“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
113
TOG‘OLDI TEKISLIKLARI LANDSHAFTLARINING SHAKLLANISHI HAMDA
GEOGRAFIK TARQALISHI
Ikromova Azizaxon Ikromjon qizi
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada tog‘oldi tekisliklarining shakllanishi, ularning xillari va kelib
chiqishi, tog‘oldi tekisliklari landshaftlarining geografik tarqalishi va unga tas’ir etuvchi omillar,
ularning hozirgi kundagi geoekologik holati va ularni yaxshilash borasidagi chora-tadbirlar ko‘rib
chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
tog‘oldi tekisliklari, tog‘ sistemalari, prollyuvial yonbag‘irlar, allyuvial
tekisliklar, landshaftlar, geoekologiya, gorizontal defferensiyalanish, vertikal differensiyalanish
Tog ‘oldi tekisliklari
-
murakkab tabiiy jarayonlar natijasida shakllangan, arid va yarim arid
iqlim sharoitida tog‘oldi hududlarda tub jinslarning nurashidan hosil bo ‘lgan mahsulotlarni yomg‘ir
va qor suvlari tog‘ yonbag‘irlaridan oqizib tushib, tog‘ etagida to‘planishdan paydo bo‘lgan relef
shakli. Ular o‘zining relyefi, tuprog‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda iqlim sharoitlariga ko‘ra
turlicha bo‘lib, tabiiy va antropogen omillar tas’irida doimiy o‘zgarib boradi.Bu yerda shakllangan
landshaftlar turli xil ekotizimlarni shakllantirib, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va suv resurslari
uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Togʻoldi tekisligi – togʻlarga tutash qiya tekislikdir. Ular
akkumulyativ va denudasion xillarga ajratiladi. Akkumulyativ togʻoldi tekisliklari konus
yoyilmalarining allyuvial va prolyuvial yotqiziqlari usti shakllanadi. Denudasion togʻoldi
tekisliklari esa togʻlar va platolarning qiyaligi kichik (3-5 0) boʻlgan, tub jinslardan tuzilgan
yonbagʻirlarida shakllanadi[2;31-32.b].
O ‘zbekiston tog‘li qismi relyefining asosiy xususiyati bu-tog ‘ tizmalari bilan tog‘ oraliq
botiqlari g‘arbga ochiq va shu tomonga balandligi pasayib boradigan tog‘ oldi tekisliklarining
yonma-yon joylashganligidir. Yirik togʻoraligʻi botiqlarining tevarak-atrofini va togʻoldi zonalarini
arid va yarimarid, shuningdek kontinental iqlim sharoitida vujudga kelgan, shakllangan va barqaror
rivojlanib kelayotgan togʻoldi prolyuvial, allyuvial-prolyuvial qiya tekisliklar oʻrab olgan.
Prolyuvial tekisliklar arid va yarimarid iqlim sharoitida togʻoldi hududlarda tub jinslarning
nurashidan hosil boʻlgan mahsulotlarni yomgʻir va qor suvlari togʻ yonbagʻirlaridan oqizib tushib,
togʻ etagida toʻplanishidan paydo boʻlgan relef shaklidir. Tog‘li hududda orografik tuzilishga ko‘ra:
1) tog‘ sistemalari, 2) tog‘ oralig‘i va tog‘ oldi botiqlari ajratiladi. O‘zbekistonda Tyanshan
tarkibiga kiruvchi Chotqol-Qurama, Nurota-Turkiston, Hisor-Zarafshon tog‘ sistemalari ajratiladi.
O‘zbekiston tekisliklaridan tog‘lar yonbag‘rib o‘ylab ko‘tarilib brogan sari umumiy iqlim
sharoitlarining o‘zgarib borishi kuzatiladi. Yani yuqoriga ko ‘tarilgan sari issiq iqlim iliq iqlim
bilan, keyin tog‘larning yuqori qismida esa sovuq iqlim bilan almashinadi. O‘zbekistonning cho‘l
zonasining janubida, janubi-sharqida va sharqida tog‘ oldi balandliklari va tog‘lar joylashgan. Bular
G‘arbiy Tyanshan tog‘ tizmalari, Hisor, Zarafshon, Turkiston, Nurota tog‘lari va tog‘ oralig‘i
botiqlaridan iborat bo‘lib, ularning mutloq balandligi 300 metrdan 4648 metrgacha boradi [5.10-
15].
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
114
Tog‘oldi tekisliklari uzoq muddatli geologik jarayonlar, iqlimiy o‘zgarishlar va daryo faoliyati
natijasida shakllangan. Geologik omillar ta ‘sirida tog‘larning asta-sekin yemirilishi va tog‘
jinslarining parchalanishi natijasida pastlik hududlarga tuproq va cho‘kindilar tushadi. Seysmik
faollik tufayli ba’zi hududlarda tektonik ko ‘tarilish va cho‘kish jarayonlari kuzatiladi. Magmatik va
metamorfik jinslar eroziya natijasida tog‘ oldi tekisliklarida o‘rtacha mayda jinslarga aylanishi
mumkin. Iqlimiy omillar ta’sirida yog‘inlar va shamollar tog‘ oldi tekisliklarining shakllanishida
muhim ahamiyatga ega. Qurg‘oqchil hududlarda shamol eroziyasi tuproq qatlamini shakllantirishda
katta ta’sir ko‘rsatadi. Yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgan hududlarda esa daryo va sel oqimlari tog‘
jinslarini yuvib, unumdor tekisliklarni hosil qiladi. Tog‘oldi tekisliklari relyefi tekis, yassi yoki
biroz qiya bo‘lishi mumkin. Biz hozir ularning bir nechta shakllarini ko‘rib o‘tamiz. Prolyuvial
yonbag‘irlar-tog‘ etaklaridan tushgan shag‘al, qum va tuproqning yotqizilishi natijasida hosil
bo‘lgan tekislik. Alluvial vodiy tekisliklari-daryolar tomonidan olib kelingan cho‘kindilar tufayli
hosil bo‘lgan, unumdor yerlarga ega pasttekisliklar. O‘zbekiston hududi asosan tekislikdan iborat
bo‘lsada, sharqiy va janubi-sharqiy qismlari tog‘ va tog‘oldi tekisliklari bilan ajralib turadi. Ular
asosan Tyanshan, Pomir-Oloy, Hisor tog‘ tizmalari va Zarafshon vodiysi atrofida keng tarqalgan.
O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘lik qismlari orografik, geologik, geomorfologik, iqlimiy,
gidrografik xususiyatlari, o‘simlik va tuproq qoplamining rang-barangligi bilan ajiralib turadi.
Shunga qarab O‘zbekiston landshaftlari ham relefga bog‘liq ravishda morfotektonik belgilariga
ko‘ra tekislik va tog‘ landshaftlariga bo‘linadi. O‘zbekiston tog‘oldi tekislik landshaftlarining bir
mechta asosiy turlari mavjud bo‘lib, bular: yaylov va dasht landshaftlari, sug‘oriladigan
dehqonchilik landshaftlari, yarim cho‘l va sho‘rlangan tekisliklar. Yaylov va dasht landshaftlari
asosan tog‘ etaklarida, ya’ni chorvachilik rivojlangan hududlarda bo‘lib, respublikamizning Zomin,
Boysun, Nurota va Chodak atrofida keng tarqalgan. Sug‘oriladigan dehqonchilik landshaflari
asosan Zarafshon, Surxon, Chirchiq, Norin va Qoradaryo vodiylarida joylashgan. Bu yerlarda
asosan bog‘dorchilik, paxtachilik va g‘allachilik rivojlangan. Yarim cho‘l va sho‘rlangan tekislillar
respublikamizning
Jizzax,
Navoiy
va
Qashqadaryo
viloyatlarining
ayrim
qismlarida
uchraydi[6;154-156].
Daryolar, irmoqlar va soylar yoyilma landshaft komplekslarning vujudga kelishida,
shakllanishi dinamik rivojlanishida nishablik tomon yo‘nalgan oqimi, nurash va erosion jarayonlar
natijasida hosil bo‘lgan tog‘ jinslarini oqizib kelish, ularni tog‘oldi tekisliklarida akkumulatsiya
qilish kabi barpo etuvchi faoliyati bilan faol ishtirok etadi va tog‘ oralig‘i botiqlarida tog‘oldi
tekisliklarini chuqur kesib o‘tib yoyilmalarni vujudga keltiradi. Tog‘oldi prolyuvial qiya tekislik
geosistemalari konussimon yoyilma landshaftlari bilan paradinamik aloqada bo‘lib, ularning
vujudga kelishi, shakllanishi va barqaror rivojlanishida asosiy poydevor vazifasini bajaradi [1;3-6].
Tog‘oldi tekislik landshaftlari geografik joylashuvi va tabiiy resurlari jihatidan muhim
hududlar hisoblanadi. Ular chorvachilik, qishloq xo‘jaligi va sanoatning rivojlanishiga katta hissa
qo‘shadi. Ammo inson faoliyati va tabiiy jarayonlar tufayli ushbu landshaftlarning ekologil
muvozanati buzilmoqda. O‘zbekistondagi tog‘oldi tekisliklarining ekologik holati suv resurslarining
kamayishi, eroziya, tuproq sho‘rlanishi va bioxilmaxillikning pasayishi kabi muammolar kelib
chiqmoqda. Bu muammolarni holatini yaxshilash uchun hozirgi kunda respublikamizda tog‘oldi
tekisliklari landshaftlarini ekologik muhitni yaxshilash chora-tadbirlari olib borilmoqda. Masalan
tuproqni muhofaza qilish va unimdorligini oshirish uchun tog‘oldi tekisliklarida agroekologik
texnologiyalarni joriy etish. Sug‘orish tizimlarini samarali tashlik etish va suv tejovchi
texnologiyalardan foydalanish. O‘rmon va yaylovlarni tiklash orqali tuproq eroziyasini oldini olish.
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
115
Cho‘llanish jarayoni kuchayotgn hududlarda o‘rmon va yaylovlarni qayta tiklanishini ta’minlashdir
[4;152-155].
Shuni e’tirof etish maqsadga muvofiqki, tabiatda mavjud bo‘lgan konussimon yoyilmalar va
quruq deltalar tog‘ oralig‘i botiqlarida tog‘oldi tekisliklari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan landshaft
komplekislarini tashkil etsa-da, ular o‘zining muayyan shakllanish tarixi, tashqi ko‘rinishi,
strukturaviy tuzilishi, gorizontal va vertikal differentsiyalanish kabi xususiyatlari bilan ajiralib
turadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Abulqosimov A.A., Yarashev Q.S. Landshaftlarning yonbag‘ir mikrozonalligining asosiy
geografik qonuniyatlari// O‘zbekiston Geografiya jamiyati axboroti. - Toshkent, 2016. 48-jild. -
B.3-6
2. Eshquvvatov.B.B., Beqqulov I.Y., Sharipova M.Z., Ikromova A.I. Nurota tog‘lari
tog‘oldi tekisliklari landshaft komplekislari//Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari.
Qo‘qon, 2024 - B. 31-33.
3. Эшқувватов Б.Б., Облоқулов А., Хурсанов Д.Б. Тоғолди яйловларида экологик
мувозанатнинг бузилиши сабаблари ва геоэкологик оқибатлари // Ўзбекистон География
жамияти ахбороти. 40-жилд. -Тошкент, 2012. –Б.66-68.
4. И.А.Ҳасанов, П.Н.Ғуломов Ўзбекистон табиий географияси(1 қисм) Тошкент- 2006.
Б-152-155
5. И.А.Ҳасанов, П.Н.Ғуломов А.А.Қаюмов.Ўзбекистон табиий географияси (2 қисм)
Тошкент-2009.Б-10-15
6. Ярашев Қ.С., Эшқувватов Б.Б. Ўзбекистоннинг арид ҳудудларида тоғолди текислик
ва конуссимон ёйилма ландшафтларнинг географик тарқалиши // Чўлланиш муаммолари:
динамика, баҳолаш, ечим. Халқаро илмий-амалий конференция материаллари. - Самарқанд,
2019. –Б.154-156.
