1461
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
BOKSCHILARNI TAYYORLASH JARAYONIDA JISMONIY SIFATLARNI
TARBIYALASH VA TEXNIK-TEXNIK HARAKATLARNI
TAKOMILLASHTIRISH
Adilshaev Pamir Maxsetbaevich
O
‘
zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
Nukus filiali assistento
‘
qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15763261
Annatatsiya.
Bokschilarning imkoniyatlarini, raqibning xususiyatlarini hamda
musobaqalarning aniq shart-sharoitlarini hisobga olgan holda musobaqalarda
qatnashishni maqsadga muvofiq keladigan rejani ishlab chiqish.
Kalit so’zlar:
Boks, Bokschi texnikasining, bilim va tajribalardan, musobaqa
faoliyati,
mashg’ulot o‘tkazish, Texnikani o‘rganish,
individual xususiyati.
Аннотация
.
Разработка целесообразного плана участия в соревнованиях с
учетом возможностей боксеров, особенностей противника и конкретных условий
соревнований
.
Ключевые слова:
Бокс, техника боксера, знания и опыт, соревновательная
деятельность, тренировка, изучение техники, индивидуальные особенности.
Abstract.
Development of a feasible plan for participation in competitions, taking
into account the capabilities of boxers, the characteristics of the opponent, and the
specific conditions of the competitions:
Keywords:
Boxing, boxer's technique, knowledge and experience, competitive
activity, training, learning technique, individual characteristics
Kirish:
Bokschilarning tayyorgarligi amaliyotiga tizimli yondashuvning tatbiq
etilishi
boksda
sportchilar
tayyorgarligining
turli
bosqichlarida
texnik
ko‘rsatkichlari miqdoriy baholari tizimini ishlab chiqish hamda qo‘llash uchun sharoit
yaratadi.
Bokschilarning
texnikasi alohida ko‘rsatkichlari ko‘p mutaxassislar tomonidan
bayon e
tilgan, ularni qo‘llashning turli yo‘nalishlari belgilab berilgan.
Bu
ma’lumotlarning hammasi texnik ko‘rsatkichlari tizimining
ishlab chiqilishini talab
etadi, busiz sport mashg‘ulotlarining turli
bosqichlarini samarali tarzda nazorat qilib
bo‘lmaydi, sport
muvaffaqiyatlarini bashorat qilish usullarini ishlab chiqish, dasturiy
tayyorgarlikning maqsadli vazifalarini qo‘yish mumkin e
mas.
Bokschilarning texnik ko‘rsatkichi tayyorgarligining umumiy
baholanishi tarkibiga
kiruvchi
texnik
tayyorgarligi
xususiyatlarining
miqdoriy
ifodasidir.
Ayrim
ko‘rsatkichlarning miqdoriy
ifodalarini asosiy deb qabul qilib, sportchi yoki jamoaning
texnik-taktik tayyorgarligi darajasini, shuningdek, sport tayyorgarligi pedagogik
jarayonining sifati va dinamikasini baholash mumkin.
Ishning dolbzarbligi
:
Bugungi kunda jismoniy tayyorgarlik boks sport turida yuqori
natijalarga erishish asosi hisoblanadi. U bokschining jismoniy sifatlari, shuningdek, organizmi
shakllari va funksiyalarining ma’lum darajada rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Boks sport turi
bilan shug’ullanuvchilar organizmi qancha mustahkam va ishchanlik qobiliyati qanchalik yaxshi
bo’lsa, mashg‘ulot yuklamalarini shuncha yaxshi qabul qiladi. Boks mashg’ulotlariga tezroq
moslashadi hamda uzoq vaqt davomida mashqlanganlik holatida turadi.
1462
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
Mahsg’ulotlarda bellashuv sharoitlarida optimal jismoniy tayyorgarliksiz bokschining
texnik, taktik va psixik malakalari hamda jismoniy sifatlarining samarali va uzoq vaqt davom
etishi mumkin emas degan xulosaga kelish mumkin. Shuning uchun jismoniy tayyorgarlik
bokschi qizlar texnik-taktik elementlarini takomillashtirish jarayoni bilan birgalikda
mashg‘ulotda yetakchi ro’l o’ynaydi.
Hozirgi vaqtda bokschilar tayyorgarligini baholash asosan musobaqa faoliyati
jarayonida yoki nazorat natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi. Bunda ko‘pincha bokschilarni
tayyorgarligining bahosi sifatida musobaqada egallangan o‘rin yoki jang natijalari hisobga
olinadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan natijalar qo‘lga kiritilganidan so‘ng
murabbiy-pedagog va
sportchi oldinda turgan musobaqaning
xususiyatlarini modellashtirib, ma’lum
darajada muayyan
sportchilar bilan bo‘lajak janglarning natijalarini bashorat qilib,
sport
tayyorgarligi pedagogik jarayoniga qandaydir o‘zgartirishlar
kirita boshlaydilar.
Tayyorgarlikning mavjud darajasiga doyir bunday ma’lumotlar
yoki modellar bor
ekan, raqibning kuchli jihatlarini engish uchun
qandaydir javob choralarini ko‘rish,
uning bo‘sh tomonlaridan
foydalanib, jangda yutib chiqishga harakat qilish kerak.
Bokschilarning tayyorgarligi amaliyotiga tizimli yondashuvning tatbiq etilishi
boksda sportchilar tayyorgarligining turli
bosqichlarida texnik ko‘rsatkichlari
miqdoriy baholari tizimini
ishlab chiqish hamda qo‘llash uchun sharoit yaratadi.
Bokschilarning
texnikasi alohida ko‘rsatkichlari ko‘p mutaxassislar tomonidan
bayon e
tilgan, ularni qo‘llashning turli yo‘nalishlari belgilab berilgan.
Bu
ma’lumotlarning hammasi texnik ko‘rsatkichlari tizimining
ishlab chiqilishini talab
etadi, busiz sport mashg‘ulotlarining turli
bosqichlarini samarali tarzda nazorat qilib
bo‘lmaydi, sport
muvaffaqiyatlarini bashorat qilish usullarini ishlab chiqish, dasturiy
tayyorgarlikning maqsadli vazifalarini qo‘yish mumkin e
mas.
Bokschilarning texnik ko‘rsatkichi tayyorgarligining umumiy
baholanishi tarkibiga
kiruvchi
texnik
tayyorgarligi
xususiyatlarining
miqdoriy
ifodasidir.
Ayrim
ko‘rsatkichlarning miqdoriy
ifodalarini asosiy deb qabul qilib, sportchi yoki jamoaning
texnik-taktik tayyorgarligi darajasini, shuningdek, sport tayyorgarligi pedagogik
jarayonining sifati va dinamikasini baholash mumkin.
Texnik tayyorgarlik darajasi deganda, texnik ko‘rsatkichlari yig‘indisining shunga
muvofiq asosiy ko‘rsatkichlar yig‘indisi bilan taqqoslanishiga tayanuvchi nisbiy
tavsifnoma tushuniladi.
Bokschilarni tayyorlash jarayonida jismoniy sifatlarni tarbiyalash va texnik-
texnik harakatlarni takomillashtirish bilan yonma-yon shaxsiy xususiyatlari hamda
shaxsiy sifatlarning
shakllanishiga ta’sir ko‘rsatish juda muhimdir. Sportchini o‘z
ustida
ishlashga, madaniyati va tafakkurini oshirishga muntazam yo‘naltirib
turishi lozim.
Mashg‘ulot
jarayoni
davomida
va
musobaqalarda
shaxsiy
sifatlarni
shakllantirishga izchil ta’sir ko‘rsatib, jamoa yordamida salbiy holatlarni to‘g‘ri bartaraf
etib borish zarur (23, 42).
Bokschilarning iroda sifatlari quyidagi paytlarda, ya’ni iroda
harakatlarining maksad
va sabablari sportchining dunyoqarashi,
qat’iy e’tiqodlari hamda ahloqiy ko‘rsatmalari
bilan
aniqlanganida namoyon bo‘ladi. Katta iroda talab qilinadigan o‘ta og‘ir mashqlar
iroda sifatlarini maqsadli tarbiyalashga yordam beradi. Bunda mashqlarni
bajarishga bir maqsadni ko‘zlab yo‘naltirish muhimdir.
1463
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
Jasurlik va qat’iyatlilikni tarbiyalash uchun mashqlarni
bajarish paytida
ma’lum darajadagi tavakkalchilik va qo‘rquv hissini engib o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan
mashklardan foydalanish zarur.
Maqsadga yo‘nalganlik va qat’iyatlilik bokschilarda mashg‘ulot
jarayoni, boks
texnikasi va taktikasini egallash muhimligi, jismoniy tayyorgarlik darajasini
oshirishga ongli munosabatda
bo‘lishni shakllantirish orqali tarbiyalanadi.
Bokschilarning o‘z sport faoliyatiga qiziqish uyg‘otish maqsadida, mashg‘ulot
jarayonida yuqori darajada murakkab bo‘lgan emotsional mashqlarni qo‘llash hamda ularni
nazorat qilish foydalidir.
Mashg‘ulot
va musobaqada sportchilarning chidash va o‘zini tuta bilish
-
bokschining o‘ta muhim sifati hisoblanib, jangdan oldin va,
ayniqsa, jang jarayonida
salbiy emotsional holatlarni (o‘ta qo‘zg‘oluvchanlik va jahldorlik, o‘zini yo‘qotib
qo‘yish, tushkunlikni) engib
o‘tishda namoyon bo‘ladi.
Mashg‘ulotlarda bu sifatlarni tarbiyalash uchun kuchli toliqishni
yuzaga
keltiruvchi va og‘riq beruvchi mashklar kiritiladi. Mashg‘ulotlarda vaziyat to‘satdan
o‘zgaradigan murakkab holatlar
modellashtiriladi va ularda shunga erishish lozimki,
bokschi shunday
sharoitlarda o‘zini yo‘qotib qo‘ymasligi, salbiy hayajonlarini
jilovlab
o‘z harakatlarini boshqara bilishi kerak.
Bokschilarning jangdagi qat’iy hujumkorlik harakatlari,
mudofa, himoya va
raqibga qarshi hujum harakati texnik harakatlardir. Hujum qilishdagi oddiy
ataka usuli, ya’ni harakatlariga qo‘proq bir sur’atda bajaradi bu esa taktik vazifani
hal
qiladi.
Bokschining hujum qilishdagi murakkab hujum usuli va haraqatlari - bular
ikki bosqichda aldash, sohta harakatlar bilan birgalikda bajariladigan turli xil
kombinatsiyalardan iborat
bo‘lishi mumkin.
Bokschining mudofaa usul va harakatlari - bular himoya va qarshi hujum
harakatlaridir.
Himoya harakatlariga quyidagilar kiradi:
raqibning hujumda qo‘llaydigan usullari,
qarshi usul ishlatish bilan hujumdan qutilish yoki undan qochish.
Bokschilarning jangdagi qarshi hujum harakatlari-bu raqibning hujumiga qarshi
hujumni tayyorlayotganda tashabbusni o‘z qo‘liga olish
va qarshi hujum usulini oldinroq
qo‘llash uchun hujum qilish eki qulay
himoyalanib olib, keyin qarshi hujum qilishdan
iborat. Qarshi hujumlar raqib hujumning yakunlovchi vazifasiga qarshi javob
hujumi bo‘lishi mumkin.
Bokschilarning texnik mahoratini oshirish uchun o‘quv
-
mashg‘ulot mashg‘ulotlari
jarayonida boksni endi o‘rganuvchilar, razryadli va masterlar bokschilar bilan turli xil
o‘quv musobaqalarini doimo rejalashtirish va o‘tkazib borish kerak. Nazorat
musobaqalarida
vaqtni qisqartirib va oshirib hamda musobaqa qoidalari bo‘yicha
janglar
o‘tkazish lozim. Texnik harakatlarini turlicha bo‘lishi
mumkin. Mazkur
klassifikatsiyada bokschi uchun muhim bo‘lgan
harakatlar texnikasining asoslari
ochib berilishi lozim.
Bokschilarni tayyorlashda texnika metodikasini bayon qilishda
materiallar o‘zaro
bog‘liq holda yuritiladi. Bunda bokschilarni
tayyorlashda murabbiy boshchiligida
mustaqil faoliyati uchun
beriladigan topshiriqlar sistemasi asosida tuziladi, ya’ni
1464
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
-
bokschilar oldiga xususiy vazifa qo‘yishda bokschilarni
uyushtirish va harakatlar
to‘g‘risida axborot berish lozim.
o‘quv mashg‘ulot yoki musobaqa faoliyatilaridagi harakatlar va
ularni bajarishga
doyr topshiriqlar.
Murabbiylar bokschilarning kamchiliklarni va xatolarni
yo‘qotishga oid
bergan ko‘rsatmalari, texnik harakatlarni shaxsan
baholash kerak.
Boks
mashg‘ulotini o‘tkazish uslubida mashg‘ulot
ning asosida
mashg‘ulot
ning
tuzilishi, vazifasi va
mashg‘ulot
qismlarining mazmunini hamda uni amalga oshirishning
uch vazifasini o‘z ichiga olishi lozim, ya’ni mashg‘ulotga tayyorgarlik, o‘tkazish va
yakunlash vazifalarini yaxshi tushunish muhimdir.
Boks mashg‘ulotning tuzilishi
-
mashg‘ulotning tuzilish mazmuni
bokschilarning
jismoniy tayyorgarliklarini hisobga olgan holda foydalanishiga asoslanadi.
Boks mashg‘ulot rejasini tuzishda aniq tartibda, maqsadga
muvofiq izchillikda
tuzilishi va o‘zaro bog‘langan qismlari tushuniladi. Mashg‘ulot tuzilishida murabbiy
hatti harakatlarining
izchilligi, o‘zaro bog‘liqligi bayon qilinadi, shuningdek,
shug’ullanuvchilar bajaradigan mashqlar aytib o‘tiladi.
Mashg’ulot vazifalarining muvoffaqiyatli hal etilishi Mashg‘ulotda murabbiy
bilan bokschilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning to‘g’ri qo‘yilishiga bog’liq.
Mashg’ulotning birinchi yili o‘quv
-
mashg‘ulot mashg‘ulotlari 90
-100 daqiqa,
ikkinchi yili 100-120 minut, uchinchi yili 120-150 minut davom etadi.
Bokschilarni tayyorlashdagi o‘quv
-
mashg’ulot va tarbiya
vazifalarini hal
etishda mashg‘ulotning uch qismi tuzilishdan foydalaniladi. Bu shug‘ullanuvchilar
organizmning mashg‘ulot
mashqlarni normal bajarishi, asosiy yuklamalarini bajarilishi va
nisbatan tinchlanishini ta’minlaydi. Mashg‘ulot tuzilishi
tayyorgarlik, asosiy va
yakunlovchi qismlardan tashkil toptan.
Boks mashg‘ulot rejasi mashg‘ulot uchun tuzilgan reja yoki grafik reja
asosida o‘tkaziladi. Mashg’ulotning vazifasi va mazmuni shug‘ullanuvchilar
kontingenti, ularning soni, sharoitlar
tayyorgarlik davri va qo‘llaniladigan uslublarga
qarab tuziladi
Boks
mashg’ulotida
bokschilarning
texnik
mahoratini
oshirishda
bokschilarning jismoniy rivojlanganlik va funksional tayyorgarlik darajasini bilan birga
olib borish kerak.
Boks mashg‘ulotlarining asosiy qismida, uning boshqa
qismlaridagi kabi,
bokschilarning tayyorgarligiga doyr maxsus vazifalarni bajarish bilan birga psixologik
tayyorgarlik, axloqiy va estetik tarbiya vazifalari ham hal etiladi.
Mashg‘ulotning yakunlovchi qismiga 5
-10 daqiqa ajratiladi,
Mashg’ulot esa
organizmga nisbatan tinch holatga keltirish bilan yakunlanadi.
Mashg‘ulotning birinchi faza
-
mashg‘ulotga tayyorlanish
sharoitlarga muvofiq
ravishda mashg‘ulotning puxta o‘ylangan plani.
Ikkinchi faza -
mashg‘ulotni o‘tkazish hisobiga
-
mashg‘ulotni o‘z vaqtida boshlash
va shug‘ullanuvchilarni aniq uyushtirish, mushg‘ulot
t em asini qi sqacha bayon qil i sh,
xususiy vazi fal arni va sportchilarning mustaqil faoliyati uchun beriladigan
topshiriqlarni tushuntirish.
1465
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
Bularning hammasi umumiy va shaxsiy metodik
ko‘rsatmalar berish kerakligini
va kamchiliklarni qanday yo‘qotish zarurligini aytish, hatti
-harakatlarni baholash bilan
qo‘shib olib boriladi. Bu esa mashg‘ulotning muvaffaqiyatli o‘tishga yordam
beradi va
mashg‘ulotda bokschilarning ijodiy mustaqilligini
oshiradi.
Uchinchi faza-
mashg‘ulotni yakunlash
-
mashg‘ulotning yakunlovchi
qismida
murabbiy o‘zi uchun ham, sportchilar uchun ham yakun chiqaradi.
Bayon qilingan
materialni tahlil qiladi va kelgusi mashg‘ulotlarni belgilaydi. Buning uchun mashg‘ulot
rejasidagi mashq yuklamalari
qanday o‘zlashtirilganligini, mashq yuklamalari sportchilarga
qanday
ta’sir etganligini, qanday yangi metod yoki usullar
foydalanilganligini, tarbiya,
mustaqil ishlar, uy vazifalari va
hokazolarda nimaga e’tibor berish kerakligini qayd qiladi.
Jismoniy mashqlar texnikasi
Texnika to‘g‘risidagi tushunchani pedagogik yoki biomexanik nuqtai nazardan o‘rgansa
bo‘ladi.
Pedagogik nuqtai nazardan harakat vazifasini oson samarali hal qilish uchun tanlangan
harakat faoliyatini- jismoniy mashq texnikasi deb atash qabul qilingan. (1-chizma).
1-chizma. Harakat faoliyatining texnikasi
Samaradorlik o‘quvchilar organizmiga eng oqilona ta’sir o‘tkazish bilan ifodalanadi.
Ammo ulardan eng maqbuli texnikaviy bajarilish deb ataladi. Masalan, har xil usullar
bilan suzish mumkin (krol, chalqancha va boshqalar), biroq ba’zilar klassik usullarning
birortasidan ham foydalanmasdan suzadilar.
Bajarilish usullarining samaradorligi o‘quvchining individual fazilatiga, jismoniy
tayyorgarlik darajasiga hamda qo‘yilgan vazifalarga (masalan, agar uncha katta bo‘lmagan
balandlikka arqonda tez chiqish kerak bo‘lganda “bir qo‘lda” usulini qo‘llaydilar, qattiq arqonda
bitta usulni
–
kanatni oyoqlar bilan ushlash usulini qo‘llaydilar, yumshog‘ida –
boshqasini)
bog‘liq.
Jismoniy mashqlar texnikasi muntazam ravishda rivojlanadi: odatlangan texnika
takomillashtiriladi, ba’zida esa usullar barham topadi, yangilari tuziladi. Bu jarayon qator
sabablar bilan belgilanadi:
1. Sport tayyorligi darajasiga talablarning muntazam o‘sayotganligi.
Tanlangan
harakat
faoliyati
Harakat
vazifalarini
echish
usullari
Harakat
faoliyatinin
g texnikasi
Harakatni
bajarishning
optimal
usullari
namunali texnika
sportcha texnika
individual texnika
Harakat faoliyatini yuqori aniqlikda va iqtisodiyot
tizimida optimal bajarish
1466
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
2. Harakatlar bajarilishining mukammallashgan usullarini uzluksiz izlash, muvofiq
tekshirishlar natijasi va rolining oshishi.
3. Yangi sport anjom-jihozlarining yuzaga kelishi.
Jismoniy mashq texnikasi etakchi sportchilarning (muayyan vaqt uchun) harakat bajarish
usullarini amaliyotda tekshirish va ilmiy tahlil qilish, izlanish natijasidir. Bunday zamonaviy
texnika harakatni bajaruvchilarning barchasi uchun teng darajada eng oqilona asosni aks ettiradi
va shu sababli andozali texnika deb ataladi.
Andozali texnika bajarilishning ba’zi usullarida individual tuzilishi jihatidan chetga
chiqishni istisno qilmaydi. Texnikani individuallashtirish ikki yo‘nalish bo‘yicha amalga
oshiriladi: individuallashtirishning bir xil andozali yo‘li bo‘yicha, u standart texnika chegarasida
ayrim shaxslar guruhlari jismoniy tayyorgarligi va qomatning andozali fazilati bilan
muvofiqlikda o‘zgarishlar kiritiladi; insonning shaxsiy fazilatlarini hisobga oluvchi maxsus
individuallashtirish
yo‘li
bo‘yicha
sport
-
texnikaviy
ko‘nikma
aynan
maxsus
individuallashtirishning yuqori darajasini ham aks ettiradi (amaliyotda uni “o‘z usuli” deb
tavsiflaydilar).
Texnikani individuallashtirishga asosiy e’tiborni bolalarni harakatga o‘rgatayotgan
vaqtda qaratish kerak. Andozali texnika faqat harakatning tuzilish asosini aks ettiradi va
kattalarning harakatlarini tahlil qilish yo‘li bilan quriladi. Bolalar jismoniy tayyorgarligi va
gavdasining tuzilish xususiyatlari bilan muvofiqlikda texnikani individuallashtirish muammosi
vujudga keladi. Masalan, kichik maktab yoshidagi bolalar yugurish vaqtida boldir-tovon
tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlari sababli tovonning oldingi qismiga bosishda qiynaladi.
Texnika-
grekcha so‘z bo‘lib, “bajara olish san’ati” degan ma’noni bildiradi. Jismoniy
mashq texnikasi doim o‘zgarib turadi va takomillashadi. Takomillashgan harakat texnikasi
yuqori natija ko‘rsatish garovi bo‘lib, unga sportchilarning tinimsiz ter to‘kishi orqali erishiladi.
Sportchining jismoniy tayyorgarligini ortishi yoki uning gavdasi tuzilishi, jismoniy
rivojlanganlikni ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichlarning turli
-tumanligi, sport turi- jismoniy mashqlar
bajarish texnikasini asosini, uning zvenolari yoki detallarini o‘zgarishiga, almashishiga sabab
bo‘lishi mumkin.
Harakat faoliyatiga ta’sir etuvchi harakatlarning ahamiyatliligi darajasi bir xil emas.
Shuning uchun harakat texnikasi: texnika asosi (negizi), uning asosiy zvenosi va texnika
detallari degan qismlarga bo‘linadi.
Texnikaning asosi deganda, harakat orqali qo‘yilgan vazifani bajarish uchun kerak
bo‘ladigan harakat faoliyati tizimining o‘zak qismi tushuniladi. Qo‘llangan usullar tananing
qismlarini o‘zaro kelishgan holda, harakat faoliyatining ketma
-ketligi tizimini buzmay, jismoniy
sifatlarining keraklicha namoyon qilinishini taqazo etadi. Usul samarali bo‘lsa, amaliyotda
unumli qo‘llanilishi mumkin va uzoq vaqt o‘zining hayotiy
-amaliyligini saqlab qoladi. Texnika
asosida etakchi harakat deb ataladigan negiz ajraladi, ya’ni harakat unga, birinchi navbatda,
harakatning natija ko‘rsatishi bilan bog‘liq. Masalan, tayanib sakrash vaqtida qo‘llar bilan
siltanish.
Texnikaning asosiy zvenosi
–
bu ma’lum bir harakatdagi asosiy mexanizmning eng
muhim va hal qiluvchi qismidan iborat. Masalan, yugurib kelib balandlikka sakrovchilar uchun
texnikaning asosiy zvenosi sakrash, oyoqni yuqoriga siltab, tez birlashtirishdan, uloqtirish uchun
-
yakunlovchi zo‘r berishdan, gimnastikada egilib ko‘tarilish (istalgan usul uchun)
- tos-son
bo‘g‘inlarini o‘z vaqtida va tez kerish (keyinchalik to‘xtatish)dan iborat bo‘ladi.
1467
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
Sport harakatlarida asosiy zvenoni bajarish nisbatan qisqa vaqt oralig‘ida bo‘ladi hamda
muskullarning ko‘p kuch sarflashini talab etadi.
Texnikaning detali- bu harakat tarkibiga kirgan, lekin uning asosiga, zvenolariga ziyon
yetkazmaydigan qo‘shimcha harakatlar yoki shu harakat mexanizmi tarkibidagi eng mayda
bo‘laklardir. Uni harakat tarkibida bajarsa ham bajarmasa ham bo‘ladi. Masalan, uzunlikka
sakrashda kimdir tanaga tezlik berishni keskin tezlanish bilan, kimdir tezlanishni asta-sekinlik
bilan boshlaydi. Individual xususiyatlardan to‘g‘ri foydalanish individual texnikani ko‘rsatadi.
Individual texnika mazkur sportchi uchun eng takomillashgan texnika hisoblanadi. Sport
texnikasining xususiyatlari 2-
chizmada ko‘rsatilgan.
Sport texnikasining har
doimgi maishiy xizmat
texnikasidan farqi
Buning
tarkibiga
kiradi
XULOSA
Ko‘p yillik tayyorgarlik jarayonida yosh bokschilarni bitiruv va joriy sinovlariga asosan
umumiy va maxsus jismoniy rivojlanganligi, jismoniy va texnik tayyorgarligi belgilarini hisobga
olish asosida o‘tkazilishini ko‘rsatadi.
Shu bilan bir vaqtda, so‘nggi yillarda, respublikamizda keng tarqalgan sport turlaridan
biri
–
boksning rivojlanishida yaqqol ko‘zga tashlanadigan jismoniy sifatlarning rivojlanganligi
hisoblanadi.
Sport texnikasining xususiyatlari
Aniqlik
Tejamkorlik
Harakat tizimining
aniqligi harakat
samaradorligini
ta’minlaydi
Harakatni tejash
qo‘shimcha energiya
sarflashdan saqlaydi
Harakat fazalari
Harakat qismlari
Har qaysi keyingi harakat
oldingi harakatga bog‘liq
bo‘lib, keyingi harakatga
ta’sir qiladi
Sport texnikasi bu harakat
tizimidir
Egilish, yozilish, burilish, to‘ntarilish va sakrash
Murakkab harakat
texnikasi farq qiladi
Texnika negizi
Texnika negizi umumiy
harakat tizimining asosini
tashkil qiladi
Texnika elementlari
Texnika elementlari
bo‘yicha ayrim
harakatlarni bajarish
xususiyati
1468
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6
Sport amaliyotidan bizga ma’lumki yosh sportchilarni maxsus jismoniy sifatlari
musobaqa faoliyatida xal qiluvchi ahamiyatga egadir. Bu sifatlarni rivojlantirishda o‘quv
-
mashg‘ulot vosita va usullarini to‘g‘ri rejalashtirish va mashg‘ulot yuklamalarni
individuvallashtirish yosh sportchilarni tayyorlashga samarali yordam beradi.
Foydalangan adabiyotlar ro‘yxati
1.
Умaров К. A. Юкори мaлaкaли боксчи кизлaрнинг мусобaкa олди тaйёргaрлик
боскичидa мaшгулот юклaмaлaрини оптимaллaштириш. PhD диссертaцияси.
2022.
–
Б.56
-59.
2.
Турдиев Ф.К. Бокс тренерининг индивидуaл дaрс олиб бориш жaрaёнидaги мaхсус
мaлaкaлaрини шaкллaнтириш: Дис…кaнд.пед.нaук –
Т., 2002 –
132 с.
3.
Тaжибaев С. С. Ўсмир яккaкурaшчилaрнинг комплекс тaйёргaрлигидa ҳaрaкaтли
ўйинлaрни қўллaш методикaсини илмий
-
педaгогик aсослaш. DSc диссертaцияси.
Чирчиқ, 2019.
-
Б. 99
-105.
4.
Степaненковa, Э.Я. Теория и методикa физического воспитaния и рaзвития ребенкa /
Э.Я. Степaненковa.
-
М., 2001.
-
365 с.
