ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
392
DIABETIK RETINOPATIYA: KECHISH MEXANIZM, PROFILAKTIKASI
Xasanov Mirzaolim Ilyosbek o'g'li
Tabiiy va tibbiy fanlar kafedrasi assistenti.
Sodiqov Sardorbek Maxmudjon o`gli
Qo‘qon universiteti Andijon filiali Davolash ishi yonalishi talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.16013473
Annotatsiya. Mazkur maqolada qandli diabet asoratlaridan biri bo‘lgan diabetik
retinopatiya kasalligi, uning rivojlanish bosqichlari va patogenetik mexanizmlari keng
yoritilgan. Ayniqsa, ko‘rish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, diagnostika va
kasallikning oldini olish uchun zarur bo‘lgan profilaktik choralar muhim tibbiy nuqtai nazardan
tahlil qilinadi. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzining diabetik retinopatiya xavfini
kamaytirishdagi o‘rni ham alohida ko‘rib chiqiladi.
Kalit so’zlar: Diabetik retinopatiya, retina, proliferativ bosqich, mikroanevrizma, ko‘rish
yo‘qolishi, glyukozani nazorat qilish, profilaktika, angiopatiya, oftalmologik asoratlar.
Kirish:
Diabetik retinopatiya - bu ko‘z kasalligi bo‘lib, unda qandli diabet (insulinga
bog‘liq va insulinga bog‘liq bo‘lmagan) tufayli to‘r parda tomirlari zararlanadi. Diabetik
retinopatiya ko‘rishning sezilarli darajada yomonlashishiga va hatto uning to‘liq yo‘qolishiga
olib kelishi mumkin[1].
Diabetik retinopatiya retina (to‘r parda) tomirlari va neyroglialarda yuz beradigan
anatomik o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Retinopatiyaning patogenetik (kasallikni keltirib
chiqaruvchi) mexanizmi to‘liq tushunilmagan, biroq bu mexanizmni shunish uchun, diabet bilan
kasallangan hayvonlarda va diabetga chalinmagan hayvonlarda qonda galaktozaning surunkali
ko‘tarilishi tajribasi orqalik organilgan. Retinopatiya qonda ortiqcha glyukoza va uning
oqibatlari natijasida kelib chiqadi, degan fikrga kuchli dalil sifatida, diabetga chalingan itlarda
glyukozani qat’iy nazorat qilish orqali retinopatiyaning oldi olinishini ko‘rsatgan tajribalar
mavjud. Biroq, bu itlar modelida qat’iy nazorat ostida ham retinopatiya muolajaga barqarorlik
(qarshilik) ko‘rsatish tendensiyasini namoyon etgan[2].
Diabetik retinopatiya, odatda, muhokama qilish qulayligi uchun uch bosqichga bo‘linadi:
1)proliferativ bo‘lmagan retinopatiya;
2)preproliferativ retinopatiya;
3)proliferativ retinopatiya.
1) Proliferativ bo‘lmagan retinopatiya.
Ushbu bosqichda mikroanevrizmalar, qon ketish, "qattiq" transsudatlar va "paxtaga
o‘xshash" o‘choqlar aniqlanadi. Proliferativ bo‘lmagan retinopatiyaning eng muhim elementi bu
to‘r parda (retina) shishi, ayniqsa makula (ko‘rish markazi) sohasida. Kasallik makula qismida
joylashsa, ko‘rish keskinligining sezilarli pasayishiga olib kelishi mumkin.
Shuningdek, bu bosqichda kapillyarlarning tiqilib qolishi, gemato-retinal to‘siqning
buzilishi va «gipoksiya (kislorod tanqisligi)» ga olib keluvchi o‘zgarishlar boshlangan bo‘ladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
393
Bu holat, asosan, o‘z vaqtida davolanmasa keyingi og‘ir bosqichga olib o‘tadi. Ushbu
davrda bemorlar ko‘pincha ko‘rishning xiralashishi, ko‘z oldida “qamashish”, “parda” yoki
“uchuvchi nuqtalar”dan shikoyat qilishadi.
2) Preproliferativ retinopatiya.
Jarayonning ushbu bosqichida retina ishemiyasi (kislorod bilan ta’minlanmasligi) yaqqol
namoyon bo‘ladi. Bu ishemiyalangan zonalarda o‘zgarishlar yuzaga keladi: qon tomirlarning
kengayishi yoki tortilishi, shaffoflikning buzilishi, ko‘plab qon tomir ekssudatlari,
mikrovaskulyar anomaliyalar (ayniqsa, shunts — kapillyarlar o‘rnini bosuvchi qon oqimi
yo‘llari) aniqlanadi.
"Paxtaga o‘xshash" ko‘plab o‘choqlar – bu nerv tolalarining mikroinfarktlaridir, ular
retina sathida oq rangli dog‘lar ko‘rinishida bo‘ladi.
Bu bosqich — proliferativ (yangi qon tomirlar o‘sadigan) bosqich oldidan
ogohlantiruvchi davr bo‘lib, o`gir kuzatuv va zarur bo‘lsa, fotokoagulyatsion davolash talab
qilinadi. Aks holda, kasallik ko‘rish qobiliyatining keskin pasayishiga olib kelishi mumkin[3,4]
3) Proliferativ retinopatiya.
Bu diabetik retinopatiyaning eng xavfli va kech bosqichidir. Retina (to‘r parda) yetarli
darajada qon bilan ta’minlanmagani sababli, organizm kompensator neovaskulyarizatsiya —
ya’ni yangi qon tomirlar hosil qilish yo‘li bilan kislorod yetishmovchiligini bartaraf etishga
harakat qiladi. Biroq bu yangi o‘sayotgan tomirlar mo‘rt, nozik devorli va tez yoriluvchi bo‘lib,
ular orqali ko‘pincha qon ko‘z ichiga to‘kiladi.
Proliferativ bosqichda quyidagi og‘ir belgilar kuzatiladi:
1. Yangi qon tomirlar (neovaskulyarizatsiya) paydo bo‘ladi, ayniqsa optik disk va retina
yuzasida.
2. Ko‘z ichi qon ketishlari (vitreal gemorragiyalar) — bu holat ko‘rish qobiliyatini
to‘satdan susaytiradi.
3. Fibroz to‘qimalar bilan birga neovaskulyar to‘qimalar o‘sishi natijasida retina tortilishi
va retina ajralishi (ablatsiyasi) yuzaga keladi.
4. Natijada ko‘rlik xavfi juda yuqori bo‘ladi. Bu bosqichda bemorlar odatda ko‘rishning
keskin pasayishi, qorong‘i joylarda ko‘rmaslik yoki butunlay ko‘rishning yo‘qolishi kabi
holatlardan shikoyat qiladilar.
Ushbu bosqichda tezkorlik va aniqlik bilan davolash muhim ahamiyatga ega: lazerli
fotokoagulyatsiya, intravitreal inyeksiyalar (anti-VEGF preparatlar), ba’zida esa vitrektomiya
kabi jarrohlik usullar qo‘llaniladi.
Ayniqsa, har qanday bosqichda makula (ko‘rish markazi) zararlansa, ko‘rish funksiyasi
og‘ir darajada yomonlashadi va bemorning kundalik hayotini jiddiy darajada cheklaydi [4].
Profilaktikasi
: Diabetik retinopatiyani profilaktika qilishda quyidagi omillar muhim rol
o‘ynaydi:
Birinchidan, bu kasallikning asosiy sababi bo‘lmish qandli diabetni erta aniqlab, uni
doimiy nazoratda ushlab turish zarur. Har bir bemor o‘zining qon shakar darajasini nazorat
qilishni odatga aylantirishi, HbA1c darajasini imkon qadar 7% dan past ushlab turishga intilishi
lozim. Aynan shu omil retinopatiyaning rivojlanish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
394
Ikkinchidan, ko‘z salomatligini muntazam tekshirtirib borish — bu profilaktikaning
ajralmas qismidir. Har yili oftalmolog ko‘rigidan o‘tish, ayniqsa, diabet tashxisi qo‘yilgan
bemorlar uchun shart bo‘lishi kerak. Kasallik dastlabki bosqichlarda belgisiz kechadi va ko‘rish
qobiliyati sezilmasdan susayishiga olib kelishi mumkin.
Shuningdek, qon bosimini nazorat qilish ham juda muhim, chunki gipertoniya retina
tomirlariga qo‘shimcha zarar yetkazadi. Har qanday diabetga chalingan bemor o‘zida mavjud
bo‘lgan barcha qo‘shimcha kasalliklarni ham nazoratda ushlashi kerak — xususan, buyrak, yurak
va qon-tomir tizimi bilan bog‘liq kasalliklar.
Shu bilan birga, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish — masalan, to‘g‘ri ovqatlanish,
jismoniy faollik, chekishdan voz kechish — ko‘z sog‘lig‘ini saqlashda ham muhim omil
hisoblanadi. Hattoki, ba’zi antioksidantlar va vitaminlar (masalan, A, C, E vitaminlari) ham ko‘z
hujayralarini himoya qilishi mumkin deb hisoblayman.
Xulosa:
Maqolada qayd etilganidek, diabetik retinopatiya — bu kechib boruvchi va oxir-
oqibatda ko‘rishning to‘liq yo‘qolishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan murakkab oftalmologik
muammo hisoblanadi. Bu kasallikni erta aniqlash, qon glyukozasi va qon bosimini qat’iy nazorat
qilish, muntazam oftalmologik ko‘rikdan o‘tish orqali retinopatiya xavfini sezilarli darajada
kamaytirish mumkin. Har bir diabet bilan yashayotgan inson sog‘lom turmush tarzini tanlashi,
o‘z sog‘lig‘iga e’tiborli bo‘lishi orqali bu kasallikdan saqlanishi yoki kechishini sekinlashtirishi
mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
https://med24.uz/uz/bolezn/diabeticheskaya-retinopatiya
2.
Engerman R. L. Pathogenesis of diabetic retinopathy //Diabetes. – 1989. – Т. 38. – №. 10.
– С. 1203-1206.
3.
Oftalmologiya Toshkent 2020 Muxamadiyev R.O..pdf. 235-236
4.
https://ghealth121.com/treatments/diabetic-retinopathy/?lang=uz
