“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
89
MAKTAB DARSLARIDA XARITA TUSHUNCHASI VA ULARNING
TASNIFLANISHI
Ergashev Anvar Karimovich
1
Tuxtamuratova Dilnoza Dilmurodovna
2
1
Buxoro davlat pedagogika institute,
2
BuxDPI talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada umumiy oʻrta ta’lim maktablarining 7-sinf geografiya
fanidagi xaritalar mavzusini yoritish, xaritalarning xususiyati haqida ma’lumotlar berish va
xaritalarning tasniflanishi haqida ma’lumotlar berilib, klaster usulida tahlil qilingan.
Kalit soʻzlar:
xarita, geografik xarita, xaritalarning xususiyati, legenda, daraja toʻri,
koordinata, masshtab, xaritaning turlari va tasniflanishi.
Geografik xarita va atlaslar bugun bizning hayotimizdan mustahkam oʻrin olgan. Chunonchi,
xorij va haftaning muhim voqealari, ob-havo bashorati, mamlakat ichidagi holatlar haqidagi xabarlar,
dala ishlari va ulkan qurilishlarning borishi haqidagi yangiliklar, dam olish kunlariga moʻljallangan
turistik safarlar haqidagi maslahatlar va boshqa shu kabi ma’lumotlarni geografik xaritalarsiz
tasavvur qilib boʻlmaydi. Bunday xabarlarni geografik kartadan boshqa joyda toʻlaqonli berib
boʻlmaydi [1].
Xarita termini yunoncha xartes (hartes - papirus qogʻozi) soʻzidan olingan lotincha "
сharta
"
(qogʻoz, varaq) atamasidan kelib chiqqan. Yunonchada
xarita
, lotinchada
charta,
turkchada
xarita
shaklida qoʻllaniladi
. Turkiy tillar oilasiga kiruvchi oʻzbek tilida ham xarita boʻlsa etimologik
jihatdan toʻgʻri boʻladi. Oʻzbek tilining imlo lugʻatida (Toshkent, "Oʻqituvchi" - 1995) ham "xarita"
deb berilgan [2].
Xarita
- Yer yuzasining, boshqa osmon jismlarining yoki kosmik fazoning matematik aniq
belgilangan, kichraytirilgan, umumlashtirilgan tasviri boʻlib, u qabul qilingan shartli belgilar
sistemasida ularda joylashgan ob’ektlarni koʻrsatadi.
Geografik xarita – Yerni yoki uni biror qismini Yerning egriligini hisobga olib, ma’lum
matematik qoidalar asosida biroz oʻzgartirib, kichraytirib, umumlashtirib qogʻozga (tekislikka)
tushirilgan tasviri (proyeksiyasi) boʻlib, u qabul qilingan shartli belgilar sistemasida unda joylashgan
obyektlarni geografik oʻrnini, joylanishini, holatini, vaqt mobaynida oʻzgarishini, shuningdek ular
oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni koʻrsatadi.
Geografiya fanini oʻqitishda xaritaning ahamiyati oʻquvchilarga ijodiy tasavvur qilishni,
yodda saqlashni, mantiqan fikrlashni, tahlil qilishni, taqqoslashni, oʻzaro bogʻliqlikni oʻrganishni,
xulosa qilish yoʻllarini oʻrgatadi. Kartografik asarlardan umumta’lim maktablarida oʻquvchilarning
faolligini oshirishda, geografiyani kundalik hayot bilan bogʻlashda, ularni vatanparvarlik ruhida
tarbiyalashda asosiy qurol sifatida foydalanish mumkin.
Har qanday geografik tadqiqot karta bilan
boshlanib, karta bilan tugallanadi.
Kartalar sayyoramiz Yer haqidagi juda boy ma’lumotlarni qamrab
oladi. Ular asosida quruqlik va okeanlarning oʻzaro joylashishi, hududiy uygʻunligi, katta-kichikligi,
balandligi, mamlakatlar orasidagi transport-iqtisodiy, madaniy va ilmiy aloqalarni, qushlarning bir
joydan ikkinchi joyga koʻchib oʻtishini va shuningdek, boshqa shu kabi voqea va
hodisalarni oʻrganish, tahlil qilish va bilish imkoniyati mavjud.
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
90
Binobarin, kartalardan dunyo okeanining tubi, Yer qobigʻining tuzilishini, doimiy qor va
muzliklar bilan qoplangan hududlarni koʻrish mumkin va hatto kelajakka ham nazar tashlash, fanni
yanada rivojlantirish mumkin boʻladi.
Geografik xaritalarni tasniflashda ularda tasvirlangan
hududning maydoni, xaritaning
masshtabi, mazmuni, maqsadi, matematik asosi, davri, nashr qilingan joyi, yili, tili
va boshqa
xususiyatlari asos qilib olinishi mumkin. Lekin koʻrsatilgan belgilardan geografik xaritalarni
mazmuni va harakterini belgilovchi dastlabki toʻrtta belgi ancha muhimdir.
Geografik (umumgeografik) xaritalar
masshtabining yirik-maydaligiga
qarab qoʻyidagi 3 ta
guruh xaritalarga boʻlinadi.
-
yirik masshtabli (masshtabi 1:100 000 va undan yirik).
-
oʻrta masshtabli (masshtabi 1:200 000 dan 1:1 000 000 gacha).
-
mayda masshtabli (masshtabi 1:1 000 000 dan mayda).
Xaritalar ularda tasvirlangan hudud maydoniga koʻra:
Dunyo, yarim sharlar, materiklar
(qit’alar), okeanlardengizlar va alohida davlatlar xaritalari va boshqa xaritalarga boʻlinadi. Tabiiy
geografik, iqtisodiy geografik va ma’muriy-hududiy tamoyillarga (boʻlinishga) koʻra har bir davlat
yoki materik xaritalarini yana guruhlarga ajratish mumkin. Masalan, materiklarning tabiiy geografik
rayonlari xaritasi, alohida davlatlarning tabiiy-geografik rayonlari xaritasi bunga misol boʻla oladi.
Fargʻona, Chirchiq-Ohangaron, Mirzachoʻl, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo,
Qizilqum, Ustyurt va Quyi Amudaryoning xaritalarini Oʻzbekistonning tabiiy-geografik rayonlari
xaritalariga misol qilib koʻrsatish mumkin. Toshkent, Mirzachoʻl, Samarqand, Fargʻona, Buxoro-
Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Quyi Amudaryoning xaritalarini Oʻzbekistonning iqtisodiy-
geografik rayonlari xaritalariga misol qilib koʻrsatish mumkin.
Dunyo okeani xaritalari ham dastlab okeanlar yoki ularni havzalari va soʻngra alohida-
dengizlar, qoʻltiqlar va boʻgʻozlar xaritalariga boʻlinadi. Alohida davlatning ma’muriy-hududiy
boʻlinishi xaritalariga misol qilib Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
viloyatlar va rayonlar (tumanlar) xaritalarini koʻrsatsa boʻladi.
Geografik kartalarni mazmuni boʻyicha tasnif qilishda professor K. A. Salishev tasnifidan
foydalaniladi. Xaritalar
mavzusi (mazmuni) boʻyicha
dastlab qoʻyidagi ikki yirik guruhga, ya’ni
umumgeografik va mavzuli
xaritalarga boʻlinadi [3].
Umumgeografik xaritada geografik landshaftning tashqi koʻrinishi tasvirlanadi.
Uning
geografik mazmuni landshaftning asosiy elementlari-relyef, gidrografiya ob’ektlari, tuproq, oʻsimlik
va grunt koʻrsatkichlardan iborat boʻlib, bu elementlar xaritaga bir xil aniqlikda va mukammallikda
tushiriladi.
Mavzuli xaritada geografik landshaftning ayrim elementlari boshqa elementlarga nisbatan
aniq va mukammal tasvirlanadi.
Masalan, relyef xaritasida asosiy element relyef boʻlib, u aholi
punktlari, yoʻllar va boshqalarga qaraganda ancha aniq va mukammal koʻrsatiladi. Xaritada biron
tabiiy yoki ijtimoiy hodisa tasvirlansa ham u mavzuli xarita deyiladi. Bunday xaritalarga tarix
xaritalari, geologik, iqlim, tuproq xaritalari va boshqa xaritalarni misol qilib koʻrsatish mumkin.
Mavzuli xaritalar dastlab ikkita katta
sinfga
, sinflar oʻz navbatida
turlarga
, turlar esa
xillarga
boʻlinadi. Masalan, mavzuli xaritalar eng avvalo ikkita katta sinfga, ya’ni tabiiy (tabiiy-geografik)
hodisalar xaritalari sinfiga va ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar xaritalari sinfiga boʻlinadi. Mazkur tasnifni
qoʻyidagi sxemada yaqqol tasavvur etish mumkin [4].
Umumgeografik xaritalar:
-topografik;
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
91
-obzor-topografik;
-obzor.
Mavzuli xaritalar:
Tabiiy hodisalar xaritalar sinfi:
-
umumiy tabiiy-geografik;
-
geologik;
-
geofizik;
-
geoximik;
-
geomorfologik;
-
meteorologik va iqlim;
-
okeanologik (okean va dengiz suvlari);
-
gidrologik (quruqlik usti suvlari);
-
tuproq;
-
geobotanik;
zoogeografik va boshqa shu kabi tabiiy-geografik ob’ekt yoki hodsalarni tasvirlaydigan
xaritalar;
Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar xaritalar sinfi
-
aholi;
-
iqtisodiy (xalq xoʻjaligi);
-
sotsial-infrastruktura;
-
siyosiy-ma’muriy;
-
tarixiy va boshqa shu kabi ijtimoiy-iqtisodiy obyekt yoki hodisalar tasvirlangan
xaritalar.
Soʻngra yuqoridagi turlar xillarga boʻlinadi, masalan, geologik xaritalar quyidagi xillarga
boʻlinadi:
-
stratigrafik;
-
tektonik;
-
litologik;
-
toʻrtlamchi davr yotqiziqlari;
-
gidrogeologik;
-
geoximik;
-
foydali qazilmalar;
-
seysmik;
-
vulkanizm va boshqalar.
Sotsial-infrastruktura xaritalari quyidagi xillarga boʻlinadi:
-
ta’lim;
-
fan;
-
madaniyat;
-
sogʻliqni saqlash;
-
fizkul’tura va sport;
-
turizm;
-
maishiy va kommunal xizmat koʻrsatish va boshqalar.
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
92
Xaritalarni
maqsadi
ularni masshtabiga, mazmuniga va rasmiylashtirish (jihozlash) usuliga
katta ta’sir koʻrsatadi. Buni bitta hududni bir xil masshtabli va mazmunli, lekin har xil maqsadli
umumgeografik yoki siyosiy-ma’muriy xaritalarni bir-biriga taqqoslasak yaqqol koʻramiz.
Xaritalarni ulardan
foydalanish maqsadlariga koʻra:
oʻquv xaritalari, ilmiy-ma’lumotnoma
xaritalar, targʻibot va tashviqot, operativ xoʻjalik, navigatsiya, kadastr, yoʻl, loyiha, turistik va boshqa
xaritalarga boʻlish mumkin.
Xaritalarni ulardan foydalanish maqsadlariga koʻra tasnifiga
maxsus xaritalarni
ham
kiritishadi. Maxsus xaritalar ma’lum doiradagi foydalanuvchilarga va ma’lum vazifalarni yechimiga
moʻljallangan boʻladi. Masalan,
dengiz va daryo navigatsiya xaritalari, aeronavigatsiya xaritalari,
loyiha xaritalari
va boshqalar.
1-sxema. Geografik xaritalarning tasniflanishi
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Alimqulov N.R., Safarov E.Yu., Xolmurodov Sh.X. Topografiya va kartografiya
asoslari –T.: “Fan va texnologiya”, 2018
2.
Ibraimova A.A., Kartografiya. T.: “Tafakkur” nashriyoti 2019
3.
Mirzaliev T. Kartografiya. Darslik. T.: OʻzMU, 2002.
4.
Mirzaliev T., Musaev I. Kartografiya. Oʻquv qoʻllanma. T.: OʻzMU, 2007.
5.
Mirzaliyev T. Kartografiya. -T.: “Fan nashriyoti”, 2004
6.
Safarov E., Prenov Sh., Moʻminov A. Topografiya va kartografiya, GAT
texnologiyalari T.: “Sanoat-standart” nashriyoti, 2018
tabiiy
Turlari
ijtimoiy-iiiqtisodiy
siyosiy-
ma'muriy
Geografik
xarita
Tasvirlangan hududning
katta kichikligiga ko’ra
masshtabiga koʻra
Guruhlar
i
mazmuniga koʻra
maqsadiga koʻra
