Authors

  • Sh.E. Bobomurodova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.118691

Abstract

O‘zbek tilida bir qancha fonetik qonuniyatlar mavjud, ularning tilda paydo bo‘lishi uzoq tarixga borib taqaladi. Ushbu fonetik qonuniyatlarning ba’zilari boshqa tillarning ta’sirida, ba’zilari nesa ichki jarayon asosida yuzaga kelgan.

background image

15

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

O‘ZBEK TILIDA FONETIK JARAYONLAR

Sh.E. Bobomurodova

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15796129

O‘zbek tilida bir qancha fonetik qonuniyatlar mavjud, ularning tilda paydo bo‘lishi uzoq

tarixga borib taqaladi. Ushbu fonetik qonuniyatlarning ba’zilari boshqa tillarning ta’sirida,
ba’zilari nesa ichki jarayon asosida yuzaga kelgan.

“Geminatsiya - ikkita bir xil undoshning so‘z tarkibida qavatlanishi”dir [Jamolxonov,

187-bet]. XI asr yodgorligi hisoblangan Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘ati-t-turk”
asarida uchta so‘zning imlosida bu hodisa kuzatiladi –

urra

(

churra

, o‘g‘uzcha),

arra (siydik),

irra (izza qilmoq) kabi

[ Koshg‘ariy Mahmud, 488-bet]

.

XIV asr yodgorligi hisoblangan

“Tarjumon” lug‘atida esa bunday so‘zlar soni bir necha marta ko‘paygan:

alli (ellik), shah ballut

(kashtan yong‘og‘i), Jullinar (ism), ballik (bekga taqiladigan barcha qurollar), issi (issiq), …

[“Таржумон” – ХIV аср ёзма обидаси, 20-bet].

XV asrdan keyingi davrlarda, Alisher Navoiy, Abulg‘oziy Bahodirxon, Muqimiy

asarlarida quyidagi holatlarda uchraydi:

t – ning ikkilanishi:

otuz - ottuz, yeti - yetti;

q – ning ikkilanishi:

toquz - toqquz;

k – ning ikkilanishi:

ekiz - ekkiz, tikan - tikkan;

s – ning ikkilanishi:

esiz - essiz, isig‘- issig‘;

ch – ning ikkilanishi:

achig‘ - achchig‘;

sh – ning ikkilanishi:

eshak - eshshak, ushaq - ushshaq;

l – ning ikkilanishi:

elik - ellik;

r – ning ikkilanishi:

arig‘ - arrig‘

[ Mahmudov. 69-bet]

O‘tmishda bitta undosh bilan yozilgan so‘zlar imlosida keyinchalik undoshning

ikkilanishi, qo‘sh undoshlikning yuzaga chiqish sabablari nimada?

Ilmiy adabiyotlarda bunday qavatlanishning sababi uslubiy maqsadni yuzaga chiqaradi

deb ta’kidlanadi. Masalan,

maza – mazza

(ma’no kuchaytirilgan),

yashshamagur, uchchalasi,

rossa

…[Jamolxonov. 189-bet]. Biroq ot va son so‘z turkumiga mansub so‘zlardagi

geminatsiyaga bu javobimiz to‘g‘ri kelmaydi.

Bugungi kunda sof turkiy hamda turli tillardan kirgan o‘zlashma so‘zlarda

geminatsiyaning har xil shakllari uchraydi. Ularni quyidagicha tasniflash mumkin:

1.

O‘zakdagi undoshning ikkilanishi:

ikki, ukki.

2.

O‘zak bilan qo‘shimcha orasida yuzaga chiqadigan geminatsiya:

isi+q=issiq,

qot+iq=qattiq.

3.

Bir bo‘g‘in tarkibida uchraydigan geminatsiya:

kilogramm, gramm, ball.

Geminatsiyaning asosiy qismi o‘zlashma so‘zlarga xos:

diqqat, modda, mashaqqat,

mashshoq, ushshoq, massa, tonna, konnotatsiya, esse, kirill.

Bu hodisa so‘z yasalishida ham yuzaga keladi:

achimoq – achchiq, qotmoq-qattiq kabi.

Sifatlarning kuchaytiruv (intensiv) formalarida ham geminatsiya hodisasi uchraydi:

oq –

oppoq, sog‘ – soppa-sog‘

kabi.

Qo‘sh undoshlik o‘zbek tilida, asosan, ikki bo‘g‘inning tutashmasida, ikki bo‘g‘inli

so‘zlardagina yuzaga keladi.


background image

16

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

Geminatsiya hodisasini assimilyatsiyadan farqlash zarur. Geminatsiyada bir tovush

orttiriladi. Assimilyatsiyada esa morfema tarkibidagi mavjud undosh almashadi.

Geminatsiya quyidagi so‘z turkumlarida uchraydi:

1)

ot so‘z turkumida:

marra, varrak, silla, durra, tizza, jizza, ukki, ko‘ppak, arra;

2)

sifat so‘z turkumida:

tullak, malla, issiq, qattiq, achchiq;

3)

son so‘z turkumida:

ikki, yetti, sakkiz, to‘qqiz;

4)

olmosh so‘z turkumida:

hamma, allakim;

5)

ravish so‘z turkumida:

hilla (zo‘rg‘a), pirra (ko‘p), zippa (tezda), g‘ippa (ushlamoq)

6)

yuklamada:

hatto.

7)

so‘z-gaplarda:

urra, barakalla, albatta, shekilli, obbo.

Shulardan faqat sifat va ravishdagi undosh qavatlantirilgan so‘zlarda belgining

ortiqligining ifodalanganligini ko‘rish mumkin.

Arab tilida undoshning ikkilanishi tashdid harakati bilan ifodalanadi va bu fonetik hodisa

uzoq vaqtlardan buyon mavjud. Turkiy tillarga arab tili ta’sirida geminatsiya hodisasi yuzaga
kelgan. XV asrdan keyin boshqa turkiy tillardan farqlangan holda, o‘zbek tilida sonlar imlosida
o‘zgarish ro‘y berdi (

iki - ikki, yeti - yetti

kabi). Asta sekin bu hodisa yoyilib, XVIII-XIX asrlarda

qoida darajasiga ko‘tarilgan.

Degeminatsiya esa so‘z tarkibida yondosh qo‘llangan ikki unlining bir cho‘ziq unliga

o‘tishi. Undoshlarda bu hodisa quyidagi holatda kuzatiladi:

kilogramm, gramm

kabi o‘zlashgan

so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shilganda bir undosh tushadi:

kilogramm+ga=kilogramga,

gramm+ning=gramning, ball+ni=balni.

Biroq sof turkiy tillarda bu hodisalar uchramaydi.

Xulosa qilib aytganda, geminatsiya XIV - XV asrdan buyon o‘zbek tilida uchraydi, bu

hodisaning yuzaga kelishida arab tili fonetik tizimining ta’siri mavjud. Adabiy tilda va shevaga
xos so‘zlarda fe’ldan tashqari barcha so‘z turkumlarida uchraydi. Sifat va ravish so‘z
turkumlarida undoshning qavatlanishi ma’noni kuchaytirish uchun xizmat qiladi. Boshqa
so‘zlarda esa differensatsiya ya’ni bir so‘zni ikkinchi so‘zdan farqlash maqsadida undoshlar
qavatlantirilgan.

Adabiyotlar ro‘yxati

1.

Jamolxonov H. O‘zbek adabiy tili. -T. 2013. -187 b.

2.

Кошғарий Маҳмуд. Девону луғати-т-турк. -Т. “Ғафур Ғулом”. 2017. -488 б.

3.

Маҳмудов Қ. Ўзбек тилининг тарихий фонетикаси.-Т. “Ижод”. 2006. -102б.

4.

“Таржумон” – ХIV аср ёзма обидаси. -Т. “Фан”. 1980. -128б.

References

Jamolxonov H. O‘zbek adabiy tili. -T. 2013. -187 b.

Кошғарий Маҳмуд. Девону луғати-т-турк. -Т. “Ғафур Ғулом”. 2017. -488 б.

Маҳмудов Қ. Ўзбек тилининг тарихий фонетикаси.-Т. “Ижод”. 2006. -102б.

“Таржумон” – ХIV аср ёзма обидаси. -Т. “Фан”. 1980. -128б.