2025
JULY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 7
10
GESTASION PIELONEFRITDA BUYRAKLAR PO’STLOQ QAVATINING
MORFOMETRIK KO’RSATIChLARI
Tojiboev T.
Axmedova M.
Andijon davlat tibbiyot instituti, O’zbekiston
https://doi.org/10.5281/zenodo.15802048
Dolzarbligi.
Gestatsion pielonefrit uchrash darajasi homiladorlik va tug‘ilishlar miqdoriga
mos ravishda AQSH va Yevropa davlatlarida jami homiladorlarning 2-4%da, Yaponiya, Janubiy
Koreya va Hindistonda ushbu ko‘rsatkich o‘rtacha 2-3%da, MDH davlatlari va Rossiya
federatsiyasida o‘rtacha 2-10%da, O‘zbekiston Respublikasida o‘rtacha 10-18%ni tashkil etadi.
Tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davrda rivojlangan gestatsion pielonefritlar o‘rtacha 6-25%ni
tashkil etishi muammoni dolzarbligini anglatadi. Homiladorlik va tug‘ruqdan keyingi davrda
buyrakda yuzaga kelgan asoratlardan o‘lim ko‘rsatkichi 1000ta homiladorga o‘rtacha 1-3%ni
tashkil etadi/
Tadqiqot maqsadi va vazifalari:
homiladorlik paritetiga qarab gestasion pielonefritda
buyraklarning morfometrik ko’rsatkichlari o’zgarishlarini o’rganish.
Tadqiqotning ob`ekti va tekshirish usullari
Respublika Patologik anatomiya markazida
2020-2023 yillarda 40 nafar homiladorlikda buyrak patologiyalari bilan vafot etgan ayollar
gestatsion pielonefritda buyrak parenxima va mezenxima tuzilmalari morfometrik ko’rsatkichlarini
xos jihatlari Hamamatsu (QuPath-0.4.0, NanoZoomer Digital Pathology Image) morfometrik
dasturiy ko’rsatkichlari orqali o’rganildi.
Tadqiqot natijalar.
Morfometrik tekshirish uchun nazorat guruxi sifatida miokard
infarktidan to’satdan vafot etgan bemorlar (n=17) autopsiyasida buyrak to’qimasi olingan. Tajriba
guruxi sifatida, turli reproduktiv yoshdagi ayollar homiladorlik paytida o’tkir buyrak
kasalliklaridan vafot etganlar autopsiyasida buyrak to’qimasi olingan va buyrak to’qimalaridan
tayyorlangan materiallar NanoZummer da skaner qilindi va mikrotasvirlar olindi.
Tadqiqotda gestastion pielonefritda turli xil shakllarida homiladorlikni turli xil muddati va
nechanchi xomilorlikka buyrak to’qimasidagi morfometrik ko’rsatkichlari bo’yicha, quyidagilar
aniqlandi. Buyrak koptokchalarining o’rtacha diametri, nazorat guruxida 166,8±1,1 mkm ni tashkil
etib, ushbu ko’rsatkich, tadqiqot 1-guruxininig 1-homiladorlikdagi gestastion pielonefritdagi
buyraklarda 209,3±1,1 mkmni tashkil etib, 1,25 martaga oshganligini anglatadi. Multipleksli
morfometrik tekshirishlarda, buyraklarning yoshga doir zararlanish ko’rsatkichlari bo’yicha,
nazorat guruxiga nisbatan, I-homiladorlikda barcha morfofunkstional ko’rsatkichlarni ustunligi,
shikastlanishlarni yuqoriligi bilan davom etib, nazorat guruxiga nisbatan o’rtacha, barcha buyrak
komponentlarini 1,35 martagacha kattalashganligi, qon tomirlarni kengayishi va boshqa
ko’rsatkichlarni ustunligi jihatidan shikastlanishni eng yuqoriligi bilan namoyon bo’ldi. II-
homiladorlikda bu kabi ko’rsatichlar o’rtacha, 1,2 martagacha nazorat guruxidan ustun bo’lib,
tezkor morfologik moslanish mexanizmalarni sustligi, tomir komponentlarini yoshga doir davom
reakstiyasini pasayishi bilan izoxlandi. II- homiladorlikda buyraklarni shikastlanish ko’rsatkich
nazorat guruxi bilan taqqoslaganda 10-15% gacha o’zgarishi va farqlar tavofuti bo’ldi.
Xulosalar:
Bu o’zgarishlar yuqorida morfologik belgilarida keltirilgan, yoshga doir buyrak
koptokchalari ajoyib to’rida qon tomirlarning javob reakstiyasi sifatida filtrastiya jarayonini
2025
JULY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 7
11
oshishi, tomirlarning keskin kengayishi va koptokchalarni xajman kattalashi aynan, 1-
homiladorlikda yuzaga kelgan gestastion pielonefritda yuqori ko’rsatichlarda ekanligini
tasdiqlaydi.
REFERENCES
1.
Sultonov M. M., Mamajonov A. M. (2017).
Akusherlik va ginekologiyada infeksion
asoratlar: klinik holatlar va ularning oqibatlari
. Toshkent: Tibbiyot nashriyoti.
– Kitobda homiladorlik paytidagi pielonefrit, u bilan bog‘liq buyrak shikastlanishlari va
klinik-morfologik xususiyatlar yoritilgan.
2.
Abdullayev A. M., Soliyeva M. N. (2020).
Buyrak kasalliklari: klinik, morfologik va
immunogistokimyoviy
yondashuvlar
.
Toshkent:
Ibn
Sino
nomidagi
nashriyot.
– Ushbu manbada pielonefritda Bcl-2, P53 kabi markerlarning ifodalanishi va morfometrik
o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar mavjud.
3.
Қаҳҳоров Қ.Қ., Шарипова Г.Г. (2021).
Ҳомиладорликда пиелонефрит ва унинг
морфологияси
.
– “Тиббиётда янги кун” журнали, №4, 56-60-бетлар.
– O‘zbekiston homilador ayollarida pielonefritning morfologik ko‘rinishlari tahlil qilingan.
4.
Cotran R. S., Kumar V., Robbins S. L. (2020).
Robbins and Cotran Pathologic Basis of
Disease
,
10-nashr.
Elsevier.
– Klassik patologiya manbasi bo‘lib, unda buyrakdagi morfometrik o‘zgarishlar va
gestatsion pielonefrit mexanizmlari keng ko‘lamda tahlil qilingan.
5.
Jurayev A. T., Yusupova D. K. (2019).
Pielonefritning kechishida morfometrik
ko‘rsatkichlarning diagnostik ahamiyati
. – “Ilm va taraqqiyot” jurnali, №2, 101–105.
– Morfometrik usullar orqali pielonefritning turli shakllari va ularning tahlil natijalari
bo‘yicha maqola.
