RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
60
DEGRADATSIYALANGAN YAYLOVLARNI BARQAROR TIKLASHDA
FITOMELIORATSIYA: NUROTA TOGʻ OLDI HOLATI MISOLIDA
Abdurashidova Saida Tolliboy qizi
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti magistranti
abdurashidovasaida17@gmail.com
Annotatsiya.
Mazkur maqolada Nurota togʻ oldi hududidagi yaylovlarning hozirgi
geoekologik holati o‘rganilib, ularni barqaror tiklashda fitomelioratsiya usullarining
samaradorligi yoritiladi. Degradatsiyalangan yaylovlarni tabiiy tiklash jarayonida fitomeliorativ
tadbirlarning qo‘llanilishi, hududdagi ekologik muvozanatni saqlashdagi o‘rni ilmiy asosda ko‘rib
chiqilgan. Ilmiy targ‘ibot ishlarida yaylovlar ekologik holatini yaxshilash uchun suniiy
agrofitosenozlar barpo etish muhim axamiyatga ega ekanligi va yaylov hosildorligini 2-2,5% ga
oshirishga erishish ko‘rsatib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
Nurota, fitomelioratsiya, oʻsimliklar, tuproq degradatsiyasi, tuproq erroziyasi,
agrofitosenoz, hosildorlik.
O‘zbekistonning markaziy va janubiy hududlarida joylashgan chalacho‘l yaylovlari, xususan,
Nurota tog‘ oldi mintaqasi, oxirgi yillarda tabiiy degradatsiyaga uchrab, geoekologik
muvozanatning buzilishiga olib kelmoqda. Iqlim o‘zgarishi, antropogen omillar, noto‘g‘ri yaylovlar
boshqaruvi va ortiqcha chorva bosimi tufayli bu hududlarda biologik xilma-xillik kamayib
bormoqda, tuproq unumdorligi pasaymoqda va o‘simlik qoplami siyraklashmoqda.
Mazkur maqolada fitomelioratsiya — ya’ni o‘simliklardan foydalangan holda ekologik tiklash
— chorasi asosida Nurota tog‘ oldi chalacho‘l hududlarining geoekologik holatini yaxshilash
imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.Ushbu hududda o‘simlik va hayvonot dunyosi katta xilma-xillikka
ega bo‘lib, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik faoliyati uchun muhim resurslarni taqdim etadi. Biroq,
so‘nggi yillarda yerning yuqori bosimi, noto‘g‘ri foydalanish, iqlim o‘zgarishlari va tabiiy
resurslarning kamayishi natijasida degradatsiya jarayonlari tobora kuchayib bormoqda. Afsuski,
oxirgi yillarda bu hududlarda noto‘g‘ri yaylovdan foydalanish, chorva bosimining oshishi, iqlim
o‘zgarishi va inson faoliyati natijasida yaylovlar sifati keskin pasaygan. Bunday holatlarning oldini
olish va mavjud yer resurslarini tiklash bugungi kunda dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.
Yaylovlarning degradatsiyaga uchrashi faqat tuproq unumdorligining pasayishi bilan emas, balki
butun ekologik tizimlarning buzilishi, o‘simlik qoplamining kamayishi va biologik xilma-xillikning
yo‘qolishi bilan kechadi. Shu bois, bu muammoga tizimli yondashish va barqaror yechimlar ishlab
chiqish lozim. Fitomelioratsiya – ya’ni o‘simliklar yordamida yerlarning holatini yaxshilash –
ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim vosita sifatida qaralmoqda.
Fitomelioratsiya tuproqni degradatsiyadan asrash, bioxilma-xillikni tiklash va ekologik
tizimni barqarorlashtirishda keng qo‘llaniladigan agroekologik yondashuvdir. Nurota togʻ oldi
hududida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, fitomelioratsiya orqali yaylovlarning
sifatini tiklash mumkin.Tadqiqot ob’ekti sifatida Nurota togʻ oldi hududidagi fitomelioratsion
tadbirlar sifatida quyidagilar qo‘llanildi:Mahalliy va moslashgan o‘simlik turlarini tanlash
(saksovul, biyurgun, efemerlar),to‘g‘ri ekish sxemasi va chuqurligini e’tiborga olish,gektariga 2-3
marta sug‘orish (boshlang‘ich bosqichda) va chorva harakatini nazorat ostiga olish. Hududdan 4 ta
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
61
degradatsiyalangan yaylov maydonini tanlab olish. Bunda tadqiqot usullari orasida: geobotanik
monitoring, tuproq namunalari tahlili, GPS xaritalash va statistik tahlillar usullaridan foydalanish
mumkun .Fitomeliorativ tadbirlarda quyidagi o‘simlik turlarining samarasi o‘rganiladi:
Artemisia
diffusa
(bo‘zachka),
Atriplex canescens
(shuvoq)va
Salsola arbuscula
(qirgi).Ushbu o‘simliklar
yarim cho‘l zonasining ekologik sharoitiga moslashgan, tuproqni eroziyadan asraydi va yem-xashak
sifatida ahamiyatli hisoblanadi. Urug‘ sepish, ko‘chat o‘tkazish, suv tejamkor texnologiyalar
asosida joylashtirish natijasida 3 yil ichida:Tuproq strukturasining yaxshilanishi,yashil massa
miqdorining 25–30% ga oshishi,yem-xashak zaxiralarining tiklanishi va invaziv o‘simliklar
kamayishi kuzatiladi. Nurota tog‘ oldi yaylovlari ekologik holatini yaxshilashda buta,yarim buta va
o‘tchil o‘simliklardan iborat butun agrofitosenozlar tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
Agrofitosenozlar
yaratishda
saksovul,cherkez,izen,teresken,kammforosma,shuvoq
kabi
istiqbolli buta o‘simliklaridan foydalanib yaratilgan agrofitosenozlarni yashovchanligi,hosildorlikni
oshirish
bilan
yaylovlar
ekologik
holatini
yaratishda
saksovul,cherkez,izen,teresken,
kammforosma,shuvoq kabi istiqbolli buta o‘simliklaridan foydalanib yaratilgan agrofitosenozlarni
yashovchanligi,hosildorlikni oshirish bilan yaylovlar ekologik holatini barqarorlashishiga sabab
bo‘ladi. Yaratilgan suniiy irrigatsiyalar hosildorlikni 15-18 S ga oshirishga erishib,yaylov
chorvachiligini 18-20 yilgacha butkul kengaytiradi.Fitomelioratsion tadbirlari natijalari o`laroq 2
yil davomida quyidagi natijalarga erishish mumkun.O‘simlik qoplami zichligi 18% ga
oshadi,tuproq unumdorligi (gumus miqdori) 0.2% ga yaxshilanadi,eroziya darajasi 25% ga kamaydi
va biodiversitet qayta tiklana boshlaydi.(10 dan ortiq yangi o‘simlik turi paydo bo‘ldi). Bundan
tashqari, mahalliy aholi bilan hamkorlikda yaylovlarni navbat bilan ishlatish, vaqtincha to‘sib
qo‘yish orqali tabiiy tiklanishga sharoit yaratiladi. O‘simliklarning tuproqni mustahkamlashdagi
ro‘lini, shuningdek,yerdagi namlikni saqlashga yordam berishini ko‘rsatadi. Shuningdek, yaylovlar
atrofida aholi tomonidan amalga oshiriladigan chorvachilik faoliyatining tartibga solinishi,
jamoalarni jalb etish orqali resurslarga mas’uliyatli munosabat shakllantiriladi. Bu uzoq muddatli
barqarorlikka xizmat qiladi.
Xulosa
Fitomelioratsiya — ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan muhim strategiya bo‘lib,
Nurota togʻ oldi kabi qurg‘oqchil hududlarda degradatsiyaga uchragan yaylovlarni tiklashda
samarali yechim hisoblanadi. Fitomelioratsiya orqali yaylov holatini yaxshilash real va barqaror
yechim hisoblanadi.bundan tashqari, mahalliy iqlim sharoitiga mos o‘simlik turlarini tanlash muhim
ahamiyatga ega.Hamda mahalliy jamoalarni bu jarayonga jalb qilish natijadorlikni oshiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abdukarimov I., Turaev B. (2016). Ekologik barqarorlik asoslari. Toshkent:
Universitet.135-bet.
2.
Karimov A.A. Fitomelioratsiya asoslari. – Toshkent: Fan, 2018.85-bet.
3.
Norqulov D.J. Yaylov ekologiyasi va degradatsiya muammolari. – Samarqand:
Zarafshon, 2020.58-bet.
4.
Norqulov Sh. (2018). Chalacho‘l zonalarining ekologik monitoringi. Samarqand:
SamDU nashriyoti.35-bet.
5.
Rasulov M.R. O‘zbekiston yaylov resurslari: holati va boshqaruv muammolari. –
Toshkent: Ekosan, 2021.49-bet.
6.
Rakhmatullaev M. (2019). Geoekologik tadqiqot metodlari.174-bet.
