ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1456
QORAQALPOQ MAQOLLARIDA OT OBRAZINING RAMZIY MA’NOSI VA
IJTIMOIY QADRIYATLARDAGI O‘RNI
Saylaubaeva Bibigul Jen’isbay qizi
ToshDOʻTAU 3-kurs talabasi
+998943285057
https://doi.org/10.5281/zenodo.15768250
Annotatsiya.
ushbu maqolada qoraqalpoq xalq maqollaridagi “ot” obrazining semantik
va ramziy ma’nolari tahlil qilinadi. Ot obrazining ijtimoiy, axloqiy va madaniy kontekstlarda
qanday funksional yuklamalar bilan namoyon bo‘lishi, xalq og‘zaki ijodida uning qanday
o‘ringa ega ekani ko‘rsatib beriladi. Maqolalarda ot timsoli orqali mehnat, tajriba, mas'uliyat,
zaiflik va kuchlilik kabi qadriyatlar ifodalanadi. Shuningdek, maqol qoraqalpoq tilshunosligi va
folkloristik manbalar asosida tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar:
qoraqalpoq maqollari, ot obrazi, xalq og‘zaki ijodi, ramziy ma’no, folklor,
madaniy meros, ijtimoiy qadriyatlar.
Qoraqalpoq xalq og‘zaki ijodi o‘zining boy mazmuni, rang-barang timsollari va chuqur
falsafasi bilan ajralib turadi. Qoraqalpoq tarixida maqollarni butun bir millatning kuchi bilan
yasalgan gavhar dunyoasini yig‘ish va nashrga tayyorlash ishlari 19-asrning ikkinchi yarmidan
boshlangan. Qoraqalpoq xalqining madaniyatini, adabiyotini o‘rganish bir necha yillardan beri
rus olimlarining e’tiborida bo‘lib kelgan. Mana shu asosda mashhur qozoq olimi Ch.Valixanov
qoraqalpoq orasida yurib bir nechta og‘zaki xalq namunalarini yig‘adi.
1
N.P.Ostroumov 1888–
1891-yillarda “Turkston o‘lkasining mahaliy xalqlarining naql va maqollari”
2
nomli kitobining
etnografik materiallar bo‘limida 1110 ta naql-maqollarning namunalari keltirilgan. Shularning
ichida bir nechta qoraqalpoq naql-maqollari ham bor. Bu to‘plamlarga xalq orasida keng
tarqalgan tabiat va jamiyat jarayonlari haqidagi naql-maqollar va xalq donishmandligini
tasvirlaydigan maqollar ham kiritilgan. A.A.Divaev “Sirdaryo viloyatidagi mahaliy xalqlarning
ertak, timsol, maqol, topishmoq va dostonlari”
3
nomli kitobni nashrdan chiqaradi. Shunday qilib,
Oktabr revolyutsiyadan oldingi qoraqalpoq xalq og‘zaki namunasini va naql-maqollarini yig‘ish
va uni nashrga tayyorlash ishlarida ham rus tadqiqotchilari yetakchilik qildi.
Qoraqalpoq xalq og‘zaki namunalarining ajralmas bir bo‘lagi bo‘lgan naql-maqollarni
o‘rganish, to‘plam sifatida nashrdan chiqarish xalqning maqsadiga aylandi. Xuddi shunday
tadqiqot ishlarini taniqli rus olimi, filologiya fanlari doktori, professor N.A.Baskakovning
xizmatlari katta. U 1926–1946-yillar oralig‘ida Qoraqalpog‘istonning hamma tumanlarida bo‘lib,
etnografik va dialektik tadqiqotlar yurgizadi. Shu tadqiqotlarining yakuni sifatida 1951- yili
qoraqalpoq tilining birinchi tomini nashrdan chiqaradi.
4
Bu tomda 700 dan ortiq naql-
maqollarning namunasi qoraqalpoq va rus tillarida berilgan. Buning eng omadli tomoni shuki,
1
Ч.Валиханов "Сочинения, издание под редакцией Н.И.Василевского "в записках русского географического
общества но отделению этнографии" СПБ, 1904.
2
Н.П.Остроумов. Пословицы туземского населения Туркестанского края, Ташкент,1888
3
«Сборник материалов для статистики Сыр-Дарьинской области» Изд. 1895. Ташкент
4
Н.А.Баскаков. Каракалпакский язык, т.Изд. АН СССР. Москва, 1951
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1457
qoraqalpoq xalqining adabiy meroslarini boshqa millatlarga tanishtirish bilan bir qatorda,
kelajakda naql-maqollarni rus tilida to‘plam etib tayyorlash kerak bo‘lgan vaqtda tayyor turgan
material sifatida olsak bo‘ladi.
Daslabki yillarda og‘zaki yillarda og‘zaki xalq namunlarini o‘z ixtiyori bilan
o‘rganuvchilarga ko‘rsatmalar berilib, fikr almashishda N.Dawqaraev, Q.Alimbetov va ko‘pgina
olimlarimiz birgalikda ishlashdi. Shularning ichida naql-maqollarni yig‘ishda ko‘p mehnati va
harakati singgan filologiya fanlari doktori, professor Q. Ayimbetov edi. Qoraqalpoq xalq
og‘zaki namunalarini yig‘ishga oliy ta’lim muassasalarining talabalari bilan o‘qituvchilar
jamiyati, yozuvchi-shoirlar faol qatnashdi. Shular qatorida 1946–1947 yillarda Q. Berdimuratov
Qo‘ng‘irot tumanining maktab jamiyati bilan birgalikda “Qaraqalpaq xaliq naqil-maqallari”
nomli kitobni nashrga chiqardi.
5
I.Yusupov Taxtako‘pir, Qorao‘zak tumanlarining
terrritoriyalaridan “Qaraqalpaq folklori”, Kegeyli va Chimboy tumanlarida bo‘lib, “Qoraqalpoq
legendalari qosiq ha’m naqil-maqallari”
6
kitobini va R.Xojambergenov “Qaraqalpaq naqillari
ha’m a’tko‘nshek” degan nom bilan bir qancha materiallar topshirdi.
Naql-maqollarning ko‘p yig‘ilgan davri 1959-yili O‘zbekiston SSR Ilmlar akademiyasi
Qoraqalpog‘iston filialining ochilish marosimi munosabati bilan birgalikda qoraqalpqo folklor
sektorining tashkllashtirishi, og‘zaki xalq namunalarining hamma turlari haqida chuqurroq O‘.
Nurg‘aliyev, “Qoraqalpoq naqillari”
7
, 1963-yili A.Qulimbetov “Qaraqalpaq naqil-maqallari”
8
nomli kitobini alifbo tartibida sistemalashtirib nashrdan chiqargan. Bundan tashqari alohida
mavzulashtirmasdan folklorning boshqa janrlari bilan qo‘shib yozib olingan naql-maqollar ham
oz emas. Lekin shularga qarab, qoraqalpoq naql-maqollari to‘lig‘i bilan yig‘ib olindi degan fikr
tug‘ilmasligi kerak. Sababi, naql-maqollar kun sayin turmushning talabi bilan yana ko‘payib
bormoqda. Shu jarayonni hisobga olib filologiya fanlarning doktori, professor Q. Ayimbetov
shunday degan edi: “Qoraqalpoq naql so‘zlari to‘lig‘i bilan hali yig‘ib olingani yo‘q, uni to‘lig‘i
bilan yig‘ib olish mumkin emas”
9
. Buni uzluksiz yig‘ish, o‘rganishni talab qiladigan bebaho
xazina deb qarash to‘g‘ri hisoblanadi.
Xalq maqollarida insoniy munosabatlar, hayotiy tajriba, axloqiy me’yorlar va ijtimoiy
qadriyatlar ifoda topgan. Ayniqsa, turmush tarzining ajralmas qismi bo‘lgan ot hayvoni
qoraqalpoq maqollarida nafaqat transport vositasi, balki ramziy obraz sifatida ham keng
namoyon bo‘ladi. Ot obrazi – bu harakat, kuch, fidoyilik, tajriba, mas’uliyat kabi
tushunchalarning ifodasi bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu maqolada qoraqalpoq maqollaridagi “ot”
timsoli orqali xalqning dunyoqarashi, jamiyatdagi o‘rni, qadriyatlar tizimi va hayotga bo‘lgan
munosabati tahlil qilinadi. Maqollar nafaqat xalq donishmandligining mahsuli, balki ularning
tarixiy-madaniy tafakkurini yoritib beruvchi bebaho manba hamdir. Shu nuqtai nazardan otga
oid maqollar semantik va funksional tahlil orqali izohlanadi va ular orqali xalq tafakkurining
chuqur qatlamlari ochib beriladi.
5
Өз ССР Илимлер академиясы ҚҚФ. китапханасының қолжазбалар фонды. С-–42 инв. 1077.
6
Өз ССР Илимлер академиясы ҚҚФ. китапханасының қолжазбалар фонды. Р–179 инв. 1172, 37430, 1607.
7
Өз ССР Илимлер академиясы ҚҚФ. китапханасының қолжазбалар фонды. Р–74- инв. 42921.
8
Өз ССР Илимлер академиясы ҚҚФ. китапханасының қолжазбалар фонды. Р–98, инв. 46928.
9
«Каракалпак накыллары ҳәм мақаллары». – Нукус, 1956, 38-бет
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1458
At alsan’ awilin’ menen,
Ayibi tabilsa ag‘ayinnin’ moynina
.
10
O‘zbekcha ma’nosi:
Ot olsang ovuling bilan,
Aybi chiqsa qarindoshingning bo‘yniga.
Bu maqol orqali shunday ijtimoiy haqiqat ko‘rsatilyaptiki, odamning qilgan ishlari,
qarorlari yoki tanlovlari baʼzan faqat uning o‘zigagina emas, balki butun qarindoshlari yoki
qavmiga taʼsir qiladi. Ayniqsa kichik jamoalarda bir kishining harakati butun urug‘, elga
taalluqli deb qaraladi. Bu maqol odamlarni masʼuliyat bilan ish tutishga, o‘ylab harakat qilishga
chaqiradi. Chunki har qanday noto‘g‘ri tanlov yoki xato ish nafaqat shaxsning o‘ziga, balki
butun oilasi yoki qarindoshlariga ham taʼsir qilishi mumkin.
Ariq atqa qamshi o‘ter,
Jirtiq u’yge tamshi o‘ter.
11
O‘zbekcha ma’nosi:
Ozg‘in otga qamchi o‘tar,
Teshigi bor uyga tomchi o‘tar.
Bu maqolda zaif va himoyasiz holatdagi odamlar ko‘proq zarar ko‘radi degan fikr
ifodalangan. Zaif, nimjon otga odamlar rahm qilmaydi, aksincha unga qamchi urishadi.
Boshqacha aytganda, zaif odam har doim bosim ostida bo‘ladi, ustidan hazar qilinmaydi, unga
ko‘proq topshiriq, og‘irlik yuklanadi. Agar uyning tomida teshik bo‘lsa, albatta yomg‘ir tomadi.
Yaʼni muammosi bor joyga balo oson kiradi. Kimda zaiflik yoki kamchilik bo‘lsa, unga
muammo tezroq yetadi. Maqol hayotdagi adolatsizlik va zaiflikning oqibatlarini tasvirlaydi. Shu
bilan birga, odamni zaiflikni yo‘qotishga, o‘zini himoya qilishga, mustahkam bo‘lishga undaydi:
chunki kim kuchsiz bo‘lsa, unga zarar ko‘proq tegadi.
At minbegen at minse,
Shaba-shaba o‘ltirer.
Ton kiymegen ton kiyse,
Silke-silke tozdirar.
12
O‘zbekcha ma’nosi:
Ot minmagan ot minsa,
Chopa-chopa o‘ldirar.
To‘n kiymagan to‘n kiysa ,
Silkita-silkita to‘zdirar.
Bu maqolda tajribasiz yoki sharoitni bilmaydigan kishi qo‘liga hokimiyat, imkoniyat yoki
boylik tushsa, uni to‘g‘ri boshqara olmaydi, zarar yetkazadi, degan fikr ifodalangan. Ot minishni
bilmaydigan odam birdan ot minsa, u otni qanday boshqarishni bilmaydi, tinimsiz haydaydi,
tepadi, to‘xtatmaydi va oxiri otni holdan toydirib, o‘ldiradi. Bu shuni bildiradiki, tajribasiz
odamga katta masʼuliyat topshirilsa, u foyda emas, zarar keltiradi. Oldin hech qachon to‘n –
qimmatbaho kiyim kiymagan odam bir kuni uni kiyib olsa, uni orqasidan silkib, maqtanib
10
Каракалпак фольклоры». – Нукус, 1978. 4-том 38-бет
11
Каракалпак фольклоры». – Нукус, 1978. 4-том 39-бет
12
Каракалпак фольклоры». – Нукус, 1978. 4-том 39-бет
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1459
yuradi, oxiri yirtib, to‘zitib yuboradi. Bu esa o‘ziga yot narsani, yaʼni maqom, boylik yoki
hurmatni ko‘tara olmaydigan odamlar haqida aytiladi. Maqol odamni sabrli bo‘lishga, tajriba
orttirgachgina harakat qilishga, berilgan neʼmatni qadrlashga va o‘z o‘rnini bilishga chaqiradi.
Yaʼni, har bir ishga pishib yetilgach kirishish kerak – aks holda foyda emas, zarar bo‘ladi.
At ju’yrigin tu’lki su’ymes,
Awiriw adam ku’lki su’ymes
.
13
O‘zbekcha ma’nosi:
Otning tez chopadiganini tulki suymas,
Kasal odam kuguni suymas.
Bu maqol hayotdagi hasad, ichki norozilik va holatga mos kayfiyat haqida so‘z
yuritadi.Yaxshi va kuchli narsani har kim yoqtavermaydi. Ayniqsa, raqiblar yoki hasadgo‘ylar
undan bezor bo‘ladi. Kayfiyati, holati yomon odam esa quvonchni qabul qilolmaydi. Maqol ikki
muhim fikrni aytiladi. Bular: kuchli odamni zaiflar yoqtirmaydi – bu hayotdagi raqobat va hasad
belgisi, ikkinchisi dardu tashvishdagi odam quvonchni ham ko‘ra olmaydi – bu ruhiy holatning
taʼsirini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, maqol odamni xolis bo‘lishga, salbiy hislardan xalos
bo‘lishga undaydi.
Jaqsi attin’ jasin sorama.
14
O‘zbekcha ma’nosi:
Yaxshi otning yoshini so‘rama.
Bu maqolning maʼnosi shundaki, agar ot yaxshi, kuchli, bardam bo‘lsa, uning yoshini
so‘rashning hojati yo‘q, chunki u baribir foydali va kerakli. “Ot” bu yerda ramziy maʼnoda
ishlatilgan bo‘lib, u inson, ishchi, vosita yoki tajriba kabi tushunchalarni ifodalashi mumkin.
Maqolda aytilishicha, agar ot yaxshi xizmat qilayotgan, kuchli, bardoshli bo‘lsa, uning yoshi
ahamiyatsiz – ahamiyatli narsa uning sifati, foydasi. Yoshi katta bo‘lsa-da, haligacha ishga
yaramli inson haqida ya’ni “katta yoshda bo‘lsa ham, kuchi bor, foydali odam.” Yaxshilik va
sifat yosh bilan emas, ishchanlik va foydalilik bilan o‘lchanadi.Shu sababdan, insonlarni yoki
narsalarni baholaganda, yoshiga emas, sifatiga va foydasiga qarash kerak, degan chuqur maʼnoni
anglatadi.
To‘rt ayag‘i menen atta su’rinedi.
15
O‘zbekcha ma’nosi:
To‘rt oyog‘i bilan ot ham qoqiladi.
Bu maqol shuni anglatadiki, eng kuchli, tajribali va ehtiyotkor bo‘lgan ot ham, baʼzan
xatoga yo‘l qo‘yadi. Demak, har bir inson hayotda xatoga yo‘l qo‘yishi tabiiy. Ot – kuch-quvvat,
tajriba va harakat timsoli. To‘rt oyog‘i bor ot yurishda barqaror va tez bo‘ladi. Lekin shunga
qaramay, baʼzan qoqiladi – yaʼni sirg‘anadi, yiqiladi yoki to‘siqqa uriladi. Bu orqali xalq
shunday quyidagi fikrni ilgari surmoqda: Inson qanchalik aqlli, tajribali yoki ehtiyotkor
bo‘lmasin – u ham baʼzan adashadi, xatoga yo‘l qo‘yadi. Bu maqol odamlarga boshqalarni
xatolari uchun qattiq hukm qilmaslikni, har bir inson xatoga yo‘l qo‘yishi mumkinligini va
xatoni tan olib, o‘rganish muhimligini eslatadi.
13
Каракалпак фольклоры». – Нукус, 1978. 4-том 39-бет
14
Каракалпак фольклоры». – Нукус, 1978. 4-том 41-бет
15
Каракалпак фольклоры». – Нукус, 1978. 4-том 42-бет
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1460
Attin’ adimi ulken,
Tu’yenin’ tabani u’lken.
16
O‘zbekcha ma’nosi:
Otning qadami katta,
Tuyaning tovoni katta
.
Bu qoraqalpoq xalq maqolida har kimning ustun jihati boshqacha bo‘lishi haqida fikrni
ilgari suradi. Yaʼni ot – tezligi va harakatlanish qobiliyati bilan mashhur. Uning qadamining
uzunligi – harakatdagi ustunlik belgisi. Tuyaning esa tovoni katta – bu uning og‘irlikni
ko‘tarish, uzoq yo‘lga chidamli bo‘lish qobiliyatini bildiradi. Demak, har bir hayvon yoki odam
o‘ziga xos fazilatga ega. Kimdadir tezlik ustun, boshqasida kuch yoki bardoshlilik. Bu maqol
insonlar orasidagi taqqoslash, hasad yoki bir xil bo‘lish istagini tanqid qiladi. Yaʼni har kimda
o‘ziga xos yaxshi tomon borligi, boshqaga o‘xshash shart emasligi, kimdir bilimda kuchli,
kimdir amaliyotda, kimdir gapda, kimdir ishda oldinda bo‘lishi haqida alohida e’tibor
qaratadi.Bu maqol bizni boshqalar bilan taqqoslamaslikka, o‘z fazilatimizni qadrlashga va
boshqalarning ham o‘z o‘rnini tan olishga o‘rgatadi.
Atqa erdin’ batqanin,
Iyesi bilmese, at biler.
17
O‘zbekcha ma’nosi:
Otga egarning botganini,
Egasi bilmasa, ot bilar.
Bu maqol shuni anglatadiki, agar biror muammo yoki noqulaylik kimningdir e’tiboridan
chetda qolsa ham, uni boshidan o‘tayotgan kishi albatta his qiladi. “Otga egarning botganini”
ya’ni egarning botishi – yomon o‘rnashishi, otga og‘riq yoki noqulaylik keltiradi.“Egasi bilmasa
– ot bilar” ya’ni ot egasi bu holatni sezmasligi mumkin, lekin otning o‘zi bu azobni aniq his
qiladi, chunki to‘g‘ridan-to‘g‘ri unga ta’sir qiladi. Bu maqol odamlarni boshqalarga nisbatan
sezgir bo‘lishga, rahmdillikka va atrofdagilarning ichki holatiga befarq bo‘lmaslikka undaydi.
Xulosa qilib aytganda, qoraqalpoq maqollarida ot obrazining ishlatilishi xalqning hayotiy
tajribasi, qadriyatlar tizimi va tafakkur tarzining muhim ko‘zgusidir. Ot nafaqat transport
vositasi, balki kuch, harakat, tajriba, fidoyilik va sabr kabi ijtimoiy-axloqiy kategoriyalar bilan
bog‘langan. Maqollarda ot orqali berilgan ramzlar xalqning o‘z tarixiga, hayotiy kurashiga va
axloqiy mezonlariga bo‘lgan munosabatini ifodalaydi. Shuningdek, bu obraz xalq tilida estetik
va semantik funksiyani bajarib, o‘zida qadimiy donishmandlikni mujassam etgan. Ot timsoli
qoraqalpoq xalq ijodida kuchli ijtimoiy yuklamaga ega bo‘lgan ramz sifatida e’tiborga loyiqdir.
Bu esa ushbu mavzuni folklor, tilshunoslik va madaniyatshunoslik kontekstida o‘rganishni
davom ettirish zarurligini ko‘rsatadi.
16
Каракалпак фольклоры». – Нукус, 1978. 4-том 43-бет
17
Каракалпак фольклоры». – Нукус,, 1978. 4-том 45-бет
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1461
REFERENCES
1.
Баскаков Н.А. Каракалпакский язык. – Москва: Изд. АН СССР, 1951.
2.
Каракалпак фольклоры. – Нукус, 1978.
3.
Каракалпак накыллары ҳәм мақаллары. – Нукус, 1956.
4.
Остроумов Н.П. Пословицы туземского населения Туркестанского края. –Ташкент,
1888.
5.
Өз ССР Илимлер академиясы ҚҚФ. китапханасының қолжазбалар фонды. Р– 98,
инв. №46928.
6.
Сборник материалов для статистики Сыр-Дарьинской области. – Ташкент, 1895.
7.
Валиханов Ч. Сочинения Под ред. Н.И. Василевского Записки
Русского
географического общества по отделению этнографии. – СПб., 1904.
