan naql-
maqollaridan ayrimlarini ko‘rib
3
N.Isanbet. Xalq maqalleri. 1-tom, Kazan-1959.9-bet
4
Ertedegi a’debiyet nusqalari, Alma
-Ata-1957, 13-bet
5
M.Alimbaev.O‘rnekti so‘z ortaq qazina. Alma
-Ata, 1967,13-bet
6
Qoraqalpoq folklori. Nukus, 1978. 4-tom, 12-bet
7
И
.
Снегиров
.
Русские народные пословицы и притчи, М. 1948, стр.19
1373
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
chiqamiz va tahlilga tortamiz. Qoraqalpoq xalqi mehnatga yuksak baho bergan va bu hayot
falsafasini maqollarda ifodalagan:
Jalqaw o‘z u’yine o‘zi qonaq.
O‘zbekcha ma’nosi:
Yalqov o‘zi uyiga o‘zi mehmon.
Bu maqolda yalqov va erinchoq odam o‘z uyida bo‘la turib ham mehnat harakat qilmasa,
uning o‘z uyidagi mehmondan farqi qolmaydi. Chunki azal
-
azaladan xaqimizda “Mehmon
otangday aziz” degan gap bekorga aytilmagan va mehmonga ish buyurish qoralangan.
Shuningdek, bu maqolda mehnat qilishga, erinchoqlik qilmaslikka da’vat etyapti.
Bundan tashqari qoraqalpoq xalqida to‘rtlik shaklidagi maqollar ham uchrab turadi:
Aqilinin’ kemligin,
Ku’lki menen jetkerer.
Irisqalinin’ kemligin,
Uyqi menen jetkerer.
O‘zbekcha ma’nosi:
Aqlining kamligini,
Kulgu bilan yetqizar.
Rizqisining kamligini,
Uyqu bilan yetqizar.
Ushbu maqolda insonning aqli kamligini uning ko‘p kulishi yoki qanday kulishidan, rizq
-
u nasibasining kamligini esa ko‘p uxlashidan bilib olishimiz mumkinligini bizga aytyapti.
Jolawshinin’ parizi,
Ju’rse o‘teler.
Sawdagerdin’
qarizi,
Berse o‘teler.
O‘zbekcha ma’nosi:
Yo‘lovchining farzi,
Yursa bajarilar.
Savdagorning qarzi,
Bersa bajarilar.
Bu maqoldagi “Jolawshinin’ parizi
-
ju’rse o‘teler” jumlasida yoʻlovchi obrazida hayot
yoʻlidagi odam nazarda tutilmoqda. Maʼnosi shuki, biron
-bir maqsadga yetish uchun odam
harakat qilishi kerak. Yaʼni, yoʻlga chiqqan kishi faqat yurish orqali manzilga yetadi. Agar u
toʻxtab qolsa, hech qachon maqsadiga erisha olmaydi. Bu umumlashgan holda inson harakati,
intilishi, mehnati haqida aytilgan y
a’ni “Agar sen orzu qilayotgan narsang bor boʻlsa, unga
intilmasang, hech narsa oʻz
-
oʻzidan boʻlmaydi. Harakat qilganlargina muvaffaqiyatga yetadi”.
“Savdogarning qarzi –
bersa bajarilar” bu qismida esa savdogar obrazida insonning ijtimoiy
hayotdagi majburiyatlari, halollik va adolat prinsiplariga rioya qilishi aks ettiriladi. Savdogarning
qarzi
–
yaʼni, u kimdandir qarz olsa yoki biror vaʼda bersa, uni bajarsa, o‘z burchini ado etgan
bo‘ladi. Bu jumla so‘zda turish, halol bo‘lish, jamiyat oldida o‘z masʼuliyatini unutmaslik
g‘oyasini targ‘ib qiladi. Bu maqol yoshlarni harakatchan, intiluvchan, masʼuliyatli, halol va
vijdonli bo‘lishga da’vat etadi. U kishilarga eslatadi: har bir insonning bu dunyoda o‘ziga xos
8
Qoraqalpoq folklori. Nukus, 1978. 4-tom, 23-bet
9
Qoraqalpoq folklori. Nukus, 1978. 4-tom, 26-bet
1374
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
burchi bor, shu burchini ado etganlargina chin
inson bo‘la oladi.
Uyqilamasan’ ashilmaydi qabagin’,
Miynet etpey ag‘armaydi tamag‘in’.
O‘zbekcha ma’nosi:
Uxlamasang
–
ochilmaydi qabog‘ing,
Mehnat qilmay
–
oqarmaydi tamog‘ing.
Bu maqolda ikki muhim hayotiy tamoyil ko‘rsatilgan. Birinchi qismida tanani tiklash
uchun dam olish kerakligi haqida aytilgan. Chunki inson faqat mehnat bilan emas, dam olish,
uxlab tiklanish orqali ham salomatligini saqlaydi. Doimiy charchoq, uxlamaslik insonni ruhiy va
jismoniy jihatdan zaiflashtiradi. Shuning uchun vaqtida uxlab, tanani tiklash kerak. Ikkinchi
qismida esa mehnat
–
rizq va hurmatning asosi ekanligi ta’kidlangan. Halol mehnat qilgan
odamgina hayotda oq yoqa kiyib yuradi, ya’ni izzat topadi, toza yashaydi. Dangasa, mehnat
qilmaydigan odam na mol topadi, na hurmat. Bundan tashqari bu maqol insonning hayotiy
muvozanatini targ‘ib qiladi, ya’ni bir tomondan, dam olish –
bu salomatlik, hushyorlik uchun
zarurligi, ikkinchi tomondan esa mehnat
–
bu yashash, ovqat topish, hurmatga sazovor bo‘lish
vositasi ekanligi tasvirlangan. Ya’ni, hayotda nafaqat ishlash, balki o‘z vaqtida dam olish ham
muhim. Ikkalasi bir-
birini to‘ldiradi. Demak, sog‘lom tana –
halol mehnat orqali jamiyatda izzat
topish, bu
–
qoraqalpoq xalqining qadimiy falsafasidir.
Ko‘z jumbay suw keshiw joq.
O‘zbekcha ma’nosi:
Ko‘z yummay suv kechish yo‘q.
Bu maqolda inson hayotidagi qiyinchiliklarga bardosh berish, ularni e’tiborsiz qoldirish
emas, aksincha, sabr bilan yengib o‘tish kerakligi ifodalangan.
Bu maqolda suv
–
inson hayotida
duch keladigan sinovlar, dardlar, muammolarning timsoli. Ularni ko‘rib turib, unga ko‘z yumib
chidagan odamgina manzilga
–
maqsadga yetadi. Qiyinchiliklarni ko‘rib, yurak bilan bardosh
berib, sukut ila yo‘lni davom ettirgan kishi maqsadiga yetadi. Bu maqolda sabr
-toqat, irodalilik
va bardoshlilik qadrlanmoqda. Har bir inson hayotida “suvdan kechish” holati bo‘ladi –
ya’ni
sinovli davrlar. Ana shu paytda ko‘z yummay, ya’ni ichki qarshiliklarsiz, shikoyatsiz sabr qilgan
odamgina bu davrdan muvaffaqiyatli o‘tadi. Umuman olganda “Ko‘z yummay suv kechish yo‘q”
maqolida hayotda maqsadga yetish uchun inson og‘irliklarga chidashi, sabr bilan, ba’zan sukutda
bo‘lib, bu sinovlarni yengib o‘tishi kerak degan donishmandlikni tasvirlayapti.
Xulosa qilib aytganda, qoraqalpoq xalq maqollari
—
xalq tafakkuri va ijtimoiy ongining
tarixiy-
madaniy kontekstda shakllangan betakror ifodasidir. Ular ko‘p asrlar davomida
jamiyatning axloqiy, mehnatga oid, ma’naviy va tarbiyaviy qadriyatlarini avloddan
-avlodga
o‘tkazuvchi vosita bo‘lib xizmat qilib kelgan. Ushbu maqollar xalqning hayotiy tajribasi,
ijtimoiy ideallar, madaniy orientirlar, shuningdek, mehnat va halollik mezonlariga bo‘lgan
munosabatining eng qisqa, ammo chuqur ma’no yuklangan ifodalaridir. Maqollarning ko‘chma
ma’nolarga boyligi, obrazlilik va timsollilik orqali insonning ichki dunyosi, ijtimoiy pozitsiyasi
va ruhiy-etnik xususiyatlari yoritiladi. Ular nafaqat axborot beruvchi, balki tarbiyaviy,
ogohlantiruvchi va yo‘l ko‘rsatkich funksiyasiga ega bo‘
lgan didaktik janr hisoblanadi. Ushbu
maqolada keltirilgan misollar asosida ko‘rinadiki, qoraqalpoq maqollari milliy mentalitet,
madaniy xotira va xalq pedagogikasining muhim manbasi sifatida alohida ilmiy e’tiborni talab
10
Qoraqalpoq folklori. Nukus, 1978. 4-tom, 28-bet
11
Qoraqalpoq folklori. Nukus, 1978. 4-tom, 30-bet
1375
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
etadi.
REFERENCES
1.
Alimbaev M. O‘rnekti so‘z ortaq qazina.–
Alma-Ata, 1967.
2.
Ertedegi adabiyet nusqalari.
–
Alma-Ata, 1957.
3.
Isanbet N. Xalq maqalleri.
–
Kazan, 1959.
4.
Qoraqalpoq xalq naql-maqollari.
–
Nukus: Qaraqalpaqstan, 1995.
5.
Q.Ayimbetov. Qoraqalpoq adabiyoti.
–
No‘kis, 1959.
6.
Qaraqalpaq folklori. 4-tom.
–
Nukus, 1978.
7.
Qaraqalpaq folklori naqıl
-maqallar.
–
Toshkent, 2019.
8.
И
.
Снегиров
.
Русские народные пословицы и притчи. –
М, 1948.
