Iyul, 2025-Yil
4
UDK:
616.61-002.3-009-089.48
HOMILADORLIK PARITETI BO’YICHA GESTASION PIELONEFRITNI
IMMUNOGISTOKIMYOVIY JIHATLARI
Tojiboev T.
Axmedova M.
Andijon davlat tibbiyot instituti, O’zbekiston
https://doi.org/10.5281/zenodo.15801786
Dolzarbligi:
Pielonefrit kasalligida infekstiya buyrakka peshob chiqaruv kanali orqali,
kamdan - kam hollarda gematogen yoki limfogen yo’l bilan tushishi mumkin. 80% hollarda
pielonefrit ichak tayoqchasi tomonidan qo’zg’atiladi, bu tayoqcha me’yorda ichakda yashaydi,
gigiena buzilganda peshob yo’llariga tushishi mumkin.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari:
homiladorlik paritetiga qarab gestasion pielonefritda
buyraklarning immunogistokimyoviy o’zgarishlarini o’rganish.
Tadqiqotning ob`ekti va tekshirish usullari
Respublika Patologik anatomiya markazida
2020-2023 yillarda 40 nafar homiladorlikda buyrak patologiyalari bilan vafot etgan ayollar
gestatsion pielonefritda buyrak jomlari va kosachalarining immunogistokimyoviy markerlar CD
34, P53, BcL2 markerlari xos jihatlarini o`rganildi.
Tadqiqot natijalar:
P53 markeri gestastion pielonefritda yuqori pozitiv ekspressiyasi
o’rganilgan materiallarni jami 59,11±1,75%da aniqlandi. Bu esa, gestastion pielonefritda jarayon
qaytmasligi asosan 1-homiladorlikda ustun turishini tasdiqlaydi. 2- homiladorlikda jarayonda
buyrakning mezenximal to’qimasi bo’lgan jomcha va kosachalardagi alterastiya jarayonini
tolerantligi oshishi oqibatida, morfologik adaptastiya atrofik va sklerotik o’zgarishlar bilan, R
53ning o’rta pozitiv ekspressiyasi esa 30,16±1,12%ni tashkil etdi.
3-homiladorlikda, P53 markerininig pozitiv ekspressiyai past darajada bo’lib, makroskopik
jixatdan buyraklarda interstistial nefritni surunkali shakli va kosacha jochalarda deformastiya
aniqlandi, P53 markerining past pozitiv reakstiyasi 10,73±1,02% ni tashkil etdi. klinik morfologik
jixatdan xomiladorlar 3,4-homiladorlikda pielonefrit bilan kasallanish ko’rsatichi pasayganligi
kuzatildi.
Olingan natijalar bo’yicha, 1-homiladorlikda Bcl-2 markeri buyraklarning koptokcha,
kanalchalar va jomcha kosachalaridagi epiiteliylarida och jigar rangli stitoplazma ko’rinishida
maskirovka bo’lgan morfologik belgilar aniqlanib, apoptozga qarshi tizim ishlaganligini anglatdi.
Jami 1- homiladorlikdagi bemorlar buyragida o’rtacha 79,15±1,02%da Bcl-2 markerining past
pozitiv ekspressiyasi va 20,85±1,5%da Bcl-2 markeri negativ reakstiya berganligi aniqlandi.
2- homiladorlikda buyraklarning shikastlanish Bcl-2 markerining reakstiyasi bo’yicha,
89,85±2,16%da past pozitiv reakstiya, 10,15±1,02% da negativ reakstiya berganligi aniqlandi. Bu
esa, yuqorida keltirilgani kabi, shikastlanish darajasi 2-homiladorlikda past bo’lganligi uchun Bcl-
2 markerining ekspressiyasi yuzaga chiqishi kam bo’lganligi aniqlandi. Morfologik adaptastiya
mexanizmi bo’yicha, gestastion pielonefritda asosan, buyraklardagi surunkali shikastlanishning
tolerantligi yuzaga kelganligi uchun o’tkir jarayonlarni surunkali yallig’lanish ko’rinishiga
o’tganligi bilan izohlandi.
3-homiladorlikda, gestastion pielonefritni klinik morfologik jixatdan aniqlash va tashxislash
bo’yicha, juda past ko’rsatichlar bilan namoyon bo’lib, morfologik jihatdan, apoptozga qarshi
Iyul, 2025-Yil
5
tizimni ishlashi va homiladorlikda fiziologik gravidar immunodefistitni yuzaga kelganligi kuzatildi.
Bu esa, tadqiqotimizda o’rganilayotgan 3-homiladorlikdagi gestastion pielonefrit tashxisi bilan
vafot etgan ayollar buyragida Bcl-2 markerining jami o’rganilayotganlarni 93,17±1,1%da negativ
reakstiya bilan namoyon bo’ldi. 6,83±0,85% da past pozitiv reakstiyasi aniqlandi.
Xulosalar:
1-homiladorlikda Bcl-2 markerini pozitiv ekspressiya bo’yicha jami
79,15±1,02% past pozitiv ekspressiya aniqlansa, 2-homiladorlikda, 89,85±2,16% da Bcl-2
markerini past pozitiv reakstiyasi aniqlandi. Bu jarayonda shikastlanishini xomiladorlikni poritetiga
to’g’ri proparstional ravishda kamayganligini tasdiqlaydi. 3-homiladorlikda, Bcl-2 markerini
negativ ekspressiyasi esa, jami o’rganilgan materialimizni ushbu guruxda 93,17±1,1% ni tashkil
etib, 6,83±0,85% da past pozitiv reakstiya berganligi aniqlandi.
REFERENCES
1.
Kumar V., Abbas A. K., Aster J. C. (2020).
Robbins and Cotran Pathologic Basis of Disease
.
10th Edition. Elsevier.
– Ushbu manbada buyrakdagi patologik jarayonlar, shu jumladan pielonefrit va uning
immunogistokimyoviy markerlari (masalan, P53, Bcl-2) batafsil yoritilgan.
2.
Jain R., Kandasamy D., Venkatesh R., Mittal B. R. (2019).
Imaging and Pathophysiology of
Acute Pyelonephritis in Pregnancy: Current Perspectives.
Clinical Radiology.
– Gestatsion pielonefrit va homiladorlikdagi buyrak o'zgarishlari haqida dolzarb klinik
ma'lumotlar taqdim etilgan.
3.
Satoskar A., Nadasdy T., Silva F. G. (2012).
Diagnostic Pathology: Kidney Diseases
.
Elsevier.
– Immunogistokimyoviy markerlar, buyrak to‘qimalarida P53, CD34 va Bcl-2 ekspressiyasi
haqidagi ma’lumotlar mavjud.
4.
Zhou X. J., Laszik Z. G., Nadasdy T., Silva F. G. (2021).
Fundamentals of Renal Pathology
.
Springer.
– Mezenximal to‘qimalarning morfologik o‘zgarishlari, interstitsial nefrit va surunkali
pielonefrit haqida ma’lumotlar mavjud.
5.
Sattar A. (2020).
Pathoma: Fundamentals of Pathology
. 4th Edition.
– Bcl-2 va P53 markerlarining apoptoz va hujayra sikli boshqaruvidagi roli haqida oson va
tushunarli izohlar berilgan.
