RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
116
BUXORO VILOYATIDA SUG‘ORISH NATIJASIDA TUPROQ SHO‘RLANISH
TENDENSIYALARI
J.S.Jurayev, X.X.Nurliboyev, Sh.A.Ravshanov
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Аnnotatsiya.
Mazkur maqolada Arid iqlimli Buxoro viloyati sug‘oriladigan maydonlarida
sug‘orma dehqonchilik natijasida yer osti suvlari sathi tebranishi oqibatida tuproq sho‘rlanishi
maydonlarining o‘zgarishi yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
sug‘orish, sho‘rllanish,
yer degradatsiyasi, suv-tuz muvozanati,
irrigatsiya
kanallari, gidrotexnika inshootlar.
Buxoro viloyati arid iqlimiy sharoitga ega bo‘lib, qishi juda qisqa va beqaror, yoz esa
jazirama issiq. Iyul oyida havoning o‘rtacha harorati 29.5–36°C atrofida, eng yuqori havo harorati
45–46°C gacha boradi. Yillik yogʼin miqdori 95–125 mm atrofida, qorning qalinligi esa 5 sm
atrofida bo‘lib yil davomida hududda namlik taqchildir. Yillik yog‘in miqdorining yetishmasiligi
tufayli viloyat hududida sug‘orma dehqonchilik rivojlangan. Arxeologlar miloddan avvalgi
toʻrtming yilliklarda Buxoro viloyatida sugʻorma dehqonchilik vujudga kelganligini aniqlashgan
(Gulyamov 1966).
S.Abdullayev Buxoro vohasi sug‘oriladigan tuproqlarining agrofizikaviy va tuz tartibotini
o‘rganib, mazkur tuproqlar organik moddalar va oziqa moddalarni kam miqdorda tutishini,
sug‘orishlar ta’sirida agrofizikaviy xossalariga sezilarli o‘zgarganligini, Buxoro va Qorako‘l vohasi
tuproqlari sho‘rlanishida minerallashgan sizot suvlari hamda viloyat atrofida uchraydigan neogen
yotqiziqlar tarkibidagi tuzlar tufayli hosil bo‘lganligini ko‘rsatgan.
Sh.M.Bobomurodov Qorako‘l vohasida tarqalgan cho‘l mintaqasi tuproqlarining
sug‘orishlar ta’sirida rivojlanish qonuniyatlari va morfogenetik xususiyatlarining o‘zgarishini
o‘rgangan. Jumladan, Qorako‘l vohasi sug‘oriladigan tuproqlardan qishloq xo‘jaligida foydalanish
va tuproq hosil qiluvchi jinslar xarakteriga bog‘liq holda ular shakllanishining regional xususiyatlari
aniqlangan.
Barcha tadqiqot ishlarida sug‘orish sho‘rllanish jarayonining asosiy sabablaridan biri
ekanligi aniqlangan. Sug‘orishni cho‘llar hududlarida joriy etish mikroiqlimning yaxshilanishi, ekin
ekish shaklining o‘zgarishi va tuproq xususiyatlarini yaxshilanishini kabi ijobiy ta’sirlari bor (IPCC,
2019). Biroq, sug‘orishni joriy etishdan bir necha yil o‘tgach irrigatsiya kanallaridan suv sizishi
(ayniqsa, tuproq kanallari), yer osti suvlarining ko‘tarilishi, botqoqlanish va tuproq sho‘rlanishining
ortishi kabi sug‘orishning ko‘plab salbiy ta’sirlari bor (Singh, 2009). Tuproqlarning sho‘rlanishi
yerlarni noto‘g‘ri sug‘orish natijasida sodir bo‘lishi mumkin. Noto‘g‘ri sug‘orish natijasida
tuproqning sho‘rlanishi qayta sho‘rlanish, u turdagi tuproqlar esa su’niy sho‘rxoklar deyiladi.
Buxoro vohasida sug‘orish ishlarini boshlanishi bilan rivojlanishi e’tiborga olinib ayrim
olimlar V.A.Kovda (1937) va V.V Egorov (1959) irrigatsion sho‘rlanish deb atashni taklif qilganlar.
O‘tgan asrning oxirlarida Buxoro viloyatida yangi yerlarni qishloq xo‘jaligi maqsadlarida
o‘zlashtirilishi, irrigatsiya kanallari, gidrotexnika inshootlarining qurilishi hamda Buxoro va
Qorako‘l
vohalarida
qadimdan
sug‘orilib
dehqonchilikda
foydalanib
kelinayotgan
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
117
agrolandshaftlarda miqdordan ortiqcha suv ishlatilishi natijasida hududdagi yer osti suvlari
sathining ko‘tarilishi, kimyoviy tarkibining o‘zgarishi oqibatida tuproq sho‘rlanishini kuchaydi,
natijada tuproq unumdorligi pasayib, o‘simliklar deformatsiyasi va degradatsiyasi oqibatlarida
landshaftlarning cho‘llanish jarayonlarini rivojlandi.
Sho‘rlangan sug‘oriladigan tuproqlardagi suvda oson eruvchi tuzlar asosan uch kation (Na
+
,
Ca
++
, Mg
++
) va to‘rt anion (Cl
-
, SO
4
-
, HCO
3
-
, CO
3
-
) ning kimyoviy birikishi natijasida xosil bo‘lgan
12 xil tuzdan iborat (1- jadval).
1-jadval
Tuproq gruntlardagi suvda oson eruvchi asosiy tuzlar
Xloridlar
Sulfatlar
Karbonatlar
Bikarbonatlar
NaCl
(natriy xlorid)
Na
2
SO
4
(natriy sulfat)
Na
2
CO
3
(natriy karbonat)
NaHCO
3
(natriy bikarbonat)
MgCl
2
(magniy xlorid)
MgSO
4
(magniy sulfat)
MgCO
2
(magniy karbonat)
Mg(HCO
3
)
2
(magniy bikarbonat)
CaCl
2
(kalsiy xlorid)
CaSO
4
∙2H
2
O
(kalsiy sulfat)
CaCO
3
(kalsiy karbonat)
Ca(HCO
3
)
2
(kalsiy bikarbonat)
Ushbu tuzlardan 4 xili, ya’ni Mg(CO
3
)
2
, CaSO
4
∙2H
2
O, CaCO
3
, Ca(HCO
3
)
2
, tuzlari deyarli
zararsiz. Bular ichida eng zararsiz tuz gips (CaSO
4
) va ohak (CaCO
3
) hisoblanadi. Qolgan 8 xil
tuzlar o‘simliklar uchun zaxarli, ayniqsa eng xavflisi Na
2
CO
3
va keyingi o‘rinda MgCl
2
toksik
tuzlari xisoblanadi.
1-rasm. Buxoro viloyat yer osti suvlari (m)
2022-yil
2-rasm. Buxoro viloyat sug‘oriladigan
maydonlar (ga) 2022-yil
Tuproq
guruntlarining
ikkilamchi
sho‘rlanishini
keltirib
chiqaradigan
sabab
mineralizasiyalashgan
grunt
suvlarining
yer
yuzasiga
yaqinligidir.
Dehqonchilikda
foydalaniladigan yerlarni sug‘orish suvlarning katta me’yorda ishlatilishi grunt suvlari sathining
ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Buxoro viloyatida sug‘orish maqsadida bir yilda qishloq xo‘jaligi uchun
jami 4.1–4.3 mlrd m
3
suv resurslari ishlatiladi. Buxoro viloyat sharoitida yerlarning meliorativ
holatini yaxshilash, yoki uni bir meoyorda saqlab turish uchun sug‘oriladigan maydonlarga
beriladigan suvlarning kamida 40–45 foiz qismini drenajlar orqali chiqarib yuborilmasa,
tuproqlarda suv-tuz muvozanatini buzilishiga olib keladi.
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
118
2-jadval
Buxoro viloyati sug‘oriladigan maydonlarning 2000-2020 yillar davomida sho‘rlanish
darajasi
Yillar
Sug‘oriladigan
maydon (ming
ga)
Shu jumladan
Sho‘rlanmagan
Kuchsiz
sho‘rlangan
O‘rtacha
sho‘rlangan
Kuchli va
juda kuchli
sho‘rlangan
2000
273.7
10.5
141.9
89.1
32.1
2005
274.6
26.2
156.2
74.3
17.7
2010
274.9
35.9
159.4
69.2
10.2
2015
274.9
38.6
170.6
59.1
6.5
2020
274.5
40.2
170.4
57.7
6.1
Buxoro vohasining sizot suvlari sathi yer yuzasiga yaqin joylashgan tuproqlarida singdirilgan
magniy miqdori 75% gacha etadi. Bu tuproqlarning singdirish kompleksidagi singdirilgan kalsiy
miqdorining ustuvorligi faqat yuza qatlamlarda kuzatiladi.
Buxoro viloyatining tumanlarida tuzlar tarkibini asosan sulfatlar tashkil etib, xloridlar juda
kam miqdorda uchraydi, shu bois bu yerlarda tuproq sho‘rlanish tipi sulfatli. Boshqa ayrim
tumanlarda sulfat-xloridli va kam holatlarda xloridli sho‘rlanish tiplari uchrab turadi.
Buxoro viloyati sug‘orish maqsadida foydalaniladigan suv manbalari, asosan, Amudaryo va
Zarafshon daryolari bo‘lib, suvning minerallashuv darajasi yuqori oqimidan quyiga tomon oshib
borishi hisobiga sug‘oriladigan maydonlarda tuz zahiralarining oshishiga olib keladi. Viloyat
ma’muriy hududiy birliklarida yer osti suv sathi va sug‘oriladigan maydonlar tahlil shuni
ko‘rsatadiki, 2022-yil hududda yer osti suv sathining eng yuqori o‘rtacha ko‘rsatkich Olot tumanida
2.15 m, Qorako‘l tumanida 2.09 m, eng past o‘rtacha ko‘rsatkich Shofirkonda 3.14 m, Vobkentda
2.95 m, Qorovulbozor tumanida esa 3.2 m ekanligini ko‘rsatmoqda (1-rasm).
Kuzatuv davrida viloyatda sug‘oriladi hududlarning sho‘rlanish darajasi o‘zgarishi tahlili
bo‘yicha, 2000-yilda umumiy sug‘orish maydoni 273.7 ming ga bo‘lgani holda sho‘rlanmagan
maydonlar 10.5 ga, kuchli va juda kuchli sho‘rlangan madonlar 32.1 ming gani tashkil etgan (2-
jadval). 2020-yilgi ma’lumotlar bo‘yicha esa umumiy sug‘orish maydoni 274.5 ming ga bo‘lgani
holda, sho‘rlanmagan hududlar maydoni deyarli 4 barobar oshib 40.2 ming ga bo‘lgan, kuchil va
juda kuchli sho‘rlangan hududlar madoni esa 6.1 ming gektarga kamaygan. Umuman kuazatuv
oliborilgan 2000-yildan 2020-yilga nisbatan sug‘oriladigan yerlar maydoni 0.29 %, sho‘rlanmagan
yerlar 281.6 %, kuchsiz sho‘rlangan yerlar 20 % ga oshgan bo‘lsa, o‘rtacha sho‘rlanagan yerlar 35.2
%, kuchil va juda kuchli sho‘rlangan yerlar esa 81 % ga kamayganligi aniqlandi. So‘ngi yillarda
hudud sug‘oriladigan maydonlarida sho‘rlanish darajasining kamayishi, sho‘rlangan yerlarni
yuvish, kolektor-drenaj va suv tizimlarini qurish hamda tozalash, yer osti suvlari sathining
pasayishi, ekin ekish texnologiyasi va xokazolarni tasiri natijasidir.
Xulosa.
Hududlarning cho‘llanish jarayonini rivojlantiruvchi indikatorlardan biri tuproq
qoplamasining namlik balansining o‘zgarishi bo‘lib, qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun
foydalaniladigan maydonlarda ushbu balans sunʼiy ravishda to‘ldirilib boriladi. Buxoro viloyati
hududida yuza oqim suvlari ta’sirida yer osti suvlar sathi 1990-yillar davrida oshib borishiga olib
kelgan. Oxirgi kuzatuvlar natijalari bo‘yicha Romitan tumanidan boshqa deyarli barcha hududlarda
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
119
yer osti suvlar sathining pasayish kuzatilgan. Shu sababli tekislik hududlarida sug‘orma
dehqonchilik faoliyatini olib borishda maydonning geologik holati, tuproq qoplamasining
tarkibidagi tuz miqdori hamda sug‘orish uchun olinadigan suvlarning minerallashuv darajasini
o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
G‘. T. Parpiyev “Bo‘z-voha tuproqlari” Monografiya. Toshkent-2023
2.
Gafurova L.A., Abduraaxmanov T.A., Jabborov Z.A., Saidova M.E., “Tuproqlar
degradatsiyasi” Toshkent 2012.
3.
H.T.Artikova “Tuproqshunoslikning zamonaviy muammolari va konsepsiyasi” Buxoro
– 2022.
4.
Hojiyev R.Y., Pardayev Sh, Toshov H.M. “Iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatishda
“yashil qoplamalar” ning ahamiyati” Buxoro viloyatida global iqlim o‘zgarishi oqibatlarini
yumshatish omillari” Global iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatishning ilmiy asoslari
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya. Buxoro – 2024.
5.
J.S.Jurayev “Quyi Zarafshon vodiysi landshaftlarida cho‘llanish muammolarining oldini
olishda suv manbalarining ahamiyati” Ilmiy axborotnoma. 2022-yil, 3-son.
6.
Kovda, V. A.: 1980, Land Aridization and Drought Control, Westview Press, 277 pp.
7.
O. Ramazonov, 2019)
8.
S.S. Buriyev “Meliorativ tuproqshunoslik” Toshkent – 2019
9.
P. Baratov “O‘zbеkiston tabiiy gеografiyasi” Toshkеnt «O‘qituvchi» 1996
10.
S. Xoliqulov, Р. Uzoqov, I.Boboxo‘jaye “Tuproqshunoslik” Toshkent - 2011.
11.
S.A. Abdullayev, X.Q. Namozov “Tuproq melioratsiyasi va gidrologiyasi" Toshkent
2020.
12.
Samyayev A.K. “Quyi Zarafshon suv resurslaridan foydalanishning ayrim
muammolari” Zamonaviy geografik tadqiqotlar: nazariya, amaliyot, innovatsiya xalqaro ilmiy-
amaliy konferensiya. Samarqand 2023 yil 12-13 May.
13.
Singh, Kripal, et al. “Tillage effects on crop yield and physicochemical properties of
sodic soils”. Land degradation & development 27.2 (2016): 223-230.
14.
U.Norqulov, X. Allanov “Qishloq xo‘jaligi melioratsiyasi” Toshkent «Iqtisod-moliya»
2016
