Authors

  • Xudoynazar Tashov
  • Kamola Nasullaeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.124195

Keywords:

Buxoro viloyati Buxoro Qorako‘l Qorovulbozor voha sug‘oriladigan yerlar tuproq bonitirovkasi hosildorlik tabiiy geografik kompleks qishloq xo‘jalik baholash.

Abstract

maqolada Buxoro viloyatining Buxoro, Qorako‘l va Qorovulbozor vohalari sug‘oriladigan yerlarida tuproq bonitirovkasi asosida tabiiy geografik komplekslarning qishloq xo‘jalik uchun baholashda asos bo‘lishi bo‘yicha munosabatlar bildirilgan.

background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

24

TUPROQ BONITIROVKASI TABIIY GEOGRAFIK KOMPLEKSLARNI QISHLOQ

XO‘JALIK UCHUN BAHOLASH ASOSI SIFATIDA

(BUXORO VILOYATI VOHALARI MISOLIDA)

Tashov Xudoynazar Ramazonovich, Nasullaeva Kamola Sharofovna

Buxoro davlat pedagogika instituti

Annotatsiya.

maqolada Buxoro viloyatining Buxoro, Qorako‘l va Qorovulbozor vohalari

sug‘oriladigan yerlarida tuproq bonitirovkasi asosida tabiiy geografik komplekslarning qishloq
xo‘jalik uchun baholashda asos bo‘lishi bo‘yicha munosabatlar bildirilgan.

Kalit so‘zlar:

Buxoro viloyati, Buxoro, Qorako‘l, Qorovulbozor, voha, sug‘oriladigan yerlar,

tuproq bonitirovkasi, hosildorlik, tabiiy geografik kompleks, qishloq xo‘jalik, baholash.


Kirish.

Mamlakatimiz olimlari va yosh ilmiy tadqiqotchilar tomonidan keyingi 20-30 yil

ichida bajarilayotgan ko‘plab ishlar jumladan, iqtisodiyotni rivojlantirish, aholining yashashi va
sog‘ligi nuqtai nazaridan tabiiy geografik komplekslarni baholash, geografik bashorat qilish va
tabiat muhofazasiga qaratilgan. Shular orasida, tabiiy geografik komplekslarni qishloq xo‘jaligi
nuqtai nazaridan o‘rganish dolzarb masalalardan sanaladi.

Bugun yuqoridagi tadqiqotlar mazmunida tabiiy geografik komplekslarlarning strukturasi va

hayotiy faoliyatiga bo‘ladigan inson ta’sirini har tomonlama tahlil qilish hamda ularni muhofaza
qilish, yaxshilash va oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ustuvorlik qiladi [1]. Darhaqiqat, bu
kabi tavsiyalarni Buxoro viloyatining Buxoro, Qorako‘l va Qorovulbozor vohalari sug‘oriladigan
yerlarida qishloq xo‘jaligining rivojlanishi bo‘yicha ishlarda ko‘p bor uchratdik. Yoki Buxoro
viloyati yer resurslarini o‘rgangan iqtisodchilar tomonidan bajarilgan ishlarda esa tabiiy asosni ko‘p
ham hisobga olmaslik hollari mavjud. Demak, asosiy muammo bu tabiiy geografik komplekslarni
baholashning umumilmiy geografik asoslaridan biri tuproq bonitirovkasi hisoblanadi [2,3].

Asosiy qism.

Muayyan hududdagi yer resurslarini doimiy kuzatib, yerning tabiiy, iqtisodiy va huquqiy

holati to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar to‘plashga va shu asosda yerni sifat jihatdan baho berishga
yer kadastri deyiladi. yer kadastri yerdan foydalanishni va foydalaniladigan yerlarni hisobga oladi,
yerlarni iqtisodiy jihatdan baholaydi va ularning qishloq xo‘jaligi uchun muhim bo‘lgan sifat
ko‘rsatkichlarini ifodalaydi. Yer kadastri yer tuzish, qishloq xo‘jaligini rejalashtirish, melioratsiya
va soliqlarni hisoblashning ilmiy negizidir [2].

Bugungi kunda yer kadastri yerning tabiiy holati, xo‘jalik va huquqiy ahvoli to‘g‘risidagi

uzluksiz takomillashib boradigan ishonchli ma’lumotlar tizimi hisoblanadi. Yerning sifati
tuproqning muayyan vaqtdagi holati (unumdorligi, shamol va suv eroziyasi, sho‘rlashishga
moyilligi, meliorativ holati)ga qarab baholanadi. Mana shu asosda qishloq xo‘jaligi ekinlari va
ekinlar maydonidagi tegishlicha o‘zgarishlar yil nihoyasidagi yakuniy hisobotlarga kiritib boriladi
va qat’iy tartibga solib turiladi.

Yer kadastrining asosiy maqsadi yerning sifatini baholash hisoblanadi. Yerning muayyan

davrda tuproq holati (uning turi, ko‘rinishi, unumdorligi), qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari va
ekinlar tarkibining o‘zgarishi (shamol va suv eroziyasi, yerning meliorativ holatining
yomonlashishi, sho‘rlashishi)ga qarab belgilanadi. yer kadastrining asosini tuproq bonitirovkasi


background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

25

tashkil etadi. Tuproq bonitirovkasi deb, yer resurslarini sifat jihatdan qiyosiy baholashga aytiladi.
Tuproq bonitirovkasi tuproq hosildorligiga qarab belgilanadi va odatda 100 balli shkala asosida
amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda bonitirovka asosini paxta hosili tashkil etadi. Paxtadan gektariga 40 s hosil

beradigan yerlar 100 balli bonitetga teng deb olinadi. Tuproq bonitirovkasi yuqori, o‘rta va past
bonitetga bo‘linadi. Eroziyaga uchramagan tipik va bo‘z tuproqlar yuqori bonitet (80-100 ball),
daryo deltalarida joylashgan sho‘rlashgan, sug‘oriladigan o‘tloq-qayir tuproqlar o‘rtacha bonitet
(40-60 ball), kuchli sho‘rlangan, toshloq, taqirli, sur-qo‘ng‘ir va gilli tuproqlar past bonitet (10-39
ball) bilan baholanadi. Keyingi yillarda mamlakatimizda donli ekinlar yetishtirish ham
ixtisoslashgan sohaga aylandi. Demak, endi tuproq bonitirovkasida bu soha imkoniyatlarini ham
hisobga olish lozim. Taniqli olimlardan I.Stepanov (1970) “O‘rta Osiyo - gidrotermik keskinliklar
va rang-barang tuproq qoplamiga ega bo‘lgan o‘lka”, - deb ta’riflagan.

Buxoro viloyati hududi mamlakatimizning Zarafshon daryosi deltasi va terrasalarida

joylashgan. Shuning uchun sho‘rlashgan, sug‘oriladigan o‘tloq-qayir tuproqlar shakllangan. Albatta,
uzoq o‘tmishdan beri aholining xo‘jalik faoliyati tufayli Buxoro viloyati sug‘oriladigan yerlarining
sifati o‘zgarib turibdi. Jumladan, keyingi yillarda bu sifat ko‘rsatkichlarini vohalar va tumanlar
kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, asosan 1990, 1999, 2004, 2011 va 2020 yillar orasidagi
o‘zgarishlarda muammolar darhol ko‘zga tashlanadi. Dastlab, viloyatning shimoliy tumanlari
(Buxoro, Romitan, Vobkent, Shofirkon, G‘ijduvon, Peshku) boniteti 2004 yilda o‘rtacha VI klass,
51-60 ball bonitetida bo‘lgan. Buxoro tumanida 2004 yil 54 ballni, 2011 yilda 55 ball bo‘lgan.
Vobkent tumanida 2004 yilda 52 ball, 2011-yilda esa 54 ball. Shofirkon, Peshku, Romitan
tumanlarida 49 ball. G‘ijduvon tumanida esa 2004 yilda 57 ball, 2011 yilda 58 ballni tashkil etgan.
Janubiy tumanlar (Qorako‘l, Olot) tumanlarida 2004 yilda 50 ball, 2011 yilda 51 ballni tashkil
etgan. Kogon tumanida 49 ball, Jondor tumanida 2004 yil 49 ball, 2011 yilda 52 ballni tashkil
etgan. Qorovulbozor tumanida esa 2004 yil 41 ball, 2011 yil 42 ball. Viloyat bo‘yicha

sug‘oriladigan yerlarning tuproq sifatini baholash (bonitirovkasi) 2001 yilda o‘rtacha 53 ball, 2011
yilda o‘rtacha 51 ball, 2020 yilda o‘rtacha 52 ball. Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki viloyatning bir
qancha tumanlarida tuproq boniteti tushgan, qaysidir tumanlarida ko‘tarilgan. Masalan,
Qorovulbozor tumanida 42 ball. Viloyat bo‘yicha eng past ko‘rsatkich shu tumanda. Buning asosiy
sababi tuproqlarning dehqonchilik uchun noqulay xususiyatlari, ya’ni sho‘rlanish, eroziya
darajasining yuqori bo‘lganligi hisoblanadi. Viloyat bo‘yicha eng yuqori ball bonitetiga ega tuman
esa G‘ijduvon tumani bo‘lib (58 ball) hisoblanadi. Buning sababi esa bu yerdagi tuproqning
madaniylik darajasining yuqoriligi, qadimdan sug‘orib kelinganligi hamda genetik tipining
yaxshiligi asosiy sabablaridan biridir [4].

Bugungi kunda Buxoro viloyatida yiliga o‘rtacha 300-350 ming tonna paxta hosili

tayyorlanmoqda. Albatta, hosildorlik va yalpi hosil miqdori muqim emas. Chunki sug‘oriladigan
230,9 ming gektardan atigi 24,0 ming gektari (10,5 %) sho‘rlanmagan xolos. Qolgan yerlar (89,5%)
turli darajada sho‘rlangan. Shu sababli xomaki hisob-kitoblarga ko‘ra, Buxoro viloyatida har yili
o‘rtacha 40-60 ming tonna paxta hosili kam olinmoqda. Buni ustiga tuproqlarning bonitet ballari
yildan yilga pasaymoqda (yuqoridagi jadvalga qarang). Respublikadagi sug‘oriladigan yerlarning
bonitet ballari singari Buxoro viloyatida ham 1990 (58 ball), 1999 (53 ball), 2000-2020 yillar
orasida 6 ballga kamaygan. Buxoro viloyatining o‘rtacha bonitet ballidan Qorako‘l va
Qorovulbozor vohalari tuproqlarining o‘rtacha bonitet ballari nisbatan past. Tuproq umumxalq
boyligi, uni ko‘z qorachig‘idek asrash lozim.


background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

26

Buxoro viloyati bo‘yicha

sug‘oriladigan yerlarning tuproq bonitirovkasiga tabiiy, iqtisodiy-

ijtimoiy omillarning ta’siri katta. Jumladan, tabiiy geografik omillardan geografik o‘rin, iqlim, yer
osti va yer usti suvlari, iqtisodiy geografik omillardan qishloq xo‘jaligining ixtisoslashuvi, ekinlarni
hududiy tashkil etish, mulkchilik shakllari, ekinlarni sug‘orish va ishlov berish texnologiyasi, ilmiy-
texnik inqilob natijalarining qo‘llanilishi, ijtimoiy omillardan aholining dehqonchilik madaniyati,
geografik va ekologik savodxonligi kabilarning ahamiyati katta. Masalan, mamlakatimizda 1993-
1996 yillarda 1 ga yerga ortiqcha qilingan suvning miqdori: Samarqand, Jizzax va Sirdaryo
viloyatlarida o‘rtacha 7,1 - 7.9 ming m

3

/ga sarf bo‘lgan bo‘lsa, Buxoro viloyatida esa bu 12,1 ming

m

3

/ga teng bo‘lgan. Yuqoridagi omillarning darajasi viloyatdagi sug‘oriladigan yerlarda shamol,

suv eroziyasi, ikkilamchi sho‘rlanish, tuproqlarning kimyoviy ifloslanishi kabi keskin
muammolarda o‘z aksini topmoqda.

Xulosa.

Buxoro viloyati bo‘yicha

sug‘oriladigan yerlarning tuproq bonitirovkasiga salbiy

ta’sir qiladigan omillar o‘rtasida iqtisodiy geografik va ijtimoiy geografik omillarning ulushi katta
ekanligi oydinlashdi. Chunki viloyatdagi sug‘oriladigan yerlarda shamol, suv eroziyasi, ikkilamchi
sho‘rlanish, tuproqlarning kimyoviy ifloslanishi kabi keskin muammolar buni tasdiqlamoqda.
Demak, aholining dehqonchilik an’analari asosida ularning suv va yer resurslaridan foydalanish
madaniyatini hamda hududning geografik va ekologik xususiyatlari bo‘yicha tashviqot ishlarini
yaxshilash orqali savodxonligi oshirish bosh vazifadir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Zokirov Sh.S., Toshov X.R. Landshaftshunoslik. T., 2016.
2. Назаров И.Қ. Тупроқлар географияси. Бухоро. 2003 й. 70 б.
3. Назаров И.К., Умаров К.У., Тошев Х.Р., Аллаёров И.Ш. Суғориладиган ерлар

бонитети ва пахта ҳосилини режалаштириш ҳусусида (Бухоро вилояти мисолида) Қишлоқ
хўжалигида экологик муаммолар. Халқаро илмий-амалий анжуман материаллари тўплами.
Бухоро. 2003. 26-27 б.

4. Тошов Х.Р. Бухоро вилояти ер-сув ресурсларидан самарали фойдаланишнинг

географик жиҳатлари. Ўзбекистон Республикасининг минтақавий географик сиёсати:
муаммо ва ечимлар. Конф. материаллари. Наманган, 2001. 77-78 бет.

References

Zokirov Sh.S., Toshov X.R. Landshaftshunoslik. T., 2016.

Назаров И.Қ. Тупроқлар географияси. Бухоро. 2003 й. 70 б.

Назаров И.К., Умаров К.У., Тошев Х.Р., Аллаёров И.Ш. Суғориладиган ерлар

бонитети ва пахта ҳосилини режалаштириш ҳусусида (Бухоро вилояти мисолида) Қишлоқ хўжалигида экологик муаммолар. Халқаро илмий-амалий анжуман материаллари тўплами. Бухоро. 2003. 26-27 б.

Тошов Х.Р. Бухоро вилояти ер-сув ресурсларидан самарали фойдаланишнинг географик жиҳатлари. Ўзбекистон Республикасининг минтақавий географик сиёсати: муаммо ва ечимлар. Конф. материаллари. Наманган, 2001. 77-78 бет.