“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
75
REKREATSIYA VA TURIZM RESURSLARI VA ULARNING TASNIFI
Boymurodova Xuѕniyabonu Burxon qizi
Ѕamarqand davlat univеrѕitеti doktoranti
E.mail:
boуmurodovaxuѕniуa654@gmail.com
Annotatsiya;
Mazkur maqolada rekreatsiya va turizm resurslari tushunchasi, ularning
mazmun-mohiyati hamda amaliy ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, rekreatsiya va turizm
resurslarining tasnifi, ularni tabiiy-geografik, madaniy-tarixiy va ijtimoiy-iqtisodiy mezonlar
asosida guruhlarga ajratish masalalari ko‘rib chiqilgan. Maqolada turizmni rivojlantirishda
resurslardan samarali foydalanish yo‘llari, ularning hududiy taqsimoti va turistik salohiyatni
baholash metodlari haqida tahliliy yondashuv asosida fikr yuritilgan. Tadqiqot natijalari turizm
sohasida strategik rejalashtirish va hududiy rivojlanishni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega
bo‘lishi mumkin.
Kalit so‘zlar:
Rekreatsiya, turizm, rekreatsiya resurslari, turizm resurslari, resurslar tasnifi,
tabiiy resurslar, madaniy meros, turistik salohiyat, hududiy rivojlanish, ekoturizm, madaniy-tarixiy
obidalar, rekreativ hududlar, turistik infratuzilma, turizm geografiyasi
Kirish.
Rekreatsiya resurslari murakkab tushuncha bo‘lib, uni ta’riflashdan oldin tabiiy
resurslar haqidagi ta’riflarni bilib olish lozim. Tabiiy resurslar ishlab chiqarishni joylashtirish va
rivojlantirishda asosiy omillardan hisoblanadi. Tabiiy resurslar tushunchasini ko‘pchilik mualliflar
tomonidan turlicha talqin qiliningan. Masalan, akademik I.P.Gerasimov bilan professor
D.L.Armandlar tabiiy resurslarga quyidagicha ta’rif berganlar: “Tabiiy resurslar kishilar bevosita
tabiatdan oladigan va ularning yashashlari uchun zarur bo‘lgan xilma-xil vositalardir”.
Tabiiy resurslar - ishlab chiqarish kuchlarining muayyan bosqichida foydalanilayotgan yoki
inson va jamiyatning turli xil ehtiyojlarini samarali qondirish uchuntexnik jihatdan qo‘llanilshi
mumkin bo‘lgan tabiiy jismlar va moddalar, shuningdek energiya turlari (Reymers, 1990, 456-b.).
Rekreatsion geografiyani rivoglanishiga katta hissa qo‘shgan olim A.A.Mins tabiiy resurslarni
foydalanish shakllari va yo‘nalishlariga qarab, iqtisodiy jihatdan tasniflash zarurligi haqida fikr
bildirgan.
Tabiiy sharoit - ishlab chiqarish kuchlarining muayyan darajasida kishilarning hayoti va
ishlab chiqarish faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan va moddiy ishlab chiqarishda va
nomoddiy ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan tabiiy vaziyat (geologik tuzilish, relyef, iqlim,
tuproqlar, yer usti va yer osti suvlari, o‘simlik va hayvonot dunyosi, landshaftlar, tabiiy hodisalar va
jarayonlar) dir.
Rekreatsiya va turizmning rivojlanishini ta'minlash uchun uning har bir elementini, xususan,
turistik resurslarning ham mazmun-mohiyatini nazariy jihatdan ochib berishni talab qiladi.
Rekreatsiya va turistik resurslarning ta'rifi xususida gap yuritadigan bo‘lsak, hozirgi kunga qadar
ushbu tushunchaga turlicha ta'rif berilgan. Bu borada Respublikamizda qator chora-tadbirlar amalga
oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 1995-yil 2 iyundagi
1162-raqamli ”Buyuk ipak yo‘li”ni qayta tiklashda O‘zbekiston Respublika ishtrokini avj oldirishda
hamda ”Respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar ’g‘risida”gi
Farmonida mamlakatimizdagi turistik resurslarni tadqiq qilish, ishga tushirish. Bu resurslarni ichki
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
76
va tashqi turiizmni rivojlantirishda muntazam foydalanishni yo‘lga qo‘yish alohida ta’kidlangan
edi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi qonunida turistik
resurslar deb -«Tegishli hududning tabiiy-iqlim, sog‘lomlashtirish, tarixiy-madaniy, ma'rifiy va
ijtimoiy-madaniy obyektlari majmui»
3
ga aytilgan.
Rekreatsiya va turizm geografiyasida zarur bo‘lgan tabiat resurslari haqida ham mutaxassislar
ko‘pgina fikrlarni bayon qilishgan. L.A.Bagrova va boshq. (1977) ning fikricha, «Rekreatsiya
resurslari - bu tabiiy, tabiiy - texnik va ijtimoiy - iqtisodiy geotizimlar va ularning elementlaridan
iborat bo‘lib, mavjud texnik va moddiy imkoniyatlar asosida rekreatsiya xo‘jaligini tashkil qilish
uchun foydalanish mumkin». Binobarin, rekreatsiya resursi inson dam olishi uchun zarur bo‘lgan
barcha tabiiy, texnik, ma’naviy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa omillarni o‘ z ichiga oladi.
Turistik faoliyatni tashkillashtirishda landshaftlar, iqlim, suv obyektlari, dengizlar, mineral
suv va davolovchi botqoqlar asosiy resurs vazifasini bajaradi. Bu resurslar o‘zi yoki inson
tomonidan qayta tiklanishi mumkin. Bu resurslarni geografik, biologik, geologik va boshqa
jihatlarga ko‘ra baholash mumkin. Tabiiy resurslar sifatida alohida tabiat komponentlari yoki bir
butun tabiat komplekslarini olish mumkin. Tabiiy resurslardan foydalanish darajasi mintaqa
ixtisoslashuviga ko‘ra har xil bo‘lishi mumkin. Tabiiy turistik resurslar orasida asosiy o‘rinni
rekreatsiya resurslari egallaydi, ular mamlakat aholisini, hamda xorijiy turistlarning dam olishi va
davolanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Xulosa
; Rekreatsiya va turizm resurslari har bir hududning turistik salohiyatini belgilovchi
asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ularning to‘g‘ri tasniflanishi va tahlil qilinishi turizmni
rejalashtirish, rivojlantirish hamda hududiy resurslardan oqilona foydalanishga xizmat qiladi.
Tadqiqot davomida aniqlanishicha, rekreatsiya va turizm resurslari tabiiy, madaniy-tarixiy va
ijtimoiy-iqtisodiy omillarga ko‘ra guruhlarga ajratilishi mumkin. Har bir guruh o‘ziga xos
xususiyatlari va imkoniyatlariga ega bo‘lib, ular asosida turizmning turli yo‘nalishlarini
shakllantirish mumkin. Mazkur mavzu bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, mavjud
resurslarni to‘g‘ri baholash va ulardan samarali foydalanish turizm sohasining barqaror
rivojlanishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Foуdalanilgan adabiуotlar:
1.
Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz. T.: O‘zbekiston. 2017.
2.
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajakni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.:
O‘zbekiston, 2017.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasi turizm
salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni. Xalq so‘zi, №24. 2018 yil 6 fevral.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Kirish turizmini rivojlantirish
chora-tadbirlari” PQ. Xalq so‘zi gazetasi, №25. 2018.
5.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida. O‘zbekiston Resublikasini qonun xujjatlari to‘plami, 2017. 6-son. 70-modda.
6.
Abdulqosimov A.A., Abdurahmonova Y.X., Davronov K.Q. Zarashon botig‘i voha
landshaftlari va geoekologiyasi. Monografiya. T.: Iqtisod-Moliya, 2017. 304 b.
7.
Abdulkasimov A. Voprosi klassifikatsii antropogennix landshaftov Sredney Azii. //Nauch.
zap. Voronejsk. otd. Geog. ob-va SSSR. Voronej, 1966. S.26-30.
