Authors

  • Diyora Chimiyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.125691

Keywords:

Tabiiy va iqrisodiy- ijtimoiy ekologik omillar oshqozon ichak yuqumli parazitar kasalliklar nafas olish tizimi ichimlik suvi sifati.

Abstract

Ushbu maqolada navoiy viloyati cho‘l qismining nozogeografik vaziyatiga ta’sir etuvchi tabiiy, iqtisodiy va ijtimoiy hamda ekologik omillar alohida e’tirof etilgan. Jumladan cho‘l kasalliklari, Navoiy viloyati aholisi orasida nafas olish a’zolarining shamollashi bilan bog‘liq yuqumli kasalliklar, Poliartrit, havo-tomchi yuqumli kasalliklar (grip, bolalar yuqumli kasalliklari) yilning boshqa davrlariga nisbatan birmuncha ko‘p uchraydi.

background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

77

NAVOIY VILOYATI CHO‘L QISMINING NOZOGEOGRAFIK VAZIYATIGA TA’SIR

ETUVCHI ASOSIY OMILLAR VA ULARNING HUDUDIY JIHATLARI

Chimiyeva Diyora Abduvahob qizi

Samarqand Davlat Universiteti magistranti

E-mail:

dchimiyeva@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada navoiy viloyati cho‘l qismining nozogeografik vaziyatiga

ta’sir etuvchi tabiiy, iqtisodiy va ijtimoiy hamda ekologik omillar alohida e’tirof etilgan. Jumladan
cho‘l kasalliklari, Navoiy viloyati aholisi orasida nafas olish a’zolarining shamollashi bilan bog‘liq
yuqumli kasalliklar, Poliartrit, havo-tomchi yuqumli kasalliklar (grip, bolalar yuqumli kasalliklari)
yilning boshqa davrlariga nisbatan birmuncha ko‘p uchraydi.

Kalit so‘zlar:

Tabiiy va iqrisodiy- ijtimoiy, ekologik omillar, oshqozon ichak, yuqumli

parazitar kasalliklar,nafas olish tizimi,ichimlik suvi sifati.

Kirish:

Atrof-muhitning tozaligi ko‘p jihatdan inson salomatligini belgilab beradi. U tabiiy va

sun’iy omillar ta’sirida ifloslanadi. Atrof muhitni ifloslovchi tabiiy omillarga joyning tabiiy
geografik muhitiga bog‘liq bo‘lgan elementlar xususan, shamol (havodagi chang miqdorining ortib
ketishiga olib keladi) sellar, qurg‘oqchilik, suv toshqinlari, zilzilalar, chigirtka bosishi, surilmalar va
h.k. kiritishimiz mumkin.Har bir hududning mahalliy tabiiy-geografik sharoiti inson salomatligiga
turlicha ta’sir etishi mumkin.

Viloyatda shakilangan nozogeografik vaziyatga tabiiy omillarning ta’siri

.

Navoiy viloyati

tabiiy geografik jihatdan asosiy qismini qizilqum tabiiy geografik o‘lkasiga kiradi va Uchquduq,
Tomdi tumanlari hamda Zarafshon shaharlari to‘laligicha qizilqumda joylashgan.Qizilqum iqlimi
kontinental bo‘lib, qishi sovuq, yozi issiq, quruq, serquyoshdir.Qishning iliq kelishi oqibatida aholi
orasida shu fasl bilan bog‘liq kasalliklar (shamollashlar) kamaysa-da, biroq bahor kelishi bilan
yuqumli kasalliklar keskin ortadi. Qish faslida Navoiy viloyati aholisi orasida nafas olish
a’zolarining shamollashi bilan bog‘liq yuqumli kasalliklar, Poliartrit, havo-tomchi yuqumli
kasalliklar (grip, bolalar yuqumli kasalliklari) yilning boshqa davrlariga nisbatan birmuncha ko‘p
uchraydi (Ermakova L.N., Tolmacheva N.I., 2006) Bizning izlanishlarimiz shuni ko‘rsatadiki
haqiqatdanda Uchquduq, Tomdi tumanlari qishloq va ovullarida hamda Zarafshon shahari aholi
orasida asab kasalliklari birmuncha yuqori ko‘rsatgichga ega. Doimiy shamol va qattiq sovuq
hukum surgan o‘lkalarda qon bosimining pastligi va nafas olishning qiyinligi kuzatiladi, bu holat
muayyan xastaliklarni keltirib chiqaradi (Avsin A.P., Javaronkov A.A., Marachayev A.G., 1985)
bunday ko‘rsatgichlar qishda navoiy viloyatida kuzatishimiz mumkin.Jahon Miqyosida davrlar
o‘tishi bilan ko‘plab yuqumli va boshqa turdagi kasalliklar yo‘qolib, ular o‘rnida yangi turdagi
kasalliklar avj olib bormoqda. Bunday turdagi kasalliklar orasida ayniqsa saraton, endokrin, sil,
alergik va zaharlanish hamda irsiy kasalliklar keskin ortib bormoqda. Bunday kasalliklar ko‘pincha
taraqqiyot kasalliklari ham deyiladi.

Iqtisodiy-ijtimoiy omillar

Inson salomatligini belgilovchi tabiiy omillar bilan bir qatorda

iqtisodiy-ijtimoiy omillar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Navoiy viloyatining Nurota, Konimex,
Tomdi tumanlarida aholi orasida brusellyoz kasalliklari sezilarli darajada ko‘p uchraydi. Buning
asosiy sababi avvalo mazkur hududlarda chorvachillikning keng yo‘lga qo‘yilganligi bilan birga,


background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

78

ushbu mintaqalar tabiiy sharoitining aynan mana shu kasallik tug‘diruvchi mikroorganizmlarning
rivojlanishi uchun nihoyatda qulayligidir.Umuman olganda, qishloq joylarda ichimlik suvi bilan
bog‘liq tarzda oshqozon-ichak va yuqumli parazitar kasalliklar keng uchraydi. So‘ngi vaqtlarda
qishloq xo‘jaligida kimyoviy moddalarning meyoridan ortiq holda qo‘llanishi ushbu hududlarda
istiqomat qiluvchi kishilar orasida yuqoridagi kasalliklar bilan bir qatorda, jigar xastaliklari, nafas
yo‘llari kasalliklari avj olib borayotgani ham sir emas.Haqiqatdan biz olib borgan tatqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki, Navoiy shahri va uning atrofida aholining yuqorida sanab o‘tilgan kasalliklar bilan
kasallanish salmog‘i Navoiy viloyatining boshqa shahar va tumanlariga nisbatan ancha yuqori.
Shuningdek Navoiy shahri qon va qon hosil qiluvchi azolar bilan og‘riganlar soni ham ko‘proq
kuzatiladi.Aholi salomatligi tasiri etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillar orasida hududlarning transport
omillarini tasiri katta.

Viloyatda

shakilangan

nozogeografik

vaziyatga ekologik omillarning tasiri.

Aholi

salomatligi ular orasida uchraydigan kasalliklar
ko‘p jihatdan atrof-muhitga bog‘liq bo‘lib, uning
ifloslanishi kishilar salomatligiga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi. Atrofimizni o‘rab turgan tabiiy-muhit
biz insonlarning xo‘jalik faoliyatimiz tufayli asrlar
davomida ifloslanib kelmoqda. Ayniksa, sunggi
yillarda tabiiy tizimlarning degradatsiyasi butun
biosferaning

zaxarlanishiga,

uning

tabiiy

muvozanatini butunlay izdan chiqishiga sabab
boʻlmoqda.

So‘ngi

yillarda

O‘zbekistoning

aksariyat mintaqalarida, jumladan Navoiy viloyatida antropogen va texnogen omillar tasirida tabiiy
muhitning ifloslanishi, atmosfera havosing turli hil chiqindilar, jumladan is gazlari bilan
zaharlanishi, buning oqibatida kesin geoekologik vaziyatlarning vujudga kelishi, aholining yashash
sharoiti bilan bog‘liq bo‘lgani ijtimoiy, sanitar gigenik muamolarning kelib chiqishi va boshqa
salbiy holatlar tufayli turli hil kasalliklarning ortib borishi kuzatilmoqda.

Atmosfera havosining buzilishi natijasida o‘pkaning surunkali kasalliklarining paydo

bo‘lishiga olib keladi.

Xulosa:

Navoiy viloyati aholisi salomatligiga tabiiy geografik hamda iqtisodiy va ijtimoiy

geografik omillarning taʼsiri katta. Tabiiy geografik omillar orasida xususan, viloyatning
nozoiqlimiy sharoitlari, landshafti, iqtisodiy-ijtimoiy omillardan esa sanoat, qishloq xo‘jaligi va
transportning hududiy tashkil etilishi hamda ixtisoslashuvi muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga
aholi salomatligiga uning migratsiyasi, takror barpo boʻlish xususiyatlari, urbanizatsiya jarayoni va
geodemografik vaziyati xam oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Aynan ana shu murakkab omillar taʼsirida
Navoiy viloyati nozogeografik vaziyati shakllanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abulqosimov A., Ravshanov A.X. Tibbiy geografik va tibbiy geoekologik tadqiqotlarning

nazariy asoslari. // Fan chorraxalari. Geografiya. –Samarqand, 2013, -B. 24-38.

2. Abu Ali Ibn Sino. Tib qonunlari. J.1. -T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti,

1994.- B.304.


background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

79

3. Ravshanov A.X. Navoiy viloyatining nozogegrafik vaziyati // O‘zbekiston geografiya

jamiyati axboroti. -Toshknet, 2016. 47-jild. – B.104-108. (11.00.00.№6).

4. Ravshanov A.X. Geografik patologiya-tibbiyot geografiyasining alohida yo‘nalishi sifatida.

// Orol mintaqasi va qo‘shni hududlarda kompleks geografik tadqiqotlarning muammo va
istiqbollari. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. -Nukus, 2018.-B.331-333.

5. Ravshanov A.X., Ravshanov Sh. A., Rustamov U.A. Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishning

hududiy tashkil yetish muammolari.

6. Raxmatullayev A. O‘rta va quyi Zarafshon voha geosistemalarida ekologik vaziyatni

geografik optimallashtirish. Geografiya fanlari doktori dissertatsiyasi avtoreferati. – T., 2018. -
B.20-21.

6. Raxmatullayev A. O‘zbekiston Respublikasi vohalarida ekologik vaziyat va inson

salomatligi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik tahlili // O‘zR FAning ma’ruzalari. –Toshkent, 2011,
-№6. – B. 93-96.

7. Raxmatullayev A. Aholi salomatligiga ekologik vaziyatning ta’siri (Zarafshon vodiysi

misolida) // O‘zbekiston Respublikasi biologik xilma-xilligining ekologik muammolari:
Respub.ilmiy-amal.konf. mater. – Navoiy, 2006,- B. 263-265.

9. Komilova N., Ravshanov A., Muxammedova N. Tibbiyot geografiyasi va global

salomatlik.-T.:Mumtoz So‘z,2019,-B. 25-39.

References

Abulqosimov A., Ravshanov A.X. Tibbiy geografik va tibbiy geoekologik tadqiqotlarning

nazariy asoslari. // Fan chorraxalari. Geografiya. –Samarqand, 2013, -B. 24-38.

Abu Ali Ibn Sino. Tib qonunlari. J.1. -T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti,

- B.304.

Ravshanov A.X. Navoiy viloyatining nozogegrafik vaziyati // O‘zbekiston geografiya

jamiyati axboroti. -Toshknet, 2016. 47-jild. – B.104-108. (11.00.00.№6).

Ravshanov A.X. Geografik patologiya-tibbiyot geografiyasining alohida yo‘nalishi sifatida.

// Orol mintaqasi va qo‘shni hududlarda kompleks geografik tadqiqotlarning muammo va

istiqbollari. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. -Nukus, 2018.-B.331-333.

Ravshanov A.X., Ravshanov Sh. A., Rustamov U.A. Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishning

hududiy tashkil yetish muammolari.

Raxmatullayev A. O‘rta va quyi Zarafshon voha geosistemalarida ekologik vaziyatni

geografik optimallashtirish. Geografiya fanlari doktori dissertatsiyasi avtoreferati. – T., 2018. -

B.20-21.

Raxmatullayev A. O‘zbekiston Respublikasi vohalarida ekologik vaziyat va inson

salomatligi o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik tahlili // O‘zR FAning ma’ruzalari. –Toshkent, 2011,

-№6. – B. 93-96.

Raxmatullayev A. Aholi salomatligiga ekologik vaziyatning ta’siri (Zarafshon vodiysi

misolida) // O‘zbekiston Respublikasi biologik xilma-xilligining ekologik muammolari:

Respub.ilmiy-amal.konf. mater. – Navoiy, 2006,- B. 263-265.

Komilova N., Ravshanov A., Muxammedova N. Tibbiyot geografiyasi va global

salomatlik.-T.:Mumtoz So‘z,2019,-B. 25-39.