“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
93
OʻZBEKISTONNING TOGʻLI VA TOGʻOLDI HUDUDLARIDA SEL OQIMINING
VUJUDGA KELISHI, UNING OQIBATLARI VA OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI
Fayziyev Elyor Aliyevich
1
Hasanov Jonibek Otabek o‘g‘li
2
1
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Urgut filiali kafedra mudiri,
g.f.f.d.(PhD), elyorfayziyev151@gmail.com
2
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Urgut filiali talabasi
Annotatsiya:
Sel oqimi tog‘ vodiylari va soylardan oqib keladigan, katta vayrongarchilik
kuchiga ega bo‘lgan qisqa muddatli loyqa yoki loyqa-tosh aralash kuchli suv oqimi hisoblanib, sеl
soylarning quyi tomoniga qum, shag`al, xarsang va loyqa aralashgan hosilalarni olib borib
tashlaydi. Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, aholi sonining keskin oshishi, yerlardan va tog‘
yonbag‘ridagi yaylovlardan noto‘g‘ri foydalanish kabi antropogen omillar sel xavfini yildan-yilga
kuchayishiga olib kelmoqda. Shu sababli, sel xavf mavjud bo‘lgan tog‘li hududlarni chuqur tadqiq
qilish, uning yuzaga kelish sabablari, oqibatlarini aniqlash hamda oldini olish bo‘yicha ilmiy
asoslangan chora-tadbirlarni ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb masalalardan biri bo‘lib
qolmoqda.
Kalit so‘zlar:
melioratsiya, suffoziya, jarlanish, sel, jala, tog‘, dara, sel yotqiziqlari, elyuviy,
delyuviy, evakuatsiya, toshqin, to‘g‘on, oqim.
Kirish
. Sеl oqimi to‘satdan paydo bo‘lib tog‘, dara va soylardan juda katta tеzlik (20-25
m/sеk) bilan pastga tomon harakatlanib va yo‘lida uchragan to‘siqlarni yemirib, oqizib kеtadigan
tabiiy geografik jarayon bo‘lib, Sel oqimi sodir bo‘gan vaqtda o‘zandagi suvning loyqa oqimi 5-20
m gacha ko‘tarilishi mumkin. Sel oqimi bilan kelgan tog‘ jinslari odatda tog‘ etaklariga yoyilib
prolyuviy yotqiziqlarni hosil qiladi. Tog‘ yonbag‘irlardagi hosil bo‘lgan elyuviy, delyuviy
yotqiziqlar yomg‘ir suviga to‘yingandan so‘ng harakatga kelgan mahsulotlarni pastga oqizib
tushadi. Sel faqat gil va katta-katta toshlarnigina emas, balki ildizi bo‘shroq o‘simlik va daraxtlarni
ham oqizib keladi. Shuning uchun ham qadimdan selga qarshi kurash choralari ishlab chiqilgan
bo‘lib, eng samarali chora-tadbirlardan biri tog‘ yonbag‘irlarida daraxtzorlar tashkil etish va selning
tezligini kamaytiradigan sun’iy g‘ovlar qurishdan iboratdir.
Sel oqimini vujudga keltiruvchi omillar
. O‘zbekistonning tog‘li va tog‘oldi hududlarida Sel
oqimi birinchidan, tabiiy-geografik omillar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bunday hududlarda
relyefning tikligi, tog‘ etaklaridagi jarlik va soylar tarmog‘ining zichligi sel suvlarining tez oqib
tushishini ta’minlaydi. Ayniqsa, Respublikamizda bahor oylarida tog‘lardagi qorlarning erishi va
yomg‘irli kunlarning ketma-ket davom etishi sel xavfining yanada kuchayishiga olib kelasa,
ikkinchidan so‘nggi o‘n yilliklarda global miqyosda sodir bo‘layotgan iqlim o‘zgarishlari ham sel
xavfining kuchayishiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Iqlimshunos olimlar fikriga ko‘ra, global
haroratning ko‘tarilishi natijasida yog‘ingarchiliklarning soni kamayayotgan bo‘lsa-da, ularning
intensivligi ortib bormoqda. Bu esa qisqa vaqt ichida ko‘p miqdorda yog‘ingarchilik to‘planishiga
sabab bo‘ladi, natijada yer sirti suvga to‘yinadi va Sel oqimi yuzaga keladi. Bundan tashqari, bahor
mavsumida havo haroratidagi keskin o‘zgarishlari ham Sel oqimi vujudga kelish xafini
kuchayishiga olib kelmoqda. Sel xavfini oshiruvchi yana bir muhim omil bu inson faoliyati bilan
bog‘liq bo‘lib tog‘li va tog‘ oldi hududlarda aholi sonining ortishi, tog‘ yaylovlarida chorva-
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
94
mollarining me’yoridan ortiq boqilishi, tog‘ yonbag‘irlarining insonlar tomonidan haydalib asosan
lalmi ekinlarning ekilishi natijasida yerning tabiiy suvni yutish qobiliyati pasayib bormoqda.
Bundan tashqari, daryo va soy yo‘llarini toraytirish, tabiiy o‘zanlarning to‘silishi, qurilish
ishlarining noto‘g‘ri olib borilishi ham sel xavfini kuchayishiga sabab bo‘lmoqda.
Sel oqimi halokatli tabiiy geografik jarayonlardan biri bo‘lib uning oqibatlari tog‘ va tog‘oldi
hududlarida joylashgan aholi punktlarining qishloq xo‘jaligiga katta zarar keltiradi. Bundan
tashqari, eng avvalo aholi xavfsizligiga jiddiy tahdid tug‘diradi. Uy-joylar, maktablar, kasalxonalar,
infratuzilmalar, yo‘llar va ko‘priklar vayron bo‘ladi. Bu esa vaqtincha yashash joylariga ehtiyojni
kuchaytiradi, migratsion oqimlarni yuzaga keltiradi va iqtisodiy faoliyatga salbiy ta’sir qiladi.
Masalan, 2019 yilda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida yuz bergan kuchli sel oqibatida
yuzlab aholi uylari zarar ko‘rgan, mahalliy infratuzilma izdan chiqqan va qishloq xo‘jaligi yerlari
yuvilib ketgan. Sel nafaqat moddiy zarar, balki ekologik muvozanatga ham katta tahdid soladi.
Tog‘li hududlarda yuzaga kelgan sel oqibatida o‘simlik qoplami yo‘qoladi, tuproq eroziyasi
kuchayadi, hayvonot dunyosiga zarar yetadi. Qor va muzliklar zonasi pastga siljiydi, natijada iqlim
barqarorligiga ta’sir ko‘rsatadigan omillar o‘zgaradi. Shuningdek, suv resurslarining ifloslanishi
ekologik barqarorlikka jiddiy putur yetkazadi.
Bugungi kunda sel xavf mavjud bo‘lgan tog‘li hududlarni chuqur tadqiq qilish va sel
oqibatlarini oldini olish bo‘yicha ilmiy asoslangan chora-tadbirlarni ishlab chiqish bugungi kunning
dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Birinchi navbatda, qurilish me’yorlariga amal qilish
ya’ni tog‘li hududlardagi xavfli zonalarda doimiy yashash yoki qurilish olib borishni taqiqlovchi
bandlar kiritilishi lozim. Shuningdek, Agro-o‘rmon meliorativ tadbirlar tog‘ va tog‘oldi hududlarida
kengroq joriy qilish maqsadga muvofiq. Bu tadbirlar bunday hududlarda mol boqishni tartibga
solish, tik yonbagirlarni haydamaslik, ko‘p yillik daraxtzorlar barpo qilishdan iborat.
Yalong‘ochlanib qolgan va yuvilgan yonbag‘irlarga ko‘p yillik o‘simliklar ekilganda, tuproq
unumdorligi oshadi, ayniqsa, keying yillardan sel xavfini yanada kamaytirishga xizmat qiladi.
Mexanik to‘siqlar hozirga qadar qo‘lda qurilayotgan bo‘lib, bu ancha mashaqqatli ish hisoblanadi.
Ko‘pincha ko‘chma qumlami mustahkamlash va o‘zlashtirishda unumli va tejamli usullardan ham
foydalanilmoqda. Hozirgi vaqtga qadar asosan traktor seyalkalari sinab ko‘rilmoqda. Zamonaviy
muhandislik texnologiyalariga asoslangan yechimlar sel xavfini kamaytirishda muhim ahamiyatga
ega. Masalan, gidrotexnik inshootlar -to‘g‘onlar, sel tutuvchi dambalar, drenaj tizimlari va suvni
yo‘naltiruvchi inshootlar orqali sel oqimini nazorat qilish va uning oqibatlarini nibatan yumshatish
mumkin. Misol uchun, Yaponiyada qo‘llanilayotgan “tunnel-to‘g‘on” tizimi yirik sel oqimlarini yer
ostiga yo‘naltirish orqali aholi punktlarini himoya qilish va sel oqibatlarini oldini olish bo‘yicha
ijobiy natija bermoqda. Bunday tizimlarni O‘zbekiston sharoitida ham qo‘llash orqali yuqori sel
oqibatlarini olish bo‘yicha yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Buning uchun eng avvalo, sel
xavfini oldindan aniqlash bo‘yicha meteorologik monitoring, sun’iy yo‘ldoshdan olingan
ma’lumotlar, geologik tahlil va masofaviy zondlash texnologiyalaridan foydalanish katta
ahamiyatga ega hisoblanadi. O‘zbekistonda bu boradagi monitoring tizimi hali ham takomillashuv
bosqichida bo‘lib, ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish muhim hisoblanadi. Jumladan, Germaniya
va Shveysariyada sel tahdidi yuzaga kelgan hududlarda onlayn monitoring stansiyalaridan
foydalaniladi. Bu orqali vaqtida ogohlantirish berish va aholining evakuatsiyasini tashkil qilish
orqali sel oqibatlari natijasida kelib chiqadigan zararlarni nisbatan kamaytirmoqda.
Bundan tashqari, Hindistonning shimoliy hududlarida har yili musson yomg‘irlari natijasida
yuzlab sel oqimlari yuzaga keladi. Maxsus “
Flood Early Warning System (FEWS)”
dasturi orqali
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
95
hududiy markazlarda avtomatik ogohlantirish tizimlari o‘rnatilgan. Ular sel xavfi aniqlanganda
aholini SMS orqali xabardor qiladi, bu esa inson talofatlarini keskin kamayishiga olib keladi.
BMTning
UNDRR (United Nations Office for Disaster Risk Reduction)
tashabbusi bilan ishlab
chiqilgan “Senday Rivojlanish Ramkasi (2015–2030)” xalqaro kelishuv asosida davlatlar sel,
toshqin, yer ko‘chishi kabi xavf-xatarlarni kamaytirish bo‘yicha tajriba va texnologiyalar
almashinmoqda. O‘zbekiston ham bu tashkilot doirasida o‘zining milliy strategiyalarini
uyg‘unlashtirish imkoniyatiga ega hisoblanadi.
Tabiiy-geografik omillar, global iqlim o‘zgarishlari va antropogen faoliyatlarning
uyg‘unlashuvi sel xavfining ko‘lamini kengaytirishini inobatga olib quyidagi taklif va tavsiyalarni
ilgari surish mumkin:
Tog‘li hududlarda sel xavfi xaritalari tuzilib, bu zonalarda qurilish faoliyatini qat’iy
tartibga solish;
Gidrotexnik inshootlar va sel oqimini boshqaruvchi tizimlarni joriy etish;
Zamonaviy monitoring texnologiyalarini keng joriy qilish, real vaqt rejimida
ogohlantirish tizimlarini takomillashtirish;
Mahalliy aholining sel xavfi haqida xabardorligini oshirish va favqulodda holatlarga
tayyorgarlik ko‘nikmalarini mustahkamlash;
Xalqaro tajribalarni tahlil qilib, ulardagi ilg‘or yechimlarni milliy strategiyaga
integratsiyalash.
Yuqoridagi tahlillar asosida shuni xulosa qilosh mumkinki, bahor mavsumida
O‘zbekistonning tog‘ va tog‘ oldi hududlarida yuzaga keladigan sel xavfi murakkab va ko‘p omilli
hodisa bo‘lib, unga qarshi kurashish uchun tizimli, ilmiy asoslangan va ko‘p darajali yondashuv
ishlab chiqish zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ниғматов А.Н. Юсупов Р. Табиий географик комплекслар ва экзоген
жараёнлар - Тошкент: ЎзМУ, 2006.
2.
Meliboyeva F.S. Tabiiy geografik jarayonlar. O‘quv qo‘llanma, 2019 y.
3.
Низомов А. Алиқулов Н. Тиллаходжаева З. Табиий географик жараёнлар. -
Тошкент : Фан ва технологиялар 2015.
4.
Ibragimov, L., Sherxolov, O., Musayev, B., Boboyev, S., Sobirova, M., & Boratova,
G. (2024). Industrial development and assessment of its impact in Samarkand region-a GIS
mapping-based study. In
E3S Web of Conferences
(Vol. 590, p. 06002). EDP Sciences.
5.
Fayziyev E.A.
O‘zbekistonning tabiiy xavflarga qarshi kurash strategiyalari.
Toshkent: Geoinform. 2019 y.
6.
Qodirov S. O‘zbekiston tog‘li hududlarida sel xavfi va uning oldini olish choralari,
Geografik ilmiy-texnik jurnal
, 2020 y. № 2, 44–53.
7.
Murodov N., To‘laganova D. Sel xavfi va uni monitoring qilish tizimlari,
O‘zbekiston tabiiy fanlari axborotnomasi
, 2021 y. № 4, 112–119.
