“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
129
MIRZACHO‘L IQTISODIY RAYONI SHAHARLARI TO‘RI VA TARKIBINING
PROGNOZI
Musayev Bekzod Murodovich,
Xaydarova Xolnisa Isroilovna,
Oʻrozqulov Zovqiddin Sherzod oʻgʻli
O‘zbekiston-Finlandiya pedogogika instituti
Annotatsiya.
Ushbu
maqolada Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni shaharlardagi demografik
jarayonlarning holati, aholi soni va dinamikasidagi o‘zgarishlar, aholi tarkibi, tabiiy va mexanik
harakati va uning istiqboldagi ko‘rinishlari prognoz qilingan. Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni
shaharlaridagi prognozlash shaharlarning kelajakda rivojlanishi, vujudga kelishi mumkin bo‘lgan
ijtimoiy – iqtisodiy hamda ekologik muammolarning oldini olish imkonini beradi.
Kalit so‘zlar:
Shahar, shaharcha, shahar aholi manzilgohi, prognoz, prognozlashtirish,
demografik jaryonlar, ekstrapolyatsiya usuli, o‘rta shahar, katta shahar.
Shaharlardagi demografik jarayonlarning holati, aholi soni va dinamikasidagi o‘zgarishlar,
aholi tarkibi, tabiiy va mexanik harakati va uning istiqboldagi ko‘rinishlarini, shaharlar aholisini
prognoz qilish orqali ko‘rsatib berish mumkin. Prognozlash shaharlarning kelajakda rivojlanishi,
vujudga kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy – iqtisodiy hamda ekologik muammolarning oldini olish
imkonini beradi. Shuningdek shaharlar uchun eng dolzarb bo‘lgan ish o‘rinlarini yaratish, uy-joy
bilan ta’minlash, ta’lim maskanlarini hamda shifoxonalar qurish kabi ishlarni oldindan
rejalashtirishda, shaharlar aholisini prognozlash muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan hududlarni
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha dasturlar asosida har yili hududlarning
muammolari va imkoniyatlarini chuqur o‘rgangan holda taraqqiyot dasturlarini ishlab chiqish»
vazifasi belgilab qo‘yilgan [1]. Mazkur taraqqiyot dasturlari asosini hududlar, xususan, shaharlar
aholisining soni, yosh va jinsiy tarkibidagi o‘zgarishlarni prognoz qilish ishlari tashkil etadi.
Prognozlashtirish ishlari hukumat tomonidan shaharlarning rivojlantirish istiqbollarini ko‘rish
bilan birga ularning kelajakdagi rivojlanish dasturlarini ham ishlab chiqishga turtki beradi. Hukumat
tomonidan prognozlashtirish ishlarida shaharlarni prognoz qilish boshqa prognozlar ichida alohida
ajralib turadi, chunki shaharlar har bir davlatning suyanchi va tayanchi hisoblanadi.
O‘zbekistonda shahar aholisini prognoz qilish ishlari bilan respublikada prof. A.S.Soliyev,
E.A.Axmedov, Z.Rayimjonov, X.Tursunov. ohirgi yillarda A.M.Mavlonov, P.R.Qurbonov,
S.S.Zokirov, M.M.Egamberdiyeva, S.K.Tashtayeva kabi olimlar tamonidan turli shahar aholi
manzilgohlari doirasida, turli variantlar, metodlar yordamida amalga oshirilgan. Xususan, bu
olimlardan P.R.Qurbonov Janubiy O‘zbekiston shaharlar to‘ri va tarkibini prognoz qilgan bo‘lsa,
S.S.Zokirov O‘rta muddatli istiqbol davrida O‘zbekiston shaharlari aholisi sonining o‘sish
prognozlarini amalga oshirgan. S.K.Tashtayeva esa O‘zbekiston Respublikasi shahar
aglomeratsiyalari rivojlanishining prognozlari bilan shug‘ullangan.
Ma’lumki, shaharlar aholisi sonini prognoz qilishda juda ko‘plab metodlardan foydalanish
mumkin. Jumladan, P.R.Qurbonov hamda S.K.Tashtayeva ilmiy tadqiqot ishining prognozida
ekstrapolyatsiya usulidan foydalangan bo‘lsa, S.S.Zokirov yosh surish usulini ishlatgan.
So‘nggi yillarda mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida, Mirzacho‘l
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
130
iqtisodiy rayonida ham ko‘plab ishlab chiqarish va infratuzilma ob’ektlari, masalan, Jizzax maxsus
industrial iqtisodiy zonasining tashkil etilishi tufayli, ko‘plab sanoat korxonalari paydo bo‘ldi.
Mazkur ob’ektlarning qurilishi, nafaqat, iqtisodiy rayon iqtisodiyotining yuksalishiga, shuningdek,
urbanizatsiya va shahar hosil bo‘lish jaryonlarining rivojlanib borishiga ham ijobiy ta’sir qildi va
qilmoqda. Biroq Mirzacho‘l iqtisodiy rayonida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan mutanosib holda
aholi soni ham ko‘payib bormoqda, 2010-2021 yillarda ushbu hududda aholining o‘rtacha yillik
ko‘payishi 1,60 foiz bo‘lgan bo‘lsa, shundan qishloq joylarida 1,70 foizga, shaharlarida esa 1,55
foizga teng bo‘ldi.
Shaharlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi kelajak dasturlarini tuzish, rejalashtirish ishlarida
ushbu hududlarda yashovchi aholi soni, tarkibi, joylanishi, demografik jarayonlardagi
o‘zgarishlarning hisobini oldindan bilish muhim hisoblanadi.
Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni shaharlari miqyosida 2020 – 2050 yillarga ekstrapolyatsiya
usulida prognoz ishlari amalga oshirildi. Bunda 2010-2020 yillardagi shahar aholi soni tug‘ilish va
o‘lim dinamikasidagi ko‘rsatkichlar manba sifatida olingan.
Prognoz hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025 yilga kelib shaharlar aholisi soni 564,4 ming kishiga
oshib, jami shahar aholi manzilgohlaridagi ulushi esa 49,8 foizga o‘sishi kutiladi. Shuningdek,
ushbu prognoz yillarida Guliston shahri «o‘rta shahar» maqomidan «katta shahar» maqomini olishi
mumkin. Gagarin va Do‘stlik shaharlarining aholisi soni 20 ming kishidan ortishi munosabati bilan,
bu shaharlar, aholi soni jihatidan «kichik shahar» maqomidan «yarim o‘rta shahar» maqomiga
o‘tadi. Mazkur davrda shaharlarda aholi soni 2020 yilga nisbatan 2025 yilda 111,5 foizga o‘sadi,
o‘rtacha yillik ko‘payish sur’ati esa 1,80 foizga teng bo‘ladi. Shaharlar ichida aholi sonining eng
yuqori o‘sishi, bu davrda, Guliston (122,4 %), Dashtobod (120,1 %) shaharlarida ro‘y beradi, eng
past o‘sish ko‘rsatkichlari esa Sirdaryo (101,9 %) va G‘allaorol (104,4 %) shaharlariga to‘g‘ri
kelishi kutilmoqda.
Iqtisodiy rayon shaharlarida prognoz davrining 2030 yiliga kelib esa shaharlarida aholi soni
623,6 ming kishiga yetishi ehtimoli mavjud. Jami shahar aholi manzilgohlaridagi ulushi esa 50,4
foizni tashkil qilishi mumkin.
1-rasm. Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni shaharlari aholisi sonining prognozi (ming kishi)
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
131
Manba: O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida
tayyorlandi.
Bu davrda Jizzax shahri aholisi soni 200 ming kishilik marradan oshadi. Bundan tashqari,
Dashtobod hamda Yangiyer shaharlari aholisi 50 ming kishilik dovondan o‘tib, bu shaharlar «yarim
o‘rta shaharlar» toifasidan «o‘rta shahar» toifasiga o‘tishi kuzatiladi. Shuningdek, Shirin shahar
aholisi soni 20 ming kishidan oshishi bilan, bu shahar, aholi soni jihatidan «kichik shahar»
maqomidan, «yarim o‘rta shahar» maqomiga o‘tadi. Ushbu davrda shaharlarda aholining o‘sish
sur’ati 2030 yilgi prognozda 108,8 foiz bo‘lsa, o‘rtacha yillik ko‘payish sur’ati esa 1,40 foizga
to‘g‘ri kelmoqda. Bu prognoz yilida eng yuqori o‘sish kuzatiladigan shaharlar aholisiga 2025
yildagi kabi Guliston va Dashtobod shaharlarida saqlanib qolib, o‘sish sur’ati 130,9 -116,7 foizdan
to‘g‘ri kelishi tadqiqot prognozida kuzatiladi. Shaharlar ichida aholining eng past o‘sish
ko‘rsatkichlari 2025 yilda Sirdaryo va G‘allaorol shaharlarida (101,9-104,3 %) ro‘y beradi.
2050 yil boshiga borib, shaharlardagi aholi soni 860,5 ming kishini tashkil qiladi, jami shahar
aholi manzilgohlaridagi ulushi esa 52,2 foizga o‘sishi kuzatiladi. Bu davrda iqtisodiy rayondagi
shaharlar maqomida o‘zgarish deyarli kuzatilmaydi. Faqatgina, Guliston shahar aholisi soni 200
ming kishilik dovondan o‘tishi mumkin.
Bu prognoz davrida shaharlar aholisi sonining o‘sish sur’ati o‘rtacha 106,1 foizni tashkil
qilishi prognoz qilinsa, o‘rtacha yillik ko‘payish su’rati esa 1,00 foizdan to‘g‘ri kelishi ehtimoli bor.
Shaharlarda eng yuqori aholi sonining o‘sish ko‘rsatkichlari Guliston (110,5 %) va Dashtobod
(110,0 %) shaharlariga, eng past o‘sish ko‘rsatkichi Sirdaryoga (101,8 %) ga to‘g‘ri kelishi
mumkin. Prognoz davrida iqtisodiy rayondagi Jizzax shahri aholisi soni 250 ming kishilik marradan
oshishi kutilib, bu esa shaharning «katta shahar» toifasidan «yirik shahar» maqomiga erishishi
mumkinligidan darak beradi.
1-jadval
Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni shaharlari aholisi soni prognozi (2025-2050 yy., ming kishi)
№
Shaharlar
Aholi soni
2022
yil
2025 yil
2030 yil
2035 yil
2040 yil
2045 yil
2050 yil
1
Jizzax
186,8
192,4
207,4
222,4
237,4
252,5
267,6
2
Dashtobod
41,1
47,7
55,7
63,7
71,7
79,7
87,7
3
G‘allaorol
27,7
27,9
29,1
30,3
31,5
32,7
33,9
4
Paxtakor
28,1
30,0
33,0
36,1
39,0
42,1
45,1
5
Do‘stlik
20,6
20,9
21,9
22,8
23,8
24,7
25,7
6
Gagarin
19,2
21,1
23,6
26,2
28,8
31,4
34,0
7
Guliston
93,4
110,6
130,9
151,2
171,5
191,8
212,1
8
Baxt
13,7
14,3
15,1
15,9
16,7
17,5
18,3
9
Sirdaryo
31,3
30,9
31,5
32,1
32,7
33,3
33,9
10 Shirin
19,1
19,6
20,6
21,6
22,6
23,6
24,5
11 Yangiyer
45,2
49,0
54,8
60,5
66,2
72,0
77,7
Jami
526,2
564,4
623,6
682,8
741,9
801,3
860,5
Jadval ekstrapolyatsiya usuli asosida muallif tomonidan hisoblangan.
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
132
Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni shaharlarida aholi prognozining 2025-2050 yillardagi natijasi
bo‘yicha, jami shahar aholisi 2025 yilda o‘rtacha yillik ko‘payish sur’ati 1,56 foizni, 2030 yilga
borib 1,40 foizga kamayib borishi, 2050 yilga borib esa 0,97 foizgacha tushishi prognoz qilindi. Bu
ko‘rsatkichlar shaharlar bo‘yicha farqlanadi, shu boisdan, ularni quyidagicha guruhlash orqali
baholash mumkin. Jumladan, birinchi guruhdagi Sirdaryo, Do‘stlik, G‘allaorol shaharlari aholisi
sonining o‘rtacha yillik ko‘payish sur’ati 0,25 - 0,78 foiz atrofida to‘g‘ri kelib, bu shaharlarda 2030
yilda, aholi soni 103,1 ming kishi bo‘lib, jami shaharlar aholi sonidagi ulushi 16,1 foizni tashkil
qiladi. 2050 yilda esa ushbu shaharlarda aholi soni 118,0 ming kishiga ko‘payib, aholisi sonining
salmog‘i 13,7 foizga oshishi kutiladi. Bu guruh shaharlarining ayrimlarida ekologik sharoitga
bog‘liq holda, aholi soni tashqi migratsiya ta’sirida kamayib boradi. Binobarin, Shirin va Sirdaryo
shaharlarida ekologik holatning yomonligi, aholi o‘lim ko‘rsatkichlarining boshqa shaharlarga
qaraganda, yuqoriligi sababli, aholining o‘rtacha yillik ko‘payishi biroz pastligicha qoladi.
Ikkinchi guruhdagi Jizzax, Baxt, Shirin, shaharlarida aholining o‘rtacha yillik ko‘payish
sur’ati 0,78 - 1,56 foizdan to‘g‘ri kelgan holda, ushbu shaharlarda tabiiy ko‘payish va migratsiya
hisobiga aholi soni ko‘payib boradi. Mazkur shaharlar aholisi soni 2030 yilda 276,1 ming kishi
bo‘ladi, shahar aholi manzilgohlari sonidagi ulushi esa 44,2 foizga yetadi. 2050 yilga kelib, bu
shaharlarda aholi soni 355,5 ming kishini, shaharlar aholisi sonidagi ulushi esa 41,3 foizni tashkil
etadi.
Uchunchi guruhdagi Dashtobod, Yangiyer, Gagarin, Paxtakor shaharlarida aholining o‘rtacha
yillik ko‘payish sur’ati 1,56 - 2,34 foiz atrofida bo‘lib, bu shaharlarda tabiiy ko‘payishning
yuqoriligi, tashqi migratsiyaning kamligi kabi omillar ta’sirida, ushbu shaharlar aholisi sonining
o‘rtacha yillik ko‘payish sur’ati yuqoriligi prognoz tadqiqotlarida kuzatildi. Bu guruh shaharlarining
aholisi soni 2030 yilda 110,5 ming kishidan bo‘lishi hamda shaharlar aholisi sonidagi ulushi 17,7
foizga yetishi kutiladi. 2050 yilga kelib, mazkur shaharlardagi aholi soni 165,4 ming kishiga va
shaharlar aholisi sonidagi salmog‘i 19,2 foizga yetadi. Dashtobod va Yangiyer shaharlarida esa
tabiiy ko‘payish asosiy omil bo‘lishi bilan birga, tashqi migratsiyaning kamligi muhim ahamiyat
kasb etadi.
To‘rtinchi guruhga faqatgina Guliston shahri kiradi, bu shaharda kelajakda aholisi sonining
o‘rtacha yillik ko‘payish sur’ati 2,36 foizga (2050 y) teng bo‘ladi, deb prognoz qilinmoqda.
Guliston shahrida aholi sonining o‘sishiga avvalo tabiiy ko‘payish va qolaversa, qishloq joylaridan
ko‘plab kishilarning shaharga ko‘chib kelishi hisobiga ortib boradi. Shahar hududining kengayishi
tufayli ham shahar aholisi sonining o‘rtacha yillik ko‘payishi sur’ati yuqori bo‘lishini prognoz
ishlari ko‘rsatmoqda. Guliston shahar aholisi soni 2030 yilda 130,9 ming kishi, 2050 yilda esa 212
ming kishiga yetishi hamda bu shaharning iqtisodiy rayon shaharlari aholisi sonidagi ulushi esa
2030 yilda 20,9 foiz va 2050 yilda 24,6 foizni tashkil qilishi uning muttasil ko‘payib borishidan
dalolat beradi.
Iqtisodiy rayon shahar va shaharchalarining aholi soni prognoz natijalaridan, yaqin kelajakda
urbanistik tarkibi rivojlanishi, quyi pog‘onadagi shaharlar aholisining ko‘payishini, yirik shahar
soni Guliston shahri bilan bittaga ko‘payishini, o‘rta shaharlar sonida ham Dashtobod va Yangiyer
shaharlari qo‘shilishini va shaharlar irarxiyasining rivojlanishi ro‘y berishini kutish mumkin. Bu esa
mazkur hududlar urbanizatsiya darajasi oshishiga, aholining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi
ortib borishiga xizmat qiladi.
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
133
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 28 январдаги ПФ-60-сонли
“2022-2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси
тўғрисида”ги Фармони (
2.
Айрапетов А.М. Таблицы исчисления среднегодовых темпов роста, прироста и
снижения. – М.: Статистика, 1967. – 159 с.
3.
Ibragimov, L., Sherxolov, O., Musayev, B., Boboyev, S., Sobirova, M., & Boratova, G.
(2024). Industrial development and assessment of its impact in Samarkand region-a GIS mapping-
based study. In
E3S Web of Conferences
(Vol. 590, p. 06002). EDP Sciences.
4. Tojiyeva, Z., Omanova, K., Pardayev, N., Jaloliddinov, N., Musayev, B., & Khursanov, S.
(2024). Regional Characteristics in the Dynamics and Location of the Rural Population of the
Republic of Uzbekistan. In
E3S Web of Conferences
(Vol. 491, p. 04004). EDP Sciences.
5. Ибрагимов, Л. З., Мусаев, Б. М., & Усманхонова, Д. Ф. (2021). Ўзбекистоннинг
бандлик ва меҳнат бозорига демография омилининг таъсирини баҳолашнинг баъзи
жиҳатлари.
Science and Education журнали
, (2), 2.
6. SHERXOLOV, O., & MUSAYEV, B. (2024). Ahоli punktlаri jоylаnishini gеоgrаfik
oʻrgаnishning mеtоdоlоgiyаsi.
News of the NUUz
,
3
(3.1), 327-331.
7. MUSAYEV, B., & SHERXOLOV, O. (2024). Mirzacho ‘l iqtisodiy rayoni shaharlari aholi
soni dinamikasi va tarkibining hududiy xususiyatlari.
News of the NUUz
,
3
(3.1), 267-271.
8. Ibragimov, L., Ubaydullayev, D., & Musayev, B. (2021). Recreational assessment of
natural
landscapes
of
Jizakh
region.
ASIAN
JOURNAL
OF
MULTIDIMENSIONAL
RESEARCH
,
10
(4), 212-217.
9. Ибрагимов, Л. З., Мусаев, Б. М., & Убайдуллаев, Д. К. Ў. (2021). Жиззaх вилoятида
туризмни ривожлантириш имкониятлари ва истиқболлари.
Science and Education
,
2
(3), 429-
435.
10. Bekzod Musayev, Olimjon Sherxolov.
Forecast of the network and composition of cities in
Mirzachul economic region
. Journal of Geography and Natural Resources 3 (06), 132-145, 2023.
11. www.stat.uz
