RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
56
SAMARQAND VILOYATI HUDUDINING IQLIM XUSUSIYATI
Abdirahmonov Sobir Tolliboy o‘g‘li., Ochilov Sanjar Zokir o‘g‘li
Guliston davlat universiteti doktoranti, e-mail:
Guliston davlat universiteti doktoranti, e-mail:
Annatatsiya:
Ushbu maqolada Samarqand viloyatining iqlim xususiyatlari, ularning
shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillar – geografik joylashuv, relyef, havo massalari, dengiz sathidan
balandlik, havo harorati va yog‘ingarchilik miqdori asosida tahlil qilingan. Maqolada hududning
g‘arbiy va sharqiy qismlaridagi iqlim tafovutlari, tog‘ tizmalari va cho‘l zonalarining havo harorati
hamda yog‘inlarga ta’siri ochib berilgan. Shuningdek, "Ilono‘ti" kabi mahalliy shamollar va
ularning ekinlarga ta’siri haqida ham batafsil ma’lumot berilgan. Grafik va xaritalar asosida
tahliliy yondashuvlar keltirilgan bo‘lib, iqlim o‘zgarishining inson faoliyati bilan bog‘liq jihatlari
ham yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Samarqand viloyati, iqlim xususiyatlari, kontinental iqlim, havo harorati,
yog‘ingarchilik, havo massalari, shamollar, Ilono‘ti, relyef, tog‘lar, Qarnob, Zarafshon vodiysi.
O‘zbekiston hududiga xos iqlim shakllangan iqlim hosil qiluvchi omillarga Samarqand
viloyatining geografik o‘rni, havo massalari joyning geografik tuzilishi dengiz sathidan balandligi
va boshqalar kiradi. Samarqand viloyati subtropik kengliklarda joylashganligi tufayli quyosh nurlari
nisbatan tik tushadi. Shu sababli ham hududning tekislik qismi quyosh nurlaridan katta issiqlik
oladi. o‘rtacha bir yillik radiatsiya 150 kkal/ sm
2
ni tashkil qiladi. [Balasheva va boshqalar, 1963]
Samarqand viloyati Yevroosiyo materigining markazida joylashganligi, ya’ni okeanlarda
uzoqligi tufayli kontinental iqlimga ega. Bu hududda yillik va sutkalik harorat amplitudasi katta.
Qish oylari (yanvar, fevral, dekabr) havo harorati -20-25
o
gacha pasayish holatlari ro‘y beradi.
Yanvar oyining o‘rtacha harorati Navoiy shahrida -1,0
0
. Samarqand shahrida -0,2
0
ni tashkil qiladi.
Iyul oyining o‘rtacha harorati+27, +28
0
bo‘lib, eng issiq kunlari harorat +44, +45
0
ga qadar
ko‘tariladi. Demak yillik harorat amplitudasi Samarqand viloyatida 28-30
0
ni tashkil qiladi.
1-grafik
Samarqand viloyatida 2014-2024-yillar davomida o‘rtacha havo harorati.
0
C
Grafik:Samarqand gidrometeorologiya markazi ma’lumoti asosida mualiflar tomonidan
tayorlandi.
Samarqand viloyati iqlimi, asosan, o‘rtacha kengliklar hamda tropik havo massalari ta’sirda
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
57
shakllanadi. Qish oylari hudud to‘liq o‘rtacha kengliklar mo‘tadil havo massasi ta’sirida bo‘ladi.
Shu oylari shimoldan va sharqdan arktika sovuq havosi ham bostirib kirib keladi. Shunday hollarda
havo harorati keskin pasayib bir necha kunlar havo sovib ketadi. Qish oylari ba’zan janubdan tropik
iliq havo ham bostirib kiradi. Shunday vaqtlarda havo isib harorat +10 + 12
0
gacha ko‘tariladi. Yoz
oylari Samarqand viloyati hududi to‘liq tropik havo massasi ta’sirida bo‘ladi. Issiq quruq tropik
havosi shakllangach, shimoldan kirib keladigan o‘rtacha kenglik havolari ham tez isib tropik havosi
ta’sirida o‘zgaradi. Havo namligi pasayib ketadi. Bahor va kuz oylari Samarqand viloyati hududi
ikkita havo massalari o‘rtasidagi front chizi g‘I ta’sirida bo‘ladi. Shimolda o‘rtacha kengliklar havo
massasi, janubda tropik havo massasi bir-biri tomon siljib turadi. Ana shu ikki xil havo
massalarining to‘qnashib turganligi tufayli havo tez o‘zgaruvchan bo‘ladi, bulutli kunlar ko‘payadi,
yog‘inlar yo g‘adi.
Samarqand viloyatida 2014-2024-yillar davomida o‘rtacha yog‘ingarchilik miqdori. mm
2-grafik
Grafik:Samarqand gidrometeorologiya markazi malumoti asosida mualiflar tomonidan tayorlandi.
Samarqand viloyati iqlimining shakllanishida relyefining ta’siri katta. Samarqand viloyati
hududining shimol va janub tomonlari to g‘lari bilan o‘ralganligi va g‘arb tomondan Qizilqum
cho‘liga ochiqligi va balandligining sharqqa tomon ko‘tarilib borishi iqlimga katta ta’sir ko‘rsatadi.
G‘arb tomonda joylashgan Qizilqum cho‘li yoz oylari juda qizib ketadi va issiq qizigan havo o‘rta
Zarafshonning g‘arbiy qismlariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shu tufayli Navoiy shahrida iyul oyining
o‘rtacha harorati +28,3
0
ni, shu oyda hududning sharqida joylashgan Urgut shahrida o‘rtacha harorat
+24,4
0
ni tashkil qiladi. Ko‘rinib turibdiki, eng issiq oyda ikkita nuqtada haroratlar farqi 4
0
ga
yetadi.
Xuddi shuningdek, Samarqand viloyatining g‘arb tomondan ochiqligi qish oylarida ham
sovuq havo oqimining kirib kelishiga sharoit yaratadi. Shu sababli ham Navoiy shahrida yanvar
oyining o‘rtacha harorati -1,0
0
, Samarqand shahrida -0,2
0
, ya’ni farq 0,8
0
ni tashkil qiladi.
Samarqand viloyatida yo g‘in miqdori ham g‘arbdan sharqqa tomon ko‘payib boradi.
Hududning g‘arbiy qismida joylashgan Navoiy shahriga bir yilda 177 mm yo g‘in yo g‘adi,
hududning sharqiy qismida joylashgan 485 mm yo g‘in tushadi. Demak, hududning sharqiy qismiga
g‘arbiy qismiga nisbatan 2,5 barobar ko‘p yo g‘in yo g‘adi. Buning sababi, g‘arbdan sharqqa tomon
borgan sari balandlik o‘zgaradi, to g‘lar balanligi oshadi, natijada yuqoriga ko‘tarilib borayotgan
havo oqimi ko‘proq yo g‘in beradi.
Inson xo‘jalik faoliyati ham mahalliy iqlim elementlariga ta’sir ko‘rsatadi. Zarafshon,
Kattaqo‘rg‘on, Karmana vohalari atrofidagi o‘zlashtirilmagan cho‘l va chalacho‘l ladshaftlariga
nisbatan havo harorati, havo namligi bilan farq qiladi. Kuzatish va o‘lchash ishlar natijalari
bo‘yicha vohalar ustidagi havo harorati atrofdagi cho‘llarga nisbatan 3-4
0
pastligi havo namligi esa
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
58
biroz ko‘pligi qayd qilingan.
Samarqand viloyatini o‘rab turgan tog‘ tizmalari ham hudud iqlimining shakllanishida katta
rol o‘ynaydi. To g‘larda yuqoriga ko‘tarilgan sari havo harorati pasayadi, namlik va yo g‘in miqdori
oshadi. Shu tufayli ham to g‘larning 1400-1500 metrdan yuqori qismlarida quruq dasht landshaftlari
shakllangan, undan yuqori qismlarda esa to g‘ buta va daraxtzorlari hosil bo‘lgan.
Tog‘lar shimol tomondan va janub tomondan keladigan havo oqimlariga to‘siq vazifasini
bajaradi. Keladigan havo oqimlari to g‘lardan oshib o‘tishida tog‘ yonbag‘irlarida tumanlar, bulutlar
hosil qiladi, yo g‘in miqdorini ko‘paytiradi. Tog‘lar o‘rtasida botiqlar va soyliklar havo oqimlari
shiddat bilan o‘tadigan yo‘laklar hisoblanadi. Shu tufayli ham Sanzor vodiysidan Samarqand vohasi
tomonidan esib turadigan kuchli shamollar tez-tez takrorlanadi. Bu shamolni esishining sababi
yilning salqin oylarida shimoldan kelgan havo oqimlari dastlab Mirzacho‘l hududini egallaydi. Shu
paytlari nisbatan janubda joylashgan Zarafshon vodiysi issiqroq bo‘ladi. Mirzacho‘lni egallagan
sovuq havoning bosimi kattaroq bo‘lib, bu havo shiddat bilan janubga harakat qiladi va Nurota to
g‘lariga uriladi. Havo tez o‘tadigan pastliklar orqali harakatlanadi. Ana shu havo oqimiga asosiy
yo‘lak Sangzor vodiysi hisoblanadi.
Vodiy orqali shiddat bilan harakatlanadigan havo kuchli shamolni hosil qiladi va bu shamol
Bulung‘ur tumanida mahalliy xalq tomonidan “Ilono‘ti” deb nom olgan. Ilono‘ti deb atalishining
sababi, bahorda va qishda kuchli quruq shamol ekinlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, yerlarni tez quritib
qotiradi, kuzda yerlarni tez muzlatadi, qishda qorlarni uchirib ketadi va havoning yanada sovub
ketishiga sababchi bo‘ladi. Ana shu jihatlar uchun mahalliy xalq bu shamolni “Ilono‘ti” deb
atashadi. Shunga o‘xshash, lekin kuchsiz namoyon bo‘ladigan shamollar Jom cho‘lida, Qarnab
cho‘lida, Zarafshon vodiysining g‘arbiy qismlarida ba’zi dovonlarida ham kuzatiladi. Havo bosimi
yil davomida havo haroratiga bo g‘liq holda o‘zgarib turadi. Nisbatan past havo bosimi eng issiq
oylarga to‘g‘ri keladi (iyun, iyul, avgust). Bu oylari Navoiy shahrida 967.9 mb, 965.3 mb, 967.8
mbni tashkil qiladi. Qish oylari esa (dekabr, yanvar, fevral) shularga shamolda 981.9, 981.5, 980.5
mbni tashkil qiladi.
1-rasm
Samarqand viloyati relyefi karta- sxemasi
Xulasa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, Samarqand viloyatining iqlimi murakkab va o‘ziga
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
59
xos bo‘lib, uning shakllanishida geografik joylashuv, relyef, havo massalari va inson faoliyati
asosiy omillar sifatida namoyon bo‘ladi. Viloyatning g‘arbiy va sharqiy qismlari o‘rtasida havo
harorati va yog‘in miqdorida sezilarli farqlar mavjud. Cho‘l hududlari va tog‘ tizmalari orasidagi
tafovutlar esa iqlimiy zonalarning turlicha rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Bahor va qish mavsumlarida
esadigan kuchli shamollar, xususan “Ilono‘ti”, qishloq xo‘jaligi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, iqlim sharoitlari bilan hisoblashgan holda ishlab chiqarish va
tabiatdan foydalanish samaradorligini oshirish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Балашева Б. Н, Житомирская О. М. идр. Климатические о писания Зарафшанского
района. Гидрометеоиздат, 1963.
2.
Бутов П.И. К вопросу о водоснабжения города Самарканда. Геология. Изд. ВГРД. M-
L.1932.
3.
Касимов С.М. Лессовные породи Самаркандской впадания. "Фан", -Ташкент, 1970.
4.
Samarqand " Gidrogeologiya stansiyasining " hisobotlari. 2014-2024 yillar.
5.
Xaydarov Q, Bobonorov T, Jahongirov Sh. Samarqand tabiati, -Samarqand, 1996, 105-b.
6.
Samarqand viloyati Gidrogeologiya stansiyasi hisobotlari. 2007-2020yy.
