RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
46
XORIJIY MAMALAKATLARDA KADASTR TIZIMIGA GEOGRAFIK
YONDASHUVLAR HAQIDA
Karimov I.E.
JDPU, Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi dotsenti.
Qarshiboeva Burma Turgʻunboy qizi
JDPU, Geografiya yoʻnalishi 1 kurs talabasi
Annotatsiya.
Maqolada Yer kadastrining qoʻllanilishi va yer maydonlarini oʻlchash bilan
doimiy ravishda yer kadastrining usul va shakllariga mos holda oʻzgarib kelganligi hamda har bir
davlatning qudrati soliqqa bogʻlik boʻlib, foydalanadigan yerlar oʻlchangan va hisobga olingan
ma’lumotlarga bogʻlikligi haqidagi ma’lumotlar tahlil qiligan
Kalit soʻzlar:
Yer kadastri, yer maydonlari, Milan kadastri, relyef omili, gidrogeologik omil,
parsellyar , kadastr, iqlim, antropogen ta’sir
Yer kadastrining qoʻllanilishi, yer maydonlarini oʻlchash bilan doimiy ravishda uzviy bogliq
boʻlib kelgan. Vaqtning oʻtishi bilan yer kadastrining usul va shakllari tarixan oʻzgarib kelgan. Har
bir davrning kadastri hukmron sinfning manfaatini ifodalagan. Qadimda ham, oʻrta asrlarda ham
barcha mamlakatlarda ekin maydonlariga soliq solish odat tusiga kirgan. Chunki, xar bir davlatning
qudrati soliqqa bogʻlik boʻlib, foydalanadigan yerlar oʻlchangan va hisobga olingan.
Qadimda ham, oʻrta asrlarda xam barcha mamlakatlarda ekin moydonlariga soliq solish odat
tusiga kirgan. Zero, davlat qudrati soliqqa bogʻliq. Ishni bajarish uchun esa foydalaniladigan yerlar
oʻlchangan hisobga olingan. Demak yer hisobi, undan olingan hosil hisobi boʻlgan.
Rim kadastri haqidagi maʼlumotlar eramizdan oldingi V - asrlarga mansub hosoblanadi.
Angliyada yer soligʻi 991 yildan boshlab joriy etilgan 1066 yilda esa kadastr tuzilgan. Fransiyada
birinchi kadastr “hisob kitobi” 1269 yildan boshlab yozilgan. Yer kadastrining qoʻllanilishi, yer
maydonlarini oʻlchash bilan doimiy ravishda uzviy bogʻlik boʻlib kelgan [7]. Vaqtning oʻtishi bilan
yer kadastrining usul va shakllari tarixan oʻzgarib kelgan. Har bir davrning kadastri hukmron
sinfning manfaatini ifodalagan.
Qadimda ham, oʻrta asrlarda ham barcha mamlakatlarda ekin maydonlariga soliq solish odat
tusiga kirgan. Chunki, xar bir davlatning qudrati soliqqa bogʻlik boʻlib, foydalanadigan yerlar
oʻlchangan va hisobga olingan. Yer kadastri Qadimiy Rimda mavjud boʻlib, yerdan olinadigan
soliqlar belgilanib borilgan. Qadimiy Misr va Vizantiya mamlakatlarida yer resurslarini hisobga
olish va yerlarning haqiqiy bahosini belgilash uchun kadastr ma’lumotlaridan foydalanilgan.
Sharqiy Yevropada yerni ilk bor kadastrli baholash XVIII asrning boshlarida amalga oshirila
boshlangan. Yevropa mamlakatlarida koʻrgazma sifatida
“Milan kadastri”
deb nomlangan dastur
qabul qilingan. Ushbu dasturda kadastrning quyidagi vazifalari koʻrsatilgan edi: har bir yer
chastkalarining rejalari tuzilib, yer maydonlarining chegaralari, yerlarning sifati, yerdan olinadigan
oʻrtacha hosildorligi va olinadigan sof foyda miqdori aniqlanib borilgan va kadastr kitobiga
kiritilgan. Angliyada yer soligʻi 991-yildan boshlab joriy etilgan [6].
Fransiyada birinchi
“kadastr xisob kitobi”
1269-yildan boshlab yozila boshlagan. 1790 yilda
Fransiyaning Milliy majlisi tomonidan oʻta nomutanosib boʻlgan soliqlar bekor qilinib, xar bir yer
uchastkalaridan olingan sof foydaga nisbatan yer soligʻini olish qabul qilindi. Boshida baholash
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
47
komissiyasi tomonidan yer egalarining fikrlari bilinib, haqiqiy yer holati aniqlangan, hamda
qoʻshimcha soliqlar belgilanib, daromad miqdoriga qarab teng ravishda taqsimlangan. Ammo sof
vijdonlilikka qaratilgan hisob-kitoblar oʻzini oqlamadi. Shu sababli 1798 yilda bu mamlakatda yerni
baholashning yangi usuli belgilandi: ya’ni yerni baxolash baholovchilarning vijdoniyligiga qarab
emas, balki sof foydani aniqlash orqali amalga oshiriladigan boʻldi [3]. Mamlakatning har bir
joylaridan bir nechta yer uchastkalari ajratilib olinib suratga tushirilar va yerlar baholanar edi. Tez
orada yerlarni suratga olish va baholash tanlab emas, balki barcha yer uchastkalarida amalga
oshirila boshlandi. Bu esa, ular orasida soliqlarni teng ravishda boʻlinishiga imkon yaratdi.
Shu sababli 1807 yilda qabul qilingan qonunga asosan
“parsellyar”
li yer uchastkalarini
“hisobkitob” qilish kadastriga oʻtildi. Yer uchastkalari toʻliq suratga tushirilib, rejalari tuzilgandan
keyin, hujjatlar baxolash-ekspert komissiyasiga berilgan. Baxolash ekspertlari yerning haqiqiy
holatini kuzdan kechirib, yerning sifatini, qaysi ekin turi ekilishini va qaysi sinfga mansubligini
aniqlab, oʻrtacha sof foyda miqdorini belgilab bergan. Bunda qishlok xoʻjalik maxsulotlarining
baxosi keyingi 15 yildagi oʻrtacha miqdoriga karab olingan. Kadastr xizmatiga Moliya vazirligi
raxbarlik qilgan. Kadastr bilan shugʻullanuvchilar ikki guruhga boʻlingan: birinchi guruhga yerni
oʻlchab beruvchi geometrlar, ikkinchisiga solik nazoratchilari va yerlarni sinflarga boʻluvchi
shaxslar kirgan.
Avstriyada yer kadastri XIX asrning birinchi yarmida ilk bor oʻtkazilgan. U paytlarda bu
mamlakatda qonuniy ravishda yerlarni chegaralash kadastr bilan bogʻliq emas edi. Kadastr
tomonidan berilgan ma’lumotlar asosida soliqlar boʻlinar va har bir shaxsga yetqizilar edi. Fransuz
va Avstriyaliklarning eng katta va asosiy kamchiliklari shun-dan iborat ediki, ular har bir yer
uchastkalari uchun maxsus murakkab ishlab chiqilgan ta’riflar asosida yerlarni baholaganlar [6, 8].
Shuning uchun kadastrni kiritish ishlari bu davlatlarda uzoq muddatga choʻzilgan. Prussiya
kadastrini tashkil etishda sezilarli darajada olga ketildi, uni amalga oshirish uchun atiga 4 yil zarur
boʻldi xolos. Bu mamlakatda soliq-larni teng ravishda boʻlinishiga sabab har bir yer maydoni birlik
sifatida qabul qilinib, undan sof foyda olingan.
Shuning uchun sof foydani aniqlashda har qaysi yer uchastka maydonini baholash zaruriyati
kerak boʻlmadi. Yerlarni baxolashni amalga oshirish uchun mamlakat miqyosida mavjud boʻlgan
barcha yerlar suratga tushirilib, kadastr ishlari tez, arzon va juda soddalashtirilgan holda bajarildi.
Eng asosiysi kadastrlash prosessida yerlarni bir turlilik-ga olib kelinib va bir vaqtda baholashga
erishildi, bu esa iqtisodiy taqqos-lash uchun juda muximdir. Keyinchalik Prussiya kadastri
koʻrinishi jihatdan oʻzgarib bordi, yer uchastkalarining chegaralari qonuniy ravishda hujjatlash-
tirildi va kadastr kitobiga kiritilib borildi.
Rossiya davlatida yerlarga kadastr ishlarini tadbiq etish 1842 yildan boshlanib, 20 yil davom
etgan. Kadastr ishlarini oʻsha davrda Rossiyaning davlat mulki vazirligining kadastr guruhlari
amalga oshirgan. Ular yer maydonlarini toifalarga boʻlishda qishloq xoʻjalik maxsulotlarining
hosildorligi haqidagi ma’lumotlariga tayangan holda ish olib borgan. Rossiyada yerlarni baholashda
urtacha xosildorlik surab-surishtirish yoʻli bilan yoki toʻgʻri nazorat qilish orqali aniqlanib, umumiy
daromad miqdori belgilangan. Bundan ishlov uchun qilingan harajatlar hisoblanib, har bir turdagi
yer maydonidan olinadigan sof foyda aniqlangan. 1899 yilda Rossiyaning Davlat Mulki vazirligi
yerni baholashning yangi qoidalarini kiritdi, uning asosiga shartli ravishda ishlov beriladigan
yerlarni beshta klassifikasiyaga boʻlgan, ya’ni eng yaxshi yerlardan to eng yomon turdagi
yerlargacha boʻlingan [1, 4, 5].
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
48
Amerika Qoʻshma Shtatlarida kadastrni joriy etish 1785 yildan boshlangan. Kadastr ishlarini
boshkarish davlat tomonidan nazorat qilinib, ikki guruxhga boʻlingan. Geodeziya xizmatidagi guruh
vakillari, yerlarning chegaralarini maydonlarini, qurilgan binolarning oʻlchamlarini, hajmini
aniqlash bilan shugullangan. Ikkinchi guruh xizmatchilari huquqshunoslardan iborat boʻlib, ular yer
va kuchmas mulk egalarining mulkka boʻlgan egalik huquqini aniqlashgan, hamda maxsus kadastr
kitoblariga kiritib, sud idoralarida saqlangan.
Amir Temurning “Temur tuzuklari” kitobida keltirilishicha yer maydonining miqdori, undan
olinadigan hosil soliq miqdorini belgilangan, ekin yerlari oʻlchangan va olinadigan xosil xisobga
olingan. Agarda notoʻgʻri malumotlar yigʻilgan boʻlsa xizmatchilar jazolangan. Oʻlchash
natijalarini maxsus davlat hodimlari va yerlar bilan shugʻullanuvchi oliy mansabdorlardan iborat-
hodisa deb ataluvchi hay’at tekshirgan. Xolisa egasiz qolgan yerlarni obod qilishga yordam bergan
[2].
Yer kadastri ma’lumotlari yerlar holatini va yerlardan foydalanishni yaxshilash boʻyicha
tadbirlarni rejalashtirish uchun ham nihoyatda zarur. Davlat yer egasi, yerdan foydalanuvchi,
ijarachi va yer uchastkasi mulkdoriga oʻz yerlaridan foydalanishlarida yerdan belgilangan maqsadga
muvofiq oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishning tabiatning
muxofaza qiluvchi texnologiyalarini qoʻllash, oʻz xoʻjalik faoliyati natijasida hududda ekologik
vaziyatning yomanlashuviga yoʻl qoʻymaslik, tuproqni suv va shamol eroziyasidan, qayta
shoʻrlanish va botqoqlanishdan asrash boʻyicha tadbirlar ishlab chiqish kabi majburiyatlar
yuklagan. Bularni amalga oshirish uchun albatta yer maydonlarini sifat jihatidan hisob-kitobi
ma’lumotlari zarur. Shunday kilib, yer kadastrining vazifasi hozirgi sharoitda koʻp qirrali. Ular xalq
xoʻjaligi talablaridan, yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish zaruriyatlaridan kelib
chiqqan.
Bularning barchasi yer kadastrining xalq xoʻjaligi ahamiyatiga molik ekanligini koʻrsatadi.
Davlat kadastrlari ishlarini yuritish ayniqsa aholi zich yashaydigan hududlarda, shahar, qishloq va
sugʻoriladigan yerlarda, hamda sanoat majmualarida dolzarb boʻlib qoldi. Chunki bunday
hududlarda moddiy boyliklarning yuqori konsentrasiyasi, tabiiy va ekologik sharoitni oʻzgarganligi,
hamda ekologik tangliklar hosil boʻlayotganligi, bu boyliklardan oqilona foydalanish, ularni
muhofaza qilish va koʻpaytirish chora tadbirlarini yaratish kerakligini taqoza qilmoqda.
Fodalanilgan adabiyotlar:
1.
Дегяяров И.В. Земелный кадастр. М. 1987 г.
2.
Tolipov G.A. va boshqalar. Oʻzbekiston Respublikasining yer kadastri “Uzdaverloyiha”
1994 y.
3.
Babajanov A.R va boshqalar. Sugʻoriladigan yerlardan foydalanish va ularni baholash.
T.1992 yil.
4.
Гнаткович Д.И. Земелный кадастр. Экономика землеползования. Львов “Высшая
школа” 1986 г.
5.
Магазиншиков Т.П. Земелный кадастр. Львов-1980 г.
6.
Uzbek-german «Koʻchmas mulkni baholash» seminari materiallari. Toshkent- 1998 yil.
7.
R.D.Toʻychiyev va boshqalar. «Koʻchmas mulkni baholash asoslari». Toshkent, 2002 yil.
8.
Gorbunov B.V., Konobayeva Oʻzbekistonning lalmikor tuproqlari va uning sifat bahosi.,
Toshkent., Fan., 1975y.
