RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
134
MIRZACHO‘L IQTISODIY RAYONI SHAHARLARINING SHAKLLANISH VA
RIVOJLANISH TARIXI
Musayev Bekzod Murodovich,
Saidova Ozoda Bobosherovna,
Boltaboyeva Maysara Rashid qizi
O‘zbekiston-Finlandiya pedogogika instituti
Annotatsiya.
Ushbu
maqolada Mirzacho‘l iqtisodiy royoni shahar aholi manzilgohlari tarixi
va hozirgi holati tahlil qilingan, shahar aholi manzilgohlarining rivojlanish davrlari bosqichlarga
ajratilib, ularning o‘tmishi va bugungi holati hamda rivojlanish muammolari ko‘rib chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
Qo‘riq yerlar, qadimiy shahar, yangi shahar, urbanizatsiya, yirik shahar,
shaharcha, aholi manzilgohlari, urbanizatsiya darajasi.
XX asrning 80-yillarida Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlari asosida Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni
tashkil etildi. XX asrning oxirgi o‘ttiz yili Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni uchun o‘ziga xos rivojlanish
davri hisoblanadi. Aynan ana shu davrda, qo‘riq yerlarning o‘zlashtirilishi, munosabati bilan
iqtisodiy rayonga qo‘shni viloyatlardan aholi ko‘chirilib keltirila boshlandi, natijada, yangi ko‘plab
aholi manzilgohlari, shaharchalar hamda shaharlarning paydo bo‘lishiga olib keldi.
Mirzacho‘lda qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish natijasida shahar va qishloq aholi manzilgohlarining
shakllanishini ko‘proq Sobiq ittifoq davri bilan bog‘lab kelinadi, biroq Mirzacho‘l atrofida antik
davrlardan o‘troq hayot shakllanib, urbanistik jarayonlar paydo bo‘lganligi tarixiy manbalardan
ma’lum.
Iqtisodiy rayon respublika hududining 5,7 foizini tashkil qiladi. Unda respublika aholisining
6,5 foizi istiqomat qiladi. Mustaqillik yillarida mintaqa aholi manzilgohlari son jihatdan emas
aksincha sifat jihatdan o‘zgarishlar yuz berdi. Hozirgi vaqtda bu yerda 78 ta shahar va shaharchalar
mavjud bo‘lib, shahar aholi manzilgohlarida iqtisodiy rayon aholisining 45,4 foizi istiqomat qiladi.
Eramizdan avvalgi II asrlarda Mirzacho‘lda urbanizatsiya jarayonlarining rivojlanishida
Buyuk Ipak yo‘li muhim ahamiyat kasb etgan. Yunon-Makedon mustamlakasi ta’sirining
kamayishi tufayli, Xitoyni Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lovchi savdo yo‘li Mirzacho‘lning janubiy
qismidan o‘tib, Samarqand shahriga borgan. “Mirzacho‘l hududida qadimgi shaharlar uning
janubida savdo-aloqa yo‘llari tufayli paydo bo‘lgan. Buni biz Xo‘jand – Jizzax yo‘nalishida ilk o‘rta
asrlarda yirik savdo markazlari bo‘lgan Savat, Jizzax, Xovos, Kurkat, Bunjikat kabi shaharlar
misolida ko‘rishimiz mumkin”[1, 7-s.].
Mirzacho‘lning Buyuk Ipak yo‘li o‘tgan hududlarida yangi yerlar o‘zlashtirilib aholi
o‘troqlasha boshlagan, karvonsaroy, qal’a-qo‘rg‘onlar bunyod etishgan hamda shaharsozlik
rivojlanib borgan.
Mirzacho‘l iqtisodiy rayonining Sirdaryo viloyati hududi o‘rta asrlarda shimoliy Ustrushona
tarkibiga kirgan va hududning katta qismi cho‘l bo‘lishiga qaramasdan, bu yerlarda robotlar,
karvonsaroylar, tog‘ oldi hududlarida esa o‘rta asrlarda bir qator qal’a – qo‘rg‘onlar, shaharlar qad
rostlagan. Arab sayyoh olimlari Istaxriy va ibn Havqallarning ma’lumotlariga ko‘ra,
Ustrushonaning poytaxti Bunjikat shahri hisoblangan. Shahar maydoni 6 - 8 km atrofida bo‘lgan,
uylar va boshqa imoratlar paxsa va yog‘ochdan qurilgan bo‘lgan, shahar ikki qator devor bilan
o‘ralgan. Shaharda saroylar, uy joylar, bog‘lar, uzumzorlar, masjid va qamoxona bo‘lgan. Shahar
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
135
devorida to‘rtta darvoza Zomin, Marsmanda, Nujket va Kaxlobod yo‘nalishida bo‘lgan.
Ustrushonaning ikkinchi yirik shahri Zomin bo‘lib, Farg‘onadan So‘g‘dga olib boradigan
katta yo‘l bo‘yida joylashgandir. O‘rta asr manbalarida Zomindan keyin Dizak tilga olinadi. O‘rta
asrlarda Dizak rabotlari va jundan tayyorlangan kiyimlari bilan mashhur bo‘lgan.
Arxeolog olimlarimizning ilmiy izlanishlari shuni ko‘rsatadiki, Mirzacho‘lda ayrim bir
shaharlar miloddan avvalgi VII va VI asrlardayoq mavjud bo‘lgan bo‘lib, bular Xovos, Jizzax
shaharlaridir. A.A.Gritsinaning ta’rificha qadimiy “Xovos va Jizzax shaharlari miloddan oldingi
asrlardayoq, hattoki Aleksandr zamonasigacha, Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan bo‘lib antik va ilk
o‘rta asrlarda ham o‘z faoliyatini davom ettirgan”[1, 5s].
Mirzacho‘ldagi Jizzax, Zomin kabi shaharlarning qadimdan to hozirgi kungacha taraqqiyoti
davom etayotganligiga sabab bunga ularning iqtisodiy geografik o‘rnining (IGO‘) nisbatan qulayligi
ham sabab bo‘lgan. Jizzax shahrining IGO‘ni qulayligi iqtisodiy rayondagi eng yirik shaharlardan
biri bo‘lishiga olib keldi.
Mirzacho‘l iqtisodiy rayonidagi shahar aholi manzilgohlarining tarixi ming yilliklarni o‘z
ichiga olsada, biroq zamonaviy urbanizatsiyaning rivojlanishi XX asrda sodir bo‘ldi. Shuningdek
qadimda iqtisodiy rayon shaharlari Respublikaning boshqa shaharlari singari an’anaviy savdo va
hunarmandchilik asosida rivojlanib kelgan. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, shaharlarning
transport, sanoat, tabiiy resurs, kabi omillar asosida shakllanishi kuzatildi.
Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni aholi manzilgohlari, shahar va shaharchalarning rivojlanishi va
joylanishini 4 davrga bo‘lib o‘rganish mumkin. Bular:
1.
Sobiq Ittifoq tashkil etilguncha bo‘lgan davr (1917 yilgacha.);
2.
Sobiq Ittifoq davri (1917 y-1991 y.);
3.
Mustaqillik davri (1991-2009 y.);
4.
2009 yilda aholi soni 2000 kishidan ortiq bo‘lgan qishloq aholi manzilgohlarining
shaharchalarga aylantirilishi davri.
Bundagi 1-davrda aholi manzilgohlari hamda shahar va shaharchalarning paydo bo‘lishi va
rivojlanishi iqtisodiy rayonda unchalik ko‘p bo‘lmagan. Bunga asosiy sabab qilib iqlim sharoitining
noqulayliklarini keltirib o‘tish mumkin. Bu davr uzoq vaqtni olgani bilan o‘sha paytlari sanoqli
yirik aholi manzilgohlari paydo bo‘lgan xolos. Sug‘orma dehqonchilik rivojlangan, daryo va
soylarning bo‘ylarida, tog‘li hududlarda hamda aholi yashashi uchun qulay bo‘lgan hududlarda
qadimgi aholi manzilgohlari shakllangan. Shaharlardan faqat Jizzax va Zomin shaharlari mavjud
bo‘lgan.
Chor Rossiyasining Amerikadan katta miqdordagi paxta tolasi importining oldini olish
maqsadida Mirzacho‘lni o‘zlashtirib paxta ekish maqsadida birinchi rus aholi manzilgohlari tashkil
etildi. Hozirgi Guliston shahri ham dastlab 2 ta rus posyolkalari, ya’ni Duxovskiy va Spasskiy aholi
manzilgohlari birlashishidan shakllangan. Dastlab tashkil topganida Mirzacho‘l posyolkasi deb
yuritilgan, bu posyolkalar Toshkent- Samarqand temir yo‘li yoqasida joylashgan edi.
Aholi manzilgohlarining shakllanishidagi 2 – davri sobiq Ittifoq davrida Mirzacho‘ldagi
qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish, yangi aholi manzilgohlarini tashkil etish, irrigatsiya infrastrukturasini
shakllantirish borasida juda katta hajmdagi ishlar amalga oshirigani bilan ajralib turadi. Temir
yo‘llar bo‘yida tashkil etilgan kichik stansiyalarning ba’zilari keyinchalik yirik aholi
manzilgohlariga aylantirildi. Bu davrda tashkil etilgan aholi manzilgohlaridagi hayot tarzi bevosita
agrar soha bilan bog‘liq edi. Sanoat va ishlab chiqarishning asosiy qismi qishloq xujaligi
mahsulotlarini qayta ishlash yoki unga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanar edi. Mirzacho‘lni
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
136
o‘zlashtirish juda og‘ir kechgan, ko‘plab ekologik va ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarishiga
qaramay, shaharsozlik sohasi va cho‘l hududlarida ijtimoiy infratuzilma yaratish bo‘yicha ham bir
qancha tajribalar orttirildi. Mirzacho‘l iqtisodiy rayonida shaharlar shakllanishidagi 2-davr eng
muhim hisoblanadi. Yangi yerlarni o‘zlashtirilishi natijasida Sirdaryo viloyatida beshta shahar
(Guliston (1923 y), Baxt (1980 y), Sirdaryo (1971 y), Shirin (1972 y), Yangiyer (1957 y), Jizzax
viloyatidagi oltita shaharning to‘rttasi Do‘stlik (1983 y), Dashtobod (1974 y), Gagarin (1974 y),
Paxtakor (1974 y) mana shu davrda vujudga kelgandir.
1991 yildan buyon Mirzacho‘l iqtisodiy royoni ijtimoiy iqtisodiy hayotida va shaharsozlik
sohasida katta o‘zgarishlar amalga oshirildi, lekin shaharlar rivojlanishi biroz kechikdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2009 yil 13 martda qabul qilingan qaroriga
ko‘ra shaharcha maqomini olish uchun undagi aholi soni 2000 kishidan kam bo‘lmasligi kerak. Shu
sababli Mirzacho‘l iqtisodiy rayonida 53 ta qishloq aholi manzilgohlariga shaharcha maqomi
berildi. Natijada, mintaqada urbanizatsiya darajasi biroz ortdi. Bu aholi manzilgohlariga shaharcha
maqomini berishda faqatgina aholi soni inobatga olinmagan balki, hududdagi ishlab chiqarish,
hizmat ko‘rsatish sohalarining holati, infratuzilmasi, kelajak istiqbolda ularning mintaqada o‘sish
qutbi va markazlari vazifalarini bajara olish kabi jihatlari ham inobatga olingan. Bu esa Mirzacho‘l
iqtisodiy rayonida ushbu aholi manzilgohlarining, imkoniyatlaridan unumli foydalanish,
sarflanadigan mablag‘ va resurslardan oqilona foydalanish imkoniyatini oshiradi.
Hozirgi kunda Mirzacho‘l iqtisodiy rayonidagi mazkur shaharchalarning tuzilishi bilan shahar
aholi manzilgohlari soni 78 ta, 11 ta shahar va 67 shaharcha joylashgan bo‘lib, hududning
urbanizatsiya darajasi 45,4 foizni tashkil qiladi.
Xulosa.
Mirzacho‘l iqtisodiy rayonida 2009 yilda vujudga kelgan yangi shaharchalarning
ko‘rinishi asosan qishloqcha yashash tarziga egadir, bu aholi manzilgohlariga shaharcha maqomini
berish asosan kelajakda rivojlanish imkoniyatlarini hisobga olgan holda, tashkil etilgan edi. Shuning
uchun ham aholi sonining kamligi yoki sanoat ishlab chiqarish korxonalarning mavjud yoki yo‘qligi
kabi omillar asta sekin bartaraf etilishi nazarda tutilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Bekzod MUSAYEV, Olimjon SHERXOLOV.
Forecast of the network and composition of
cities in Mirzachul economic region
. Journal of Geography and Natural Resources 3 (06), 132-145,
2023.
2.
Ibragimov, L., Sherxolov, O., Musayev, B., Boboyev, S., Sobirova, M., & Boratova, G.
(2024). Industrial development and assessment of its impact in Samarkand region-a GIS mapping-
based study. In
E3S Web of Conferences
(Vol. 590, p. 06002). EDP Sciences.
3. Tojiyeva, Z., Omanova, K., Pardayev, N., Jaloliddinov, N., Musayev, B., & Khursanov, S.
(2024). Regional Characteristics in the Dynamics and Location of the Rural Population of the
Republic of Uzbekistan. In
E3S Web of Conferences
(Vol. 491, p. 04004). EDP Sciences.
4. Ибрагимов, Л. З., Мусаев, Б. М., & Усманхонова, Д. Ф. (2021). Ўзбекистоннинг
бандлик ва меҳнат бозорига демография омилининг таъсирини баҳолашнинг баъзи
жиҳатлари.
Science and Education журнали
, (2), 2.
5. SHERXOLOV, O., & MUSAYEV, B. (2024). Ahоli punktlаri jоylаnishini gеоgrаfik
oʻrgаnishning mеtоdоlоgiyаsi.
News of the NUUz
,
3
(3.1), 327-331.
6. MUSAYEV, B., & SHERXOLOV, O. (2024). Mirzacho ‘l iqtisodiy rayoni shaharlari aholi
soni dinamikasi va tarkibining hududiy xususiyatlari.
News of the NUUz
,
3
(3.1), 267-271.
