Authors

  • A.Q. Abduraxmonov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.120074

Keywords:

iqtisodiy xavfsizlik tushunchasi iqtisodiy xavfsizlik tizimi korxona marketing innovatsiya innovatsion marketing.

Abstract

Ushbu maqolada sanoat korxonalari iqtisodiy xavfsizligi tizimi va innovatsion marketingdan foydalanish orqali iqtisodiy xavfsizligini taminlash va raqobatbardoshligini oshirish to’g’risiada axborot-tahliliy ma’lumotlari berilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1047

KORXONALARNING RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHDA

INNOVATSION MARKETING OMILI

Abduraxmonov A.Q.

Toshkent kimyo texnologiya instituti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15857713

Annotatsiya

. Ushbu maqolada sanoat korxonalari iqtisodiy xavfsizligi tizimi va

innovatsion marketingdan foydalanish orqali iqtisodiy xavfsizligini taminlash va

raqobatbardoshligini oshirish to’g’risiada axborot

-

tahliliy ma’lumotlari berilgan.

Kalit so’zlar:

iqtisodiy xavfsizlik tushunchasi, iqtisodiy xavfsizlik tizimi, korxona,

marketing, innovatsiya, innovatsion marketing.

ИННОВАЦИОННЫЙ МАРКЕТИНГОВЫЙ ФАКТОР ПОВЫШЕНИЯ

КОНКУРЕНТОСПОСОБНОСТИ ПРЕДПРИЯТИЙ

Аннотация

.

В данной статье приведены информационно

-

аналитические данные о

системе экономической безопасности промышленных предприятий и об обеспечении их
экономической безопасности и повышении их конкурентоспособности за счет
использования инновационного маркетинга на предприятии.

Ключевые слова:

понятие экономической безопасности, система экономической

безопасности, предприятие, маркетинг, инновации, инновационный маркетинг.

INNOVATIVE MARKETING FACTOR IN INCREASING THE COMPETITIVENESS

OF ENTERPRISES

Annotation

.

This article provides information and analytical data on the economic security

system of industrial enterprises and on ensuring their economic security and increasing their
competitiveness through the use of innovative marketing in the enterprise.

Key words:

concept of economic security, system of economic security, enterprise,

marketing, innovation, innovative marketing.

Biznes-

modellarning va texnologiyaning yuqori sur’atda o‘zgarishi, mahsulotlarning

hayotiylik davrining tezlashishi korxona raqobatbardoshligini innovatsiyalardan foydalanmay
turib oshirishning imkoni mavjud emasligini isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Korxona
raqobatbardoshligi uning faoliyat sohasida boshqa turdosh mahsulot ishlab chiqaruvchi raqib

korxonalardan ustunligini ko‘rsatadi.

Korxona iqtisodiy xavfsizligini taminlash va raqobatbardoshligini oshirish yo‘llaridan biri

innovatsion g‘oyalarni yaratish va ularni amaliyotga tatbiq etish ustuvor vazifa hisoblanadi.

Shuningdek, raqobat

sharoitlarining doimiy o‘

zgarishi marketingda innovatsiyalarni

qo‘llash zaruratini oshirmoqda.

Korxonaning bozor muhitidagi faoliyati uning mijozlari tomonidan belgilanadi. Agar,

mijozlar korxona mahsulot va xizmatlarini ularni yaratish uchun ketgan xarajatlarga nisbatan

ko‘proq baholasa, biznes rivojlanadi, aks holda unga tashqi yordam zarur bo‘ladi yoki bunday
korxona inqirozga yuz tutadi. Bu borada P.Druker quyidagi fikrni bildirgan: “biznesning asosiy
maqsadi mijozlarni jalb qilish bo‘lganligi sababli, korxonaning ikkita

va faqat ikkita asosiy

funksiyasi mavjud: marketing va innovatsiya”[1].


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1048

Tadqiqotlarga ko‘ra, innovatsion marketing yangi mahsulotlar, uskunalar, xizmatlar va

yangi texnologiyalarni ishlab chiqish hamda ularni bozorda realizatsiya qilish uchun yangi

marketing usullaridan foydalanish bilan bog‘liq. Korxonalar faoliyatini tahlili

ga asosan,

marketingda innovatsiyalardan foydalanish, iste’molchilar talabini to‘liq qondirish hamda yangi

bozorlarni egallash imkoniyatini beradi.

Ilmiy izlanishlar natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, innovatsiya o‘z ahamiyatiga ko‘ra

quyidagi ikki guruhga ajratiladi[2]:

1.

SHakliga ko‘ra innovatsiya: mahsulot innovatsiyasi (innovatsion faoliyatning

moddiy natijasi), innovatsion xizmatlar (nomoddiy natija), jarayon va texnologik innovatsiya

(texnologiyaning o‘zgarishi), kadrlar innovatsiyasi hamda yangi yoki takomillashtirilg

an ishlab

chiqarish tizimlari.

2.

Yangilik darajasiga ko‘ra innovatsiya: inkremental (quyi, o‘suvchi), modulli,

arxitekturali va radikal (yuqori). Binobarin, innovatsiyalar yangilikni tavsiflovchi hamda samara
keltiruvchi mahsulotlarda, xizmatlarda

va jarayonlarda turli darajadagi o‘zgarishlarni nazarda

tutadi. O‘rganishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, texnologiyaning rivojlanishi innovatsion

boshqaruv hamda innovatsion marketing bilan birgalikda borishi lozim. Ularga quyidagilarni
keltirish mumkin:

1.

Texnologik innovatsiyalarni yuritish shakllari va yangi bozorlarni egallash;

2.

Iste’molchilar faolligini rag‘batlantirishning yangi usullari ishlab chiqish;

3.

Kombinatsiyalashgan innovatsion marketing.

Innovatsiyalar, o‘z navbatida, bir necha turga bo‘linadi va ularning tizimli

klassifikatsiyalanishi T.Robertsonning fikriga ko‘ra, quyidagi turlarga ajratiladi[

3]:

1.

Uzluksiz innovatsiyalar;

2.

Uzluksiz dinamik innovatsiyalar;

3.

Uzlukli innovatsiyalar.
Uzluksiz innovatsiyalar

mavjud mahsulotlar variatsiyasini o‘zida aks ettiradi. Ushbu

innovatsiyalar iste’molchining mavjud shakllanib kelgan an’anaviy xatti

-

harakatiga salbiy ta’sir

ko‘rsatmaydi.

Uzluksiz dinamik innovatsiyalar

yangi mahsulot yoki mavjud mahsulotlar

modifikatsiyasi bo‘lib, ular iste’molchi xatti

-harakatini ifodalamaydi. Uzlukli innovatsiyalar

iste’molchi xatti

-

harakatini butunlay o‘zgartirib yuboruvchi yangi mahsulotlar bilan bog‘liq

jarayondir.

Korxona iqtisodiy xavfsizligini taminlash yangi axborot texnologiyalari uzluksiz

innovatsiyalar hisoblanadi, iste’molchi xatti

-

harakatini tubdan o‘zgartiradi. Bunga misol sifatida

turli xil tovar va xizmatlarni uydan chiqmasdan turib, internet orqali xarid qilishni keltirish
mumkin.

Uzluksiz yoki uzluksiz dinamik innovatsiyalar eng samarali innovatsiyalar hisoblanib,

bunday mahsulotni joriy qilishda iste’molchi uchun yangi tovar va xizmatning ahamiyati,
zaruratini tushuntirish uchun qo‘shimcha xarajatlarni amalga oshirishni talab qili

nmaydi.

Innovatsion mahsulot, o‘z navbatida jismoniy hamda axborot omillari

bilan tavsiflanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1049

Zamonaviy iste’molchi tomonidan ma’lum bir

jismoniy

xususiyatlari yig‘indisi sifatida

qaraladigan innovatsion tovar

iste’molchilar uchun jozibali emas, shu sababli, ularga bo‘lgan talab

ham yuqori emas.

Iste’molchi, birinchi navbatda, uning mahsulotning jismoniy, axborot, etkazib berish

shartlari kabi bir qator xususiyatlari bo‘yicha istagini ifodalovchi mahsulotning umumiy
konsepsiyasini qabul qilishi lozim. Iste’molchi umidining ustunligini engish uchun

qo‘shimcha

foydani keltiradigan kengaytirilgan mahsulot konsepsiyasi ishlab chiqiladi. YAngi mahsulot

muvaffaqiyati, E.Rodjersning fikricha, quyidagi ko‘rsatkichlarga bog‘liq: nisbiy ustunlik,
moslilik, murakkablik, mahsulotni tajriba qilib ko‘rish imkoni

yati va ommaboplilikdir[4].

Ilmiy izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, innovatsion marketing konsepsiyasi, bozorni tadqiq

qilish asosi hamda korxona raqobatbardosh strategiyasini izlash hisoblanadi. Innovatsiyalarni
boshqarishga marketing orqali yondashuv kompleks qaraladi va u asosan, ishlab chiqaruvchi

hamda iste’molchi nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Innovatsion marketing, o‘z navbatida, innovatsion
strategiyani ishlab chiqishni, bozorni tahlil qilish va operativ marketingni o‘z ichiga oluvchi etti

asosiy bosqichdan iboratdir. Innovatsion marketingning muhim shakllaridan biri

strategik hamda

operativ marketing hisoblanadi.

Strategik innovatsion marketingning asosiy yo‘nalishlaridan biri bozorga yangiliklarni

kiritish strategiyasini ishlab chiqishdan iboratdir:

innovatsion marketing faoliyati dasturi va rejalarini ishlab chiqish;

marketing innovatsiyalarini ishlab chiqish va ularni qo‘llash jarayoni ustidan kuzatuvni

amalga oshirish;

mahsulotni ishlab

chiqishdan iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishgacha yagona

innovatsion siyosatni amalga oshirish;

korxona ichida va tashqarisida innovatsion faoliyatni muvofiqlashtirish;

malakali xodimlar yordamida marketing innovatsiyalarini ishlab chiqish amaliyotini

muntazam takomillashtirishni ta’minlash;

innovatsion marketing muammolarini kompleks echish uchun maqsadli guruhlarni

shakllantirish.

Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, bozorga yangilikni kirish strategiyasi va taktikasi

marketing tadbirlarining muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi. U o‘zida yangi mahsulotlarni
bozorlarda joylashtirish va sotish yo‘llarini shakllantirishga asoslangan yangilik

ning

raqobatbardosh strategiyasini o‘z ichiga oladi.

Xulosa sifatida shuni ta’kidlash lozimki, innovatsion marketing korxonaning ishlab

chiqarishni takomillashtirish va bozor sharoitiga ta’sir ko‘rsatishga asoslangan faoliyatidir.

Izlanishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, innovatsiya hayotiy davrining har bir bosqichi turli

marketing usullarini va yondashuvlarini, turli strategiya va taktikani talab qiladi.

Innovatsion marketing tadbirlari tizimi faqatgina ishlab chiqarishni yangilash bilan emas,

balki kapitalni jamlanishi va oqimi dinamikasi bilan uzviy bog‘langan. Innovatsion marketing
raqobatchilariga nisbatan ko‘proq foyda olishni istagan korxonalar uchun

muhim bo‘lib,

innovatsiyalarga va yangiliklarga asoslangan ustun raqobat strategiyasini shakllantiradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1050

Shuningdek, innovatsion marketing faqatgina bozordagi yangi mahsulotni yoki mavjud

mahsulotni realizatsiya qilish emas, balki yangi texnologiyalardan: yangi mahsulot yoki

texnologik jarayon bo‘yicha ixtiro va nou

-xaular uchun litsenziyalarni sotish hamda uni tayyorlash

uchun uskunalarni takomilashtirishni nazarda tutadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

ПортерМ.Э.Конкуренция.Пер.сангл.–М.:Издательскийдом«Вильямс», 2005. –

608 с.

2.

Drucker P.F. 2007, Management: tasks, responsibilities, practices, Transaction Publishers,
New Brunswick, N.J.;London.

3.

Антипов А.Ю. Инновационная деятельность как фактор конкурентоспособности
фирмы/А.Ю. Антипов, А.А. Балашов // Маркетинг и маркетинговые исследования. –

№3, 2009. –

С.212

-221.

4.

Toxirov, A., & Muxammadiyev, N. (2022). Korxonalarni boshqarishda jarayonlarini

samaradorligini oshirish orqaliy iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash.

Journal of Integrated

Education

and

Research

,

1

(1),

489

496.

Retrieved

from

https://ojs.rmasav.com/index.php/ojs/article/view/82

5.

Toxirov , A., & Muxammadiyev, . N. (2022). Korporativ korxonalarni boshqarishda

boshqaruv samaradorlik indikatori (mezon) ko‘rsatkichlari iqtisodiy xavfsizlikni
ta’minlash omili sifatida.

Eurasian Journal of Academic Research

,

2

(7), 94

96.

извлечено

от

https://www.in-academy.uz/index.php/ejar/article/view/1983

6.

Toxirov, Akbarxon, and Nodirbek Muxammadiyev. "Qishloq xo’jaligida boshqaruvning
klaster modelini qo’llash orqaliy iqtisodiy xavfsizlikni taminlash."

Academic research in

modern science

1.10 (2022): 68-72.

7.

Isaxodjaev A., Rasulev A. Xufyona iqtisodiyot va iqtisodiy xavfsizlik.

–T.: O’zbekiston

Respublikasi IIV Akademiyasi, 2004, 157-bet

8.

Абалкин Л. Экономическая безопасност России: угрозы и их отражение.// Вопросы
экономики. 1994, №12, s. 45

9.

Abulqosimov X.P. Iqtisodiy xavfsizlik. T.: Akademiya, 2006, 111

b.


References

ПортерМ.Э.Конкуренция.Пер.сангл.–М.:Издательскийдом«Вильямс», 2005. – 608 с.

Drucker P.F. 2007, Management: tasks, responsibilities, practices, Transaction Publishers, New Brunswick, N.J.;London.

Антипов А.Ю. Инновационная деятельность как фактор конкурентоспособности фирмы/А.Ю. Антипов, А.А. Балашов // Маркетинг и маркетинговые исследования. – №3, 2009. – С.212-221.

Toxirov, A., & Muxammadiyev, N. (2022). Korxonalarni boshqarishda jarayonlarini samaradorligini oshirish orqaliy iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash. Journal of Integrated Education and Research, 1(1), 489–496. Retrieved from https://ojs.rmasav.com/index.php/ojs/article/view/82

Toxirov , A., & Muxammadiyev, . N. (2022). Korporativ korxonalarni boshqarishda boshqaruv samaradorlik indikatori (mezon) ko‘rsatkichlari iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash omili sifatida. Eurasian Journal of Academic Research, 2(7), 94–96. извлечено от https://www.in-academy.uz/index.php/ejar/article/view/1983

Toxirov, Akbarxon, and Nodirbek Muxammadiyev. "Qishloq xo’jaligida boshqaruvning klaster modelini qo’llash orqaliy iqtisodiy xavfsizlikni taminlash." Academic research in modern science 1.10 (2022): 68-72.

Isaxodjaev A., Rasulev A. Xufyona iqtisodiyot va iqtisodiy xavfsizlik. –T.: O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2004, 157-bet

Абалкин Л. Экономическая безопасност России: угрозы и их отражение.// Вопросы экономики. 1994, №12, s. 45

Abulqosimov X.P. Iqtisodiy xavfsizlik. T.: Akademiya, 2006, 111 – b.