Authors

  • I.Yu Beqqulov
  • Q.Gʻ Muzzaffarov
  • A.A. Iskandarov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.125134

Keywords:

qishloq xo‘jaligi tog‘ va тоғолди текислик ekologik muammo eroziya chorva mollari yaylov antropogen ta’sir.

Abstract

maqolada landshaftlardan qishloq xoʻjalik maqsadlarida foydalanish natijasida vujudga kelgan ekologik muammolar Oʻrta Zarafshon havzasi tog‘ va togʻoldi tekisliklari misolida tahlil qilingan.

background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

72

LANDSHAFTLARDAN XOʻJALIKDA FOYDALANISHNING EKOLOGIK OQIBATLARI

Beqqulov I.Yu., Muzzaffarov Q.Gʻ., Iskandarov A.A.

Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Annotasiya

maqolada landshaftlardan qishloq xoʻjalik maqsadlarida foydalanish natijasida

vujudga kelgan ekologik muammolar Oʻrta Zarafshon havzasi tog‘ va togʻoldi tekisliklari misolida
tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

qishloq xo‘jaligi, tog‘ va

тоғолди текислик, ekologik muammo, eroziya,

chorva mollari, yaylov, antropogen ta’sir.

Oʻrta Zarafshon vohasida joylashgan togʻoldi tekisliklari bir birlari bilan hududiy

chambarchas bogʻlangan va qishloq xoʻjaligi ixtisoslashuvi boʻyicha ham bir-biriga ancha oʻxshash.
Shu sababli ham bularning ekologik vaziyatida umumiyliklar bor. Shu bilan birga, har bir
landshaftning individual tabiiy xususiyatlariga, geografik oʻrniga bogʻliq holda oʻziga xos ekologik
muammolari bor.

Gʻoʻbdin, Qorachatogʻ, Oqtogʻ va Qoratogʻ tizmalari togʻ oldi tekisliklari landshaftlarning

yer zahiralari katta. Gʻoʻbdin va Qorachatogʻ tizmalari togʻ oldi tekislik landshaftining maydoni 38
000 ga, Oqtogʻ va Qoratogʻ tizmasi togʻ oldi tekisligi landshaftining maydoni 65 000 gektar. Hozir
landshaftlarning 25 % yerlarida sugʻorma dehqonchilik olib boriladi. Landshaftlarni kesib oʻtuvchi
yirik soylarda aholi zich yashaydi va mahalliy xalq asosan uzumchilik bilan shugʻullanadi. Grunt
suvlar chuqurligi bir necha metrdan, bir necha oʻn metrgacha boʻlib tuproqlarda shoʻrlanish
deyarlik yoʻq. Kelajakda soylarga suv omborlar qurilib suvlar toʻplansa, sugʻorish uchun oʻn
minglab gektar hosildor yerlar mavjud. Yagona salbiy tabiiy jarayonlardan biri tuproqlarda suv va
qisman shamol eroziyasi rivojlanganligidir. Oqtepasoy, Toʻsinsoy, Andoqsoy, Uchqorasoy,
Tosmachisoy, Jizmonsoy, Oltinsoy, Maydonsoylardagi vohalarda aholining zichligi 1 km

2

ga 200-

300 kishi toʻgʻri keladi, soylar oʻrtasida qirlarda 1 km

2

ga 10 kishiga ham yetmaydi. Termik

resurslar kattaligi, qalin tipik boʻz tuproqlar mavjudligidan bu landshaftlarda turli xil dehqonchilik
mahsulotlarini yetishtirish imkoniyatlari katta. Landshaftlarda Respublikada mashhur boʻlgan qora
mayiz yetishtiriladi. Kelajakda soylarda suv omborlari qurilsa, togʻ oldi tekislik landshaftlarida
bogʻdorchilik, uzumchilik va polizchilikka ixtisoslashgan yirik vohalar vujudga keladi.

Keyingi yillarda sugʻoriladigan yerlarni kengaytirish uchun Oʻrta Zarafshonning togʻ oldi

tekislik hududidan Jom, Ulus choʻllari, Zirabuloq togʻlarining shimoliy yonbagʻri etaklari,
Gʻoʻbdin, Qorachatogʻ, Oqtogʻ, Qoratogʻ tizmalarining janubiy yonbagʻri etaklaridan katta-katta
maydonlari oʻzlashtirildi. Bu katta ijobiy ishlarning salbiy tomonlari ham koʻrina boshladi. Togʻ
oldi tekisliklarining oʻzlashtirilishi quyida, ya'ni terrasalarda yer osti suv sathining koʻtarilishiga,
suv sifatining yomonlashuviga, tuproqlar shoʻrlanishining kuchayishiga olib keld i[1; 16-23 b.].

Togʻ oldi tekislik landshaftlari qisman sugʻorma dehqonchilikda, asosan yaylov sifatida

foydalaniladi. Sugʻorma dehqonchilik uchun qir yonbagʻirlari haydalib turli ekinlar, shu jumladan
paxta ekilmoqda. Paxtani sugʻorish uchun har 1 ga yerga oʻrtacha 8000-10000 m/kub suv
sarflanadi. Qiyaligi 3-4

0

dan ortiq yonbagʻirlarda irrigasiya eroziyasi kuchayib, tuproqlar yuvilib

qirlar oʻrtasidagi pastqamliklarga olib tushilmoqda. Tuproq eroziyasidan tashqari tuproqlar


background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

73

tarkibidagi tuzlar yer usti va osti suvlari bilan pastqamliklarda toʻplanib, tuproq shoʻrlanishini
keltirib chiqarmoqda [2; 35-38 b.].

Togʻ oldi tekisligi landshaftlari asosan yaylov sifatida foydalaniladi. Hozir chorva mollarning

asosiy qismi qishloq aholisida boʻlib, ular qishloqlar atroflarida boqiladi. Bizning kuzatishimiz
boʻyicha qora mollar va mayda mollarning qishloqlar va molxonalardan bir kun davomida
uzoqlashib qaytib kelishi oʻrtacha 4,0-5,0 km ni tashkil etadi. Ana shu radiusda har kuni qishloqlar,
qoʻy qoʻralari atroflarida katta miqdorda mollar boqiladi. Mutaxassislar fikricha togʻ oldi yaylov
sigʻimi 1 bosh molni bir yil davomida yem-xashak bilan ta’minlash uchun 2,5 ga yaylov yetarli
hisoblanadi. Hozirgi paytda yirik qishloqlar atrofida “yaylov me’yoriga” nisbatan 5-10, hatto 40-50
baravar ortiq chorva mollari boqilmoqda. Agarda oʻrtacha kattalikdagi qishloqlarda 300 xoʻjalik
boʻlsa va har bir xoʻjalikda qoramol va mayda mollar 15 boshdan boʻlsa ham, har kuni shu qishloq
atrofida 4500 ming bosh mollar boqiladi, bu 1 ga yerga oʻrtacha 20 ta bosh mol toʻgʻri keladi
demakdir. Uzluksiz mol boqishdan qishloqlar atrofida togʻ yonbagʻirlari tabiiy oʻt qoplamidan
toʻliq yoki qisman yalongʻochlanib qolgan. Chorva mollari yurishidan hosil boʻlgan yoʻlchalar toʻri
yer yuzasini 30-60 % egallaydi [4; 42-44 b.].

Landshaftlardan dehqonchilik va chorvachilikda foydalanish natijasida roʻy berayotgan

ekologik masalalar oʻta jiddiy muammolar hisoblanadi, ular hududning iqtisodiy va ijtimoiy
muammolari bilan qoʻshilib ketadi. Zarafshon havzasi landshaftlarida hozirgi ekologik
muammolarni hal qilish ilmiy asoslangan kompleks geografik tahlilni taqoza etadi [3; 129-133 b.].

Qishloq xoʻjaligining yerlarining koʻpchiligi paxtachilikka ixtisoslashgan boʻlib,

sugʻoriladigan yerlarning 40-45 % paxtazorlar bilan band. Bunday holatda almashlab ekish
agrotexnika qoidasini bajarib boʻlmaydi. Bir joyda oʻn yillab faqat paxtaning ekilishi va mineral
oʻgʻitlar va pestisidlar kuchi bilan yaxshi hosil olish uchun urinishlar tuproqlarning umumiy sifatini,
shu jumladan, hosildorligining pasayishiga olib keladi.

Sugʻoriladigan yerlar daryo terrassalariga tutash tekisliklarda areal koʻrinishda uchraydi.

Ba’zi tekis yuzalar paxta ekishda, qir yonbagʻirlari bogʻdorchilik, uzumchilikda foydalaniladi.
Oʻtgan asrning 70-80 yillarida togʻ oldi tekisliklariga suv chiqarib, katta yerlar oʻzlashtirildi,
maxsus davlat xoʻjaliklari tashkil qilindi. Xoʻjalik yerlari qir va pastqamliklardan iborat adirda
tashkil topgan boʻlib, yonbagʻirlarga, qir tepalariga paxta ekildi. Yonbagʻirlar qiyaligi 2-3

0

dan 8-

10

0

gacha boʻlib, paxtani sugʻorishda katta qiyinchiliklar tugʻildi. Paxta bir tekis suv ichmagach

hosildorlik katta boʻlmadi, tuproq yuvilishi kuchaydi. Hozir ana shu yerlarda paxtaning oʻrniga
uzum va daraxtlar ekilmoqda, paxta tekis yuzalardagina qolgan.

Togʻ landshaftlaridagi vohalarda ekologik vaziyat asosan yirik sersuv soylarda boʻlib, togʻ

ichiga chuqur kirib boradi. Soylarning kengaygan joylarida qishloqlar bor. Terrasalar, konussimon
yoyilmalar, qiyaligi katta boʻlmagan yonbagʻirlar uylar, xususiy tomorqalar bilan band. Soylardagi
vohalarga

Qoratepa

togʻlaridagi

Omonqoʻtonsoy,

Tersaksoy,

Miranqulsoy,

Oqsoy,

Mehnatkashsoylarni, Gʻoʻbdin, Qorachatogʻ, Oqtogʻ tizmalaridagi Quruqsoy, Toʻsinsoy,
Oqtepasoy, Andoqsoy, Jizmonsoy, Maydonsoy, Oltinsoy, Sharilloqsoyni koʻrsatish mumkin. Bu
soylarning har birida joyning tabiiy sharoitiga koʻra turli kattalikdagi qishloqlar bor [5; 5-131 b.].

Biz soy tabiatiga inson ta’sirini Chaqilqalon va Qoratepa togʻlari oʻrtasida joylashgan

Omonqoʻtonsoy misolida oʻrgandik. Soyning uzunligi 15 km, havzasining maydoni 72,4 km

2

.

Omonqoʻton qishlogʻi shu nomdagi soyning oʻrta qismida 2,0 km uzunlikdagi vodiyni egallaydi.
Aholi asosan chorvachilik bilan shugʻullanadi. Togʻ sharoitida mollarning kunlik qishloqdan
uzoqlashib oʻtlab kelishi masofasi oʻrtacha 1,0-2,0 km ni tashkil qiladi. Bizning hisobimiz boʻyicha


background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

74

Omonqoʻton qishlogʻida 1 km

2

maydonga 250 bosh qoʻy, echki va 100 boshga yaqin qora mol

toʻgʻri keladi. Har kuni shu miqdordagi mollarning bir joyda boqilishidan yonbagʻirlarda tabiiy oʻt
qoplami juda siyraklashgan, qishloq yaqinida 500 metr radiusda oʻt qoplami 80% gacha yoʻq
qilingan. Har bir qishloqdan yonbagʻir boʻylab zich yoʻlakchalar hosil boʻlgan, yomgʻir payti
ulardan suv oqib ariqchalar hosil qiladi. Omonqoʻtonsoyda ilgari 7 ta bolalar lageri boʻlib, 3000 ta
oʻquvchilar dam olar edi. Hozir 5 ta lagerda, yozda 1500 oʻquvchi dam olishadi. Ular shu soy
suvida choʻmilishadi, kiyimlarini yuvadi. Bulardan tashqari yoz oylari Omonqoʻtonsoyga dam olish
uchun shanba va yakshanba kunlari 2000-3000 kishi kelib ketadi. Mahalliy aholi yoz oylari soy
suvini ichmaydi, buloq suvidan foydalanadi.

Mana shunga oʻxshash ekologik vaziyat boshqa soylarda ham takrorlanadi. Aholi sonining

kupayishi bilan soy yonbagʻirlariga ham suv chiqarib yerlar oʻzlashtirilmoqda, uylar qurilmoqda.
Togʻlardagi daraxt-butalar ayovsiz qirqilmoqda. Bu ta’sirlar oqibatida surilmalar, sel hodisalari
koʻpaymoqda.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, landshaftlardan qishloq xoʻjaligida foydalanish va

ularning ekologik oqibatlari tahlil qilish, kelajakda landshaftlardan dehqonchilikda foydalanishda
bevosita va bilvosita ta'sir koʻrsatuvchi turli omillar tahlili qilinishi zarur. Insonning tabiatga
ta'sirining oshishi nafaqat voha landshaftlarida, balki togʻ oldi tekislik va togʻ landshaft
komplekslarida ham ham kuchli sezilayotganligi koʻrsatildi.

Foydalanilgan adabiyolar:

1. Абдулқосимов А.А., Абдурахмонова Ю.Х. Воҳа ландшафтларини муҳофаза

қилишнинг геоэкологик муаммолари //СамДУ илмий тўплами.-Самарқанд, 2004. - Б.16-23.

2. Алибеков Л.А., Аббасов С.Б. Экологическая ситуация в cредней части бассейна р.

Зарафшан //Ўзбекистон География жамияти ахбороти. - Тошкент, 2000. -21-жилд.–Б.35-38.

3. Ниғматов А.Н. ва бошқ. Экологик хавфсизлик ва унинг табиий географик жиҳатлари

//Ўзбекистон География жамияти ахбороти. – Тошкент. 2005.-25-жилд, Б. -129-133

4. Рахматуллаев А. Зарафшон воҳа ландшафтларида геоэкологик мониторинг ва уни

янада такомиллаштириш йўллари. //Ўзбекистон Географ.жамияти ахбороти. – Тошкент, -
2007, -28-жилд, - Б. 42-44

.

5. Саидов А. Ландшафты правобережья Среднего Зарафшана. – Ташкент: Фан, 1972. –

131 с.

References

Абдулқосимов А.А., Абдурахмонова Ю.Х. Воҳа ландшафтларини муҳофаза

қилишнинг геоэкологик муаммолари //СамДУ илмий тўплами.-Самарқанд, 2004. - Б.16-23.

Алибеков Л.А., Аббасов С.Б. Экологическая ситуация в cредней части бассейна р.

Зарафшан //Ўзбекистон География жамияти ахбороти. - Тошкент, 2000. -21-жилд.–Б.35-38.

Ниғматов А.Н. ва бошқ. Экологик хавфсизлик ва унинг табиий географик жиҳатлари

//Ўзбекистон География жамияти ахбороти. – Тошкент. 2005.-25-жилд, Б. -129-133

Рахматуллаев А. Зарафшон воҳа ландшафтларида геоэкологик мониторинг ва уни

янада такомиллаштириш йўллари. //Ўзбекистон Географ.жамияти ахбороти. – Тошкент, -

, -28-жилд, - Б. 42-44.

Саидов А. Ландшафты правобережья Среднего Зарафшана. – Ташкент: Фан, 1972. –

с.