Authors

  • Jo‘rabek Namozov
  • Shahnoza Dushamova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.125075

Keywords:

Tabiiy resurs yer iqtisodiy ekologik oqilona foydalanish samaradorlik ratsional barqaror rivojlanish.

Abstract

Maqolada tabiiy resurslar, xususan yer resurslaridan oqilona foydalanishning iqtisodiy, ekologik hamda iqtisodiy ­ ekologik jihatlari to‘g‘risida so‘z yuritilgan. Yer resurslaridan foydalanishga doir an’anaviy hamda zamonaviy qarashlar, ularning o‘ziga xos jihatlari ilmiy tahlil qilingan. Yer resurslarining bir ­ biriga bog‘liq va o‘ziga xos tomonlari, yutuq va kamchiliklari ko‘rsatilib, bu borada ba’zi bir tavsiya va takliflar berilgan.

background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

52

YER RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISHNING IQTISODIY ­ EKOLOGIK

XUSUSIYATLARI

Namozov Jo‘rabek Abduazizovich, Dushamova Shahnoza Ikrombek qizi

Chirchiq davlat pedogogika universitsiteti

Annotatsiya:

Maqolada tabiiy resurslar, xususan yer resurslaridan oqilona foydalanishning

iqtisodiy, ekologik hamda iqtisodiy ­ ekologik jihatlari to‘g‘risida so‘z yuritilgan. Yer resurslaridan
foydalanishga doir an’anaviy hamda zamonaviy qarashlar, ularning o‘ziga xos jihatlari ilmiy tahlil
qilingan. Yer resurslarining bir ­ biriga bog‘liq va o‘ziga xos tomonlari, yutuq va kamchiliklari
ko‘rsatilib, bu borada ba’zi bir tavsiya va takliflar berilgan.

Tayanch so‘zlar:

Tabiiy resurs, yer, iqtisodiy, ekologik, oqilona foydalanish, samaradorlik,

ratsional, barqaror rivojlanish.

Yer resurslаri – mаʼlum bir dаvlаt, mintаqа, viloyаt, tumаn yoki hududdаgi tаbiiy­tаrixiy

xususiyаtlаri bilаn аjrаlib turаdigаn, аniq bir xo‘jаlik mаqsаdlаridа foydаlаnish uchun yаroqli
bo‘lgаn yerlаrdir [1]. Ushbu tаʼrifdа nisbаtаn kengroq, umumiy xo‘jаlik doirаsidа fikr bildirilgаn.
Yаʼni bu yerdа iqtisodiyotning hаr bir tаrmog‘i uchun xos bo‘lgаn yer resurslаri mаvjudligi nаzаrdа
tutilgаn.

Yаnа bir tаʼrifdа “Yer resursi bu – yer fondining tаrkibiy qismi bo‘lib, u o‘zigа xos tuproq

sifаti, iqlim, relyef, gidrogeologik xususiyаtlаri bilаn tаvsiflаnаdi, jаmiyаtning muаyyаn rivojlаnish
bosqichidа undаn аsosаn zаrur mаhsulotlаr yetishtirishdа vа boshqа mаqsаdlаrdа foydаlаnilаdi” [3]
– deyilаdi, bundа аsosаn yerdаn qishloq xo‘jаlik mаqsаdlаridа foydаlаnish nuqtаi­nаzаridаn kelib
chiqib tаʼrif berilgаn.

Yer qishloq xo‘jaligi ishlаb chiqаrishi vositаsi sifаtidа mаʼlum bir tаrixiy dаvrdа nаmoyon

bo‘lаdi. Vаqt o‘tishi bilаn mehnаt qurollаri tаkomillаshib, ishlаb chiqаrish jаrаyonlаri kengаyib,
yerning inson hаyotidаgi o‘rni yаnаdа ortib borаdi. Biroq yer dehqonchilikdа mehnаt vositаsi
bo‘lishi uchun mehnаtning boshqа vositаlаri hаm mаvjud bo‘lishi shаrt, hаmdа ishlаb chiqаrish
kuchlаri mаʼlum dаrаjаdа rivojlаngаn bo‘lishi lozim. Shundа yer qishloq xo‘jaligidа fаol ishlаb
chiqаrish vositаsigа аylаnаdi. U mehnаt jаrаyonining zаruriy moddiy shаrt-shаroiti, ishlаb
chiqаrishning eng muhim omili sifаtidа nаmoyon bo‘lаdi. Yer qishloq xo‘jaligidа tаkror ishlаb
chiqаrilmаydigаn, аlohidа, originаl, аlmаshtirib bo‘lmаydigаn ishlаb chiqаrish vositаsidir [6].

Yer insoniyаt tаrixining bаrchа bosqichlаridа iqtisodiy fаrovonlik аsosi, insonlаr hаyotining

zаruriy, moddiy shаroiti sifаtidа nаmoyon bo‘lib keldi. Mulkchilikning yаngi shаkllаri pаydo
bo‘lishi, ishlаb chiqаrish jаrаyonlаrining tаkomillаshib borishi, bozor iqtisodiyotigа o‘tish
jаrаyonlаri yerning tаbiiy xususiyаtlаri vа hududiy turlichаligigа bog‘liqdir. Bu esа yerning аsosiy
qishloq xo‘jaligi ishlаb chiqаrish vositаsi sifаtidа bаrchа ishlаb chiqаrish hаmdа texnologik
xususiyаtlаrini to‘lа vа аniq o‘rgаnishni, hаmdа ungа аmаl qilishni tаlаb qilаdi. Hаtto
V.V.Dokuchаev hаm tаʼkidlаgаnki: «...tuproq iqlim bilаn birgаlikdа mаzkur hududning bаrchа
qishloq xo‘jаlik vа iqtisodiy hаyotining аsosidir»[6].

Yer resurslari cheklangani ulardan oqilona foydalanishni taqozo etadi. Qolaversa, mazkur

jarayon faqatgina biror mamlakat yoki mintaqaga tegishli bo‘lib qolmay, hozirgi vaqtda global


background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

53

ahamiyat kasb etmoqda. Dunyoning ko‘plab yirik tashkilotlari va ilmiy markazlar bevosita ushbu
masala bilan shug‘ullanishadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan 1992 yil “Atrof-muhit va taraqqiyot”

mavzusidagi konferensiyada “Barqaror rivojlanish qonsepsiyasi” qabul qilindi (Rio-de-Janeyro,
Braziliya) va 2002 yilda Yoxannesburg (JAR)dagi konferensiyada ham davom ettirildi. Unda yer
resurslari ham jamiyat, ham tabiat rivojlanishida asosiy omil sifatida e’tirof etildi. Mazkur
konsepsiyada tabiat va jamiyat rivojlanishining uch xil, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatlari
targ‘ib etildi [10].

Iqtisodiy barqaror rivojlanish ‒ yer resurslaridan oqilona foydalanish va shu orqali har qanday

mintaqa, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdan iborat. Resurslarning cheklanganligini hisobga
olgan holda, ushbu jarayonni mintaqalar bo‘yicha prognoz qilish, bundan tashqari tabiiy
resurslarning tiklana olish qobiliyati, imkoniyati, sharoitini har doim o‘rganib, baholab borish ham
barqaror rivojlanishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.

Ijtimoiy barqaror rivojlanish ‒ yer yuzida yashaydigan barcha xalqlarning moddiy va

ma’naviy hayotini birgalikda, bir xilda rivojlantirish, eng avvalo kishilarning sifatli oziq-ovqat va
chuchuk suv resurlari bilan yetarli ta’minlash inobatga olinadi.

Ekologik barqaror rivojlanish ‒ jamiyatning tabiiy resurslarga, tabiat komplekslarining

miqdoriy va sifatiy darajasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmasdan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishidir.
Konsepsiyaning asosiy mazmuni ham shundan iborat bo‘lib, jamiyat rivojlanishi, davlatlarning
taraqqiy etishi, tabiat komponentlariga kuchli ta’sir etmasdan sodir bo‘lishi kerak.

Yerlar resurslaridan ratsional foydalanishda mazkur konsepsiyaning o‘rni beqiyos bo‘lib,

oldingi ishlarda, jarayonga faqat bir tomonlama yondashilgan, hatto ba’zida tabiiy resurslar va
ulardan foydalanishga bo‘lgan iqtisodiy va ekologik jihatlar bir-biriga qarama-qarshi holatga kelib
qoldi. Holbuki, har qanday mamlakatning asosiy vazifasi, iqtisodiyotini rivojlantirish hamda
aholisining farovon hayot kechirishini ta’minlashdir. Lekin shu bilan birga tabiatini, tabiiy
boyliklarini ham avaylashi kerak. Konsepsiyada ularning har ikkisiga ham e’tibor qaratildi. Ammo
bu borada ham muammolar yetarli bo‘lib, uning amalga oshirilishi ma’lum davr, mablag‘ hamda
chuqur bilimni talab qiladi.

Yer resurslari nafaqat qishloq xo‘jaligi balki butun iqtisodiyot va aholi turmush sharoiti uchun

muhim ahamiyatga ega. Ularni o‘rganishda turli sohalar (tarmoqlar) o‘zining talab va imkoniyati
doirasida yondoshadi. Ya’ni yer, aksariyat qishloq xo‘jaligi bo‘lmagan sohalarda alohida ­ alohida
tadqiq qilinadi, chunki yer bularning har biri uchun alohida omil bo‘lib ta’sir ko‘rsatadi. Buning
misoli sifatida, ba’zi iqtisodiyot tarmoqlarida (asosan, qishloq xo‘jaligi) yerning resurs (tabiiy
boylik), ayrimlarida (sanoat, transport) esa sharoit (omil) sifatida o‘rganilishini qayd qilish mumkin.
Agar yer hamda suv “va” bog‘lovchisi orqali ifodalangani sababli, asosan mustaqil ravishda ko‘rib
chiqiladi. Agar “va” bog‘lovchisini o‘rniga “ ­” belgisidan foydalansak, har qanday holatda (ayniqsa
agrar ishlab chiqarishda) ular birgalikda o‘rganiladi. YA’ni yuqorida qayd qilinganidek, yer va suv
(yer ­ suv) ko‘p hollarda qishloq xo‘jaligi hamda unga yaqin sohalar maqsadida tadqiq etiladi.
Ularning birligini ayniqsa, “sug‘oriladigan yerlar” orqali tavsiflash ancha maqbul (qulay). Chunki
sug‘oriladigan yerlar yer va suvni (yer­suv) bitta (yagona) resurs sifatida e’tirof etilishiga sababchi
bo‘ladi. Sug‘oriladigan yerlarning esa agrar tarmoqdagi o‘rni juda yuqori bo‘lib, unda
tayyorlanadigan mahsulotlarning 90 foizga yaqinini ta’minlab beradi.

Garchi sug‘oriladigan yerlar qishloq xo‘jaligida eng asosiy boylik hisoblansada, u butun

(agrar) sohani qamrab ololmaydi. Ushbu resurslardan samarali, tejamli, bir so‘z bilan aytganda


background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

54

oqilona foydalanish tadqiqotning asosiy vazifasi bo‘lishi lozim. Oqilona foydalanish esa o‘z
navbatida asosan iqtisodiy va ekologik jihatlarni o‘zida mujassamlashtiradi.

Yer resurslaridan xo‘jalikda foydalanish maqsadida o‘rganish bir necha yo‘nalishlarda olib

boriladi. Ularning ayrimlariga qisqacha to‘xtalamiz:

1.

Iqtisodiy samaradorlik, ya’ni asosiy e’tibor foydaga qaratilishi. Nafaqat yer, balki boshqa

tabiiy resurslarni o‘rganishdan maqsad ham eng avvalo foyda olish, iqtisodiyotni rivojlantirish,
aholi turmush sharoitini yaxshilashdan iborat.

2.

Ekologik jihat yoki tabiiy resurslarni muhofaza qilinishi. Yer tiklanadigan resurslarga

kirsa ham, bu tiklanish turli omil, sharoit va jarayonlarga bog‘liq holda uzoq davrni o‘z ichiga olishi
mumkin. Shuning uchun ulardan foydalanilayotganda sifatiga kuchli ta’sir ko‘rsatmaslik zarur [5].

Bu ikkalasi alohida yo‘nalishlar bo‘lib, turli fan sohalari ularni o‘z maqsadi doirasida,

chegarasida o‘rganadi. Lekin ularni ajratish yoki bir ­ biriga teskari qo‘yish ham unchalik ma’qul
emas. Iqtisodiy va ekologik jihatlar tabiiy resurslarni birgalikda tadqiq qilishi, aholiga, insoniyatga
birgalikda xizmat ko‘rsatishi kerak. Oqilona (ratsional) foydalanish ana shundagina to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yiladi.

Yer resurslaridan ratsional foydalanish deyilganda, insonning ularga nisbatan oqilona,

maqsadli hatti ­ harakati tushuniladi, ya’ni u betartib jarayon bo‘lmay, oldindan o‘rganilgan,
rejalashtirilgan, shakllantirilgan bo‘ladi. Shuning uchun oqilona foydalanishni amalga oshirish
ularning jamiyatda ijtimoiy ­ iqtisodiy aloqalar va munosabatlar obyekti sifatidagi jarayonlarni o‘z
ichiga oladi. Yer foydalanish, odatda, qabul qilingan mezonlar, sharoitlar nuqtai ­ nazaridan
jarayonning samaradorligini belgilovchi u yoki bu cheklashlarni nazarda tutadi. Masalan, mazkur
resurslardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi ziyon bo‘lsada, ayrim ijtimoiy samaradorlikka
erishish avvaldan rejalashtirilgan bo‘lishi mumkin. “Ratsional” tushunchasi yer resurslaridan
foydalanish tarkibini optimallashtirish bo‘yicha harakatlarni bildiradi, unga ko‘ra avvaldan
belgilangan shartlar asosida foydalanish jarayoni amalga oshadi, mazkur jarayonning natijasi “
samaradorlik” natijasidir. Vaqtinchalik belgilarga ko‘ra, “ratsional” tushunchasi “samaradorlik”
tushunchasidan oldingi holat, ya’ni birlamchi tushuncha taassurotini qondiradi[4].

Yerdan foydalanish samaradorligi iqtisodiy kategoriyadir, lekin ushbu tushuncha faqatgina

iqtisodiy yoki xo‘jalik ma’nolari bilan cheklanib qolmaydi. U ijtimoiy, rekreatsion va tabiatni
muhofaza qilish tushunchalarini ham qamrab oladi. Yer resurslardan foydalanishning har bir
jihatiga ma’lum bir turdagi: ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik samaradorlik xosdir. Agar ulardan
foydalanish faqat bitta nuqtai nazaridan qaraladigan bo‘lsa, unda faqat ma’lum turdagi
samaradorlikka erishiladi. Mazkur samaradorlik esa ulardan foydalanishning boshqa jihatlariga
zarar keltirish hisobiga amalga oshadi. Ushbu jihatlarning talablari ulardan foydalanishning asosiy
sharti sifatida qo‘llanilmaydi.

Doimo foydani ko‘zlab ish tutish, yer resurslari barqarorligiga putur yetkazishi, ular qayta

tiklanishini qiyinlashishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Buning esa asosiy sharti, antropogen
ta’sirlarning, tabiiy tiklana olish qobiliyati chegarasidan ortib ketmasligidir.

A

t

≤ T

q

Bu yerda, A

t

– antropogen ta’sir, T

q

– tiklanish qobiliyati

Demak, ba’zida haddan ortiq samaradorlik ham nafaqat ekologiyaga (atrof ­ muhitga), balki

iqtisodning o‘ziga ham zid kelar ekan. Shuning uchun ularni bir ­ biriga bog‘liq tomonlaridan
foydalanib, birgalikda o‘rganish har tomonlama ma’quldir. Mana shu bog‘liqlikni esa iqtisodiy ­
ekologik jihat orqali tadqiq qilish mumkin.


background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

55

Yer resurslaridan oqilona foydalanishning iqtisodiy ­ ekologik jihatlari qaysidir ma’noda

mustaqil yo‘nalish hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishning afzallik tomoni iqtisodiy va ekologik jihatlar
bilan bir xilda tadqiq qilinishidir. YA’ni, bunda ham eng avvalo iqtisodiy foyda, samaradorlik
nazarda tutiladi. Biroq iqtisod ekologiyadan uzoqlashmaydi, unga qarama ­ qarshi kelib qolmaydi,
balki, uning qonuniyatlari, shartlarini hisobga oladi, ulardan aynan o‘zining asosiy tushunchasi
sifatida foydalanadi. Umuman olganda, ekologiya ham faqatgina atrof ­ muhit ifloslanishini
o‘rganadigan tor soha emas. U aslida biror obyekt (jonzot) yoki jarayonning tabiat bilan aloqasini
o‘rganadigan (aslida bundan ham keng) yirik fan tarmog‘idir (E.Gekkel, 1866 y.) [5]. Demak
ekologiya yoki ekologik jihat tabiiy resursni, atrof ­ muhit bilan o‘zaro aloqasini, ularning bir ­
biriga ta’sirini o‘rganar ekan. Aslida, iqtisod ham tabiatdan uzilmaydi, balki undan, uning
resurslaridan qanday qilib ratsional foydalanish mumkinligini tadqiq etadi. Zero, mashhur bir olim
aytganidek, iqtisod bu ­ cheksiz ehtiyojlarni cheklangan resurslar bilan qondirish san’atidir.
Ekologiyaning asosiy vazifasi mana shu cheklangan resurslarni muhofaza qilishdan iborat. Yer
resurslarini iqtisodiy ­ ekologik tadqiq etish, mana shu aloqadan xo‘jalikda to‘g‘ri va samarali
foydalanish yo‘l ­ yo‘riqlarini ishlab chiqish imkonini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Namozov, J. A. (2021).

Economic and geographical aspects of rational use of land and

water resources of Samarkand region. DG Ph. Sci

(Doctoral dissertation, PhD).... thesis).

2.

Namozov, J. A.

Yer - suv resurslaridan oqilona foydalanishga oid zamonaviy qarashlar //

TerDU. O‘zbekistonda geografiya fanining dolzarb masalalari. Respublika ilmiy­amaliy
konferensiya materiallari. - Termiz, 2020. B. 261 - 263.

3.

Namozov, J. A.

Yer-suv resurslaridan foydalanish geografiyasi (Samarqand viloyati

materiallari asosida). Toshkent: «ZEBO PRINT», 2022. 136 b.

4.

Namozov, J. A.,

Mirzaliyev S. Yer va suv resurslaridan oqilona foydalanishning iqtisodiy

­ ekologik jihatlari // O‘zMU. O‘zbekiston Yevrosiyo makonida: Geografiya, geoiqtisodiyot,
geoekologiya. Xalqaro ilmiy­amaliy konferensiya materiallari. ­ T., 2017. B. 244 - 246.

5.

Nig‘matov A.N. Ekologiya huquqi. – T.:Noshir. 2012. – 424 b.

6.

Qayumov A.A.,

Namozov, J. A.

Yer resurslarining iqtisodiy ahamiyati // O‘zMU.

Mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida O‘zbekiston iqtisodiyotini boshqarishning dolzarb
muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. ­ T., 2016. B. 120 – 123.

7.

Soliyev A.S. Iqtisodiy geografiya: nazariya, metodika, amaliyot. - T.: Universitet, 2013.

8.

Umirkulovich, S. A., Abduazizovich, N. J., & Turakulovich, R. F. (2021). Pasture

livestock effects on agricultural land in Samarkand region.

Annals of the Romanian Society for Cell

Biology

,

25

(2), 447-451.

9.

UNEP, 2024, Towards a Green Economy: Pathways to Sustainable Development and

Poverty Eradication (

http://www.unep.org/greenekonomy)

.

10.

Чертовицкий А.С. Экономика землепользования. Учебник. Т.:ТИМИ, 2012.

References

Namozov, J. A. (2021). Economic and geographical aspects of rational use of land and

water resources of Samarkand region. DG Ph. Sci (Doctoral dissertation, PhD).... thesis).

Namozov, J. A. Yer - suv resurslaridan oqilona foydalanishga oid zamonaviy qarashlar //

TerDU. O‘zbekistonda geografiya fanining dolzarb masalalari. Respublika ilmiy­amaliy

konferensiya materiallari. - Termiz, 2020. B. 261 - 263.

Namozov, J. A. Yer-suv resurslaridan foydalanish geografiyasi (Samarqand viloyati

materiallari asosida). Toshkent: «ZEBO PRINT», 2022. 136 b.

Namozov, J. A., Mirzaliyev S. Yer va suv resurslaridan oqilona foydalanishning iqtisodiy

­ ekologik jihatlari // O‘zMU. O‘zbekiston Yevrosiyo makonida: Geografiya, geoiqtisodiyot,

geoekologiya. Xalqaro ilmiy­amaliy konferensiya materiallari. ­ T., 2017. B. 244 - 246.

Nig‘matov A.N. Ekologiya huquqi. – T.:Noshir. 2012. – 424 b.

Qayumov A.A., Namozov, J. A. Yer resurslarining iqtisodiy ahamiyati // O‘zMU.

Mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida O‘zbekiston iqtisodiyotini boshqarishning dolzarb

muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. ­ T., 2016. B. 120 – 123.

Soliyev A.S. Iqtisodiy geografiya: nazariya, metodika, amaliyot. - T.: Universitet, 2013.

Umirkulovich, S. A., Abduazizovich, N. J., & Turakulovich, R. F. (2021). Pasture

livestock effects on agricultural land in Samarkand region. Annals of the Romanian Society for Cell

Biology, 25(2), 447-451.

UNEP, 2024, Towards a Green Economy: Pathways to Sustainable Development and

Poverty Eradication (http://www.unep.org/greenekonomy).

Чертовицкий А.С. Экономика землепользования. Учебник. Т.:ТИМИ, 2012.