Authors

  • D. A Danayev
  • R.I. Keldibekova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.125692

Keywords:

Gagarin shahri Jizzax viloyati Yuriy Gagarin Sovet davri nomlari Kosmonavtika merosi Shahar tarixi Shahar infratuzulmasi.

Abstract

Ushbu maqola O‘zbekistonniтg Jizzax viloyatida joylashgan Gagarin shahritarixi,geografik joylashuvi, iqsodiy va ijtimoiy rivojlanish xususiyatlari tahlil qilingan. Shaharning paydo bo‘lishi, nomlanishi va hududiy o‘zgarishlari tarixiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, Gаgarinning bugungi kundagi infratuzilmasi aholisi va mintaqaviy nahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan.

background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

80

GAGARIN SHAHAR - TARIX VA BUGUNGI HAYOT

Danayev D. A., Keldibekova R.I.

Jizzax davlat pedagogika unversiteti talabalari

Annotatsiya:

Ushbu maqola O‘zbekistonniтg Jizzax viloyatida joylashgan Gagarin

shahritarixi,geografik joylashuvi, iqsodiy va ijtimoiy rivojlanish xususiyatlari tahlil qilingan.
Shaharning paydo bo‘lishi, nomlanishi va hududiy o‘zgarishlari tarixiy manbalar asosida
yoritilgan. Shuningdek, Gаgarinning bugungi kundagi infratuzilmasi aholisi va mintaqaviy
nahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so‘zlar:

Gagarin shahri, Jizzax viloyati, Yuriy Gagarin, Sovet davri nomlari,

Kosmonavtika merosi, Shahar tarixi, Shahar infratuzulmasi.


O‘zbekistonning har bir shahri o‘ziga hos tarixiy va madaniy merosiga ega. Shunday

shaharlar qatoriga Jizzax viloyatida joylashgan Gagarin shahriham muhim o‘rinni egallaydi. Bu
nafaqat geografik joylashuvi, balki nomi va tarixiy ahamiyati bilan ham ajralib turadi. Ggarin shahri
Sovet davrining mashhur kosmanavti Yuriy A.Gagarin nomi bilan atalgan bo‘lib, bu orqali uning
nomi abadiylashtirilgan.

Gagarin shahri O‘zbekiston Respubliksi Jizzax viloyatining shimoliy qismida ya’ni Jizzax

shahridan 72 km. uzoqda joylashgan. Gagarin shahri Mirzacho‘l tumani markazi hisoblanadi.
Gagarin shahri aholisining umumiy soni 20 200 tani tashkil etadi. Shahar UTC+5 vaqt mitaqasida
joylashgan. Geografik koordinatasi 40

o

.39´ shimoliy kenglik 68

o

10´ shqarqiy uzoqlikni ni tasahkil

etadi. Iqlimi chala cho‘l iqlimga ega: yoz fasli issiq va quruq, qish esa nisbattan mo‘tadil sovuq
bo‘ladi. Hayvonot dunyosi asosan cho‘l zonasida istiqomat qiladigan hayvonlardan iborat.

Shaharning tarixi. Gagarin shahri 1974-yil tashkil topgan. Ungacha esa shahar hududi yaylov

uchun hudud sifatida ko‘rilgan. Unda ma’lum bir hududni vaqtincha foydalanishga berishni nazarda
tutilgan. Gagarin shahri bundan avval Janubuy Qozozg‘istonning Bo‘standiq tuman yerlari tarkibiga
kirgan.1936-1937-yillarda O‘zbekiston SSRga vaqtincha foydalanish uchun berilgan. Keyinchalik
1950-yillar O‘zbekistonga to‘liq o‘tkazish bo‘ycha muzokaralar boshlandi va 1956-yil 21-yanvarda
Qozozg‘iston SSR Oliy Kengashi qarori bilan qariyb 5 ming km2 bo‘lgan qism O‘zbekistonga
berildi. So‘ng 1963-yil 19-sentabrda SSSR Oliy Kengash Prezidiumidagi ,,Qozog‘iston SSR va
O‘zbekiston SSR o‘rtasidagi chegaralarni qisman o‘zgartirishva aniq tavsiflash’’ to‘g‘risidagi
farmoyishi bilan Qozog‘iztonning 36630 km

2

va shahar qozoq aholisi bo‘lgan Yerjar tipidagi aholi

punkti va unga qisman tutash yerlar O‘zbekistonga berildi.

Ijtimoiy infratuzilma va aholi turmushi. Bugungi kunda shahar o‘z infratuzilmasi bilan

viloyatdagi muhim aholi punktlaridan biri hisoblanadi. Shaharda bir nechta maktablar, bolalar
bog‘chasi, muzeylar, kutubxonalar, tibbiyot muassasalari faoliyat yuritmoqda. Shahar viloyat
markazi bilan avtomobil va temir yo‘llar orqali bo‘g;langan. Shahar aholisi asosan qishloq xo‘jaligi,
savdo, hunarmandchilik va xizmat ko‘rsatish sohalari bilan band. Hududda kichik sanoat
korxonalari faoliyat yuritadi. Shaharda yoshlar uchun ko‘plab sport maydonlari, kutubxona va
musiqa maktablari mavjud bo‘lib, aholi farovonligiga xizmat qiladi.

Bundan tashqari Gagarin shahrida Kosmonavtlar muzeyi mavjud. Bu muzey bejiz emas,

Gagarin shahri nomi va undagi kosmonavtika bilan bog‘liq obidalar hududning kosmik tadqiqotlar


background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

81

tarixini aks etirib beradi. Muzeyda O‘zbekistonning kosmonavtika sohasidagi tarixini o‘rganish va
tushunish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shaharda Gagarinning Markaziy Osiyodagi eng katta
haykali o‘rnatilgan. Haykal Gagarin shahrining tarixiy ramzi hisoblanadi.

Bundan yashqari shahar ko‘plab madaniy tadbirlar, xalq bayramlari, yoshlarga oid forumlar

o‘tkazib turadi. Ayniqsa, Mustaqillik kuni, Navro‘z, Yangi yil bayramlari keng nishonlanadi.

So‘ngi yillarda Gagarin shahrida turli o‘zgarishlar va yangiliklar kuzatilmoqda. 2024-yil

aprelda Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatini ijtimoy-iqsodiy rivojlantirish bo‘ycha
yig‘ilish o‘tkazdi. Unda o‘rta korxonalar sonini oshirish, yangi yo‘lovchi poyezdi qatnovini yo‘lga
qo‘yish va Aydar-Arnasoy ko‘li atrofida turizm halqa yaratish bo‘ycha tashabbuslar muhokama
qilindi. Hozirgi kunda shahar kundan kunga obodonlashtirilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

:

1. Xudoyberganov, R. O‘zbekiston shaharlar tarixi. (2010).
2. O‘zbekiston statistika qo‘mitasi. (2024).
3. Gagarin, Y.(1961). Kosmosga parvoz. Moskva: 1965y
4. Wikipedia (2024). Gagarin shahri (O‘zbekiston)

References

Xudoyberganov, R. O‘zbekiston shaharlar tarixi. (2010).

O‘zbekiston statistika qo‘mitasi. (2024).

Gagarin, Y.(1961). Kosmosga parvoz. Moskva: 1965y

Wikipedia (2024). Gagarin shahri (O‘zbekiston)