Authors

  • Rashid Shaniyazov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.113977

Keywords:

jismoniy tayyorgarlik sport natijasi yuklama tiklanish adaptatsiya periodizatsiya.

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy sportda yuqori natijalarga erishishning asosiy omillaridan biri — jismoniy tayyorgarlikning nazariy asoslari yoritilgan. Sportchining jismoniy sifatlarini rivojlantirishda individual yondashuv, yuklama va tiklanish muvozanati, adaptatsiya va periodizatsiya prinsiplari tahlil qilingan. Maqolada shuningdek, zamonaviy texnologiyalar asosida tayyorgarlik darajasini monitoring qilish usullari bayon etilgan.

background image

1533

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

ZAMONAVIY SPORTDA YUQORI NATIJAGA ERISHISHDA JISMONIY

TAYYORGARLIKNING NAZARIY ASOSLARI

Shaniyazov Rashid Ja

ńabaevich

katta o‘qituvchi

.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15765881

Annotatsiya

. Ushbu maqolada zamonaviy sportda yuqori natijalarga erishishning asosiy

omillaridan biri

jismoniy tayyorgarlikning nazariy asoslari yoritilgan. Sportchining jismoniy

sifatlarini rivojlantirishda individual yondashuv, yuklama va tiklanish muvozanati, adaptatsiya
va periodizatsiya prinsiplari tahlil qilingan. Maqolada shuningdek, zamonaviy texnologiyalar
asosida tayyorgarlik darajasini monitoring qilish usullari bayon etilgan.

Kalit so‘zlar

: jismoniy tayyorgarlik, sport natijasi, yuklama, tiklanish, adaptatsiya,

periodizatsiya.

Аннотация

. В данной статье рассматриваются теоретические основы

физической подготовки как одного из ключевых факторов достижения высоких
результатов в современном спорте. Анализируются принципы индивидуального подхода,
соотношения нагрузки и восстановления, адаптации и периодизации. Также освещены
современные методы мониторинга уровня подготовки спортсменов с использованием
цифровых технологий.

Ключевые слова:

физическая подготовка, спортивный результат, нагрузка,

восстановление, адаптация, периодизация.

Annotation

. This article explores the theoretical foundations of physical training as a key

factor in achieving high performance in modern sport. It analyzes principles such as
individualization, load and recovery balance, adaptation, and periodization. The article also

discusses modern digital methods for monitoring an athlete’s training level.

Keywords

: physical training, sport performance, load, recovery, adaptation,

periodization.

Kirish

Dolzarbligi hozirgi zamonaviy sport rivojlanish bosqichida yuqori darajadagi raqobat va

rekordlarga erishish jarayoni sportchilardan maksimal jismoniy, psixologik va texnik
tayyorgarlikni talab qilmoqda. Ayniqsa, jismoniy tayyorgarlik

bu sport faoliyatining poydevori

bo‘lib, u sportchining umumiy sog‘lig‘i, bardoshliligi, chidamliligi va barqaror natijalar
ko‘rsatishida asosiy rol o‘ynaydi.

Yosh sportchilar bilan ishlashda noto‘g‘ri yuklama, rejasiz mashg‘ulotlar yoki ortiqcha

mashqlar nafaqat sport natijalarining pasayishiga, balki salomatlikka ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shu boisdan jismoniy tayyorgarlikni ilmiy asosda, zamonaviy yondashuvlar asosida

tashkil etish

hozirgi sport ta’limi va amaliyotining eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi.

Bundan tashqari, texnologiyalar rivoji, monitoring vositalari va mashg‘ulot jarayonini

tahlil qilish imkoniyatlarining kengayishi bilan jismoniy tayyorgarlikka bo‘lgan yondashuv
tubdan o‘zgarib bormoqda. Bu esa mavzuning dolzarbligini yanada oshirib, sport ta’limi,
murabbiylik metodikasi va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda uni markaziy o‘ringa olib

chiqadi.

Bugungi globallashuv va raqobat kuchaygan davrda sport sohasida yuqori natijalarga

erishish tobora murakkablashib bormoqda.


background image

1534

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Sportchilardan nafaqat texnik va taktik jihatdan puxta tayyorgarlik, balki yuqori

darajadagi jismoniy sifatlar ham talab etilmoqda. Ayniqsa, intensiv mashg‘ulotlar, murakkab
musobaqa sharoitlari va yuklama ko‘rsatkichlarining ortib borishi sportchilarning funksional
imkoniyatlari va jismoniy tayyorgarligiga bo‘lgan talabni oshirmoqda.

Shu nuqtai nazardan qaralganda, jismoniy tayyorgarlikni ilmiy-nazariy asosda tashkil

qilish va uni sportchilar salohiyatiga moslashtirish zaruriyati kun tartibiga chiqmoqda. Jismoniy

tayyorgarlikning samarali tashkil etilishi sportchining sog‘lig‘ini saqlash, musobaqaga optimal
holatda tayyor bo‘lishi, hamda uzoq muddatli sport faoliyatini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.

Ushbu maqolada zamonaviy sportda yuqori natijaga erishish uchun zarur bo‘lgan

jismoniy tayyorgarlik jarayonining nazariy asoslari, unga ta’sir qiluvchi omillar, tayyorgarlik

prinsiplari va zamonaviy yondashuvlar tahlil qilinadi.

Tadqiqotning maqsadi

Ushbu maqolaning maqsadi

zamonaviy sportda yuqori natijalarga erishishda jismoniy

tayyorgarlikning ilmiy-

nazariy asoslarini o‘rganish, tayyorgarlik jarayonining samaradorligini

oshirishga xizmat qiluvchi asosiy prinsiplarni tahlil qilish va sportchilar salohiyatini

rivojlantirishda jismoniy sifatlarni shakllantirishning samarali yo‘llarini aniqlashdan iborat.

Tadqiqotning vazifalari

Ushbu maqola quyidagi ilmiy-amaliy vazifalarni hal qilishga qaratilgan:

1.

Zamonaviy sportda jismoniy tayyorgarlik tushunchasining mazmuni va uning asosiy

tarkibiy qismlarini aniqlab berish;

2.

Yuqori sport natijalariga erishishda jismoniy tayyorgarlikning o‘rni va ahamiyatini tahlil

qilish;

3.

Jismoniy tayyorgarlikni tashkil etishda asosiy nazariy prinsiplarning (bosqichma-

bosqichlik, individual yondashuv, yuklama va tiklanish muvozanati, davriylik, adaptatsiya)
mohiyatini ochib berish;

4.

Sport mashg‘ulotlarida zamonaviy texnologiyalar va monitoring usullaridan foydalanish

imkoniyatlarini yoritish;

5.

Jismoniy tayyorgarlik jarayonini samarali tashkil qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan

tavsiyalar ishlab chiqish.

Asosiy qism

Jismoniy tayyorgarlikning mazmuni va ahamiyati
Jismoniy tayyorgarlik

bu sportchining harakat faoliyatini yuqori darajada amalga

oshirishi uchun zarur bo‘lgan jismoniy sifatlar (kuch, chidamlilik, tezkorlik, egiluvchanlik va
muvofiqlik)ni rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar tizimidir. Bu tayyorgarlik sportchining
texnik va taktik ko‘nikmalarni to‘g‘ri egallashida, musobaqalarda barqaror va yuqori natija
ko‘rsatishida muhim omil hisoblanadi.

Umumiy jismoniy tayyorgarlik sportchining sog‘lig‘ini mustahkamlash, umumiy

chidamliligini oshirishga xizmat qilsa, maxsus jismoniy tayyorgarlik esa tanlangan sport turi

bo‘yicha yuqori natijaga erishish uchun zarur bo‘lgan harakat sifatlarini rivojlantiradi.

Tayyorgarlik jarayonining asosiy prinsiplari

Bosqichma-bosqichlik

Jismoniy tayyorgarlik sekin-asta, bosqichma-bosqich oshiriladi. Sportchining jismoniy

imkoniyatlari, yoshi, sog‘lig‘i va tajribasi hisobga olinib, mashg‘ulot yuklamasi belgilanishi
zarur. Dastlabki bosqichda asosiy e’tibor umumiy tayyorgarlikka qaratiladi, keyinchalik maxsus
jismoniy tayyorgarlikka o‘tiladi.


background image

1535

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Individual yondashuv

Har bir sportchining tana tuzilishi, tayyorgarlik darajasi va moslashuv tezligi bir-biridan

farq qiladi. Shuning uchun har bir sportchi uchun alohida mashg‘ulot rejasi tuzish maqsadga

muvofiq. Bu orqali ortiqcha yuklanish, charchash va jarohatlar xavfi kamayadi.

Yuklama va tiklanish muvozanati

Mashg‘ulotlardagi yuklama darajasi sportchining tiklanish imkoniyatiga mos bo‘lishi

kerak. Agar sportchi ortiqcha yuklama oladigan bo‘lsa, organizm charchab, sport natijalari
pasayadi. Mashg‘ulot va dam olish o‘rtasidagi muvozanat yuqori samaradorlikni ta’minlaydi.

Davriylik (periodizatsiya)

Yil davomida tayyorgarlik jarayoni bir necha davrlarga bo‘linadi: tayyorlov, musobaqa

va tiklanish davri. Har bir davrda maqsad va vazifalar o‘zgarib turadi. Bu yondashuv

sportchining jismoniy holatini bir maromda ushlab turishga yordam beradi.

Moslashuv (adaptatsiya)

Sportchi organizmi doimiy yuklamalarga moslashadi. Shuning uchun yuklamani vaqt

o‘tishi bilan asta

-sekin oshirish kerak. Aks holda organizm rivojlanmaydi, sport natijasi

o‘zgarishsiz qoladi.

Zamonaviy texnologiyalar va yondashuvlar
Bugungi kunda sportda raqamli texnologiyalar, ilovalar va sensorlar yordamida

mashg‘ulot jarayonini kuzatish, yuklama darajasini aniqlash va natijalarni tahlil qilish imkoniyati

mavjud. Masalan:

Yurak urish tezligini kuzatish orqali yuklama darajasi nazorat qilinadi.
GPS texnologiyasi orqali yugurish masofasi va tezligi hisoblanadi.

Maxsus dasturlar orqali sportchining holati tahlil qilinadi va mashg‘ulot rejalari

moslashtiriladi.

Bu texnologiyalar yordamida jismoniy tayyorgarlikni ilmiy asosda boshqarish, ortiqcha

yuklama xavfini kamaytirish va sport natijalarini oshirish mumkin.

Jismoniy tayyorgarlik omillarining tahlili

Omil nomi

Tavsifi

Sport natijasiga ta’siri

1

Umumiy jismoniy

tayyorgarlik

Sog‘lomlik, harakat asoslari,

chidamlilikni shakllantirishga

qaratilgan.

Uzoq muddatli sport

faoliyatining barqarorligini

ta’minlaydi.

2

Maxsus jismoniy

tayyorgarlik

Muayyan sport turi uchun kerakli

jismoniy sifatlarni rivojlantiradi.

Musobaqada yuqori natija

ko‘rsatish imkoniyatini oshiradi.

3

Bosqichma-

bosqichlik prinsipi

Mashg‘ulot yuklamasining asta

-sekin

kuchaytirilishi.

Jarohatlar xavfini kamaytiradi,

o‘sishni ta’minlaydi.

4 Individual yondashuv

Har bir sportchining yoshi,

salohiyati, tiklanish xususiyatlari

hisobga olinadi.

Yuklamaning optimal darajada

bo‘lishini ta’minlaydi.

5

Tiklanish va yuklama

muvozanati

Mashg‘ulotdan so‘ng yetarli dam

olish vaqtining berilishi.

Qayta tiklanish orqali yuqori

natijalar uchun zamin yaratiladi.

6

Davriylik

(periodizatsiya)

Mashg‘ulotlar yil davomida

davrlarga bo‘linadi (tayyorlov,

Har bir bosqichda aniq vazifa

belgilab, samaradorlikni


background image

1536

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Omil nomi

Tavsifi

Sport natijasiga ta’siri

musobaqa va h.k.).

oshiradi.

7

Adaptatsiya

(moslashuv)

Organizmning yuklamalarga

moslashish qobiliyati.

Yuklama ko‘paygan sari

sportchining chidamliligi ortadi.

8

Texnologik

monitoring vositalari

Sensorlar, GPS, yurak urishi, VO2

max, laktat va h.k. o‘lchovlar.

Tayyorgarlikni aniq nazorat

qilish, ortiqcha yuklamani oldini

olish.

Tadqiqotning natijadorligi

:

Mazkur tadqiqot natijalariga ko‘ra, jismoniy tayyorgarlikni

nazariy asoslar va ilmiy prinsiplarga tayangan holda tashkil qilish:

sportchilarning jismoniy holatini tizimli ravishda rivojlantirishga;

yuklama va tiklanish jarayonlari o‘rtasida muvozanatni ta’minlashga;

sportchilarda kuch, chidamlilik, tezlik, muvofiqlik kabi muhim jismoniy sifatlarning

bosqichma-bosqich shakllanishiga;

har bir sportchi uchun individual mashg‘ulot rejasini tuzish imkoniyatlarini

kengaytirishga;

mashg‘ulot jarayonini raqamli texnologiyalar orqali nazorat qilish va tahlil qilishga asos

yaratadi.

Tadqiqot sport mashg‘ulotlarining samaradorligini oshirish, jarohatlanish xavfini

kamaytirish, shuningdek, yuqori sport natijalariga barqaror erishish uchun amaliy asos bo‘lib

xizmat qiladi.

Mulohoza

Yuqori sport natijalariga erishish zamonaviy sport tizimining eng muhim maqsadlaridan

biridir. Bunga erishishda jismoniy tayyorgarlik hal qiluvchi omillardan biri bo‘lib, u sportchining

funksional imkoniyatlari, chidamliligi va harakat faoliyatining samaradorligini belgilaydi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, jismoniy tayyorgarlikni nazariy asosda tashkil qilish —

sport mashg‘ulotlarining samaradorligini oshiradi, ortiqcha yuklama va jarohatlar xavfini

kamaytiradi, individual yondashuv imkoniyatini beradi.

Zamonaviy sportda mashg‘ulot jarayonini boshqarish uchun raqamli texnologiyalardan

foydalanish sportchilarning holatini aniq baholash, ularning yuklama darajasini tahlil qilish va

shunga mos ravishda mashg‘ulot rejasini ishlab chiqish imkonini bermoqda.

Shu bois, jismoniy tayyorgarlikni zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish nafaqat

sport natijasini oshiradi, balki sportchi salomatligini asrashga ham xizmat qiladi. Ushbu

yondashuv sport ta’limi tizimi va amaliy mashg‘ulotlarda keng joriy etilishi lozim.

Xulosa

Zamonaviy sportda yuqori natijalarga erishish sportchining texnik va taktik

tayyorgarligidan tashqari, jismoniy tayyorgarligi darajasiga ham bevosita bog‘liq. Tadqiqot
natijalari shuni ko‘rsatadiki, sportchilarda kuch, chidamlilik, tezkorlik, egiluvchanlik va

muvofiqlik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirish

musobaqaviy tayyorgarlikning asosiy

negizidir. Jismoniy tayyorgarlikni nazariy asosda tashkil etish esa murabbiylar va sport ta’limi

tizimi uchun muhim metodologik vazifa hisoblanadi.

Tayyorlov jarayonining samarali bo‘lishi uchun yuklama va tiklanish muvozanati,

bosqichma-bosqichlik, individual yondashuv, davriylik va adaptatsiya kabi asosiy tamoyillarga
amal qilish zarur.


background image

1537

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Bundan tashqari, zamonaviy monitoring texnologiyalari yordamida sportchi holatini

doimiy tahlil qilib borish, yuklama hajmini nazorat qilish va mashg‘ulot dasturlarini

moslashtirish orqali ortiqcha yuklama, charchash va jarohatlanish xavfini kamaytirish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Platonov V.N. (2021).

Sport mashg‘ulotining umumiy nazariyasi

. Moskva: Sovetskiy

sport.

2.

Bompa T., Haff G.G. (2019).

Periodization: Theory and Methodology of Training

. 6th

ed. Human Kinetics.

3.

Исраел С.Л. (2018).

Спортивная физиология

. Санкт

-

Петербург: Лань.

4.

Жураев

Ш

. (2020).

Sport mashg‘ulotlarini boshqarish asoslari

.

Toshkent: O‘zDJTI

nashriyoti.

5.

Matveev L.P. (2009).

Osnovy obshchey teorii sporta i sistemy podgotovki sportsmenov

.

Moskva: Fizkultura i sport.

6.

Selye H. (1976).

The Stress of Life

. New York: McGraw-Hill.

7.

Назаров

Р

.

А

. (2019).

Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va metodikasi

. Toshkent:

“Fan va texnologiya” nashriyoti.

8.

Verkhoshansky Y.V. (2007).

Special Strength Training: A Practical Manual for

Coaches

. Ultimate Athlete Concepts.

9.

Мухина С.А., Сапожников В.Н. (2016).

Педагогика спорта

. Москва: Академия.

10.

Турсунов

А

. (2022).

Yuqori sport natijalariga erishishda tayyorgarlikning bosqichlari

.

Toshkent: O‘zbekistonda sport ilmiy jurnali.



References

Platonov V.N. (2021). Sport mashg‘ulotining umumiy nazariyasi. Moskva: Sovetskiy sport.

Bompa T., Haff G.G. (2019). Periodization: Theory and Methodology of Training. 6th ed. Human Kinetics.

Исраел С.Л. (2018). Спортивная физиология. Санкт-Петербург: Лань.

Жураев Ш. (2020). Sport mashg‘ulotlarini boshqarish asoslari. Toshkent: O‘zDJTI nashriyoti.

Matveev L.P. (2009). Osnovy obshchey teorii sporta i sistemy podgotovki sportsmenov. Moskva: Fizkultura i sport.

Selye H. (1976). The Stress of Life. New York: McGraw-Hill.

Назаров Р.А. (2019). Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va metodikasi. Toshkent: “Fan va texnologiya” nashriyoti.

Verkhoshansky Y.V. (2007). Special Strength Training: A Practical Manual for Coaches. Ultimate Athlete Concepts.

Мухина С.А., Сапожников В.Н. (2016). Педагогика спорта. Москва: Академия.

Турсунов А. (2022). Yuqori sport natijalariga erishishda tayyorgarlikning bosqichlari. Toshkent: O‘zbekistonda sport ilmiy jurnali.