RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
8
SAMARQAND VILOYATI XO‘JALIGINING SHAKLLANISHI
Kadirov M.A.
SamDU professori
kadirovmurodillo1965@gmail.com
Eraliyeva Munisa,
SamDU talabasi
Annotatsiya.
maqolada Samarqand viloyati xo‘jaligining shakllanishi va rivojlanishiga tasir
etgan omillar, viloyat yalpi xududiy mahsuloti tarkibi, kiritilgan investitsiya, eksport va import
xajmi, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning ulushi o‘rganilgan va ilmiy xulosalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
geografik mexnat taqsimoti, xo‘jalik, sanoat, qishloq xo‘jaligi, dexqonchilik,
chorvachilik, qadimiy shaharlar, ipak yo‘li, yalpi mahsulot, investitsiya, eksport, import.
Kirish.
O‘rta Osiyo hududida qadimda yevropoid irqiga mansub bo‘lgan forsiylar yashagan,
ular tomonidan dehqonchilik o‘choqlari yaratilgan. O‘sha davrlarda bu hududda geografik mehnat
taqsimoti natijasida, ya’ni hunarmandchilikning dehqonchilik va chorvachilikdan ajralib chiqishi,
bu yerda shaharlarning paydo bo‘lishiga olib kelgan. Qariyib uch ming yil tarixga ega bo‘lgan O‘rta
Osiyoning shaharlari - Samarqand, Buxoro, O‘ratepa, Panjakent, Xiva, Toshkent, Xo‘jand, O‘sh,
Mari va boshqalar hisoblanadi. Qadimda bu hududlarda dehqonchilik chorvachilik bilan birga
qog‘oz va paxta hamda ipakdan har xil matolar, shisha buyumlar ishlab chiqarilgan va xatto boshqa
mamlakatlarga eksport qilingan. Shu bilan birga O‘rta Osiyoda nafaqat ichki savdo ishlari
rivojlangan bo‘lgan, turli joylardan savdogarlar kelib, bu yerda savdo ishlari bilan shug‘illangan[8].
Asosiy qism
. 2022-yilda viloyat yalpi hududiy mahsuloti tarkibida sanoat va qurilish 24,7
foiz, qishloq xo‘jaligi (o‘rmon va baliq xo‘jaligi bilan birga) 32,1 foiz, xizmatlar sohasi 43,2 foizni
tashkil etgan. Samarqand viloyati sanoat korxonalarida tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va
ishlab chiqarish quvvatlarini texnologik jihatdan yangilash natijasida 2022-yilda o‘tgan yilga
nisbatan o‘sish sur’ati 5,8 foizga o‘sgan. Viloyatda 2022-yilda mintaqaning asosiy kapitaliga
21955,2 mlrd so‘m miqdorida investitsiyalar kiritilgan, 2021 yilga nisbatan o‘sish sur’ati 29.5% ga
teng.
Investitsiyalar hajmining asosiy qismi Samarqand shahriga, qishloq tumanlari orasida Urgut,
Samarqand va Pastdarg‘omda kiritilgan. Samarqand viloyatida qurilish ishlariga 8762,2 mlrd so‘m
ajratilgan va o‘sish sur’ati o‘tgan yilga qaraganda 10% ni tashkil etadi (2022 y.)
Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, qurilish ishlari umumiy hajmining 81,6
foizi bino va inshoatlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari, 14,1 foizi fuqarolik qurilish ob’ektlarini
qurish bo‘yicha va 4,3 foizi ixtisoslashtirilgan qurilish ishlariga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek,
umumiy hajmdan 89,3 foizi qurilishga to‘g‘ri keladi. 2022 – yilda umumta’lim maktablari, kasb-
hunar kollejlari, musiqa va san’at maktablari qurish, qayta ta’mirlash, bu joylarda sport inshoatlari
foydalanishga topshirilgan. Kommunal qurilish sohasida ichimlik suvi, gaz tarmoqlari ishga
tushirilgan. Respublikamiz mustaqillikga erishgandan keyin, kichik biznesga, investitsiya va kichik
qo‘shma korxonalarga katta e’tibor berildi[5].
Samarqand viloyatida 2023-yil ma’lumotiga ko‘ra kichik tadbirkorlik subektlarining soni
47943 tani tashkil qildi. 2019-yilda bu ko‘rsatgich 17261 teng bo‘lgan. 2023-yil hududiy
mahsulotning 72,5 % i kichik tadbirkorlik subektlari tomonidan ishlab chiqarildi. Tadbirkorlikning
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
9
rivojlanishi ko‘p ijobiy oqibatlari mavjud, birinchidan mehnat resurslari shu bilan band bo‘ladi,
daromad oladi, shu bilan birga davlatga soliq to‘laydi.
Viloyatda 2022-yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 29373,7 mlrd so‘mni, qishloq
xo‘jaligi (o‘rmon va baliq xo‘jaliklari bilan birga) ishlab chiqarilgan mahsulotlari umumiy hajmi
43933,0 mlrd so‘mni tashkil qilgan. Viloyatda 21955,2 mlrd so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilgan,
8762,2 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. Shuningdek, 656,1 mln AQSH dollari miqdorida
mahsulotlar eksport qilindi, 1728,4 mln AQSH dollari miqdorida mahsulotlar import qilingan.
Samarqand viloyatida 2023-yilda ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar soni 47943 tani tashkil etadi,
shundan korxona va tashkilotlarning asosiy qismi, ya’ni 18972 tasi savdo, 4287 qishloq va o‘rmon
xo‘jaligi, 8792 tasi sanoat, 4600 tasi yashash va ovqatlanish xizmatlari va 3534 tasi qurilish
sohasini tashkil etadi. Ro‘yxatga olingan korxonalarning 7,1 % i davlat mulki, 92,9 % i nodavlat
mulki, shundan 9,5 % i xususiy korxonalar, 0,5 % i chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar va
82,9 % boshqa korxonalar ulushiga to‘g‘ri keladi[6].
Mintaqada 2023-yil ma’lumotiga ko‘ra 47943 ta kichik tadbirkorlik sub’ektlari ro‘yxatga
olingan, shundan 28,7 %i Samarqand shahrida, 8,7 %i Urgut, 8,6 %i Pastdarg‘om, 7,4% i
Samarqand va qolgan qismi boshqa tumanlarga to‘g‘ri keladi.
1-jadval
Samarqand viloyatida xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni (2022-y).
Tumanlar nomi
Korxonalar soni
Korxonalar ulushi, foizda
Samarqand viloyati
280
100,0
Samarqand shahri
142
50,7
Kattaqo‘rg‘on shahri
8
2,9
Tumanlar:
Oqdaryo
7
2,5
Bulung‘ur
7
2,5
Jomboy
24
8,6
Ishtixon
3
1,1
Kattaqo‘rg‘on
2
0,7
Qo‘shrabot
1
0,4
Narpay
4
1,4
Payariq
2
0,7
Pastdarg‘om
12
4,3
Paxtachi
3
1,1
Samarqand
14
5,0
Nurobod
5
1,8
Urgut
36
12,9
Tayloq
10
3,6
Jadval viloyat statistika boshqarmasi malumotlari asosida tuzildi.
1-jadval shuni ko‘rsatadiki, Samarqand viloyatida xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni
jami 280 tani tashkil etadi, shundan asosiy qismi, yani 142 tasi Samarqand shahrida, 36 tasi Urgut,
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
10
24 tasi Jomboy, 14 tasi Samarqand, 12 tasi Pastdarg‘om va qolgan qismi boshqa tumanlarda
joylashgan.
Xozirgi vaqtda Samarqand viloyati sanoati ko‘p tarmoqli bo‘lib, bu yerda oziq-ovqat, yengil,
kimyo, farfor, mashinasozlik sanoati yaxshi rivojlangan. O‘zbekiston mustaqillikga erishgandan
keyin, bu hududda qurilgan zamonaviy yuk mashinalar va avtobuslar “ISUZU” “MAN” qo‘shma
korxonalarining konveyrlaridan chiqdi. Bu qurilgan korxonalar viloyat iqtisodiyotini yuksaltirishda
katta ahamiyatga ega bo‘ldi[9].
Samarqand viloyatining asosiy sanoat korxonalari Samarqand shaxrida joylashgan. Bular
avtomobil, sovutgich, shisha chinni idishlar, konserva, vino zavodlari, kimyo, choy qadoqlash,
gazlama fabrikalari va boshqalar Kattaqo‘rg‘on shaxri va tuman markazlarida yog‘-moy
kombinatlari, paxta tozalash zavodlari, don va vino zavodlari mavjud
Xulosa.
Viloyatimiz sanoatini kelajakda o‘sishi uchun, o‘zimizda bor xom-ashyolarni qayta
ishlab, tayyor mahsulotni eksport qilish orqali erishishimiz mumkin. Buning uchun esa, chet
mamlakatlar bilan qo‘shma korxonalar ochish talab etiladi.
Viloyatning tabiiy va iqtisodiy geografik o‘rni, tarixiy-geografik taraqqiyot bosqichlari,
transportning roli uning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini o‘ziga xos hududiy xususiyatlarini tashkil
etadi. Mintaqada eng avvalo viloyatning markazi Samarqand shahri, ikkinchi markazi
Kattaqo‘rg‘on shahri uning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Har bir viloyat o‘ziga xos
takrorlanmas xususiyatga ega, bunday geografik o‘ziga xoslik bir viloyat, qishloq tumani, hatto
alohida qishloqda bo‘lishi mumkin. Ma’lum joylarni har jihatdan o‘rganish, geografiya fanining
noyob ustunligi hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
. Demography: The Study
of Human.Population. Waveland Press, 2007. 280 с.
2.
Кадиров М.А. Самарқанд вилояти аҳоли географияси. -Самарқанд 2017. – 142 б.
3.
Кадиров М.А. Самарқанд вилояти шахар аҳоли пунктларининг функционал турлари
ва классификациясидаги ўзгаришлар. //Ўзбекистон география жамияти IХ-съезди
материаллари. –Т.: 2014. – б.170.
4.
Кадиров М.А. Самарқанд вилояти аҳоли сонининг ўсиши. //Ўзбекистон география
жамияти ахбороти. 48 жилд. Т. 2016. – б. 70.
5.
Кадиров М.А. Аҳоли географияси демография асослари билан. – Т., 2019. – 320 б.
