Authors

  • Xayrillo Gapporov
  • Rashid Qulmatov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.125699

Keywords:

Sirdaryo kollektor-zovur suvlari minerallashuv sifat o‘zgarishlari.

Abstract

Maqolada Sirdaryo havzasida hosil bo‘layotgan kollektor-zovur suv hajmi, uning minerallashuvi va umumiy tuz miqdori orqali havzadagi kollektor-zovur suvlarining holatini baholash yoritilgan.

background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

103

SIRDARYO HAVZASI KOLLEKTOR-ZOVUR SUVLARI HOLATINI BAHOLASH

(O‘ZBEKISTON HUDUDI)

Gapporov Xayrillo Lutpillaevich., Qulmatov Rashid Anorovich

Mustaqil izlanuvchi, k.f.n., dots. e-mail: 91271@mail.ru

O‘zbekiston Milliy universiteti professori, k.f.d. e mail:

rashidkulmatov46@gmail.com

Annotatsiya.

Maqolada Sirdaryo havzasida hosil bo‘layotgan kollektor-zovur suv hajmi,

uning minerallashuvi va umumiy tuz miqdori orqali havzadagi kollektor-zovur suvlarining holatini
baholash yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

Sirdaryo, kollektor-zovur suvlari, minerallashuv, sifat o‘zgarishlari.

Markaziy Osiyo davlatlarining sug‘oriladigan yerlaridan yiliga 55,0-60,0 million tonna,

jumladan Sirdaryo daryosi havzasidagi sug‘oriladigan yerlardan 18,25-22,10 million tonna tuzlar
tushib, suv va tuproqlarning sho‘rlanish darajasi ortishiga sabab bo‘lmoqda. Tuzlar tarkibida kalsiy
gidrokarbonat, kalsiy, magniy, natriy sulfat va natriy xloridning miqdori yuqoriligi aniqlangan[1].

Sirdaryo va Amudaryo daryolari suvlariga qishloq xo‘jaligi faoliyatining daryo suvi sifatiga

ta’siri o‘rganilganda, qishloq xo‘jaligi faoliyati, jumladan o‘g‘itlar va pestitsidlardan foydalanish
daryolar suvi sifatining o‘zgarishining asosiy sababi bo‘lib, yuqori oqimdan quyi oqimga o‘tgan sari
minerallashuvi va moddalar miqdorining ortishi aniqlangan [2].

O‘zbekistonning turli hududlarida daryo suvlarining ifloslanish darajasini tahlil qilish

bo‘yicha bir qancha tadqiqotlar o‘tkazilgan.

Jumladan, Sirdaryo daryosi havzasi kollektor-zovur suvlarining miqdor va sifat jihatidan

baholash, qishloq xo‘jaligi faoliyatining suv sifatiga ta’siri, sug‘oriladigan hududlarda tuproq
sho‘rlanishi, Sirdaryo deltasining gidroekologik holatini baholash, Amudaryodagi og‘ir metallar
miqdorini tahlil qilish ishlari amalga oshirilgan [2, 3-10].

R.Qulmatov va boshqalar tomonidan Sirdaryo va Jizzax viloyatlari sugoriladigan yerlaridan

xosil bo‘lgan kollektor-zovur suvlarining sifat ko‘rsatkichlarini ulardan qayta foydalanish
maqsadida aniqlash va baholash bo‘yicha taqiqotlar o‘tkazilgan. Tadqiqot natijalari Markaziy
Mirzacho‘l zovur suvlari minerallashuvi 3,5 barobar, umumiy qattiqlik 4 barobarga oshganligi
aniqlangan. Sirdaryo viloyatining kollektor-zovur suvlari Sirdaryoga borib quyilishi natijasida
daryoning kuyi qismida umumiy qattiqlik 2,0 barobargacha, minerallashuv 1,2 barobarga oshishiga
olib kelgan [6].

R.Qulmatov va boshqalar tomonidan Sirdaryo viloyatida iqlim o‘zgarishi ta’sirida

sug‘oriladigan hududlarda tuproq sho‘rlanishining fazoviy va vaqt o‘zgarishi dinamikasini baholash
uchun o‘tkazilgan amaliy tadqiqotlarda tuproq sho‘rlanishining vaqt va makon bo‘yicha
o‘zgarishini tahlil qilish uchun masofadan zondlash ma’lumotlaridan foydalanilgan. Natijalar shuni
ko‘rsatdiki, so‘nggi o‘n yillikda tadqiqot hududida tuproq sho‘rlanish darajasi oshgan,
yog‘ingarchilik kam va harorat yuqori bo‘lgan joylarda yuqori sho‘rlanish darajasi kuzatilgan.
Tadqiqotlar iqlim o‘zgarishining tuproq sho‘rlanish darajasiga ta’sirini yumshatish uchun
sug‘oriladigan hududlarda boshqaruv usullarini takomillashtirish zarurligini ta’kidlagan [7-10].

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Sirdaryo daryosining O‘zbekiston qismidagi suv resurslarining

miqdori, sifat tarkibi o‘zgarishini, mazkur hudulda hosil bo‘lgan kollektor-zovur suvlarining


background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

104

minerallashuvi va miqdorini vaqt va masofada o‘zgarishlarini baholash dolzarb masalalardan
biridir.

Tadqiqot ishlarining asosiy maqsadi Sirdaryo daryosi suvining miqdori, minerallashuvini

aniqlash, suv resurslarining ifloslanishiga sabab bo‘luvchi asosiy omillarni aniqlash, baholash va
ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar berishdan iborat.

Sirdaryo havzasi suv resurslarining miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini baholash uchun Sirdaryo

daryosining O‘zbekiston qismi tadqiqot ob’ekti sifatida tanlab olingan.

Tadqiqot ishlarida O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining yer usti suvlari sifati

bo‘yicha ma’lumotlari, Suv xo‘jaligi vazirligining kollektor tarmoqlari haqidagi birlamchi
ma’lumotlari olindi. Olingan ma’lumotlar statistik qayta ishlangan. Sirdaryo havzasidagi
hududlarda hosil bo‘ladigan kollektor-zovur suvlari bo‘yicha gidrologik va gidrokimyoviy
ma’lumotlar yig‘ilib, ishlov berildi. Kollektor suvlarining o‘rtacha ko‘p yillik hajmi, ularning
o‘rtacha minerallashuvi, chiqariladigan tuzlar miqdori aniqlandi.

Sirdaryo daryosi suvi minerallashuvining yuqoridan quyiga qarab ortib borishining

sabablaridan biri kollektor-zovur suvlarining daryoga kelib tushishi bilan bog‘liq. Sirdaryo daryosi
havzasida hosil bo‘lgan kollektor-zovur suvlarining aksariyat qismi Sirdaryo daryosiga tushadi.

Sirdaryo daryosi havzasida hosil bo‘lgan kollektor-zovur suvlari hajmi va minerallashuvini

baholaganimizda quyidagilar aniqlandi.

Sirdaryo havzasida hosil bo‘lgan kollektor-zovur suvlarining umumiy miqdori O‘zbekiston

miqyosida yiliga o‘rtacha 11,7 km

3

, minerallashuvi 0,7-3,4 g/l tashkil kilgan. Mazkur havzada hosil

bo‘ladigan kollektor-zovur suvlarining 78% gacha (9,1-9,2 km

3

) Norin, Qoradaryo, Chirchiq va

Sirdaryo daryolariga quyiladi. Qolgan qismi 2,4-2,5 km

3

asosan Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimiga

borib quyiladi.

Eng katta hajmdagi kollektor-zovur oqimi Namangan —3,2 km

2

, Toshkent 3,1 km

2

va

Farg‘ona —2,7 km

2

viloyatlarida kuzatilgan.

Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi o‘tkazish qobiliyati va uzunligi turlicha 90 dan ortiq bo‘lgan

kollektorlardagi kollektor-zovur suvlarining aksariyat qismi (60 dan ortiq kollektorlar) Sirdaryo
daryosi, uni tashkil etuvchi Norin va Qoradaryoga quyiladi.

Sirdaryo viloyatining Bosh qabul qiluvchi va Sho‘ro‘zak zovurlarining suvlari Sirdaryo

daryosiga, Yettisoy, Sardoba va Boyovut zovurlarining suvlari Markaziy Mirzacho‘l zovuriga
quyilib, so‘ngra Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimiga borib quyiladi.

1-jadval

Sirdaryo daryosi havzasidagi kollektor-zovur suvlari miqdori va minerallashuvining o‘rtacha

qiymati hamda umumiy tuz miqdori

viloyatlar

Tavsifi,

o‘lchov
birligi*

yillar

2018

2019

2020

2021

2022

2023

2024

Andijon

I

2705,46

2580,7

9

2244,3

5

2127,6

7

1508,9

4

1289,5

4

1466,6

9

II

0,93

0,93

0,94

0,77

0,81

0,79

0,72

III

2516,08

2400,1

3

2109,6

9

1638,3

1

1222,2

4

1018,7

4

1056,0

2

Namanga

I

3113,04

3028,6

3264,6

2560,9

2311,5

2162,8

1889,4


background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

105

n

7

6

8

3

II

0,76

0,80

0,72

0,89

0,89

0,97

0,89

III

2365,91

2422,9

4

2350,5

6

2279,2

7

2057,2

6

2094,0

1674,7

Farg‘ona

I

2704,25

2551,8

8

2554,6

8

2478,6

5

1185,0

0

1476,2

5

1637,9

5

II

1,48

1,57

1,50

1,43

1,49

1,49

1,53

III

4012,7

4017,8

3430,2

4

3544,4

7

1760,9

1

2202,5

6

25,01

Toshkent

I

2380,95

2965,3

1

2766,4

1

3124,6

2

2799,7

6

2581,3

1142,1

II

0,79

0,78

0,91

0,76

0,64

0,7

0,7

III

1873,01

2318,8

7

2517,4

4

2362,2

1

1804,9

1

1701,9

845,6

Sirdaryo

I

2196,83

2201,8

8

1649,6

0

1141,8

8

1368,5

8

1363,5

5

1185,7

4

II

2,68

2,68

2,82

2,33

2,59

2,78

2,76

III

5892,86

5907,7

2

4657,5

9

2657,7

4

3540,8

8

3789,4

2

3277,7

2

Jizzax

I

1002,84

905,72

867,97

943,29

881,67

699,7

1028,0

II

3,41

2,26

2,20

2,80

2,53

3,21

2,90

III

3419,68

2047,7

5

1912,6

9

2641,2

1

2227,5

1

2245,4

2985,3

*I–

kollektor-zovur suvlari

hajmi, mln.m

3

, II– kollektor-zovur suvlari

minerallashuvi, g/l,

III–umumiy tuz miqdori, ming tn.

Sirdaryo daryosi havzasida hosil bo‘layotgan kollektor-zovur suvlari minerallashuvi

darajasining yillik o‘rtacha eng kam qiymati Toshkent viloyatida 0.64 g/l ni, eng yuqori qiymat
Jizzax viloyatida 3.41 g/l ni tashkil kilgan. Daryoi xavzasida Kollektor-zovur suvlari miqdorining
o‘rtacha yillik ko‘rsatkichi 8350 mln m

3

dan 14234 mln m

3

gacha, hosil bo‘layotgan tuz miqdori

yillik o‘rtacha 9864 ming tonnadan 20080 ming tonnani tashkil etgan.

Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridagi kollektor-zovur suvlarining minerallashuvi Andijon,

Namangan, Farg‘ona va Toshkent viloyatlaridagi kollektor-zovur suvlarining minerallashuvi
nisbatan yuqoriligining sababi, birinchidan, Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridagi tuproqning
sho‘rlanish darajasi yuqoriligi bilan izohlansa, ikkinchidan Sirdaryo daryosi yuqori oqimidan quyi
oqimga tushgan sari daryoning suvining minerallashuvi xam ortib boradi. Bu o‘z navbatida qishloq
xo‘jaligida sug‘orish uchun ishlatilayotgan suvlarning minerallashuvi ortishiga xamda ushbu
viloyatlar sug‘oriladigan maydonlarida xosil bo‘lgan kollektor-zovur suvlarining ham
minerallashuvi ortishiga olib keladi (1

-jadval

).

Xulosa va takliflar

1.

Kollektor-zovur suvlarining minerallashuvi Sirdaryo daryosi havzasida oqim bo‘ylab ortib

borishi aniqlandi. Daryo suvi oqimning yuqori qismida olingan suv namunalarida minerallashuvi
nisbatan kam, sug‘orish uchun ishlatilgandan so‘ng mineral o‘g‘itlar, tuprokdan tushgan erigan
tuzlar hisobiga minerallashuv ortgan. Farg‘ona vodiysi viloyatlari hamda Toshkent viloyatidagi


background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

106

kollektor-zovur suvlarining minerallashuvi Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridagi kollektor-zovur
suvlarining minerallashuvidan kamligi aniqlandi. Sababi, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi
tuproqning sho‘rlanish darajasi yuqoriligi hamda Sirdaryoning quyi oqimida joylashganligi bilan
izohlanadi.

2. Sirdaryo daryosi suv resurslari hamda havzasidagi kollektor-zovur suvlarining

minerallashuvi ortishi bevosita qishloq xo‘jaligida ishlatilayotgan mineral o‘g‘itlar, sanoat
korxonalaridan chiqayotgan oqova suvlar bilan bog‘liqdir.

Ushbu holat qishloq xo‘jaligida mineral o‘g‘itlarning kollektor-zovur suvlari orqali daryoga

quyilishi, yetarli darajada tozalanmagan oqova suvlarning tabiiy suv havzalariga tushishini
muntazam mongitoring kilib borishni taqoza kiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

E. I. Chembarisov, I. E. Maxmudov, T. Yu. Lesnik, Yu. S. Vaxidov, A. I. Dolidudko

Mineralizatsiya i gidroximichekiy rejim vod srednego techeniya reki Sыrdari. Puti povыsheniya
effektivnosti oroshaemogo zemledeliya, Materialы konferensii № 2(62)/2016.

2.

P.Leng, Q.Zhang, F.Li, R.Kulmatov, G.Wang, Y.Qiao, J.Wang, Y.Peng , C.Tian, N. Zhu,

H.Hirwa,S.Khasanov. Agricultural impacts drive longitudinal variations of riverine water quality of
the Aral Sea basin (Amu Darya and Syr Darya Rivers), Central Asia. Environmental Pollution 284
(2021) 117405.

3.

L. Ma, J. Abuduwaili, Zh. Smanov, Y. Ge, K.Samarkhanov, G.Saparov, G. Issanova.

Spatial and Vertical Variations and Heavy Metal Enrichments in Irrigated Soils of the Syr Darya
River Watershed, Aral Sea Basin, KazakhstanInt. J. Environ. Res. Public Health 2019, 16, 4398;
doi:10.3390/ijerph16224398.

www.mdpi.com/journal/ijerph

4.

D.Arystambekova, N.Thevs, M.Tursumbayeva. Assessment of the hydroecological state of

the Syrdarya delta. Central Asian Journal of Water Research (2019) 5(1): 29-41

5.

P.Rzymski, P.Klimaszyk, P.Niedzielski, W.Marszelewski, D.Borowiak, K.Nowinski,

A.Baikenzheyeva, R.Kurmanbayev, N.Aladin. Pollution with trace elements and rare-earth metals
in the lower course of Syr Darya River and Small Aral Sea, Kazakhstan. Chemosphere 234 (2019)
81e88.

https://doi.org/10.1016/j.chemosphere.2019.06.036

6.

R.Kulmatov, J.Mirzaev ·A.Taylakov,· J.Abuduwaili, · B.Karimov. Quantitative and

qualitative assessment of collector

drainage waters in Aral Sea Basin: trends in Jizzakh region,

Republic

of

Uzbekistan.

Environmental

Earth

Sciences

(2021)

80:122.

https://doi.org/10.1007/s12665-021-09406-y

7.

Odilov S., Kulmatov R., Mirzaliev M. Iqlim o‘zgarishi sharoitida Sirdaryo viloyati yer osti

suv resurslari sifat o‘zgarishlarini aniqlash va baholash. O‘zMU xabarlari, - Toshkent, 2020. №3/2.

8.

R. Kulmatov, S. Khasanov, S.Odilov, F. Li. Assessment of the Space-Time Dynamics of

Soil Salinity in Irrigated Areas Under Climate Change: a Case Study in Sirdarya Province,
Uzbekistan. Water Air Soil Pollut (2021) 232: 216.

https://doi.org/10.1007/s11270-021-05163-7

9.

Odilov S., Xasanov S.Z., Kulmatov R.A., Mirzaev J.A. Iqlim o‘zgarishi sharoitida

sug‘oriladigan yerlar sho‘rlanishining o‘zgarish dinamikasini aniqlash va baholash (Sirdaryo
viloyati misolida). Guliston davlat universiteti axborotnomasi,Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari
seriyasi.2021.№1.

10.

X.Gapporov, R.Qulmatov. Sirdaryo havzasi suv resurslarining miqdor va sifat

ko‘rsatkichlarini baholash (O‘zbekiston hududi). Ekologiya xabarnomasi. 2023.№3. 58-66 b.

References

E. I. Chembarisov, I. E. Maxmudov, T. Yu. Lesnik, Yu. S. Vaxidov, A. I. Dolidudko

Mineralizatsiya i gidroximichekiy rejim vod srednego techeniya reki Sыrdari. Puti povыsheniya

effektivnosti oroshaemogo zemledeliya, Materialы konferensii № 2(62)/2016.

P.Leng, Q.Zhang, F.Li, R.Kulmatov, G.Wang, Y.Qiao, J.Wang, Y.Peng , C.Tian, N. Zhu,

H.Hirwa,S.Khasanov. Agricultural impacts drive longitudinal variations of riverine water quality of

the Aral Sea basin (Amu Darya and Syr Darya Rivers), Central Asia. Environmental Pollution 284

(2021) 117405.

L. Ma, J. Abuduwaili, Zh. Smanov, Y. Ge, K.Samarkhanov, G.Saparov, G. Issanova.

Spatial and Vertical Variations and Heavy Metal Enrichments in Irrigated Soils of the Syr Darya

River Watershed, Aral Sea Basin, KazakhstanInt. J. Environ. Res. Public Health 2019, 16, 4398;

doi:10.3390/ijerph16224398. www.mdpi.com/journal/ijerph

D.Arystambekova, N.Thevs, M.Tursumbayeva. Assessment of the hydroecological state of

the Syrdarya delta. Central Asian Journal of Water Research (2019) 5(1): 29-41

P.Rzymski, P.Klimaszyk, P.Niedzielski, W.Marszelewski, D.Borowiak, K.Nowinski,

A.Baikenzheyeva, R.Kurmanbayev, N.Aladin. Pollution with trace elements and rare-earth metals

in the lower course of Syr Darya River and Small Aral Sea, Kazakhstan. Chemosphere 234 (2019)

R.Kulmatov, J.Mirzaev ·A.Taylakov,· J.Abuduwaili, · B.Karimov. Quantitative and

qualitative assessment of collector‑drainage waters in Aral Sea Basin: trends in Jizzakh region,

Republic of Uzbekistan. Environmental Earth Sciences (2021) 80:122.

Odilov S., Kulmatov R., Mirzaliev M. Iqlim o‘zgarishi sharoitida Sirdaryo viloyati yer osti

suv resurslari sifat o‘zgarishlarini aniqlash va baholash. O‘zMU xabarlari, - Toshkent, 2020. №3/2.

R. Kulmatov, S. Khasanov, S.Odilov, F. Li. Assessment of the Space-Time Dynamics of

Soil Salinity in Irrigated Areas Under Climate Change: a Case Study in Sirdarya Province,

Uzbekistan. Water Air Soil Pollut (2021) 232: 216. https://doi.org/10.1007/s11270-021-05163-7

Odilov S., Xasanov S.Z., Kulmatov R.A., Mirzaev J.A. Iqlim o‘zgarishi sharoitida

sug‘oriladigan yerlar sho‘rlanishining o‘zgarish dinamikasini aniqlash va baholash (Sirdaryo

viloyati misolida). Guliston davlat universiteti axborotnomasi,Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari

seriyasi.2021.№1.

X.Gapporov, R.Qulmatov. Sirdaryo havzasi suv resurslarining miqdor va sifat

ko‘rsatkichlarini baholash (O‘zbekiston hududi). Ekologiya xabarnomasi. 2023.№3. 58-66 b