Authors

  • Gulmira Barotova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.125128

Keywords:

Urbanistik tarkib hududiy xususiyat iqtisodiy-geografik omil geografik joylashuv shaharlashuv jarayoni.

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasidagi urbanistik tarkibning shakllanishi, uning hududiy xususiyatlari, iqtisodiy-geografik omillari va rivojlanish yo‘nalishlari tahlil qilingan. Shaharlarning rivojlanishida geografik joylashuv, tabiiy resurslar, transport infratuzilmasi, iqtisodiy salohiyat kabi omillari berilgan.

background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

65

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XUDUDIY URBANISTIK TARKIBINI SHAKLLANISHI

VA RIVOJLANISHINING IQTISODIY GEOGRAFIK TAHLILI

Barotova Gulmira Bahri qizi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti doktoranti

Email:

gbarotova602@gmail.com

Annotatsiya.

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasidagi urbanistik tarkibning

shakllanishi, uning hududiy xususiyatlari, iqtisodiy-geografik omillari va rivojlanish yo‘nalishlari
tahlil qilingan. Shaharlarning rivojlanishida geografik joylashuv, tabiiy resurslar, transport
infratuzilmasi, iqtisodiy salohiyat kabi omillari berilgan.

Kalit so‘zlar.

Urbanistik tarkib, hududiy xususiyat, iqtisodiy-geografik omil, geografik

joylashuv, shaharlashuv jarayoni.

Kirish.

Urbanizatsiya zamonaviy jamiyat taraqqiyotining asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir.

Shaharlarning mamlakat yoki muayyan hudud ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati,
rivojlanish istiqbollari ko‘p jihatdan ularning funksiyalariga bog‘liq bo‘lganligi bois, geourbanistik
tadqiqotlarda shahar manzilgohlarining funksional tipologiyasini ishlab chiqishga alohida e’tibor
beriladi. Ixtisoslashuvi hamda boshqa aholi punktlari uchun bajaradigan vazifasi orqali ro‘yobga
chiqadigan shahar funksiyalari aholi manzilgohining kattaligi, geografik o‘rni, ijtimoiy-iqtisodiy
qudrati va ma’muriy maqomiga bog‘liq holda ma’lum hudud uchun ahamiyati bilan ifodalanadi.
Shahar funksiyasini sanoat korxonalari, bank-moliya, turizm, transport xizmati va boshqa xizmat
ko‘rsatish muassasalari, ma’muriy boshqaruv idoralari kabi obyektlar belgilaydi.

Asosiy qism.

O‘zbekiston Respublikasida ham bu jarayon o‘ziga xos tarixiy, iqtisodiy va

geografik omillar bilan shakllangan bo‘lib, bugungi kunda mamlakat hududlarida turlicha darajada
namoyon bo‘lmoqda [1]. Xorij geografiyasida shaharlar funksional tipologiyasini Ch.D.Xarris,
G.Nelson, O.A.Konstantinov, Yu.G.Saushkin, G.M.Lappo, B.S.Xorev, Ye.N.Persik va boshqa
olimlarning ishlarida uchratish mumkin. Masalan, amerikalik geograf, shaharshunos Chonsi Xarris
shaharlarni funksiyasiga ko‘ra ishlab chiqarish, transport, ta’lim, turizm shaharlari va boshqa
sohalarga ixtisoslashgan to‘qqizta asosiy toifaga ajratgan bo‘lsa, rus olimi B.S. Xorev ko‘p
funksiyali shaharlar – respublika va viloyat markazlari, yirik sanoat shaharlari, muhim ahamiyatga
ega bo‘lgan transport markazlari, sog‘liqni saqlash sohalari ustunlik qiladigan shaharlar kabi
sakkizta funksional tipga bo‘lgan [2]. N.I.Baranskiy shaharlar tipologiyasini yuqori baholaydi,
ammo shaharlarning kelib chiqish davrini bildiradi, kelgusida esa ularning funksional va
monofunksional tipologiyasini ko‘rsatmaydi, deydi. Shahar funksiyalari ortib borishi bilan shaharlar
yirik tiplarga bo‘linadi. Shahar funksiyalari asosida shahar tashkil etuvchi tarmoqlar guruhlari
ajralib turadi. Umuman shaharlar funksiyasi 2 turga bo‘linadi: shahar hosil qiluvchi va shahar
xizmat qiluvchi funksiyalardir. Ularning orasidagi chegaralar shartli bo‘lib, asosan sanoat, transport,
rekreatsiya, fan, ta’lim, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish tarmoqlariga asos bo‘luvchi tarmoq
hisoblanadi.

Agar faqat shahar aholisi uchun xizmat qiluvchi tarmoq bo‘lsa, u xizmat qiluvchi hisoblanadi.

Agar u tarmoq shahar tashqarisidan kelganlar hisobidan rivojlanib borib, xizmat ko‘rsatuvchi shahar
hosil qiluvchi tarmoqqa aylanishi mumkin. Bunday tarmoqlar orqali shaharning tipologiyasi


background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

66

shakllanadi. Ular ko‘p funksiyali siyosiy-ma’muriy markazlar, poytaxt shaharlar, ko‘p funksiyali
shaharlar – viloyat markazlari, ko‘p tarmoqli yirik sanoat markazlari, asosan bir yoki ikki sanoat
tarmog‘iga ixtisoslashgan shaharlar, transport markazlari, agroindustrial shaharlar, tuman
markazlari, rekreatsiya shaharlar, ilm-fan markazlari, universitet shaharlar va h.k shular
jumlasidandir.

Shaharlar katta-kichikligiga, ularning tutgan o‘rniga qarab ham tiplarga bo‘linadi, bu holda

shaharlarning funksional klassifikatsiyasi mavjud bo‘ladi [4]. O‘zbekistonda geourbanistika
sohasida olib borilgan ilmiy izlanishlarda shahar manzilgohlarining funksional tipologiyasi
O.B.Ata-Mirzayev, A.S.Soliyev, M.M.Egamberdiyeva va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan
[2]. Jumladan, O.B. Ata-Mirzayev tomonidan ishlab chiqilgan tasnif asosida O‘zbekiston shaharlari
asosan ko‘p funksiyali shaharlar va sanoat markazlari kabi yirik toifalarga ajratilgan bo‘lib, bu
guruhlar o‘z navbatida bir nechta kichik funksional guruhlarga bo‘linadi. Shuningdek, har xil
darajadagi ma’muriy vazifalarni bajaruvchi shaharlar ham alohida toifalar sifatida ajratib
ko‘rsatilgan.

O‘zbekistonda shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, rivojlanishi va madaniy-manaviy

taraqqiyotni o‘zida aks etiruvchi bir qator nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari yoqlangan bo‘lib,
ularda shaharlarning paydo bo‘lishi va taraqqiyot jarayonlari kabi masalalar ilmiy jihatdan tahlil
etilgan. N.U.Tulyaganovaning tadqiqotida O‘zbekiston shaharlarining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli,
shaharlarda sanoat korxonalarning tashkil topishi uning urbanizatsiya holati, shaharlarning iqtisodiy
hamkorligi hamda Sobiq Ittifoqda mavjud bo‘lgan 180 ta shaharning o‘zaro iqtisodiy hamkorlik
to‘g‘risida to‘liq ilmiy tahlillar berilgan. Shuningdek, ushbu ishda O‘zbekiston shaharlarining
xorijiy mamlakatlar va ularning shaharlari bilan iqtisodiy aloqalari, buning shahar manaviy-
madaniy hayotidagi o‘rni ilmiy jihatdan asoslangan [12].

O‘zbekiston urbanistik tarkibining shakllanishiga tarixiy sharoitlar (Buyuk Ipak yo‘li,

sug‘oriladigan yerlar mavjudligi), iqtisodiy siyosat (sanoatlashtirish, qishloq xo‘jaligi) va
demografik omillar ta’sir ko‘rsatgan. O‘zbekistonda urbanistik tizim shakllanishi uch asosiy
bosqichda kechgan: 1) Sovet davri urbanizatsiyasi (1920–1991 yy.) – sanoat shaharlarining rivoji;
2) Mustaqillikdan keyingi bosqich (1991–2020 yy.) – ijtimoiy-iqtisodiy transformatsiyalar; 3)
Yangi O‘zbekiston davri (2021 yildan hozirgacha) – raqamli infratuzilma va barqaror rivojlanishga
asoslangan [5]. Sovet davrida urbanizatsiya 1920–1991-yillarda sanoat markazlari vujudga kelishi
va yangi shaharlarning paydo bo‘lishi urbanistik tarmoqni kengaytirdi. Bunda Toshkent, Farg‘ona
vodiysi, Navoiy, Angren, Olmaliq, Chirchiq va boshqa shaharlar asosiy sanoat markazlariga aylandi
[7].

Mustaqillikdan keyingi davr (1991-yildan hozirgi kungacha) yangi shaharlar tashkil etildi,

qishloqlar urbanistik makonga qo‘shildi. “Yangi O‘zbekiston” tashabbuslari asosida viloyat
markazlari modernizatsiya qilinmoqda [5]. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, shaharlarning
shakllanishi va rivojlanishida geografik joylashuv, tabiiy sharoitlar, foydali qazilmalar hamda
ularning hududiy kombinatsiyasi, transport infratuzilmasi kabi omillar muhim rol o‘ynaydi. Shu
bilan birga, ushbu omillar shaharning funksional tuzilmasini belgilashda ham muhim ahamiyat kasb
etadi.

Yurtimizdagi ko‘plab qadimiy shaharlar dastlab harbiy istehkom sifatida yoki daryo, soy

bo‘ylarida, qadimgi savdo yo‘llari ustida savdo markazlari tarzida vujudga kelgan. Keyinchalik esa,
undiruvchi sanoatning rivojlanishi bilan birga konchilikka ixtisoslashgan shaharlar shakllana
boshlagan. Shu bilan birga, mamlakat iqtisodiyotida agrar sohaning yetakchi o‘rin egallashi


background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

67

natijasida, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat korxonalari atrofida ham yangi
shahar va shaharchalar paydo bo‘lgan va rivoj topgan. Shaharlarga ma’muriy maqom berilishi yoki
bozor iqtisodiyoti sharoitida erkin iqtisodiy zonalar, kichik sanoat hududlari, sanoat klasterlarining
tashkil etilishi natijasida, ba’zi shaharlar o‘zining sanoat jozibasi va qudratining oshishi kabi bir
qator omillar ta’sirida o‘z funksional turini o‘zgartirishi mumkin. Masalan, so‘nggi o‘n yilliklarda
og‘ir sanoat, kimyo va mashinasozlik sohalaridagi yirik korxonalarning ishga tushirilishi shaharlar
ixtisoslashuvida sezilarli o‘zgarishlarga olib kelgan. Shuningdek, tabiiy rekreatsion resurslarga boy
hududlarda joylashgan, tabiat bag‘rida dam olishni istaganlarni jalb etadigan “kurort” shaharlar va
shaharchalar ham shakllana boshladi. O‘zbekiston shaharlarini funksional tiplarga ajratishda ushbu
omillarni inobatga olish muhim ahamiyatga ega.

Shuni ta’kidlash joizki, ilgari shahar manzilgohlarini funksional guruhlarga ajratishda aholi

bandligi tarkibi asosiy mezon sifatida ko‘rilgan bo‘lsa, bugungi kunda shahar va shaharchalarning
o‘z atrofidagi hududlarga ko‘rsatadigan ijtimoiy-iqtisodiy ta’siri asosiy aniqlovchi omilga aylangan.
Bunday yondashuv bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik shakllarining xilma-xillashuvi, ishlab
chiqarish jarayonlarining modernizatsiyasi va diversifikatsiyasi, kichik hamda o‘rta biznesning
jadallik bilan rivojlanishi, aholi bandligining tuzilmasi va mobilligidagi keskin o‘zgarishlar, xizmat
ko‘rsatish sohasining ahamiyati ortib borayotganligi, shuningdek, statistik ma’lumotlarning aholi
punktlari darajasida yetarli darajada yuritilmayotgani bilan izohlanadi. Shu bilan birga, so‘nggi
yillarda mamlakatimizda yangi shaharchalarning tashkil topishi hamda mavjud shahar va
shaharchalarning funksional vazifalarida yuz bergan o‘zgarishlar O‘zbekiston shaharlarining
funksional tipologiyasini qayta ko‘rib chiqish zaruratini yuzaga keltirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasida urbanizatsiya jarayonlari jadallashib borayotgan bo‘lsa-da,

shahar va shaharchalarning funksional tiplarga ajratilishi bo‘yicha yagona, zamonaviy mezonlar
tizimi mavjud emas. Aholining bandlik tarkibi asosidagi eski yondashuvlar hozirgi iqtisodiy sharoit
va ijtimoiy reallikni to‘liq aks ettirmaydi. Natijada, ayrim shaharlarning iqtisodiy salohiyati,
mintaqaviy ahamiyati va funksional vazifalari to‘g‘ri baholanmayapti. Bundan tashqari, statistik
ma’lumotlarning yetishmasligi, yangi tashkil etilgan shaharchalar funksiyalarining aniq belgilab
berilmaganligi va mavjud shaharlarning ixtisoslashuvidagi o‘zgarishlar tizimli ravishda hisobga
olinmayapti. Shaharlarni rivojlantirishdagi samarali strategiyalar, resurslarni optimallashtirish va
hamkorlikni talab qiladi.

Xulosa.

O‘zbekiston Respublikasida urbanistik tarkib iqtisodiy-geografik omillarning

murakkab uyg‘unligi natijasida shakllangan. Geourbanistika sohasida shahar manzilgohlarini
funksional tiplarga ajratish masalasi dolzarb ilmiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ushbu muammo
nafaqat xorijiy mamlakatlarda, balki O‘zbekiston hududida ham ko‘plab olimlar tomonidan chuqur
o‘rganilgan. Mamlakatimiz shaharlarini funksional guruhlarga ajratishda ilgari to‘plangan
tajribalarni tahlil qilish bilan bir qatorda, zamonaviy sharoitda shaharlarning bajaradigan vazifasini
aniqlashda asosiy mezon sifatida ilgari uzoq vaqt davomida qo‘llanib kelingan aholi bandligi
tarkibidan ko‘ra, ularning son jihatdan kattaligi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, shuningdek,
muayyan hudud, mintaqa yoki butun mamlakat miqyosida tutgan o‘rni va ahamiyatini e’tiborga
olish zarurdir. Shu bilan birga, shaharlarning funksional yo‘nalishini shakllantirishda ularning
ma’muriy maqomi ham muhim rol o‘ynaydi. Urbanizatsiya jarayonini samarali boshqarish uchun
mintaqaviy strategiyalar ishlab chiqilishi, shaharlararo iqtisodiy integratsiyani kuchaytirish va
barqarorlik tamoyillariga asoslanish zarur.


background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

68

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Axmedov, T.S. Ichki migratsiya va urbanizatsiya jarayonlari. Geografiya va tabiiy resurslar

jurnali. 2020 y.

2. Arabov, N., Nasimov, D., Abduramanov, X., Utemuratova, G., & Lutfullo, I. (2024).

Addressing the economic impacts of climate change in Uzbekistan: Challenges and strategies.
In

E3S Web of Conferences

(Vol. 542, p. 04006). EDP Sciences.

3. Барқарор урбанизация концепцияси. Программа развития ООН.2 023.
Ibragimov, L. Z. (2016). State policy in supporting an employment of population in

Uzbekistan.

Lucrările Seminarului Geografic" Dimitrie Cantemir"

,

41

, 105-110.

4. Bekzod MUSAYEV, Olimjon SHERXOLOV.

Forecast of the network and composition of

cities in Mirzachul economic region

. Journal of Geography and Natural Resources 3 (06), 132-145,

2023.

5. Ibragimov, L. Z., & Davranova, M. A.

The influence of demographic factors to labor

market in Samarkand region. Международного научно-исследовательского конкурса.
Петрозаводск, 2019

.

6. Ibragimov, L. Z., Akbarov, A. N., & Ubaydullayev, D. K. (2021). Theoretical issues of

employment of population and its geographical study.

Экономика и социум

, (1-1 (80)), 76-83.

7. Ibragimov, L., Ubaydullayev, D., & Musayev, B. (2021). Recreational assessment of

natural

landscapes

of

Jizakh

region.

ASIAN

JOURNAL

OF

MULTIDIMENSIONAL

RESEARCH

,

10

(4), 212-217.

8. Ибрагимов, Л. З., Мусаев, Б. М., & Убайдуллаев, Д. К. Ў. (2021). Жиззaх вилoятида

туризмни ривожлантириш имкониятлари ва истиқболлари.

Science and Education

,

2

(3), 429-

435.

9. Ibragimov, L., Sherxolov, O., Musayev, B., Boboyev, S., Sobirova, M., & Boratova, G.

(2024). Industrial development and assessment of its impact in Samarkand region-a GIS mapping-
based study. In

E3S Web of Conferences

(Vol. 590, p. 06002). EDP Sciences.

10. Ismatov, J.A. O‘zbekiston monoshaharlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining omillari,

muamolari va istiqbollari.dess.geogr.fan.nomz.aftorefarat. Nukus. 2023. —148b.

11. MUSAYEV, B., & SHERXOLOV, O. (2024). Mirzacho ‘l iqtisodiy rayoni shaharlari

aholi soni dinamikasi va tarkibining hududiy xususiyatlari.

News of the NUUz

,

3

(3.1), 267-271.

12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. Yangi O‘zbekiston” strategiyasi bo‘yicha farmonlar

to‘plami. 2021–2024

13. Rasulov, B.R. O‘zbekiston geourbanistikasi asoslari. Toshkent: Fan nashriyoti. 2015.
14. Smart City: Toshkent va Samarqand tajribasi. Toshkent: Innovatsion rivojlanish vazirligi.

2024.

15. VVL, A. P., Suhail, M., Lutfullo, I., & Shodiyor, B. (2024). A Comparative Study of

Three Supervised Algorithms for Mixed Crop Classification. In

E3S Web of Conferences

(Vol. 590,

p. 01004). EDP Sciences.

16. Ziyadullayevich, I. L., & Qizi, U. D. F. (2021). Some issues of studying the impact of

demographic factor on employment and labor market.

European Scholar Journal

,

2

(7), 47-50.

17. Зокиров С.С. Ўзбекистонда урбанизация жарёнларини тартибга солиш тизимини

такомиллаштириш (монография). Т. Тафаккур нашриёти, 2020. - 368 б.

References

Axmedov, T.S. Ichki migratsiya va urbanizatsiya jarayonlari. Geografiya va tabiiy resurslar

jurnali. 2020 y.

Arabov, N., Nasimov, D., Abduramanov, X., Utemuratova, G., & Lutfullo, I. (2024).

Addressing the economic impacts of climate change in Uzbekistan: Challenges and strategies.

In E3S Web of Conferences (Vol. 542, p. 04006). EDP Sciences.

Барқарор урбанизация концепцияси. Программа развития ООН.2 023.

Ibragimov, L. Z. (2016). State policy in supporting an employment of population in

Uzbekistan. Lucrările Seminarului Geografic" Dimitrie Cantemir", 41, 105-110.

Bekzod MUSAYEV, Olimjon SHERXOLOV. Forecast of the network and composition of

cities in Mirzachul economic region. Journal of Geography and Natural Resources 3 (06), 132-145,

Ibragimov, L. Z., & Davranova, M. A. The influence of demographic factors to labor

market in Samarkand region. Международного научно-исследовательского конкурса.

Петрозаводск, 2019.

Ibragimov, L. Z., Akbarov, A. N., & Ubaydullayev, D. K. (2021). Theoretical issues of

employment of population and its geographical study. Экономика и социум, (1-1 (80)), 76-83.

Ibragimov, L., Ubaydullayev, D., & Musayev, B. (2021). Recreational assessment of

natural landscapes of Jizakh region. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL

RESEARCH, 10(4), 212-217.

Ибрагимов, Л. З., Мусаев, Б. М., & Убайдуллаев, Д. К. Ў. (2021). Жиззaх вилoятида

туризмни ривожлантириш имкониятлари ва истиқболлари. Science and Education, 2(3), 429-

Ibragimov, L., Sherxolov, O., Musayev, B., Boboyev, S., Sobirova, M., & Boratova, G.

(2024). Industrial development and assessment of its impact in Samarkand region-a GIS mappingbased study. In E3S Web of Conferences (Vol. 590, p. 06002). EDP Sciences.

Ismatov, J.A. O‘zbekiston monoshaharlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining omillari,

muamolari va istiqbollari.dess.geogr.fan.nomz.aftorefarat. Nukus. 2023. —148b.

MUSAYEV, B., & SHERXOLOV, O. (2024). Mirzacho ‘l iqtisodiy rayoni shaharlari

aholi soni dinamikasi va tarkibining hududiy xususiyatlari. News of the NUUz, 3(3.1), 267-271.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. Yangi O‘zbekiston” strategiyasi bo‘yicha farmonlar

to‘plami. 2021–2024

Rasulov, B.R. O‘zbekiston geourbanistikasi asoslari. Toshkent: Fan nashriyoti. 2015.

Smart City: Toshkent va Samarqand tajribasi. Toshkent: Innovatsion rivojlanish vazirligi.

VVL, A. P., Suhail, M., Lutfullo, I., & Shodiyor, B. (2024). A Comparative Study of

Three Supervised Algorithms for Mixed Crop Classification. In E3S Web of Conferences (Vol. 590,

p. 01004). EDP Sciences.

Ziyadullayevich, I. L., & Qizi, U. D. F. (2021). Some issues of studying the impact of

demographic factor on employment and labor market. European Scholar Journal, 2(7), 47-50.

Зокиров С.С. Ўзбекистонда урбанизация жарёнларини тартибга солиш тизимини

такомиллаштириш (монография). Т. Тафаккур нашриёти, 2020. - 368 б.