“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
49
SUN’IY YO‘LDOSH TIZIMIDAGI GPSDA GEODEZIK O‘LCHASH ISHLARINI
BAJARISHNING GEOGRAFIK JIHATLARI
Karimov I.E., Елисеева Н.А.
Jizzax davlat pedagogika universiteti
O‘zbekiston Respublikasi Jizzax shahridagi “Qozon (Volgabo‘yi) federal
universiteti” Federal davlat avtonom ta’lim institutining filiali
Annotatsiya.
Ushbu maqolada hozirgi kundagi geodezik o‘lchash ishlarini bajarishda
zamonaviy texnika va texnologiyalarni qo‘llash ishlash tamoyillari yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Geodezik asboblar, GPS, GLONASS, GPS signal qabul qiluvchi, antenna
balandligi, operator kodi, sun’iy yo‘ldosh.
Respublikamiz istiqlol yo‘lini tanlab, mustaqillikka erishganidan so‘ng sanoatda, qurilishda,
ishlab chiqarish va iqtisodiyotning boshqa ko‘pgina tarmoqlarida barqaror ilmga asoslangan
rivojlanishni talab etmoqda. Shuning uchun ishlab chiqarishning qator tarmoqlarida zamonaviy
texnologilar talab sezirarli darajada ko‘paydi. Masalan, hozirgi kunda geodeziya sohasida ishlab
chiqarish nazariyasi va amaliyoti misli ko‘rilmagan rivojlanish pog‘onasiga ko‘tarildi. U haqda
zamonaviy texnologiyalar va elektron geodezik asboblarning xalq xo‘jaligiga tadbiq etilganligi va
qo‘llanilishi guvohlik beradi.
Topografik-geodezik ishlar tizimida zamonaviy texnologiyalarga asoslangan GPS va
GLONASS sun’iy yo‘ldosh tizimlarini, geoinformasion tizimlarni, raqamli va lazerli-elektron
o‘lchash va hisoblash texnikalarini, shuningdek lazerli skanerlash texnologiyalarini ishlab
chiqarishga tadbiq etilmoqda [1].
Geodeziya o‘z rivojlanishi mobaynida yangidan-yangi ma’no kashf etdmoqda, zamonaviy
lazerli va elektron geodezik asboblarga, zamonaviy texnologiyalarga, geodezik o‘lchash va suratga
olish usullariga hamda o‘lchash va suratga olish natijalarini qayta hisoblash usullariga ega bo‘ldi.
Shu bilan birgalikda ko‘pgina boshqa muhandislik fanlari geodeziyaning yordami va yutuqlariga
tayanib kelmoqdalar. Zamonaviy geodezik o‘lchash ishlari sanoat korxonalarida, qurilishda, ishlab
chiqarish korxonalarida va xalq xo‘jaligining boshqa turli sohalarida sanoat va fuqaro qurilishida,
yo‘llar, bino-inshootlar, truboprovodlar, kanallar, aerodrom, stansiya va boshqa ob’yektlarning
o‘rnini aniqlash, ularning plan va kartalarda o‘rnini belgilash, loyihalarini chizish va ularni joyga
ko‘chirish, qurish, ulardan foydalanish shular jumlasidandir. Katta ma’suliyat talab etadigan bunday
murakkab ishlar avtomatlashtirish va kompyuterlashtirishni taqozo etadi
Shu sababdan, o‘lchash ishlarini bajarishda zamonaviy texnika va texnologiyalarni qo‘llash
maqsadga muvofiqdir. Geodezik o‘lchash ishlarini tez va sifatli bajarish maqsadida zamonaviy GPS
signal qabul qiluvchini qo‘llash tavsiya etiladi
Maxsus o‘lchash vositalari va usullari zamon talablarini e’tiborga olib, fan-texnikaning
so‘nggi yutuqlariga tayangan holda ishlab chiqarilmoqda.
GPS signal qabul qiluvchilari xozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasining barcha geodezik
bulimlarida geodezik tarmoqlarni yaratishda, aerosuratlarni planli bog‘lashda, topografik va kadastr
s’yemkalarini bajarishda keng qo‘llanib kelinmokda. GPS signal qabul qiluvchining yana bir
afzalligi undan sutkaning 24 soatida ham foydalanishimiz mumkin.
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
50
Hozirgi kunda geodezik ishlarni bajaruvchi turli korxonalar zamonaviy geodezik asboblar bilan
qurollangan. Bu borada respublikamiz rahbariyatining tashabbuslariga ko‘ra, zamonaviy geodezik
asboblarni ishlab chiqaruvchi chet-el firma va kompaniyalari bilan uzoq muddatli shartnomalar
tuzilgan. Bu esa o‘z navbatida hozirda mutaxassislarimiz zamonaviy geodezik asboblar yordamida
eng ma’suliyatli xalq xo‘jaligi ishlarini bajarishda qo‘llanilmoqda.
Mazkur maqolada ikki chastotali Leica Geosystems (Shvesariya) firmasida ishlab chikarilgan
Leica – 500 GPS signal qabul qiluvchining o‘lchov ishlarini «Statika» usuli yordamida amalda
bajarish ko‘rsatildi.
Leica Geosystems (Shveysariya) firmasida ishlab chikarilgan GPS signal qabul
qiluvchining rasmi. (1- rasm)
Statika usuli
- sun’iy yo‘ldoshlar yordamida geodezik o‘lchash ishlarining «klassik»
usullaridan biridir. Bu usulda bir vaqtning o‘zida ikki va undan ortiq GPS signal qabul qiluvchi
uzoq vaqt davomida o‘lchash ishlarini bajaradi [2, 4]. O‘lchash ishlari vaqtida sun’iy
yo‘ldoshlarning geometrik joylashgan o‘rni o‘zgaradi, bu esa aniqlik masalasini yechishda muhim
rol o‘ynaydi. Uzoq vaqt o‘lchash natijasida sikllarning uzulish oraliqlarini va ularni to‘g‘ri
modellashtirishga imkon yaratadi.
Statika usuli yuqori aniqlikdagi geodezik ishlarni bajarishda, 15-20 km.dan ortiq masofadagi
vektorlarni o‘lchashda va sun’iy yo‘ldoshlarning minimal ko‘rinishida xam bajarish mumkin.
O‘lchash ishlarining seans davomiyligi vektor uzunligiga, bir vaqtning o‘zida kuzatilayotgan
sun’iy yo‘ldoshlar soni, signal qabul qiluvchilar tipiga (bir va ikki chastotali) va talab qilinayotgan
aniqlikga bog‘lik.
O‘lchash jarayonida ya’ni 90% vaqt mobaynida GPS signal qabul qiluvchi kamida to‘rtta
sun’iy yo‘ldoshdan signal qabul qilishi shart [3].
Statika usuliga kuyiladigan asosiy talablar:
- Signal jo‘natayotgan sun’iy yo‘ldoshlar soni 4 dan kam bo‘lmasligi kerak.
- Informatsiya yig‘ish va qabul kilish intervali - 20 sek. bo‘lishi kerak.
Stansiyada ish shtativga o‘rnatilgan antennani o‘rnatishdan va uning balandligini aniq
o‘lchashdan boshlanadi. GPS signal qabul qiluvchini markazlashtirish va nivelirlash optik syentrir
yordamida +2 mm aniqlikda o‘rnatiladi. Antennada belgi bo‘lsa shimolga oriyentirlanadi.
Barcha o‘lchashlar antenna markazi orqali bajarilganligi tufayli antenna balandligini aniq
o‘lchash zarur. Antenna balandligini o‘lchashdagi xatolik uchala koordinatalar yechimiga ta’sir
ko‘rsatadi. Balandlik ruletka yoki maxsus o‘lchash moslamasi yordamida seans boshlanguncha va
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
51
tugagandan so‘ng o‘lchanadi, agar o‘lchangan natija 2 mm dan ortiq bo‘lsa bu o‘lchov boshqatdan
o‘lchanadi.
O‘lchash ishlari ishlatish buyicha yo‘riqnomada kilingan tavsiyaga mos xolda amalga
oshirilish va o‘rnatilgan jurnalda yozilishi kerak.
GPS signal qabul qiluvchini ishga tushirish va o‘chirish yuriqnomaga asosan bajariladi.
O‘lchash ishlari «sun’iy yo‘ldoshlar xarakatlanish jadvali»ga asosan bajarilishi zarur. GPS
signal qabul qiluvchi o‘lchash ishlari bajarilishidan 5 minut oldin ishlatilishi mumkin. GPS signal
qabul qiluvchi kech qo‘shilishi mumkin emas, aks xolda GPS signal qabul qiluvchilarning bir
vaqtda ishlash vaqti kamayadi va buning natijasida olinadigan yakuniy natijaga salbiy ta’sir
ko‘rsatishi mumkin.
O‘lchash ishlarini boshlashdan oldin asbobning ishchi o‘rnatmalari, ya’ni sun’iy yo‘ldoshdan
olinayotgan signallarning o‘lchanish burchagi, informatsiya yig‘ish intervali va yozib olayotgan
moslamada (fleshka) hajmning yetarliligi tekshirib ko‘riladi. Informatsiya yig‘ish intervali barcha
ishlayotgan GPS signal qabul qiluvchilarda bir xil bo‘lishi kerak. Ish boshlangandan keyin kerakli
sun’iy yo‘ldoshlar bilan aloqa borligiga va GPS signal qabul qiluvchi o‘z o‘rnini aniklayotganligini
tekshirish zarur.
Seans boshlangunga kadar punkt nomi, antenna balandligi, operator kodi, ob-havo,
temperatura, bosim, namlik va boshqa ma’lumotlar kiritiladi.
Seans davomida GPS signal qabul qiluvchi ishi aloqadagi sun’iy yo‘ldoshlar soni, sun’iy
yo‘ldoshning geometrik joylashuvini tekshirib turish zarur, agar yuqoridagi ko‘rsatkichlar talabga
javob bermasa seans vaqtini uzaytirish kerak.
Atmosferadagi o‘zgarishlar yomg‘ir, tuman va kunnning tungi holati GPS signal qabul
qiluvchi ishlashiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Е.Б.Клюшин, А.О. Куприянов, В.В. Шлапак Спутниковые методы измереный в
геодезии (часть 1) Москва. 2015.
2.
Болдин В. А., Зубинский В. И. и др. Глобальная спутниковая радионавигационная
система ГЛОНАСС – М.: ИПРЖР, 2013.
3.
РТМ по применению спутниковых геодезических приемников для создания и
реконструкции сетей сгущения – Т.: Узгеодезкадастр, 1999.
4.
Рекламные проспекты приборов и оборудования, выпускаемых фирмами Ashtech,
LeicaGeosystemsAG, SpectraPrecision.
5.
Абдуллаев, И. Х., & Каримов, И. Э. (2020). Жиззах сув омбори таъсири доирасида
табиий-антропоген ландшафтларни районлаштириш масалалари. География: природа и
общество, 1(2).
6.
Махмараимова, С., Курбаназарова, Н., Каримов, И., Захидова, СА, Каримов, З.,
Сатторова, З., Алмаматова, С. и Амонтурдиев, Н. Р. (2024). Отслеживание лингвистического
путешествия геологических терминов - филологическое исследование стратиграфии и
минералогии. Архив технических наук.
