RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
20
MUSTAQILLIK YILLARIDA SURXONDARYO VILOYATI AHOLI SONI VA
DINAMIKASIDAGI O‘ZGARISHLAR
Tojiyeva Zulxumor Nazarovna, Pardayev Nodirbek Saidahmadovich
O‘zbekiston Milliy universiteti, E-mail:
Annotatsiya
. Maqolada Surxondaryo viloyati aholisi soni dinamikasining mustaqillik
yillarida o‘zgarishi tahlil qilingan. Shuningdek, aholi sonidagi o‘zgarishlar viloyat tumanlari
bo‘yicha o‘rganilgan.
Kalit so‘zlar
: Surxondaryo viloyati, aholi soni, dinamikasi, o‘sish sur’ati, tug‘ilish, o‘lim,
o‘rtacha yillik ko‘payish, aholi tabiiy va mexanik harakati.
Aholi soni va dinamikasi miqdorining o‘sib yoki kamayib borishi tabiiy jarayon bo‘lib, u
doim turg‘un holatida bir xil bo‘lib turmaydi. Bu jarayon iqtisodiy qoloq va rivojlanayotgan
mamlakatlarda xususan, Respublikamizda ham aholi soni va dinamikasi ortib borishi nisbatan
yuqoriligi bilan ham xarakterlidir. Sababi, aholi orasida o‘limga nisbata tug‘ilishning sezilarli
ko‘pligi va tabiiy o‘sishning yuqoriligi hisoblanadi. Jumladan O‘zbekistonda 2012-yilda tug‘ilish
ko‘rsatkichi respublika bo‘yicha har ming kishiga 20,8 ‰ ni tashkil etib, o‘lim ko‘rsatkichi 4,9 ‰,
tabiiy o‘sish esa 15,9 ‰ ga teng bo‘lgan bolsa, 2020-yilga kelib bu ko‘rsatkich respublika bo‘yicha
24,6 ‰ ni, o‘lim ko‘rsatkichi 5.1 ‰, tabiiy o‘sish esa 19.5 ‰ ga hamda 2024-yilda esa bu raqamlar
mos holda tug‘ilish 24,9 ‰ ni, o‘lim ko‘rsatkichi 4,7 ‰, tabiiy o‘sish esa 10,2 ‰ ga teng bo‘ldi. Bu
esa aholining tabiiy yo‘l bilan jadal ko‘payib borayotganligini yaqqol misoli bo‘ladi. Ushbu holat
turli viloyatlarda turlicha ko‘rinish kasb etadi. Respublikada bu borada yuqori o‘rinni egallalab
kelayotgan Surxondaryo viloyati misolida аholi soni dinamikasini ilmiy tadbiq etishda aholining
davriy va o‘rtacha yillik o‘sish koeffisientlari ham xizmat qiladi.
Respublikada jami aholi soni 37,5 mln. kishi (2025-y.) dan ko‘proqni tashkil etadi. Bu
ayniqsa, janubda joylashgan Surxondaryo viloyatida esa doimiy aholi soni 2025-yilda 1-yanvar
holatiga ko‘ra 2945,5 ming kishini tashkil etdi. Ya‘ni viloyat aholisi o‘rtacha bir yilda 102,2 foizga
kopaygan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha viloyat respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori
ko‘rsatkichga ega.
Aholining jami soni uning tabiiy va mexanik xarakatlari asosida muntazam o‘zgarib turadi.
Aholi soni davrlar bo‘yicha ko‘payib borsa, aholi absolyut soni dinamikasidagi o‘zgarishlar ijobiy,
kamayib borsa salbiy xususiyatga ega boladi [1]. Bu borada Surxondaryo viloyati aholi soni
dinamikasi bo‘yicha ijobiy ko‘rsatkichga egadir. Aholi soni yil sayin ortib bormoqda. Viloyat
aholisi tug‘ilish va tabiiy ko‘payish hisobiga ko‘paymoqda. Migratsiya viloyatda minus saldoga ega
bo‘lib, aholi asosan tabiiy ko‘payish hisobiga ko‘paymoqda.
Surxondaryo viloyati aholisi soni bo‘yicha hozirgi kunda Respublika bo‘yicha aholisi soni
ko‘pligi bo‘yicha yettinchi o‘rinni egallaydi, hamda Respublika jami aholisining 7,84 % qismi
aynan viloyat hududiga to‘g‘ri keladi. Xususan, Surxondaryo aholisi soni 2000-yilda 1736,7 ming
kishi bo‘lgan bo‘lsa, 2005-yilga kelib bu ko‘rsatkich 1894,9 ming kishiga, 2010 yilda 2075,0 ming
kishiga, 2015-yilda esa 2358,3 ming kishi va 2025-yilga kelib 2945,5 ming kishiga ko‘payib
kelayotganini ushbu raqamlar orqali ko‘rish mumkin.
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
21
Surxondaryo viloyati respublikamizning janubiy qismida joylashganligi va uzoq yillar
mobaynida qolgan viloyatlarga nisbatan iqtisodiy rivojlanishdan ortda qolayotganligi ham viloyat
aholisi uning soni va dinamikasining o‘ziga xos shakllanishiga olib kelgan [4]. Surxondaryo
viloyati aholisi hozirgi kunda ham respublika bo‘yicha eng tez ko‘payayotgan va tug‘ilish
ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lgan hudud hisoblanadi.
Surxondaryo viloyati aholisini tumanlar kesimida 2021-yil 1-yanvar holatiga eng ko‘p aholi
soni Denov tumani 430,5 ming kishini (viloyat aholisi sonidagi ulushi 14,6 % ni) va Qumqo‘rg‘on
261,6 ming kishini (8,9 %), Jarqo‘rg‘on 244,0 ming kishini (8,3 %), аksincha eng kam aholi soni
Bandixon tumanida 85,3 ming kishi (2,9 %) tashkil etdi [11]. Ushbu ko‘rsatkichni viloyat tumanlari
joylashuviga ko‘ra turlicha tavsiflash mumkin.
Aholi o‘sish surati jihatdan viloyat tumanalari kesimida judayam sezilarli tafovutlar mavjud
emas. Chunki, viloyatning hamma tumanlarida ham tug‘ilish miqdorining yuqori ekanligi va viloyat
bo‘yicha aholisining asosiy qismi o‘zbeklardan va qolgan qismi esa tojiklardan tashkil topganligi
hududda tug‘ilishning tafovutlar vujudga kelishiga olib kelmaydi.
1-jadval
Surxondaryo viloyati tumanlari doimiy aholi soni
(ming kishi)
Ma’muriy hududiy
birliklari
Yillar
2010
2015
2020
2023
2024
2025
Surxondaryo viloyati
2075
2358,3
2629,1
2806,5
2877,1
2945,5
Termiz shahri
130,2
137,9
179,6
195,7
201,6
207,3
Oltinsoy tumani
134,4
157,2
176,4
187,9
192,6
197,4
Angor tumani
102,7
119
132,1
140,4
143,8
147
Bandixon tumani
0
0
74,3
80,8
83
85,3
Boysun tumani
95,4
108,5
115,4
122
124,6
127,1
Muzrabot tumani
112,5
127,1
141,4
150,4
153,6
156,8
Denov tumani
315,7
353,5
384,6
409,5
420,2
430,5
Jarqo‘rg‘on tumani
169,1
196,3
217,8
232,1
238,4
244
Qumqo‘rg‘on tumani
175
208,1
233,8
249,2
255,5
261,6
Qiziriq tumani
135,1
152,2
114,1
121,3
124
126,9
Sariosiyo tumani
164,6
184,1
209,3
222,5
228
232,9
Termiz tumani
86,5
97,1
77,1
82,3
84,7
87,2
Uzun tumani
139,3
158,9
171,4
183,3
187,8
192,4
Sherobod tumani
148,9
173,9
193,3
206,1
210,8
214,9
Sho‘rchi tumani
165,6
184,5
208,5
223
228,5
234,2
Manba: O‘zb.Res. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida mualliflar tomonidan
tuzildi.
Aholi sonining o‘sish dinamikasini bir yoki ikki yil oraliqdagi farqlarga qarab uning o‘sish
su‘rati haqida xulosa chiqarish bu noto‘g‘ridir. Chunki ma‘lum yillar oralig‘ida tug‘ilish va o‘lim
miqdori va tabiiy o‘sish doimiy ravishda tadrijiy bir xil meyorda ketavermaydi [9]. Shunday
bo‘lsada viloyat aholisi sonining yillar bo‘yicha o‘sish tendensiyasini ko‘rar ekanmiz, bunda viloyat
aholisining soni mustaqillikdan keyingi davrda doimiy ravishda o‘sayotganligini va aholi orasida
o‘limga nisbatan tug‘ilishning yuqori ekanligi bois, aholisi soni ortib borayotganligi ko‘rish
mumkin.
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
22
Viloyatning aholi soni ko‘payishini tumanlar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, Aholi o‘sish
su’rati jihatidan Termiz shahri 102,8 foiz, Termiz 102,9 foiz, Bandixon 102,7 foiz, Denov tumanlari
102,4 foiz ko‘rsatkich bilan viloyatda oldingi o‘rinlarni egallasa, aksincha eng kam o‘sish sur’ati
Sherobod 101,9 foiz, Boysun 102,0 foiz va Muzrabod tumanlarida 102,0 foizni tashkil etdi. Ushbu
ko‘rsatkichlarga bir qator omillarning tasiri bor albatta. Masalan, Denov tumanida aholining qolgan
hududlarga nisbatan biroz yuqori su’ratlarda o‘sishiga qulay tabiiy geografik o‘rinning xususan
sharoitning mavjudligi bilan xarakterlanadi. Urbanizatsiya hamda infratuzilma yaxshi ekanligi bois,
Termiz shahri va Termiz tumaniga viloyatning boshqa tuman hududlaridan ko‘chib kelishning
nisbatan ko‘pligi hisobiga ushbu hududlarda aholi o‘sihs sur’ati viloyat aholisining o‘rtacha o‘sish
su’ratidan yuqoriroq ko‘rsatkishga ega. Aksincha, Sherobod, Muzrabot va Boysun tumanlarida
tabiiy sharoitning biroz noqulayligi aholi dinamikasiga o‘z ta’sirini o‘tkamoqda. Shuningdek,
2-jadval
Surxondaryo viloyati doimiy aholi sonining dinamikasi
(2024-2025-yillar, ming kishi)
Ma’muriy-hududiy
birliklar nomi
Yillar
O‘tgan yilga
nisbatan
o‘sish
sur’ati,
foizda
2024-yil
Jami
aholiga
nisbatan
foizda
2025- yil
Jami
aholiga
nisbatan
foizda
Surxondaryo viloyati
2877,1
100
2945,5
100
102,3
Termiz sh.
201,6
7,0
207,3
7,0
102,8
tumanlar:
Oltinsoy
192,6
6,6
197,4
6,7
102,4
Angor
143,8
4,99
147,0
5.0
102,2
Bandixon
83,0
2,9
85,3
2,9
102,7
Boysun
124,6
4,3
127,1
4,3
102,0
Muzrabot
153,6
5,3
156,8
5,3
102,0
Denov
420,2
14,6
430,5
14,7
102,4
Jarqo‘rg‘on
238,4
8,2
244
8,3
102,3
Qumqo‘rg‘on
255,5
8,8
261,6
8,9
102,3
Qiziriq
124,0
4,3
126,9
4,3
102,3
Sariosiyo
228,0
7,9
232,9
7,9
102,1
Termiz
84,7
2,9
87,2
3,0
102,9
Uzun
187,8
6,5
192,4
6,5
102,4
Sherobod
210,8
7,3
214,9
7,3
101,9
Sho‘rchi
228,5
7,9
234,2
7,9
102,4
Manba: O‘zb.Res. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida mualliflar tomonidan
tuzildi.
Biroq shunday bo‘lsa-da, mustaqillik yillarida Respublika aholi tabiiy harakati biroz
pasayganligiga qaramasda, Surxondaryo viloyatida bu ko‘rsatkich Respublika o‘rtacha
ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lib, viloyatlar orasida oldingi o‘rinlarda turadi. Surxondaryo viloyati
aholisi o‘sish sur‘ati tahlilidan shunday xulosaga kelish mumkinki, viloyat aholisi ko‘payish
tendensiyasi hali bir necha o‘n yillar saqlanib qoladi. Surxondaryo viloyati aholisi soni va
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
23
dinamikasini tadqiq etish natijasida kelgusi istiqbolda viloyat aholisi umumiy mutloq miqdorining
ortishi, yosh tarkibidagi o‘zgarishlarda ham aholi tabiiy harakati ustunligi saqlanib qoladi. Bu
borada esa viloyat aholisini kelgusida ham ko‘payishida asosiy omil bo‘lib tabiiy harakat xizmat
qiladi va uning ko‘payishida mexanik harakatning tasiri unchalik sezilarli bo‘lmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Abduraxmonov Q.X., Abduramanov X.X. Demografiya. O‘quv qo‘llanma. -T.: Noshir,
2011. -294 b.
2. Бўриева М.Р., Тожиева З.Н., Зокиров С.С. Аҳоли географияси ва Демография
асослари. Ўқув қўлланма. – Тошкент: Тафаккур, 2011. – 160 б.
3. Бўриева М.Р. Ўзбекистонда оила демографияси. Т.: Университет, 1997.
4. Ibragimov, L., Ubaydullayev, D., & Musayev, B. (2021). Recreational assessment of
natural
landscapes
of
Jizakh
region.
ASIAN
JOURNAL
OF
MULTIDIMENSIONAL
RESEARCH
,
10
(4), 212-217.
5. Ибрагимов, Л. З., Мусаев, Б. М., & Убайдуллаев, Д. К. Ў. (2021). Жиззaх вилoятида
туризмни ривожлантириш имкониятлари ва истиқболлари.
Science and Education
,
2
(3), 429-
435.
6. MUSAYEV, B., & SHERXOLOV, O. (2024). Mirzacho ‘l iqtisodiy rayoni shaharlari aholi
soni dinamikasi va tarkibining hududiy xususiyatlari.
News of the NUUz
,
3
(3.1), 267-271.
7. Bekzod MUSAYEV, Olimjon SHERXOLOV.
Forecast of the network and composition of
cities in Mirzachul economic region
. Journal of Geography and Natural Resources 3 (06), 132-145,
2023.
8. Сатторов А. Сурхондарё вилояти қишлоқ аҳоли манзилгоҳларининг сони ва таркибий
тузилишидаги ўзгаришлар // Ўзбекистон ГЖ ахбороти. Тошкент, 2008. – Б. 85 – 88.
9. Tojiyeva Z. et. al. Regional Characteristics in the Dynamics and Location of the Rural
Population of the Republic of Uzbekistan. E3S Web of Conferences, 491. 2024.
doi:10.1051/e3sconf/202449104004
10. Tojiyeva Z.N., Pardayev N.S. Surxondaryo viloyati aholi soni dinamikasi va
joylanishidagi o‘zgarishlar // «Ўзбекистоннинг мустақил тараққиёт йўли: тарих сабоқлари ва
келажак истиқболлари» Халқаро илмий-амалий конференцияси материаллари. (2 қисм).
Toshkent, 2021. - B. 260-262.
11. Tojiyeva Z.N. – Aholi geografiyasi. -T.: Fan va texnalogiya, 2019. -368 b.
12. Тожиева З.Н. Ўзбекистон Республикасида демографик жараёнлар ва уларнинг
ҳудудий хусусиятлари. География фанлар доктори….. диссертaция. - Тошкент.: Ўзбекистон
Миллий университети, 2017. - 227 б.
13. Тожиева З.Н. Ўзбекистон аҳолиси: ўсиши ва жойланиши. Монография. - Т.: Fan va
texnologiya, 2010.
14. stat.uz
15. surxon.stat.uz
