Authors

  • Sindor Mirzaliyev
  • Munira Sobirova
  • Feruza Quvondiqova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.125714

Keywords:

Xorazm viloyati qishloq xo‘jaligi ixtisoslashuv tarmoq agroiqtisodiyot hududiy farq.

Abstract

Mazkur maqolada Xorazm viloyatining qishloq xo‘jaligi tarmoqlari, ularning rivojlanish holati hamda hududlar bo‘yicha ixtisoslashuvi o‘rganilgan. Statistika ma'lumotlari asosida viloyat iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligining o‘rni tahlil qilinib, tarmoqlararo va hududlararo farqlar ilmiy asosda yoritilgan.

background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

123

XORAZM VILOYATI QISHLOQ XO‘JALIGINING TARMOQLARI VA HUDUDLAR

BO‘YICHA IXTISOSLASHUVI

Mirzaliyev Sindor Rajabovich, Sobirova Munira Akarаm qizi, Quvondiqova Feruza

Shokirovna

Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

Annotatsiya:

Mazkur maqolada Xorazm viloyatining qishloq xo‘jaligi tarmoqlari, ularning

rivojlanish holati hamda hududlar bo‘yicha ixtisoslashuvi o‘rganilgan. Statistika ma'lumotlari
asosida viloyat iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligining o‘rni tahlil qilinib, tarmoqlararo va
hududlararo farqlar ilmiy asosda yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

Xorazm viloyati, qishloq xo‘jaligi, ixtisoslashuv, tarmoq, agroiqtisodiyot,

hududiy farq.

Xorazm viloyati O‘zbekiston Respublikasining g‘arbiy qismida joylashgan bo‘lib,

iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi yetakchi tarmoqlardan biri hisoblanadi. Viloyatning iqlimiy sharoiti,
suv resurslari va unumdor yerlar mavjudligi qishloq xo‘jaligining turli tarmoqlarini rivojlantirishga
qulay zamin yaratgan. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligida hududlar bo‘yicha ixtisoslashuv
kuzatiladi, bu esa ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil yakunlariga

qadar Xorazm viloyatida qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti 13,1 trillion so‘mni tashkil etdi. Uning
58,2 foizi dehqonchilikka, 41,8 foizi chorvachilikka to‘g‘ri keladi. Hududdagi dehqonchilik
tarmoqlari ichida paxtachilik, g‘allachilik, sabzavotchilik va bog‘dorchilik asosiy o‘rin tutadi.

1-jadval

Xorazm viloyatida qishloq xoʻjaligining asosiy koʻrsatkichlari

2010 yil

2015 yil

2020 yil

2024

Qishloq xo‘jaligi ekinlari ekin maydoni,
ming gektar

228,5

232,5

216,8

253,2

Qishloq xo‘jaligi mahsuloti, mlrd. so‘m

1932,2

6215,7

16258,9

28490,6

shu jumladan:

dehqonchilik

995,4

3134,5

7306,7

12750,4

chorvachilik

936,8

3081,2

8952,2

15740,2

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab
chiqarishning o‘sish sur'ati, o‘tgan yilga
nisbatan foizda

102,5

105,5

101,7

102,9

shu jumladan:

dehqonchilik

101,0

104,7

101,0

102,7

chorvachilik

104,4

106,2

102,3

103,1

Mazkur jadval Xorazm viloyati statistika boshqarmasi maʼlumotlari asosida tuzilgan.


Yuqoridagi jadvaldan koʻrinib turibtiki, 2010-yildan 2024-yilgacha ekin maydoni 10,8% ga

o‘sib, 253,2 ming gektarga yetgan. 2020-yilga kelib biroz qisqarish kuzatilgan bo‘lsa-da, keyingi
yillarda dehqonchilik uchun ajratilgan yer maydonlari ko‘paygani, sug‘oriladigan yerlar


background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

124

yaxshilanganini anglatadi. Qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmi 2010-yildan 2024-yilgacha 14,75
baravarga oshgan. Bu o‘sish qishloq xo‘jaligi texnologiyalarining rivojlanishi, subsidiyalar
hajmining ortishi va qishloq infratuzilmasining yaxshilanishi bilan izohlanadi. Yillik o‘sish
sur’atlari qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanayotganini ko‘rsatadi. Ayniqsa 2015-yilda yuqori
ko‘rsatkichlarga erishilgan — bu yilda umumiy o‘sish 105,5%, chorvachilik esa 106,2% ni tashkil
qilgan. 2020-yil pandemiya ta’siri ostida o‘sish biroz pasaygan bo‘lsa-da, 2024-yilga kelib yana
tiklangan. Chorvachilik mahsuloti 2010–2024-yillarda 16,8 baravarga ko‘paygan bo‘lsa,
dehqonchilik mahsulotlari 12,8 baravarga oshgan. Bu esa chorvachilikning nisbatan jadal sur’atlar
bilan rivojlanayotganini ko‘rsatadi.

Shuni ham aytish kerakki, viloyatdagi tumanlar turli qishloq xo‘jalik tarmoqlariga

ixtisoslashgan. Ulardan, Urganch tumani paxtachilik va bog‘dorchilik yetakchi tarmoqlardan.
Ushbu hududda zamonaviy tomchilatib sug‘orish texnologiyalari joriy etilmoqda. Xiva tumani esa
sabzavotchilik va uzumchilik bo‘yicha ixtisoslashgan. Xivada mahalliy sortlar yetishtirilishi keng
yo‘lga qo‘yilgan. Hazorasp tumanida chorvachilik, ayniqsa qoramolchilik va parrandachilik
rivojlangan. Bu yerda zamonaviy mini-fermalar faoliyat yuritmoqda. Gurlan tumanida g‘allachilik,
kartoshkachilik va uzumchilik yo‘nalishlari ustunlik qilsa, Bog‘ot tumanida bog‘dorchilik,
asalarichilik va sabzavotchilik tarmoqlari rivojlangan.

Tarmoqlar bo‘yicha tahliliga qaraydigan boʻlsak, paxtachilik 2023-yilda viloyatda 105 ming

tonna paxta xomashyosi yetishtirildi, bu O‘zbekiston bo‘yicha umumiy hajmning 8,3 foizini tashkil
etdi. G‘allachilik esa 92 ming tonna bug‘doy hosili olingan, shundan 60% Gurlan va Yangibozor
tumanlariga to‘g‘ri keladi. Chorvachilikda 2023-yilda qoramol soni 660 ming boshni, parrandalar
esa 8,1 million boshni tashkil etdi. Meva-sabzavotchilik esa 2023-yilda 175 ming tonna sabzavot,
25 ming tonna meva yetishtirildi.

2-jadval

Tumanlar kesimida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning oʻsish

surʼatlari.

(oʻtgan yilga nisbatan foizda)

Hududlar

2010 yil

2015 yil

2020 yil

2024 yil

Xorazm viloyati

102,5

105,5

101,7

102,9

Urganch sh

104,8

104,6

100,8

101,1

Xiva sh.

101,3

100,7

tumanlar:

Bog‘ot

106,1

104,9

101,7

105,3

Gurlan

94,5

105,3

103,7

99,5

Qo‘shko‘pir

108,2

105,4

101,0

101,4

Urganch

102,1

106,0

102,6

104,5

Xazorasp

100,3

105,8

101,7

102,7

Tuproqqal'a

99,7

106,2

Xonqa

104,9

105,0

101,9

103,0

Xiva

102,5

101,5

99,7

105,0

Shovot

102,4

106,3

102,1

103,6

Yangiariq

104,8

105,3

100,5

102,9

Yangibozor

101,7

105,3

102,4

100,9

Mazkur jadval Xorazm viloyati statistika boshqarmasi maʼlumotlari asosida tuzilgan.


background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

125

Xorazm viloyatining qishloq xo‘jaligi tarmoqlari so‘nggi yillarda barqaror rivojlanib

kelmoqda. Viloyatdagi har bir tumanning tabiiy-iqlimiy sharoitlari, resurs salohiyati va
ixtisoslashuv darajasi mahsulot ishlab chiqarish hajmiga va uning yillik o‘sish sur’atlariga bevosita
ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu tahlilda 2010–2024 yillar oralig‘ida viloyat va uning tumanlari bo‘yicha
o‘sish sur’atlari solishtirilgan

.

Tumanlar miqyosida tahlil qilinganida, Qo‘shko‘pir tumani 2010-

yilda eng yuqori o‘sishga ega bo‘lgan - 108,2%. Bu yerdagi chorvachilik va g‘allachilik faoliyati
yetakchi o‘rinda bo‘lgan boʻlsa, Bog‘ot tumanida esa 2024-yilda yana yuqori sur’atni — 105,3%
ko‘rsatgan, bu hududda bog‘dorchilik va sabzavotchilik yetakchilik qilmoqda. Tuproqqal’a tumani
2024-yilda 106,2% bilan viloyatdagi eng yuqori o‘sishni namoyish etgan - bu yerda ekin
maydonlarining kengaytirilgani va davlat dasturlari asosida texnika bilan ta’minlanishning
yaxshilangani bunga sabab bo‘lgan. Shuningdek, Gurlan tumanida 2010-yilgi past ko‘rsatkich -
94,5%, va 2024-yildagi pasayish - 99,5% tarmoqda ba’zi ichki muammolar mavjudligini ko‘rsatadi.
Xiva tumanida esa 2020-yilda 99,7%, lekin 2024-yilda 105,0% ko‘rsatkich bilan o‘z pozitsiyasini
tiklagan.

Aksariyat tumanlar 2015-yilda yuqori o‘sish sur’atlarini qayd etgan, bu davr agrar

islohotlarning faollashgan davriga to‘g‘ri keladi. 2020-yilda deyarli barcha hududlarda o‘sish
sur’atlarining pasayishi kuzatilgan bo‘lib, bu pandemiya va global iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘liq
bo‘lishi mumkin. 2024-yilda ko‘plab tumanlar iqtisodiy faoliyatini tiklab, yuqori o‘sish sur’atlariga
erishgan, bu esa agrar siyosatdagi islohotlarning samarasidir.

Xulosa.

Xorazm viloyatida qishloq xo‘jaligi tarmoqlari hududiy jihatdan optimal

ixtisoslashgan. Bu ixtisoslashuv yer resurslaridan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish va
iqtisodiy samaradorlikni ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Kelgusida innovatsion
texnologiyalarni joriy etish va kooperatsion tizimlarni rivojlantirish orqali viloyatning qishloq
xo‘jaligi salohiyatini yanada oshirish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi ma’lumotlari — https://stat.uz

2.

Xorazm viloyati hokimligi rasmiy veb-sayti — https://xorazm.uz

3.

G‘afurov M.M. “Agrosanoat majmuasi va uning rivojlanish istiqbollari”. — Toshkent:

Iqtisodiyot, 2020.

4. Ибрагимов, Л. З., Мусаев, Б. М., & Усманхонова, Д. Ф. (2021). Ўзбекистоннинг

бандлик ва меҳнат бозорига демография омилининг таъсирини баҳолашнинг баъзи
жиҳатлари.

Science and Education журнали

, (2), 2.

4.

Mirzaliyev, S. R., Ochilova, M. S., & Sobirova, M. A. (2024). Urgut tumanidagi

sugʻoriladigan yer maydonlarining meliorativ holati. Экономика и социум, (8 (123)), 144-148.

5.

Karimov I. “Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashuv muammolari va yechimlari”. — “Fan va

texnologiya”, 2021.

6.

Xorazm viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi ma’lumotnomasi, 2023.

7.

Rasulov A.A. “Qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalar”. — Urganch: Xorazm

Universiteti nashriyoti, 2022.

8.

Karimov, Y., Mirzaliyev, S., Kharshiev, A., & Komiljonov, T. (2025). Groundwater level,

mineralization, and pollution in uzbekistan: an overview. American journal of education and
learning, 3(2), 544-552.

References

O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi ma’lumotlari — https://stat.uz

Xorazm viloyati hokimligi rasmiy veb-sayti — https://xorazm.uz

G‘afurov M.M. “Agrosanoat majmuasi va uning rivojlanish istiqbollari”. — Toshkent:

Iqtisodiyot, 2020.

Ибрагимов, Л. З., Мусаев, Б. М., & Усманхонова, Д. Ф. (2021). Ўзбекистоннинг

бандлик ва меҳнат бозорига демография омилининг таъсирини баҳолашнинг баъзи

жиҳатлари. Science and Education журнали, (2), 2.

Mirzaliyev, S. R., Ochilova, M. S., & Sobirova, M. A. (2024). Urgut tumanidagi

sugʻoriladigan yer maydonlarining meliorativ holati. Экономика и социум, (8 (123)), 144-148.

Karimov I. “Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashuv muammolari va yechimlari”. — “Fan va

texnologiya”, 2021.

Xorazm viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi ma’lumotnomasi, 2023.

Rasulov A.A. “Qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalar”. — Urganch: Xorazm

Universiteti nashriyoti, 2022.

Karimov, Y., Mirzaliyev, S., Kharshiev, A., & Komiljonov, T. (2025). Groundwater level,

mineralization, and pollution in uzbekistan: an overview. American journal of education and

learning, 3(2), 544-552.