Authors

  • Mirimgul Yusupova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.118688

Keywords:

Yangi O‘zbekiston vatanparvarligi kasbiy kompetesiyalar etnik bo‘lajak o‘qituvchi pedagogik oliy ta’lim tizimi ilmiy va yondoshuvlar.

Abstract

Maqolada bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda O’zbekistonning bo’lajak mutaxassislarida milliy ong, milliy ma’naviyat, vatanparvarlik, fuqarolik va ongli faoliyatining rivojlanishining ilmiy asoslari tahlil qilingan. Shu bilan birga, shaxsning global fuqaroligini shakllantirishda milliy o’zligini anglashning o‘ziga xos ahamiyati hamda ushbu jarayonda yetakchi rol o‘qituvchiga, ayniqsa boshlang’ich va maktab o‘qituvchilariga yuklanganligi yosh avlodga etnik tajribani etkazuvchi va uning jahon makoniga integratsiyalashuviga xizmat qilishi bilan bo‘lajak o‘qituvchilrni tayyorlashda aynan ularda asosiy kasbiy kompetetsiyalar qatorida Yangi O‘zbekiston vatanparvarligini shakllantirish va singdirish muhimligi tizimli talqin qilinadi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

128

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING VATANPARVARLIK MADANIYATINI

SHAKLLANTIRISHGA ILMIY YONDOSHUVLAR

Yusupova Mirimgul Jalgasbayevna

Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti v.v.b. dotsenti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15809021

Annotasiya.

Maqolada bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda O’zbekistonning bo’lajak

mutaxassislarida milliy ong, milliy ma’naviyat, vatanparvarlik, fuqarolik va ongli faoliyatining

rivojlanishining ilmiy asoslari tahlil qilingan. Shu bilan birga, shaxsning global fuqaroligini

shakllantirishda milliy o’zligini anglashning o‘ziga xos ahamiyati hamda ushbu jarayonda
yetakchi rol o‘qituvchiga, ayniqsa boshlang’ich va maktab o‘qituvchilariga yuklanganligi yosh

avlodga etnik tajribani etkazuvchi va uning jahon makoniga integratsiyalashuviga xizmat qilishi

bilan bo‘lajak o‘qituvchilrni tayyorlashda aynan ularda asosiy kasbiy kompetetsiyalar qatorida
Yangi O‘zbekiston vatanparvarligini shakllantirish va singdirish muhimligi tizimli talqin

qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Yangi O‘zbekiston vatanparvarligi, kasbiy kompetesiyalar, etnik, bo‘lajak

o‘qituvchi, pedagogik oliy ta’lim tizimi, ilmiy va yondoshuvlar.

Аннотация.

В статье анализируются научные основы развития национального

самосознания, национальной духовности, патриотизма, гражданственности и
сознательной активности у будущих специалистов Узбекистана в Новом Узбекистане
сегодня. При этом особое значение осознания национальной идентичности в
формировании глобальной гражданственности личности и ведущая роль в этом процессе
отводится учителям, особенно учителям начальной и средней школы, которые передают
этнический опыт молодому поколению и служат его интеграции в мировое
пространство, системно трактуют важность формирования и привития им
патриотизма Нового Узбекистана, среди основных профессиональных компетенций, в
подготовке будущих учителей.

Ключевые слова:

патриотизм Нового Узбекистана, профессиональные

компетенции, этническая принадлежность, будущий учитель, система педагогического
высшего образования, научные и подходы.

Annotation.

The article analyzes the scientific foundations of the development of national

self-awareness, national spirituality, patriotism, citizenship and conscious activity among future
specialists of Uzbekistan in New Uzbekistan today. At the same time, special importance of
awareness of national identity in the formation of global citizenship of the individual and the
leading role in this process is given to teachers, especially primary and secondary school
teachers who pass on ethnic experience to the younger generation and serve its integration into
the world space, systematically interpret the importance of forming and instilling in them the
patriotism of New Uzbekistan, among the main professional competencies, in the training of
future teachers.

Keywords:

patriotism of New Uzbekistan, professional competencies, ethnicity, future

teacher, system of pedagogical higher education, scientific and approaches.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

129

Kirish

. Har bir davlat kelajagi mutaxassislarning bilim darajasiga bog‘liqligini anglash,

o‘quvchilarning o‘ziga va kasbiy qobiliyatlariga bo‘lgan ishonchini shakllantirishga qaratilgan
kadrlar tayyorlashga asoslangan yangi ta’lim tizimini innovatsion yaratishga olib keldi. Bugungi
kunda pedagogik ta’lim bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini qator yondoshuvlar
va texnologiyalar asosida yangicha rivojlantirishga qaratilgan. Shunday ekan, Yangi O‘zbekiston
Respublikasining yangi shakllanayotkan o‘qituvchilarning uzluksiz pedagogik ta’lim
kontseptsiyasida o‘qituvchi faoliyatining yo‘nalishlaridan biri bo‘lib borayotgan integratsiya
jarayonlari, jahon ta’lim makonining rivojlanish tendentsiyalarini yo‘lga qo‘yish qobiliyati
sifatida belgilab qo‘yilgan. Uning mohiyati zamonaviy ta’limning tobora ko‘p madaniyatli bo‘lib

borayotganidan iborat.

Muammoning tahlili va munozarasi.

Sanab o‘tilgan ko‘rsatmalar bugungi kunda

zamonaviy ta’lim tizimida oliy ta’lim maqsadini turli pozitsiyalarda va turli kontekstlarda
(shaxsiy rivojlanish, kasbiy rivojlanish, vatanparvar o‘qituvchini shakllantirishga qaratilgan
qator omillar va boshqalar) ko‘rib chiqadigan ko‘plab o‘rnatilgan paradigmalar mavjudligidan
dalolat beradi. Shunday qilib, bo‘lajak o‘qituvchining shaxsiy rivojlanishi kontekstida

universitetning maqsadi -

talabada dunyo, jamiyat va madaniyatdagi o‘zaro bog‘liq

munosabatlarni qabul qilishga qodir yaxlit dunyoqarashni shakllantirishdir. Bunda eng asosiysi

bo‘lajak o‘qituvchi shaxsining muhim kuchlarini rivojlantirish va ochishga to‘g‘ri
yo‘naltirilishida, yaniy muayyan muhit va jamiyatdagi hayot sharoitlariga moslashishda.

Ta’lim muassasalari ham yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini, jamiyat taraqqiyotini

ta’minlovchi va farovonligi uchun mas’ul bo‘lish zarurligini shakllantirish uchun ijtimoiy makon

sifatida qaraladi.

Ta’kidlash joizki, davlatimiz tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash

masalalariga katta e’tibor qaratilib kelingan. Shunday bo‘lsa ham Yangi O‘zbekiston
Respublikasi hukumati yangi tarraqiyot davrida o‘z ichki va tashqi pozitsiyalarini qayta ko‘rib
tahlil qilar ekan, vatanparvarlik tarbiyasi tizimi masalalariga taalluqli ta’lim, tillarni

rivojlantirish, etnik-

madaniy tarbiya, ta’lim muassasalarida tarbiya, madaniy meros, fuqarolarni

vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha davlat dasturlari va konsepsiyalarida yuksak milliy
ongga ega bo‘lgan fuqarolarni shakllantirishga ko‘maklashuvchi samarali metodik ta’minlangan
vatanparvarlik tarbiyasi tizimini yaratish va uni joriy etish orqali Yangi O‘zbekiston
manfaatlarini himoya qilishga qodir bo‘lgan vazifalar belgilanishi zarur. Yillar davomida amalda
bo‘lgan vatanparvarlik tarbiyasi tizimi ham xuddi shunday qayta ko‘rib chiqilishi zarur.

Yangi O‘zbekiaton Respublikasida oliy pedagogik ta’lim faqat kasbiy bo‘lishdan tashqari

oliy maqsad, yaniy Yangi O‘zbekiston vatanparvarligini shakllanishining kafolati sifatida
bo‘lajak o‘qituvchilarning vatanparvarlik madaniyatini shakllantirish mexanizmiga aylanisi

lozim.

Hozirgi kunda oliy ta’lim tizimida pedagogik yo‘nalishlarda psixologik vapedagogika,

tarixiy-

gumanitar fanlarda “vatanparvarlik tarbiyasi”ni talqin qilishda yagona yondashuv ishlab

chiqilmagan. Bu bugungi kunda mavjud bo‘lgan turli nuqtai nazarlardan dalolat beradi.

Yangi O‘zbekiston ta’lim tizimida, ayniqsa pedagogik oliygohlarida kadrlarni tayyorlash

bu milliy madaniyat va jahon sivilizatsiyasining bardavom qadriyatlarini o‘zlik qadriyatlar

bilan, yuksak axloqiy va ijodkor shaxslarning fuqarolik, insonparvarlik, umuminsoniy


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

130

fazilatlarini shakllantirish jarayoni bo‘lishi kerek.

Bizningcha, agar Yangi O‘zbekiston vatanparvarligi tarbiyasi barcha ta’lim

muassasalar

ining yetakchi yo‘nalishlaridan biriga aylansa, yuqoridagi barcha yondashuvlar

amalga oshishi mumkin.

Oliy taʼlim sharoitida Yangi Oʻzbekiston vatanparvarligi turli taraqqiyot bosqichlarini

bosib oʻtgan milliy taʼlim modeli sharoitida shakllanib kelgan:

- reproduktiv-

pedagogik sivilizatsiya bosqichi orqali ta‘limning kattalar va yosh

avlodning hayotiga o‘zaro bog‘liqligi bilan tavsiflanadi;

- ijodiy-

pedagogik sivilizatsiya (ta'lim katta avloddan yoshlarga tajriba o‘tkazishga

qaratilgan maxsus tashkil etilgan faoliyatga aylanadi, ta'lim mazmunini shaxs ehtiyojlaridan
begonalashtirish bilan tavsiflanadi) shakllantirilgan;

-

pedagogik sivilizatsiya ya’ni inson madaniyatining o‘sishi, ta’limni o‘qituvchi va

talabaning sub’ektiv tajribasi sifatida tashkil etish, dialogli o‘qitish usullarining rolini
kuchaytirish (bu darajadagi ta‘lim mazmuni uning kasbiy kompetensiyasini shakllantirish

vositasi sifatida qarash) orqali erishilgan [4].

Shunday qilib, o‘tkan yillar davomida oliy ta’lim tizimida pedagogik yo‘nalishdagi

kadrlar, ko‘nikma va malakalar, qarashlar va e’tiqodlar tizimi bilan ifodalanadi. Ushbu
yondashuvda vatanparvarlik ta’lim jarayonida kasbga tayyorlovchi asosiy kompetesiyalar
sifatida emas, balki ta’lim muhitidagi qo‘shimcha tadbirlar doyirasida amalga o‘shirilib

kelinmoqda.

“Taʼlim mazmuni” tushunchasi Yangi O‘zbekiston vatanparvarligini shakllantirish milliy

gʻoyasini saqlab qolgan holda, jahon ta’lim makoniga integratsiyalashuv maqsadini koʻzlagan
holda oʻzining milliy taʼlim modelini qurayotgan paradigmaga qarab oʻz maʼnosini oʻzgartiradi.

Shaxsga yo‘naltirilgan paradigma nuqtai nazaridan ta’lim mazmuni bilim, ko‘nikma va

ijodiy faoliyat tajribasi va hissiy-qadriyat munosabatlarining moslashtirilgan tizimi asosida

ochiladi. Bu esa ma’naviy madaniyatni avlodlarga ko‘paytirish, saqlash va etkazishga tayyor
shaxsni shakllantirish imkonini beradi [3]. Shu bilan birga, ta’lim mazmuni tabiiy xususiyatlar
(sog‘lik, qobiliyat), ijtimoiy fazilatlar (fuqarolik faollik) va madaniy sub’ektning fazilatlarini
(erkinlik, insonparvarlik, ma’naviyat, ijodkorlik) rivojlantirishga qaratilgan.

Zamonaviy ta’lim jarayonida Yangi O‘zbekiston ta’limga zamonaviy jamiyatning

buzg‘unchi tendentsiyalariga qarshi turish va yoshlarning o‘z yo‘nalishida ilg‘or tendentsiyalarni
yaratish nuqtai nazaridan qaraydi. Shu nuqtai nazardan, ta’lim siyosati avlodlar tajribasini
hisobga olgan holda xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro tushunish asosida zamonaviy jamiyatga

integratsiyalashgan fuqaroni shakllantirishga qaratilgan.

Bunday zamonaviy yondashuvga ko‘ra, davlat tomonidan fan, vatanparvarlik va

madaniy-

ma’rifiy tarbiya, ta’lim

-

tarbiya sohasida oliy ta’lim muassasalarining asosiy vazifalari

belgilab beriladi. Ammo oliy ta’lim muassasalari o‘z faoliyati yo‘nalishlarini o‘zi tartibga
soluvchi davlat kelajagiga bevosita aloqador yo‘nalish sifatida ushbu vaziyfalarni amalga tadbiq
qilish imkoniyatlari o‘z qo‘lida. Shunday ekan, ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish natijasida olimlar
oliy o‘quv yurtining asosiy vazifasini vatanparvarlik g‘oyalari doirasida shakllangan
vatanparvarlik fazilatlariga ega shaxsni tarbiyalashda ko‘rishini ko‘ramiz, ammo bu asosiy bilim
va ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonidan keyin nazarda tutilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

131

Vatanparvarlik tarbiyasi har xil yondashuvlardan foydalanadi, ularning har biri u yoki bu

jihatni ta‘kidlaydi. Lekin bugungi kun talablari shuni taqozo etadiki, bo‘lajak o‘qituvchilarda
vatanparvarlik madaniyatini shakllantirish mustaqil yo‘nalish sifatida alohida, yaxlit va har
tomonlama amalga oshirishni lozim. Shuning uchun bo‘lajak o‘qituvchilarning vatanparvarlik
madaniyatini shakllantirish jarayoni doirasida ilmiy yondashuvlarni ko‘rib chiqsak.

Kognitiv-axborot yondashuvi t

urli mavzular va rivojlanayotgan ijtimoiy-madaniy

muhitni o‘zgartirish, yaniy ta’limni ijtimoiy

-madaniy jihatlarda vatanparvarlik hodisasini

tushunishga, vatanparvarlik dunyoqarashini shakllantirishga va bo’lajak o’qituvchining shaxsiy
o’sishini doimiy ravishda takomillashtirish va vatanparvarlik o‘zini

-

o‘zi anglash, vatanparvarlik

bilimlarini shakllantirish, an’analarni samarali tashkil etish va madaniy me’yorlarni o‘zlashtirish
uchun bilim olishga ichki motivatsiyasini rivojlantirishga yo‘naltirish imkonini beradi.

Gumanistik yondashuv:

bo‘lajak o‘qituvchi shaxsining vatanparvarlik tarbiyasi

muammolarini hal qilishda vatanparvarlik faolligi va mustaqilligining yuqori darajasiga o‘tishini
ta’minlaydi, yaniy oliy ta’lim jarayonida sub’ekt

-

sub’ekt munosabatlarini shakllantiradi.

Shakllantirishning o‘ziga xos usullari, shakllari va vositalarini amalga oshirish,

hamkorlik holatida bo‘lish, o‘qituvchilar va talabalarning birgalikda yaratish imkoniyatini
beradi. Buning natijasida ma’lum bir shaxsda vatanparvarlik madaniyati mujassamlanadi.

Ratsionalistik yondashuv

bu bo'lajak o'qituvchining ijtimoiy faol xulq-atvorini uning

tashqi muhitdagi o‘zgarishlarga reaktsiyasi sifatida ko‘rib chiqishga imkon beradi xulq

-atvorning

psixologik nazariyasiga asoslanadi, yaniy tadqiqot jarayonida madaniy yondashuv yoshlarni
vatanparvarlik faoliyatida ijodkorlik va yangilik asosida tarbiyalashga qodir vatanparvarlik

qobiliyatiga ega o‘qituvchini tayyorlashda zamonaviy jamiyat ehtiyojlariga muvofiqligi nuqtai
nazaridan o‘quv fanining mazmunini qayta ko‘rib chiqish imkonini beradi.

Madaniy yondashuv

. Bunday yondashuv bo‘lajak o‘quvchilarning madaniy o‘zini o‘zi

anglashini shakllantirishga va shu asosda ularda boshqa madaniyatlarga nisbatan bag‘rikenglik
munosabatini rivojlantirishga imkon beradi, yaniy shaxsiyat va madaniyat o‘rtasidagi
bog‘liqlikni qadriyatlar tizimi sifatida belgilab beradi va bo‘lajak o‘qituvchining unga yangi

narsalarni kiritish imkoniyatini belgilab berdi

Subyektiv yondashuv

doirasida bo‘lajak o‘qituvchilarning vatanparvarlik madaniyatini

shakllantirish jarayoni talabalar

bo’lajak o‘qituvchilar, oliy ta’lim professor

-

o‘qituvchilari va

o‘quv bo‘limlari mutaxassislarining faoliyatini qamrab oladi. Bu esa o‘z navbatida, ularning
ta’lim faoliyatida, kasbiy

-pedagogik faoliyatda va tashkiliy-

ma’rifiy faoliyatda faol va ongli

ishtirokini nazarda tutadi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning vatanparvarlik madaniyatini shakllantirish
jarayonida sub’ektiv yondashuv tayyor vatanparvarlik fazilatlarini yuklamaydi, balki shaxsning
vatanparvarligining namoyon bo‘lishining o‘ziga xos modelini tanlash erkinligini, bilim,
ko‘nikma va qobiliyatlarning rivojlanish darajasi, hayotiy tajribasi asosida o‘z vatanparvarlik

xulq-atvorini shakllantirishni tan oladi.

Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv

shaxslararo munosabatlarni insonparvarlashtirishga,

muloqot sub’ektlari o‘rtasida hurmatli munosabatni rivojlantirishga, bu etnik xususiyatdan
tashqarida boshqa madaniyat va an’analarga hurmatni rivojlantirishga yordam beradi.

Germenevtik yondashuv

talabaga hujjatlar, adabiyotlar, fikrlarni o‘rganish asosida o‘z

shaxsini shakllantirishga, so‘ngra o‘z pozitsiyasini jamiyatda mavjud bo‘lgan pozitsiya bilan


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

132

solishtirishga va o‘zini madaniyat va jamiyatda shaxs sifatida mustahkamlashga imkon beradi.

Integral yondashuv

qo‘shma ta’lim faoliyati tashabbuskori bo‘lgan ta’lim tizimlarini

(oliy ta’lim va boshqa ta’lim tashkilotlari) birlashtirish, moslashuvchan, ammo izchil

vatanparvarlik-tarbiyaviy muhitni yaratish.

Kompetensiyaga asoslangan yondashuv

bo‘lajak o‘qituvchining samarali shaxslararo va

ijtimoiy munosabatlarga kirishish, pedagogik vaziyatni tahlil qilish va noaniqlik sharoitida

o‘zining va “boshqalarning” manfaatlari, maqsadlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda,
jamiyat normalari va qadriyatlariga zid bo‘lmagan qarorlar qabul qilish qobiliyatini aks ettiradi.

Kompetentsiyaga asoslangan yondashuv vatanparvarlik madaniyatini shakllantirishda

ilmiy va amaliy yo‘nalishning birligini ta’minlaydi hamda oliy ta’lim tizimining ta’lim
dasturlari, usullari, vositalari va shakllarini qayta ko‘rib chiqish va yangilash, shu orqali ularni
bo‘lajak o‘qituvchilarning Yangi O‘zbekiston vatanparvarligini tarbiyalashning asosi sifatida
bo‘lajak o‘qituvchilarning vatanparvarlik madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirish zaruriyatini
tug‘diradi[7].

Tahlil natiyjalari

. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qiladigan, shaxsiy va

jamoaviy manfaatlar birligiga intiladigan shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon. Boshqa

odamlarga va ularning qadriyatlariga bagZrikeng shaxsni shakllantirishga qaratilgan harakatlar
tizimi.

Insonlarning ma’naviy birligi va o‘zaro tushunishi, qarama

-qarshilikning nomuvofiqligini

bartaraf etish uchun ta’lim sohasidagi sa’y

-harakatlarni yangilash va yangi vositalarni tanlash,

dunyoqarashni, vatanparvarlik ongini shakllantirish;

- "madaniyatli shaxs, ma'lum hayotiy qadriyatlar va ideallarga ega bo'lgan mutaxassis" ni

shakllantirish [6];

Shunday qilib, tizimli-

faol yondashuv bo‘lajak o‘qituvchilarning vatanparvarlik

madaniyatini shakllantirishning har bir bosqichida quyidagilarga keng imkon yaratadi:

• maqsadni vatanparvarlik madaniyatini shakllantirish yo‘nalishlarini aks ettiruvchi

asosiy vazifalar tizimi ko‘rinishida taqdim etish;

• tuzilgan vazifalar asosida nafaqat ta’lim jarayonida shakllanishi kerak bo‘lgan harakat

usullarini, balki ularning o‘zaro aloqadorligida o‘qitish mazmunini ham asoslash;

• bo‘lajak o‘qituvchilarning shaxsiy va kasbiy rivojlanishining yutug‘i sifatida

vatanparvarlik madaniyatini shakllantirish jarayonining asosiy natijalarini ajratib ko'rsatish.

Xulosa.

Bo‘lajak o‘qituvchilarning vatanparvarlik madaniyatini shakllantirish jarayonida

biz foydalanadigan tizimli-

faollik yondashuvi kelajakdagi o‘qituvchining vatanparvarlik

madaniyatini shakllantirish muammolarini hal qilishda Davlat ta‘lim standartining tarkibiy
qismlarining o‘quv fanlarining ta’lim salohiyatidan foydalangan holda ta’lim jarayonining
barcha sub’ektlarining (universitet o‘qituvchisi, o‘quv bo‘limi mutaxassislari, bo’lajak
o‘qituvchi) mutanosib harakatlaridir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Аронов, А.А. Система патриотического воспитания учащейся молодежи [Текст] /

А.А.Аронов.

-

М., 2004.

2.

Гасанов, З.Т. Цель, задачи и принципы патриотического воспитания граждан [Текст]


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

133

/ З.Т. Гасанов // Педагогика.

- 2005. -

№6.

-

С.59

-63.

3.

Сергеева, В.В. Патриотическая культура личности [Текст]: спецкурс / В.В. Сергеева.

-

Павлодар: ПГУ, 2009.

-

256 с.

4.

Сергеева, В.В. Реализация потенциальных способностей будущих педагогов [Текст]:

практическое руководство по прохождению педагогических практик / В.В. Сергеева.

-

Павлодар, 2010.

-

70 с.

5.

Здерева, Г.В. Теория и методика вузовской подготовки студентов к патриотическому

воспитанию учащихся [Текст]: дис. ... д

-

ра пед.наук: 13.00.08 / Г.В. Здерева.

-

Тольятти, 2005.

-

400с.

6.

Сластенин, В.А. Профессионализм учителя как явление педагогической культуры

[Текст] / В.А. Сластенин// Педагогическое образование и наука.

- 2004. -

№ 5.

-

С. 4

-

15.

7.

Столяренко, Л.Д. Педагогическая психология [Текст] / Л.Д. Столяренко.

-

Ростов

-

на

-

Дону: Феникс, 2003.

-

544 с.

8.

Шарафеева, А.Ф. Проблема воспитания студентов педагогического вуза как носителя

идей патриотизма [Текст] / А.Ф. Шарафеева // Труды городской научной

-

практической конференции.

-

Казань, 2001.

-

С. 123

127.

9.

Banks, J. Cultural Diversity and Education: Foundations, Curriculum and Teaching [Text] /

J. Banks. - Boston, 2001. - 256 p.

References

Аронов, А.А. Система патриотического воспитания учащейся молодежи [Текст] / А.А.Аронов. - М., 2004.

Гасанов, З.Т. Цель, задачи и принципы патриотического воспитания граждан [Текст] / З.Т. Гасанов // Педагогика. - 2005. - №6. - С.59-63.

Сергеева, В.В. Патриотическая культура личности [Текст]: спецкурс / В.В. Сергеева. - Павлодар: ПГУ, 2009. - 256 с.

Сергеева, В.В. Реализация потенциальных способностей будущих педагогов [Текст]: практическое руководство по прохождению педагогических практик / В.В. Сергеева. - Павлодар, 2010. - 70 с.

Здерева, Г.В. Теория и методика вузовской подготовки студентов к патриотическому воспитанию учащихся [Текст]: дис. ... д-ра пед.наук: 13.00.08 / Г.В. Здерева. - Тольятти, 2005. - 400с.

Сластенин, В.А. Профессионализм учителя как явление педагогической культуры [Текст] / В.А. Сластенин// Педагогическое образование и наука. - 2004. - № 5.- С. 4-15.

Столяренко, Л.Д. Педагогическая психология [Текст] / Л.Д. Столяренко. - Ростов-на-Дону: Феникс, 2003. - 544 с.

Шарафеева, А.Ф. Проблема воспитания студентов педагогического вуза как носителя идей патриотизма [Текст] / А.Ф. Шарафеева // Труды городской научной-практической конференции. - Казань, 2001. - С. 123¬127.

Banks, J. Cultural Diversity and Education: Foundations, Curriculum and Teaching [Text] / J. Banks. - Boston, 2001. - 256 p.