RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
82
TOSHKENT VILOYATI REKREATSIYASINING RIVOJLANISH PROGNOZ
KO‘RSATKICHLARI
Djurayeva Lobar Vaxitovna
Chirchiq davlat pedagogika universiteti katta o‘qituvchisi
Annotatsiya
. Maqolada Toshkent viloyating rekreatsion salohiyati ,tabiiy va madaniy turizm
imkoniyatlari, Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron kabi tumanlarda ekoturizm va tog‘ turizmi haqida
malumotlar, 2024-2027 yillarda sayyohlar oqimi prognozi sonini ,uzgarish denamikasining
pragnoz tahlili. urganilib ma’lumotlar berildi
Kalit so
ʻ
zlar:
prognoz tahlili ,Infratuzilma,investitsiyalar, sayyohlar oqimi , ekoturizm.
rekreatsiya, barqaror rivojlanish, iqtisodiy tahlil, ekologik resurslar.
Rekreatsiya inson faoliyatining muhim tarkibiy qismi sifatida turmush sifati, sog‘liq va ruhiy
holatni tiklashda muhim rol o‘ynaydi. Zamonaviy urbanizatsiya, sanoatlashuv va ekologik
muammolar fonida rekreatsion hududlarga bo‘lgan talab jadal oshib bormoqda. Xususan,
O‘zbekiston sharoitida bu jarayonlar turizm sohasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ayniqsa
Toshkent viloyatida bu yo‘nalishdagi rivojlanish o‘ziga xos ahamiyat kasb etmoqda. Toshkent
viloyati geoiqtisodiy va geosiyosiy jihatdan qulay hudud hisoblanib, u yerda joylashgan tabiiy
landshaftlar, tog‘li zonalar, tarixiy obidalar va ekologik tozaligi bilan ajralib turuvchi hududlar
rekreatsion faoliyat uchun katta salohiyatga ega.
Toshkent viloyatida rekreatsion turizm rivojlanishining prognoz ko‘rsatkichlari avvalom bor
rekreatsion salohiyat bilan chambarchas bog‘liqdir Rekreatsion salohiyat Rekreatsion salohiyat
nima va uning asosiy tarkibiy qismlari .Rekreatsion salohiyat – bu muayyan hududning
odamlarning dam olishi, sog‘lig‘ini tiklashi va turizmni rivojlantirish imkoniyatlarini belgilovchi
tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy resurslar majmuasidir. Rekreatsion salohiyatning asosiy
tarkibiy qismlari Tabiiy rekreatsion resurslar Tog‘lar, o‘rmonlar, daryolar, ko‘llar va boshqa tabiiy
landshaftlar. Iqlim sharoiti (qulay harorat, toza havo, quyoshli kunlar soni).Mineralli suv manbalari
va balneologik salohiyat. Madaniy-tarixiy resurslar Qadimiy me’moriy yodgorliklar, madaniy
obidalar. Muzeylar, milliy festivallar va an’anaviy san’at turlari. Mahalliy oshxona va gastronomik
turizm imkoniyatlari. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar Turizm infratuzilmasi (mehmonxonalar,
sanatoriyalar, dam olish maskanlari).Transport tizimi (yo‘llar, aeroportlar, jamoat
transporti).Xavfsizlik, tibbiy xizmat va boshqa qulayliklar.Ekologik omillar Hududning ekologik
holati va tabiiy muhitning saqlanganl Ekoturizm imkoniyatlari va yashil turizm loyihalari.Qayta
tiklanadigan energiya manbalari va ekologik toza dam olish joylari.Rekreatsion salohiyat
hududning turizm imkoniyatlarini belgilab beradi va uning barqaror rivojlanishiga asos bo‘ladi.
Toshkent viloyati tabiiy va madaniy turizm imkoniyatlari jihatidan boy hududlari Bo‘stonliq,
Parkent, Ohangaron kabi tumanlarda ekoturizm va tog‘ turizmi jadal rivojlanmoqda. Bo‘stonliq
tumani hududi togʻli relyefga ega bo‘lib, bu yerni shimoli-g‘arbiy Tyan-Shan tog‘ining Pskom va
Ugom tizmalari o‘rab turadi. Hudud Tyan-Shan togʼ tizimidagi Ugom, Pskom, qisman Qorjontov
(shimoli-sharqda), Chotqol (janubiy gʼarbda) tizmalari oraligʼida joylashgan. Togʼ oldi va togʼ
etaklarining balandligi 600–800, uning eng baland nuqtasi (Beshtor togʼi) 4291 metrni tashkil etadi.
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
83
Mintaqaning asosiy tizmalari orasidan Pskom daryosi oqib o‘tgan bo‘lib, u Chotqol bilan qoʻshilib,
Chirchiq daryosini hosil qiladi. Pskom va Chotqol daryolari qoʼshilgan joyda elektr stansiyalari
hamda Chorvoq suv ombori va gidrouzeli (toʼgʼoni), Gʻazalkent hamda Xo‘jakent GESlari barpo
etilgan. Tizmalar kesib o‘tgan vodiylarida ko‘plab aholi punktlari joylashganbo‘lib iqtisodiy va
ijtimoiy-ma’naviy salohiyati yuqori tumanlaridan biridir.. Uning aholisi 142,9 ming (2000 yil
holatiga ko‘ra) kishidan iborat. Tuman markazi – Gʻazalkent shahridir (Toshkent shahri bialn oraliq
masofa 58 kmni tashkil etadi). Boʻstonliq tumanining iqlimi togʻli hududlarga xos bolib, uning
shimoli sharqiy qismida, ayniqsa, yogʻingarchilik, koʻproq (1500–2000 mm) yog‘adi. Qishi sovuq,
yozi esa salqin, sernam, yillik yogʻin miqdori tog‘ning pastki qismida 600 mm dan, yuqori qismida
esa 1200–2000 mmga ortadi. Yanvar oyining oʼrtacha harorati 9°–15°sovuq, iyul oyiniki 17°–
21°issiqni tashkil etadi. O‘simlik dunyosi. Bo‘stonliq tumani adir (togʼ oldi) va tog‘ tizmalaridan
iborat bo‘lib, tog‘ oldi hududlarining rel’efi notekis joylashgan.toshloq yerlarda butalardan
qo‘shyaproq, zirk, naʼmatak; daraxtlardan bodom, ayrim joylarda pista hamda do‘lana o‘sadi.
Do‘lananing mevasi qand va yog‘ga boy, unda olma kislotasi ham mavjudligi uchun u konditer
sanoatida keng foydalaniladi. Uning po‘stlog‘i va bargidan boʼyoq olinib, undan to‘qimachilik
sanoatida ishlatiladi .Tog‘ tizmalarida asosan olma, tog‘olcha, yong‘oq, bodom, doʼlana kabi mevali
daraxtlar va, shuningdek, bir necha tur zarang, terak, tol, qayin, chetan kabilar oʼsadi. Bargli
oʼrmonlarda yongʼoqzorlar keng tarqalgan. Qorjantog‘, Ugom, Pskom, Chotqol tog‘ tizmalarida
900–1500 metr balandlikdagi sernam yonbag‘irlarda ancha qalin tabiiy yong‘oqzorlar mavjud.
Yong‘oq mag‘zida yog‘, oqsil, qand, A, B, C vitaminlari va mikroelementlar mavjud. Yong‘oq
bargidan taʼsirchan fitotsid va efedra ajralib turadi
,
shu sababli yoz oylarida uning tagida yotib
qolish tavsiya etilmaydi. Yong‘oq daraxti – koni foydadir. Yog‘ochi mebelsozlik sanoati uchun
qimmatbaho xomashyo bo‘lsa, bargidan tortib mevasigacha shifobaxsh xususiyatga ega.
Sayyohlar oqimi prognozi 2023-yilda O‘zbekistonga kelgan xorijlik sayyohlar soni 6,6
million nafarga yetdi.Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2017-
2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasida amalga oshirilgan islohotlarning asosiy
natijalarini tahlil qildi.Shuni taʼkidlash lozimki, oxirgi olti yilda turistlar oqimi qariyb 2,5 barobar
ko‘paydi, yaʼni 2017-yilda xorijlik sayyohlar soni 2,6 million nafarni tashkil qilgandi. Dunyodagi
91 ta mamlakat fuqarolari O‘zbekistonga kelish uchun vizasiz tartibdan foydalanishi mumkin.
Taqqoslaydigan bo‘lsak, Qozog‘istonga 26 ta, Turkiyaga 41 ta, Gruziyaga esa 56 ta mamlakat
fuqarolari vizasiz kela oladi.Turizm eksportining rivojlanishi mamlakatimiz iqtisodiyotining
barqaror o‘sish manbalaridan biri hisoblanadi. 2023-yilda turizm xizmatlari eksporti 2 milliard 143
million AQSH dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2017-yilda 531 million dollarni tashkil qilgandi.
2023-yilda sayyohlar sonining sezilarli darajada oshishi hisobiga turizm xizmatlari eksporti 2017-
yildagiga nisbatan qariyb 4,5 barobarga ortgan. Amerikaning Travel Lemming onlayn sayohat
qo‘llanmasi 2023-yilda O‘zbekistonni dunyoning 50 ta eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishi ro‘yxatiga
kiritdi va mamlakatimiz 9-o‘rinni egalladi. Ushbu qo‘llanma har yili dunyo bo‘ylab yangi
yo‘nalishlar va yashirin durdonalarni yoritadi va uni 6 milliondan ko‘proq sayohatchi o‘qiydi. Qayd
etilayotgan natijalar sohaning salohiyati katta ekanligidan dalolat beradi. Shu bois sohada
infratuzilma obyektlarini yana-da ko‘paytirish va ichki turizm imkoniyatlaridan samarali
foydalanishga eʼtibor qaratilmoqda.2023-yilda O‘zbekistonda sayyohlarni joylashtirish vositlari
soni 5526 taga yetdi. Oxirgi olti yilda sayyohlarni joylashtirish vositlari soni 7,2 barobar ko‘paydi,
yaʼni 2017-yilda ularning soni 767 ta edi xolos. 2017-2023 yillar oralig‘ida mamlakatimizda
sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi subyekt va obyektlar soni 7 baravar ko‘paydi va ularning soni 749
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
84
tadan 5276 taga yetdi.“O‘zbekiston - 2030” strategiyasida tashqi va ichki turizmni rivojlantirish
uchun keng sharoitlar yaratish orqali sayyohlar sonini oshirishga alohida eʼtibor berilgan. Shunga
ko‘ra, 2030-yilga qadar xorijiy sayyohlar sonini 15 million nafarga, ichki sayyohlar sonini 25
million nafarga, ziyorat turizmi bo‘yicha keladigan sayyohlar sonini 3 million nafarga yetkazish
ko‘zda tutilgan. Shuningdek, xususiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga respublikada mehmonlar
uchun mo‘ljallangan o‘rinlar sonini kamida 2 barobar oshirish, turizm mahallalari sonini 175 taga,
turizm xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga, tibbiyot va taʼlim turizmi eksportini yiliga 1,5
milliard dollarga yetkazish belgilangan.• 2024-2027 yillarda viloyatga keluvchi ichki va tashqi
turistlar sonining yiliga o‘rtacha 15-20%ga oshishi kutilmoqda.2023-yilda 2,5 million turist jalb
qilingan bo‘lsa, 2027-yilgacha bu ko‘rsatkich 4 millionga yetishi rejalashtirilgan.Infratuzilma va
investitsiyalar 2025-yilgacha turizm infratuzilmasini rivojlantirishga 1,2 trillion so‘m miqdorida
investitsiya jalb etilishi kutilmoqda.Dam olish maskanlari va mehmonxona xizmatlari soni 30%ga
oshishi rejalashtirilgan.
Chimyon tog‘lari – O‘zbekistonning “Shveysariyasi” deb ataluvchi bu maskan tog‘ chang‘isi,
paraplan va boshqa sport turlari uchun ajoyib joy. Chimyonda qish va yoz mavsumida ham faoliyat
ko‘rsatadigan dam olish maskanlari bor.Chorvoq suv ombori – suv sporti, qayiqda sayr va
plyajlarda dam olish uchun mashhur maskan. Uning atrofidagi dam olish zonalari sayyohlar uchun
katta qiziqish uyg‘otadi.G‘azalkent – tog‘lar qo‘ynidagi shaharcha bo‘lib, oromgohlar va tabiat
qo‘ynida hordiq chiqarish imkoniyatini beradi.Tarixiy va madaniy yodgorliklarToshkent viloyati
nafaqat tabiati, balki boy tarixi bilan ham sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi. Bu yerda ko‘plab tarixiy
qadamjolar mavjud:
Zangiota majmuasi – tarixiy-diniy ziyoratgoh bo‘lib, Zangiota va uning rafiqasi Anbarbibi
qabrlari joylashgan. Bu majmua yuzlab yillardan beri ziyoratchilar uchun muqaddas qadamjo
hisoblanadi.Quyi Chirchiq tarixiy yodgorliklari – bu hududda o‘rta asrlar davriga mansub
qo‘rg‘onlar va madaniy obyektlar mavjud.Parkenti ziyoratgohlari – tarixiy qadamjolar,
ziyoratgohlar va arxeologik obyektlar bilan boy.Qishloqlarda milliy bayramlar va anʼanalarni
namoyish etish.Qaynar suvlari va mineral manbalari bo‘yicha salomatlik turizmini tashkil
qilish.Shuningdek, Toshkent viloyati o‘zining mazali taomlari bilan mashhur. Sayyohlar mahalliy
palov, quruchli kabob va boshqa taomlarning mazasidan bahramand bo‘lishlari mumkin.
Sayyohlar oqimi prognozi 2024-2027 yillarda viloyatga keluvchi ichki va tashqi turistlar
sonining yiliga o‘rtacha 15-20%ga oshishi kutilmoqda.2024-2027 yillarda Toshkent viloyatiga
keluvchi ichki va tashqi turistlar sonining yiliga o‘rtacha 15-20% ga oshishi prognoz qilinmoqda.
Bu o‘sish quyidagi omillarga asoslangan:Infratuzilmaning rivojlanishi – yangi mehmonxonalar,
dam olish maskanlari va transport tizimining yaxshilanishi.Ekoturizm va rekreatsion zonalar –
Bo‘stonliq,
Parkent,
Ohangaron
kabi
hududlarda
tabiiy
turizm
imkoniyatlarining
kengayishi.Madaniy va gastronomik turizm – milliy festivallar, gastro sayohatlar va tarixiy
yodgorliklarni targ‘ib qilish.Raqamli xizmatlar – onlayn bron qilish tizimlari, virtual sayohatlar va
turistik yo‘nalishlarni raqamlashtirish.Investitsiyalar va davlat qo‘llab-quvvatlashi – turizmni
rivojlantirish dasturlari va soliq imtiyozlari. Agar 2023-yilda Toshkent viloyatiga taxminan 2,5
million turist kelgan bo‘lsa, 2027-yilgacha bu raqam 4 millionga yetishi kutilmoqda. Bu viloyatning
turistik salohiyatini oshirish va iqtisodiy rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi 2023-yilda 2,5 million
turist
jalb
qilingan
bo‘lsa,
2027-yilgacha
bu
ko‘rsatkich
4
millionga
yetishi
rejalashtirilgan.Infratuzilma va investitsiyalar2025-yilgacha turizm infratuzilmasini rivojlantirishga
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
85
1,2 trillion so‘m miqdorida investitsiya jalb etilishi kutilmoqda.Dam olish maskanlari va
mehmonxona xizmatlari soni 30%ga oshishi rejalashtirilgan.
Xulosa o‘rnida, Toshkent viloyatida turizm va rekreatsiya sektori 2024–2035 yillarda jadal o‘sishini
ko‘rsatadi; asosiy drayverlar – ichki turizm, tog‘
‑
qishki sport klasterlari va raqamli servislar. Shu bilan
birga, ekologik barqarorlik va kadrlar masalasi kompleks yechimlarni talab qiladi. Toshkent viloyati
keyingi 10 yillikda hududining kattaligi, tabiiy va rekreatsion resurslarga boyligi mahalliy va xorijiy
investitsiyalarni o‘ziga jalb qilishi natijasida mamlakatning va Markaziy Osiyoning yirik rekreatsion
komplekslaridan biri sifatida qad rostlaydi. So‘nggi yillarda kuzatilayotgan global isish muammosi tufayli
Toshkent viloyati aholisi shuningdek, mamlakatning boshqa hududlaridan keladigan sayyohlar oqimi
Chimyon - Chorvoq rekreatsion kurort zonasi va ‘Toshkent dengizi” nomi bilan ataluvchi Tuyabo‘g‘iz suv
omborini qamrab olayotgani ayni haqiqat. Global isish ta’siri tufayli qish faslida qorning kam yog‘ishi yana
o‘sha turistlar oqimini tog‘li hudud hisoblangan Chimyon - Chorvoq hududi tomon chorlaydi. Yana bir
hozirgi kundagi eng muhim muammolardan bo‘lib qolayotgan poytaxt - Toshkent shahri havosi
isfloslanish darajasining keskin o‘sishi natijasida poytaxt aholisi orasida nafas yo‘llari, yurak - qon-tomir
kasalliklari bo‘lgan qatlamning Toshkent viloyati rekreatsion davolanish qayta tiklanish zonalariga borish
sur’atlarining oshishi prognoz qilinmoqda. Shuningdek, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarning rivoji
viloyat hududida umuman butun respublika miqyosida turizm va rekreatsion faoliyatning jadal o‘sishida
eng yirik omillardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Jahon Turizm Tashkiloti. (2024). UNWTO Tourism Data
Dashboard. https://www.unwto.org
2.
Boshqaruv va Turizmni Rivojlantirish Vazirligi. (2024). Toshkent viloyati turizm va
rekreatsion salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya dasturi 2025
‑
2035. Toshkent.
3.
Bo‘stonliq Hokimligi. (2023). “Green Resort” konsepsiyasi: Pskem
‑
Chimgan bioregioni
bo‘yicha texnik
‑
iqtisodiy asos. Bo‘stonliq.
4.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi. (2024). O‘zbekiston turizm sohasining
makroiqtisodiy tahlili va prognozi, 2024–2035. Toshkent.
5.
Soliev, U. (2019). Rekreatsion resurslar va ularning hududiy rivojlanishdagi roli.
O‘zbekiston Geografiya Jurnali, (2), 45-52.
6.
Raxmatov, D. (2020). Toshkent viloyatida ekoturizmni rivojlantirish imkoniyatlari.
Iqtisod va Innovatsiyalar, (1), 33-39.
7.
Qurbonov, Z. (2018). Toshkent viloyati tog‘li hududlarida turizm salohiyati. Geografiya
va Tabiiy Resurslar, (3), 14-19.
8.
UNWTO. (2021). Tourism and the Sustainable Development Goals. World Tourism
Organization. 6. Makhkamova, M. (2023). Infrastructure modernisation along the M39 corridor and
its effect on regional tourism flows. Central Asian Economic Review, 5(4), 17
‑
34.
9.
Parkent Astronomiya Instituti. (2024). Astro
‑
turizm uchun ko‘kalamzor hududlarni
rejalashtirish bo‘yicha loyiha hisobot. Parkent.
