Authors

  • Sohiba Quvondiqova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.114956

Keywords:

Dostoevskiy Raskolnikov falsafa jinoyat axloq ichki kurash inson roman vijdon ruhiyat.

Abstract

Mazkur maqolada Fyodor Dostoevskiy ijodining asosiy falsafiy yo‘nalishlari, inson ruhiyati bilan ishlash metodlari, shuningdek, uning “Jinoyat va jazo” romanidagi obrazlar orqali bergan g‘oya va axloqiy xulosalari tahlil qilinadi. Dostoevskiy romanlarida qahramonlar shunchaki syujet ishtirokchisi emas, balki insonning ma’naviy, falsafiy, vijdoniy darajadagi kurashlarini ifoda etuvchi timsollardir. Ayniqsa, Raskolnikov obrazi orqali yozuvchi inson tafakkuri, axloqi va jazosi ustida chuqur mulohaza yuritadi.

background image

1654

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

DOSTOYEVSKIY PSIXOLOGIYASI “JINOYAT VA JAZO” ROMANI HAQIDA

Quvondiqova Sohiba Orif qizi

Termiz Iqtisodiyot va Servis universiteti

Pedagogika va ijtimoiy gumanitar fanlar fakulteti (oʻzbek tili) yoʻnalishi 2

-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15788276

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Fyodor Dostoevskiy ijodining asosiy falsafiy

yo‘nalishlari, inson ruhiyati bilan ishlash metodlari, shuningdek, uning “Jinoyat va jazo”
romanidagi obrazlar orqali bergan g‘oya va axloqiy xulosalari tahlil qilinadi. Dostoevskiy
romanlarida qahramonlar shunchaki syujet ishtirokchisi emas, balki insonning ma’naviy,

falsafiy, vijdoniy darajadagi kurashlarini ifoda etuvchi timsollardir. Ayniqsa, Raskolnikov obrazi
orqali yozuvchi inson tafakkuri, axloqi va jazosi ustida chuqur mulohaza yuritadi.

Ka

lit so’zlar:

Dostoevskiy, Raskolnikov, falsafa, jinoyat, axloq, ichki kurash, inson,

roman, vijdon, ruhiyat.

Аннотация.

В статье анализируются основные философские направления

творчества Федора Достоевского, методы работы с психикой человека, а также идеи и
нравственные выводы, которые он передает через образы в своем романе «Преступление
и наказание». В романах Достоевского герои являются не просто участниками сюжета,
а символами, выражающими борьбу человека на духовном, философском и совестливом
уровне. В частности, через образ Раскольникова писатель глубоко размышляет о
человеческом мышлении, морали и наказании.

Ключевые слова:

Достоевский, Раскольников, философия, преступление, мораль,

внутренняя борьба, человек, роман, совесть, психика.

Abstract.

This article analyzes the main philosophical directions of Fyodor Dostoevsky's

work, methods of working with the human psyche, as well as the ideas and moral conclusions he
conveys through the images in his novel "Crime and Punishment". In Dostoevsky's novels, the
characters are not just participants in the plot, but symbols that express the struggles of a person
on a spiritual, philosophical, and conscientious level. In particular, through the image of
Raskolnikov, the writer deeply reflects on human thinking, morality, and punishment.

Keywords:

Dostoevsky, Raskolnikov, philosophy, crime, morality, internal struggle, man,

novel, conscience, psyche.

KIRISH

Adabiyot ba’zida odamga nafas beradi, ba’zida bo‘g‘adi. Ba’zida ko‘z ochadi, ba’zida

ko‘r qiladi. Lekin Fyodor Dostoevskiy kabi yozuvchilar asarlari —

nafaqat o‘qiladigan, balki

kechiniladigan, azoblanib anglanadigan adabiyotdir. Uning qalamiga mansub har bir roman

insonni o‘z vijdoni bilan yuzma

-yuz qiladi. Aynan shuning uchun ham Dostoevskiy ijodi

badiiy san’atdan ham, falsafiy mushohadadan ham ustundir.

Dostoevskiy ijodining markazida bitta buyuk mavzu turadi

inson. Ammo bu inson

silliq emas, tortinchoq emas, “yaxshi” ham emas. Bu inson —

vijdoni bilan qiynalayotgan, Xudo

bilan ziddiyatda, ruhiy tubanlikda, yuragida do‘zax bilan yashayotgan inson. Yozuvchi uni
chiroyli qilmaydi, yuvmaydi, oqlamaydi. U shunchaki ko‘rsatadi: “Mana odam!” —

deydi.

Xususan, Dostoevskiyning 1866-

yilda yozgan “Jinoyat va jazo” romani nafaqat rus, balki jahon

adabiyoti tarixida inson ruhiyatining eng murakkab tahliliga aylangan. Bu roman voqea haqida
emas

fikr haqida. Jinoyat haqida emas

vijdon haqida. Qon to‘kkan qo‘l haqida emas —

azoblangan qalb haqida.


background image

1655

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

“Jinoyat va jazo” romanida yozuvchi bir qotil atrofidagi hayotni emas, balki inson

tafakkuri ichidagi zulmat va nurning to‘qnashuvini aks ettiradi. Raskolnikov —

bu shunchaki

jinoyatchi emas. Bu

g‘oyaga sig‘ingan, o‘zini Xudo o‘rniga qo‘ygan, ammo aynan shu da’vati

tufayli azob chekkan falsafiy qahramondir. Dostoevskiy

unga qarshi Porfiriy Petrovichni qo‘yadi

tergovchi emas, ruhshunos, Lizavetani qo‘yadi —

begunohlik timsoli, Alyona esa

yovuzlikni shartli ko‘rinishda ifodalaydi. Har biri Raskolnikovning ichki dunyosida kechayotgan

kurashning bir chekkasi.

Dostoevskiyning adabiyotga yondashuvi boshqa yozuvchilarnikidan farq qiladi. U

syujetga emas, ruhiy harakatga urg‘u beradi. Voqeaga emas, tuyg‘ular, inʼikos, ikkilanish, azob,

iztirobga tayanadi. Shu bois u asar yozmaydi

inson ongini ochadi. Bu asarda bir emas, bir

necha “sud” bo‘ladi: davlat sudi, jamiyat sudi, ammo eng kuchlisi —

vijdon sudi.

Ushbu maqolada Dostoevskiy dunyoqarashi, falsafasi, romanidagi qahramonlar obrazida

mujassam bo‘lgan ichki kurash va tafakkur qatlamlari tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor “Jinoyat va
jazo” romanidagi Raskolnikov atrofidagi obrazlar —

Porfiriy Petrovich, Lizaveta va Alyona

timsolida Dostoevskiy qanday falsafiy xulosalar berganiga qaratiladi. Bu asar o‘zbek o‘quvchisi

uchun ham dolzarb: chunki inson vijdoni, axloqi, kurashi

bu har doim va har jamiyatda

yangraydigan mavzudir. Dostoevskiy dunyosi

zulmat ichidagi nurni ko‘rgan yozuvchi,

Dostoevskiy dunyosi bu

tashqi hayot emas, inson ichki olami. Uning asarlarida siz ko‘chada

sayr qilayotgan odamlar emas, o‘z ruhiy zulmatida yo‘l yo‘qotgan va yo‘l izlayotgan insonlarni
ko‘rasiz. Ular odatdagidek yashamaydi, ular o‘ylaydi. O‘ylash esa har doim qiynaydi. Shuning

uchun Dostoevskiy dunyosi

bu azobli tafakkur dunyosi. Uning romanlarida qahramonlar

oddiy muammo bilan emas, balki hayotning o‘zagi bilan kurashadi: Xudo bormi yoki yo‘qmi?

Inson jinoyat qilganda uni kechirish mumkinmi? Vijdon hal qiluvchi kuchmi? Bular har bir
asarning yuragida urib turuvchi savollardir. Dostoevskiy dunyosida hech narsa bir tomonlama
emas, Ezgulik ham, yovuzlik ham har bir odamda aralashib yashaydi. Qahramonlar gunohkor

bo‘lsa ham, umidli, begunoh bo‘lsa ham, iztirobli. Har bir harakat ortida falsafa bor. Har bir

sukunatda

faryod. U har doim odamni ikki yo‘lga qo‘yadi: ya o‘zini oqlashga, ya o‘zini

anglashga. Har doim odamning ichkarisiga qaraydi, kimman o‘zi? Haqliymenmi? Bu savollar

Raskolnikovda, Ivan Karamazovda, Stavrogin va boshqalarda doimiy yashaydi. Shu bois
Dostoevskiy dunyosi

bu vijdon sudining adabiy maydoni. Bu maydonda jinoyat qilgan odam

jazoga emas, avvalo o‘zini anglashga hukm qilinadi. Masalan, “Jinoyat va jazo”dagi

Raskolnikov jismoniy jazoni oladi, lekin ruhiy jazoni ilgariroq tortadi. Uning azobi hibs emas,
balki ichki azobdir. Uning adabiy dunyosi

bu kuchli axloqiy jarayon. Har bir qahramon orqali

yozuvchi o‘quvchiga ko‘zgu tutadi. Dostoevskiy seni ko‘rsatmaydi, lekin seni ichingdan
ko‘rsatadi.

Adabiyotda romantizm

orzu, realizm

hayot, naturalizm

tabiat bo‘lsa,

Dostoevskiy adabiyoti

ruhiyatdir. U inson qalbini o‘rtasidan yorar, chog‘dirar, charchatar,

keyin sokin bir haqiqat bilan o‘quvchini qoldirar: “Asl jazoni hech kim bermaydi —

uni faqat

vijdon beradi.” Shuning uchun Dostoevskiy dunyosi —

qorong‘ulik emas. U zulmat ichida nurni

izlagan, odam ichidan ilohiylikni topmoqchi bo‘lgan, ruhlar kurashi ichidan najotni ko‘rsatgan

adibning dunyosidir.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Fyodor Dostoevskiy ijodi, ayniqsa “Jinoyat va jazo” romani, adabiyotshunoslar

tomonidan ko‘p yillardan buyon o‘rganib kelinadi. Bu asarda oddiy syujetdan tashqari, juda ko‘p

ichki qatlamlar mavjud. Aynan shu qatlamlar romanni boshqa asarlardan ajratib turadi. Avvalo,


background image

1656

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

asarda inson tafakkurida kechadigan ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurash markazga
chiqarilgan. Raskolnikov obrazi orqali yozuvchi “men buyuk ishlar uchun jinoyat qilganman”
degan fikrni ko‘rsatadi. Bu orqali Dostoevskiy inson o‘zini oqlash uchun qanday xatoga yo‘l
qo‘yishi mumkinligini tasvirlaydi.

Shuningdek, adabiyotshunoslar bu asarda “tanlangan odam” g‘oyasining xavfli oqibatlari

haqida yozishgan. Raskolnikov o‘zini oddiy odamlar emas, balki tarixni o‘zgartiradigan shaxs
deb hisoblaydi. Bu g‘oya uni jinoyatga olib keladi. Ammo yozuvchi shuni ko‘rsatadiki, hech
qanday nazariya odamni o‘z jinoyatidan holi qilmaydi.

Yana bir e’tiborga molik jihat —

Dostoevskiyning inson ruhiyatini tasvirlashdagi

mahorati. U voqealarni tasvirlamaydi, odamning ichki kechinmalarini ko‘rsatadi. Ayniqsa,
Raskolnikovning azoblanishi, o‘zini oqlashga urinishlari va ichki kurashi –

bular psixologik

chuqur tahlilga misoldir.

Tadqiqotchi Shuhrat Qosimov bu haqda shunday yozadi: “Dostoevskiyning qahramonlari

oddiy syujet ishtirokchisi emas, balki har biri muallif tomonidan berilgan katta falsafiy

savollarga javob izlaydi. Ayniqsa, ‘Jinoyat va jazo’ asari —

inson axloqi va vijdoni haqida

o‘zbek o‘quvchisini ham chuqur o‘ylashga undaydi” [¹ Qosimov, Shuhrat. Rus adabiyoti

nazariyasi asoslari.

Toshkent: O‘qituvchi, 1998. –

132-bet.]

Deyarli barcha adabiyotshunoslar bu asarni insoniyat tarixida axloqiy qaror va jazoni

badiiy shaklda ko‘rsatgan eng chuqur asarlardan biri deb hisoblashadi. Shu bois, bugungi kunda
ham “Jinoyat va jazo” ko‘plab ilmiy ishlar, maqolalar, dissertatsiyalarga mavzu bo‘lib kelmoqda.

MUHOKAMA

“Jinoyat va jazo” romanida Dostoevskiy inson hayotidagi eng murakkab savollarni

ko‘taradi. Asarning bosh qahramoni Rodion Raskolnikov jinoyat qilganidan so‘ng, u bilan birga
o‘quvchi ham bu jinoyatga qanday olib kelgan fikrlar, hissiyotlar, kechinmalar borligini ko‘radi.

Bu esa asarni shunchaki voqea asosidagi roman emas, axloqiy-falsafiy tahlilga asoslangan asarga
aylantiradi.

Muhokama qilinadigan birinchi muhim jihat

Raskolnikovning nazariyasi. U ba’zi

odamlar tarixda iz qoldirish uchun qon to‘kishga haqli deb o‘ylaydi. O‘zini ham shunday
“tanlangan” odamlar qatoriga qo‘shadi. Asarda aynan shu fikr uni jinoyatga yetaklaydi. Ammo
Dostoevskiy bu g‘oyaning xatoligini ko‘rsatadi: Raskolnikov o‘zini oqlamoqchi bo‘ladi, lekin
vijdoni bunga yo‘l qo‘ymaydi. Ikkinchi muhim jihat —

ruhiy azob. Asarda Raskolnikovni

jazolaydigan na faqat qonun, balki ichki qiynalishdir. U jinoyatni tan olmasdan yuradi, o‘zini

oqlashga urunadi, ammo ruhiy bosim uni sust qiladi. Bu orqali yozuvchi shuni anglatmoqchi

bo‘ladi: inson qilgan ishi uchun avvalo o‘z oldida javobgar. Uchinchi jihat —

boshqa

qahramonlar ta’siri. Porfiriy Petrovich —

tergovchi, lekin u Raskolnikovni ayblamaydi, balki u

bilan do‘stona suhbat orqali uni o‘z jinoyatini tan olishga undaydi. Bu, aslida, jinoyatning faqat
sud orqali emas, ichki anglash orqali ham hal bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Sonya esa
Raskolnikovni ruhiy jihatdan qo‘llaydi. U unga haqiqat va poklik orqali najot yo‘lini ochadi.

Yana bir muhim tomon

muallifning pozitsiyasi. Dostoevskiy asarda qahramonlar fikri orqali

o‘z qarashlarini bildiradi. U axloq, vijdon, gunoh, poklanish kabi tushunchalarni o‘quvchi ongiga
chuqur singdirishga harakat qiladi. Raskolnikovning kechirim so‘rashi va jazoni tan olishi bu

asarning eng chuqur nuqtasidir.

Shu tariqa, “Jinoyat va jazo” romanida ko‘tarilgan masalalar bugungi kun o‘quvchisi

uchun ham dolzarb. Chunki inson doimo tanlov qarshisida turadi: to‘g‘rimi yoki noto‘g‘rimi,
halollikmi yoki nafmi? Dostoevskiy esa bizni shunday savollar bilan yolg‘iz qoldiradi, lekin


background image

1657

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

aynan shuning o‘zi bu asarni unutilmas qiladi.


REFERENCES

1.

Dostoevskiy, F. M. Jinoyat va jazo.

Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot,

2016.

528 b.

2.

Qosimov, Sh. Rus adabiyoti nazariyasi asoslari.

Toshkent: O‘qituvchi, 1998. –

132 b.

3.

Gromova, A. A. Psikhologicheskaya glubina i moral’naya problema v romane
“Prestuplenie i nakazanie” Dostoevskogo. –

Moskva: MGU, 1989.

58 b.

4.

Cox, G. Crime and Punishment: A Mind at War.

New York: Chelsea House, 2000.

5.

Strakhov, N. N. Dostoevsky and His Work: An Essay.

In: “Crime and Punishment”

(Google Books, 2020).

6.

Kitobxon.com

Dostoevskiy

F.

Jinoyat

va

jazo.

https://kitobxon.com/oz/kitob/jinoyat_va_jazo

7.

The

Greatest

Books

Fyodor

Dostoevsky's

Crime

and

Punishment.

https://thegreatestbooks.org/

8.

Gradesaver.com

Crime

and

Punishment

Study

Guide.

http://www.gradesaver.com/classicnotes/titles/crimeandpunishment/about.html

9.

Standardebooks.org

Dostoevsky, F. M. Crime and Punishment, trans. by Constance

Garnett.

https://standardebooks.org/ebooks/fyodor-dostoevsky/crime-and-

punishment/constance-garnett

10.

Archive.org

Crime

and

Punishment

(full

text,

public

domain).

https://archive.org/details/crimepunishment00coxg_0


References

Dostoevskiy, F. M. Jinoyat va jazo. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2016. – 528 b.

Qosimov, Sh. Rus adabiyoti nazariyasi asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1998. – 132 b.

Gromova, A. A. Psikhologicheskaya glubina i moral’naya problema v romane “Prestuplenie i nakazanie” Dostoevskogo. – Moskva: MGU, 1989. – 58 b.

Cox, G. Crime and Punishment: A Mind at War. – New York: Chelsea House, 2000.

Strakhov, N. N. Dostoevsky and His Work: An Essay. – In: “Crime and Punishment” (Google Books, 2020).

Kitobxon.com – Dostoevskiy F. Jinoyat va jazo. https://kitobxon.com/oz/kitob/jinoyat_va_jazo

The Greatest Books – Fyodor Dostoevsky's Crime and Punishment. https://thegreatestbooks.org/

Gradesaver.com – Crime and Punishment Study Guide. http://www.gradesaver.com/classicnotes/titles/crimeandpunishment/about.html

Standardebooks.org – Dostoevsky, F. M. Crime and Punishment, trans. by Constance Garnett. https://standardebooks.org/ebooks/fyodor-dostoevsky/crime-and-punishment/constance-garnett

Archive.org – Crime and Punishment (full text, public domain). https://archive.org/details/crimepunishment00coxg_0