Authors

  • Pamir Adilshaev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.113961

Keywords:

Boks boks mutaxassislari murabbiy tibbiy-fiziologik o‘quv-mashg‘ulotlari bokschilarning texnik tayyorgarligi tadqiqot ishlari tayyorgarlik jarayoni.

Abstract

Dunyo qiz bolalarning professional sport, xususan, bokschilik kabi an'anaviy erkaklar sport turlarida faol ishtiroki keskin ortib bormoqda. Bu jarayon sportdagi gender tengligi, ijtimoiy inklyuzivlik va yosh sportchilarning erta bosqichlardan sifatli tayyorgarlik ko‘rishini ta'minlash zaruratini yuzaga chiqarmoqda.

background image

1482

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

BOKSCHI QIZ

LARNI MASHG’ULOT VA MUSOBAQA JANGLARIDAGI TEXNIK

HARAKATLARNI QO‘LLANILISHINI O‘RGANISH

Adilshaev Pamir Maxsetbaevich

O

zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

Nukus filiali assistent-o

qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15763299

Annotatsiya.

Dunyo qiz bolalarning professional sport, xususan, bokschilik kabi

an'anaviy erkaklar sport turlarida faol ishtiroki keskin ortib bormoqda. Bu jarayon sportdagi
gender tengligi, ijtimoiy inklyuzivlik va yosh sportchilarning erta bosqichlardan sifatli
tayyor

garlik ko‘rishini ta'minlash zaruratini yuzaga chiqarmoqda.

Kalit so’zlar:

Boks, boks mutaxassislari, murabbiy, tibbiy-

fiziologik, o‘quv

-

mashg‘ulotlari, bokschilarning texnik tayyorgarligi, tadqiqot ishlari, tayyorgarlik jarayoni.

Аннотация

.

Активное участие девочек во всем мире в профессиональном спорте,

в частности в традиционных мужских видах спорта, таких как бокс, резко возрастает.

Этот процесс создает необходимость обеспечения гендерного равенства в

спорте, социальной инклюзивности и качественной подготовки молодых спортсменов с
ранних этапов.

Ключевые слова:

Бокс, специалисты по боксу, тренер, медико

-

физиологические,

учебно

-

тренировочные занятия, техническая подготовка боксеров, исследовательская

работа, тренировочный процесс.

Annotation.

The active participation of girls worldwide in traditional male sports, such

as professional sports, in particular boxing, is sharply increasing. This process creates the need
to ensure gender equality in sports, social inclusion, and high-quality training of young athletes
from an early stage.

Keywords:

Boxing, boxing specialists, coach, medical-physiological, training sessions,

technical training of boxers, research work, training process.

Kirish:

Adabiyotlar tahlili va boks mutaxassislari fikricha,

o‘smir

bokschilarning texnik tayyorgarligini oshirishda qo‘llaniladigan samarali vosita va usullar

bugungi kungacha muammoli masalaligicha qolmoqda, shuning uchun ham bokschilarning
texnikasini

takomillashtirish o‘ta muhimdir.

O‘smir bokschilarni

tayyorlashdagi muammolar

shunchalik ko‘p qirraliki, ularning ko‘plarini hal etish uchun faqatgina murabbiyning harakati
etarli bo‘lmaydi. Masalan, o‘smir

sportchilar guruhi oldiga maqsad va vazifalar qo‘yilayotgan

vaqtda, sport maktablarining faoliyatini belgilovchi me’yoriy hujjatlardan tashqari pedagogik va

tibbiy-

fiziologik tekshiruvlarning natijalari ham e’tiborga olinishi kerak yoki sportchilarning

sportga layoqatli ekanliklarini aniqlash vaqtida masalaga majmuaviy yondashish lozim, chunki
bunda keng doiradagi mutaxassislarning (shifokorlar, psihologlar, fiziologlar va h.k.) fikrlari

muhim o‘rin tutadi. Boshqacha qilib aytganda, boshqaruvning samaradorligi ko‘plab
xizmatlarning o‘zaro muvofiqlashtirilgan harakatlariga bog‘liq. [5; 234

-b.]

Ishning dolbzarbligi

:

Hozirgi vaqtda Respublikamizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy,

ma’naviy va madaniy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar ta’limni, kadrlar tayyorlash
tizimini tubdan yangilash va rivojlantirishni talab etadi. Ta’lim tizimini zamon talablari
darajasida va erishilgan tajribalar asosida rivojlantirish orqali o‘sib kelayotgan yosh avlodni
jamiyat hayotida faol ishtirok etadigan, har tomonlama etuk va yuksak ma’naviyatli komil
insonlar qilib tarbiyalash davlatimizning eng ustivor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.


background image

1483

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Jahonda bugungi kunda yosh sportchilarning musobaqaga tayyorgarlik davrini

rejalashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar global mavzuga aylanmoqda. Sportda

yuksak natijalarga erishish bevosita tayyorgarlikning ilmiy asoslangan, individual yondashuvga
tayangan shaklini talab qilmoqda. 13

–14 yosh oralig‘i o‘smir sportchilar uchun

kardiorespirator

va mushak-skelet tizimi intensiv rivojlanadigan

davri bo’lib bu bosqichda sport yuklamalari

organizm imkoniyatlariga moslashtirish, bokschi qizlarni

fiziologik va psixologik omillari,

o‘smirlik davrida qizlarda

gormonlar muvozanati va jismoniy moslashuv mexanizmlarini

qo’llashga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Bokschi qizlarda bu holat o‘zini

reaksiya tezligi, chidamlilik va ruhiy barqarorlikni oshirishga qaratilgan ilmiz izlanishlar deyarli
olib borilmagan.

Yuqoridagilarni inobatga olib bokschi qizlarning musobaqa oldi tayyorgarlik davrini

rejalashtirish metodikasini ishlab chiqish zaruriyati yuzaga kelmoqda. [10; 275-b.]

Respublikamizda so’nggi yillarda ayollar sportiga, xususan, boksga bo‘lgan e’tibor

sezilarli darajada ortmoqda. Davlat dasturlari asosida yosh sportchilar, jumladan, qizlarning sport

bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zarur infratuzilma va imkoniyatlar yaratilmoqda. Aynan
ushbu yosh davrida organizmda fiziologik va psixologik o‘zgarishlar jadallashadi, bu esa sport
mashg‘ulotlarining tuzilishi, yuklamalar hajmi hamda sifatini to‘g‘ri tanlashni talab qilmoqda.

Shuning uchun yosh bokschi qizlarning musobaqaga tayyorgarlik davrini yosh xususiyatlariga
mos, tizimli ravishda tashkil etish, ularning salomatligi, sportdagi muvaffaqiyati va uzoq

muddatli faoliyatini ta’minlovchi omillardan biriga aylanmoqda. Bunday sharoitda 13

-14 yoshli

bokschi qizlar uchun musobaqa oldi tayyorgarlik davrini rejalashtirish metodikasini ilmiy asosda
ishlab chiqish alohida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Mavjud adabiyotlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, 13

-14 yoshli bokschi qizlarni

musobaqa oldi tayyorgarligini rejlashtirish muammolariga bag‘ishlangan ko‘plab tadqiqotlar

mavjud, ammo bokschi

qizlar organizmiga xos bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olib

ularning sog‘lom rivojlanishiga xizmat qiladigan metodika bo’yicha ularni tizimli tayyorlash
bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqotlarga kam e’tibor qaratilgan. [

3; 189-b.]

Biz tamondan rejalashtirilgan tadqiqot ishlari Yakkakurash sport turlariga

ixtisoslashtirilgan BO‘SMda olib borildi. Tadqiq qilingan guruhlarning 20 tadan ortiq o‘quv

-

mashg‘ulotlari 3 ta rasmiy musobaqalari 1 tadan ortiq sparring janglari taxlil qilib o‘rganib

chiqildi.

O‘tkazilgan taxlil natijalariga ko‘ra Toshkent shahr Chilonzor tumani Yakkakurash sport

turlariga ixtisoslashtirilgan BO‘SM ning boshlang’ich tayyorlov guruhida shug’ullanuvchi
bokschilarning o‘quv

-

mashg‘ulotlarda

texnik tayyorgarligini oshirishda yoki u harakatlarni

takomillashtirishda bir hillikka yo‘l qo‘yilayotgani aniqlandi. O‘smir

sportchilarni tayyorlashda

kuchli sportchi “modelini” xisobga olish malakali sportchilarni yetishtirishning asosi sanalishi
ko‘pchilik ilmiy

-

uslubiy adabiyotlarda yoritib berilgan. Afsuski kuzatuvlar davomida ba’zi

murabbiylar

o‘smir

bokschilarni tayyorlash tizimida kuchli sportchi “modelini” xisobga

olmasdan, ularni tayyorlashda bir hil texnik harakatlarni qo‘llashlari bokschilarni sport

mahoratlari oshishini sekinlashtirishi aniqlandi. [7; 188-b.]

O‘quv

-

mashg‘ulotlarda bokschilarning texnik tayyorgarligini rivojlantirish jarayonida

aniqlangan kamchiliklari bizga boshlang’ich tayyorlov guruhida shug’ullanuvchi bokschilarning

harakatlanishlar, hujum harakatlari, himoya harakatlari va qarshi hujum harakatlarini aniqlashga
undadi.

1 - Diagramma


background image

1484

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Nazorat guruhi bokschilarning mashg’ulot janglaridagi texnik harakatlari ko‘rsatkichlari.

n=10

2 - Diagramma

Pedagogik tadqiqot guruhi bokschilarning mashg’ulot janglaridagi

texnik harakatlari ko‘rsatkichlari.

n=10

3 - Diagramma


background image

1485

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Tadqiqot va nazorat guruhi bokschilarning

mashg’ulot

janglaridagi texnik harakatlari

ko‘rsatkichlari

pedagogik tadqiqot davomida

o‘zgarishi

.

N= T

10; N

10.

XULOSALAR

1. Mavzuga doir adabiyotlar tahlili va o‘tkazilgan tadqiqot natijalari shunday xulosa

qilishga imkonini beradiki, yosh bokschilarni texnik harakatlarga o‘rgatishda tayyorgarlik

jarayonini bosqichma-

bosqich rivojlantirishga e’tibor qaratish muhim ahamiyatga ega ekanligi

aniqlandi.

2. YaKSTIBO‘SMda shug‘ullanuvchi boshlang’ich tayyorlov guruh

bokschilarni o‘quv

-

mashg‘ulotlarda texnik harakatlariga o‘rgatish va takomillashtirish jarayonida quyidagi

kamchiliklar aniqlandi:

-

qo‘llar yordamida himoyalanish harakatlarini tahlil qilar ekanmiz to‘sish harakatlarini

bajarishda qo‘llar judayam oldinga chiqib ketishi natijasida bokschilarning qarshi aldamchi
zarbalarni o‘tkazib yuborishlariga sabab bo‘ldi.

-boks amaliyotida siljib yurish, hujum zarbalari, himoyalanishlar texnikasini yetarli

darajada o‘zlashtirib olganidan so‘ng u javob shaklidagi qarshi zarbalarni o‘rganishga kirishishi

lozim.

Foydalangan adabiyotlar ro‘yxati

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi PF

-5368-

sonli “Jismoniy

tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoni.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 22

-iyundagi PF-94-

son “Toshkent

shahrida boks va gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatini tashkil etish

bo‘yicha qo‘shimcha chora

-

tadbirlar to‘g‘risida” gi Farmoni.

3.

Usmonov M.Q. “Boks nazariyasi va amaliyoti” O‘quv qo‘llanma. “Metodist nashiryoti”

Toshkent 2023.

-

189 b.


background image

1486

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

4.

Isroilov Sh.X., Xalmuhamedov R.D., Tajibayev S.S., “Bokschilarning sport

-pedagogik

mahoratini oshirish” elektron multimedia darslik. Toshkent, 2015. –

256 b.

5.

McGregor, Brian. Advanced Boxing Techniques: Skills and Drills for Champions.

Toronto: Elite Athletics Publishing, 2022.

234 p.

6.

Khatib, Rami. The Science of Boxing: Techniques and Conditioning.

New York: Combat

Press, 2021.

256 p.

7.

Gallagher, John. Train Like a Pro Boxer.

Sydney: Peak Performance Press, 2020.

188

p.

8.

Dempsey, Jack. Championship Fighting: Explosive Punching and Aggressive Defense.

Chicago: Paladin Press, 1950.

176 p.

9.

Bergeron, Marc. Boxing IQ: A Trainer’s Guide to Strategy and Performance. –

London:

SportsMind Publishing, 2018.

210 p.

10.

Adam Kusior. COACHES MANUAL. Prepared by: AIBA HQs Office. Coordinator: Adam
Kusior, AIBA Coaches Comission Chairman Philip Jun. DATE: AUGUST 2011, 275 pg.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi PF-5368-sonli “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 22-iyundagi PF-94-son “Toshkent shahrida boks va gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Farmoni.

Usmonov M.Q. “Boks nazariyasi va amaliyoti” O‘quv qo‘llanma. “Metodist nashiryoti” Toshkent 2023. - 189 b.

Isroilov Sh.X., Xalmuhamedov R.D., Tajibayev S.S., “Bokschilarning sport-pedagogik mahoratini oshirish” elektron multimedia darslik. Toshkent, 2015. – 256 b.

McGregor, Brian. Advanced Boxing Techniques: Skills and Drills for Champions. – Toronto: Elite Athletics Publishing, 2022. – 234 p.

Khatib, Rami. The Science of Boxing: Techniques and Conditioning. – New York: Combat Press, 2021. – 256 p.

Gallagher, John. Train Like a Pro Boxer. – Sydney: Peak Performance Press, 2020. – 188 p.

Dempsey, Jack. Championship Fighting: Explosive Punching and Aggressive Defense. – Chicago: Paladin Press, 1950. – 176 p.

Bergeron, Marc. Boxing IQ: A Trainer’s Guide to Strategy and Performance. – London: SportsMind Publishing, 2018. – 210 p.

Adam Kusior. COACHES MANUAL. Prepared by: AIBA HQs Office. Coordinator: Adam Kusior, AIBA Coaches Comission Chairman Philip Jun. DATE: AUGUST 2011, 275 pg.