Authors

  • Tohir Mustofoyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.126017

Keywords:

iqlim global lokal siklon antisiklon albedo mexanik kontinental quyosh radiatsiyasi atmosfera sirkulatsiyasi Bobotog‘ Surxondaryo yog‘in-sochin.

Abstract

Ushbu maqolada iqlim va uni hosil qiluvchi omillar, Sho‘rchi tumani iqlimiga xos bo’lgan ayrim xususiyatlar va ko‘rsatkichlar haqida umumiy ma’lumot keltirilgan.

background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

137

SHO‘RCHI TUMANI IQLIMI VA UNING XUSUSIYATLARI

Mustofoyev Tohir Erkinovich

Geografiya mutaxassisligi yo‘nalishi 1-kurs magistranti

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti

E-mail:

mustafoyevtohir@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada iqlim va uni hosil qiluvchi omillar, Sho‘rchi tumani iqlimiga

xos bo’lgan ayrim xususiyatlar va ko‘rsatkichlar haqida umumiy ma’lumot keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

iqlim, global, lokal, siklon, antisiklon, albedo, mexanik, kontinental, quyosh

radiatsiyasi, atmosfera sirkulatsiyasi, Bobotog‘, Surxondaryo, yog‘in-sochin.

Geografik tadqiqotlarni amalga oshirishdan asosiy maqsad jamiyatning tabiatga munosabatini

uning qonunlariga mutanosiblashtirish va о‘zaro muvozanatni barqarorlashtirishdan iborat.
Insonning tabiatga bо‘lgan ta’siri, ya’ni uni о‘zgartirishga bо‘lgan faoliyati yil sayin kuchayib
bormoqda. Bu ta’sir barcha tabiiy komponentlarda, ayniqsa, iqlim о‘zgarishi sharoitida iqlim
hodisalari va kо‘rsatkichlarining о‘zgarishida yaqqol namoyon bо‘lmoqda.

Iqlim shakllanishida hududga xos bо‘lgan mahalliy sharoit xususiyatlari muhim ahamiyat

kasb etadi. Ma’lumki, iqlim – harorat, namlik, bosim, bulutlilik, -shamollar kabi meteorologik
elementlarning muayyan hududga tegishli kо‘p yillik maromidir.

Iqlim – geografik kenglikka bog‘liq ravishda ob-havoning muayyan joyga xos bо‘lgan kо‘p

yillik maromi, ya’ni biron joyga xos ob-havo sharoitlarining va mavsumiy geografik
о‘zgarishlarining yig‘indisi; u quyosh radiatsiyasi, yer sirtini qoplagan modda yoki jismlarning
xususiyatlari va ular bilan bog‘liq bо‘lgan atmosfera sirkulyatsiyasi ta’sirida shakllanadi.

Yer sharining turli nuqtalarida iqlimning turlicha bо‘lishi iqlim hosil qiluvchi omillarning har

xil bо‘lishiga, ya’ni bu jarayonlar sodir bо‘ladigan о‘sha geografik sharoitlarga bog‘liq. Geografik
omillardan eng muhimlari joyning kengligi va balandligi, dengiz sohiliga yaqin-uzokligi, orografiya
va о‘simlik qoplamining xususiyatlari, qor va muzning bor-yoʻqligi, atmosferaning ifloslanganlik
darajasi hisoblanadi. Bu omillar kengliklar bо‘ylab turli iqlimlarning shakllanishiga sabab
bо‘ladi.[3;1-b]

Iqlim shakllanishi nazariyasining rivojlanish Yer sharining atmosfera, okean, quruqlik va

muzliklardagi jarayonlarning о‘zaro ta’sirini miqdoriy hisobga olishni talab qildi. Atmosfera –
okean – quruqlik – kriosfera tizmi meteorologik tashkil etuvchilarining uzoq (bir necha о‘n yildan
kam bо‘lmagan) vaqt davomidagi holatlari yoki rejimi global iqlim deb tushuniladi.

Global iqlimning muayyan tabiiy geografik sharoitlardagi xususiy kо‘rinishi lokal (yoki

mahalliy) iqlim deyiladi. Lokal iqlim – bu muayyan joyga xos bо‘lgan ob-havoning quyosh
radiatsiyasi, uning yer sirtini qoplagan modda va jismlarning xususiyatidan kelib chiqib
о‘zgarishlari hamda ularga bog‘liq bо‘lgan atmosfera va okeanlar sirkulyatsiyasi bilan
belgilanuvchi kо‘p yillik rejimidir. Bunday tushunishda iqlim joyning tabiiy geografik
xususiyatlaridan biri hisoblandi.

Quyosh energiyasining asosiy о‘zgarishlari yer sirtini qoplagan moddalar va jismlarga tegib

turgan holda va ularning yaqinida sodir bо‘ladi. Bu yer sirtining optik (albedo), mexanik (relyef) va
issiqlik (quruqlik, suv) xossalari bо‘yicha bir jinsli emasligi uning о‘zaro yonma-yon qismlarida


background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

138

meteorologik rejimlar о‘rtasidagi farqlarga olib keladi. Biroq, bu farqlar yuqoriga katta
balandliklarga tarqalmaydi. Shu sababli, yer sirtining о‘lchamlari odatda yuzlab kilometrlardan
katta bо‘lmagan har xil turdagi hududlari ustida katta masshtabli jarayonlar (siklon, antitsiklon,
atmosfera frontlari va boshqalar)ga bog‘liq bо‘lgan ob-havo bir xil xossaga ega bо‘ladi [2;5-6b].

Yuqorida keltirilganlardan kо‘rinadiki, Shо‘rchi tumani iqlimi ham о‘ziga xos bо‘lib, uning

hosil bо‘lishida kо‘plab omillar о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Jumladan, tumanning geografik о‘rni,
hududidan Surxondaryoning oqib о‘tishi, Janubiy Surxon suv omborining mavjudligi, yer sirtini
qoplagan moddalarning har xilligi (sug‘oriladigan yerlar, lalmi yerlar, yaylovlar, tub jinslar ochilib
qolgan suvayirg‘ichlar) quyosh radiatsiyasi, relyefi va atmosfera sirkulyatsiyasini aytishimiz
mumkin.

Geografik о‘rni jihatidan tuman hududi Surxondaryo tabiiy geografik okrugining, asosan,

markaziy va sharqiy qismida joylashgan. Hudud iqlimining shaklanishida bu juda muhim о‘rin
egallaydi(1-rasm).

Sho‘rchi shahri uchun o‘rtacha oylik haroratlar grafigi (2012-2024-yillar kuzatuvlarga

asoslangan)

1-rasm.

Ma’lumot manbasi:

World Weather Online

WorldWeatherOnline.com+1WorldWeatherOnline.com+1

Tuman hududining asosiy qismida suptropik iqlimga xos bo‘lgan xususiyatlar yaqqol ko‘zga

tashalanadi. Jumladan, qish fasli uzoq davom etmaydi va havo harorati asosan musbat holatda
bo‘ladi. Yog’inlar miqdori nisbatan yuqori bo‘lib, bunga shu kenglikka xos bo‘lgan havo massalari
hudud ustida tarkib topishi sabab bo‘ladi. Bahor fasli fevral oyidan boshlanadi.Yillk yog’inning
asosiy qismi mana shu faslga to‘g‘ri keladi. Yoz fasli tuman hududida may oyidan boshlanib, eng
uzoq davom etadigan fasldir. Harorat nihoyatda yuqori ekanligi hamda deyarli yog‘in yog‘masligi
bilan tavsiflanadi. Kuz fasli ham bahor singari qisqa davom etib, havo harorati nisbatan pasaya
boshlaydi. Janubi-g’arbdan kelgan nam havo massalari tufayli yog‘in yog’ishi mumkin. Tuman
hududida yoz issiq va quruq, qish esa salqin va namchil bо‘ladi. Yillik о‘rtacha havo harorati +15°C
tashkil etadi. О‘rtacha havo harorati iyulda +29°C, yanvarda +2,6°C atrofida bо‘ladi. Shо‘rchi
shahrida eng issiq harorat yozda +46°C, eng past harorat esa qishda -25°C gacha tashkil etadi.
Tuman hududida о‘rtacha yog‘in miqdori 200-400 mm atrofida joyning turli xususiyatlariga qarab
о‘zgarib turadi. Eng kо‘p yog‘in asosan Bobotog‘ning g‘arbiy yonbag‘irlariga tushib 400-800 mm
gacha yetishi mumkin.[4;1-b]


background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

139

Surxondaryo esa atmosfera sirkulatsiyasida muhim rol о‘ynaydi. Sababi daryo atrofidagi

mikroiqlim undan uzoqlashgan sari quruqlashib boradi. Daryo suvining iqlimga ta’sirini, asosan,
yoz va qish oylarida uning atrofidagi hududga nisbatan 1-2°C farq qilishini kuzatish mumkin.
Chunki, daryo suvi atmosfera tarkibidagi nisbiy namlik ortishiga sabab bо‘ladi. Shuning uchun ham
daryoning qirg‘oq zonasi doimiy shamol esib turganini kuzatamiz.

Tumanning janubida Janubiy Surxon suv ombori mavjud. Ushbu suv omborining tuman

iqlimining shakllanishida, ayniqsa, janubiy qismlarida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Xususan, bahor faslida yog‘inlarni to‘plash maqsadida uning suv oqib chiqib ketadigan qismi
berkitiladi. Natijada, Surxondaryodagi suvlari oqimi qayir bo‘ylab, qirg’oqlaridan toshib chiqadi.
Shuningdek, suv ombori maydonining barcha qismi suv bilan qoplanadi. Bu esa, suv ombori va
uning atrofidagi bir necha kilometrda nisbiy namlikning ortishiga, yer osti suvlarining esa yer
yuzasiga yaqinlashishiga sabab bo‘ladi. O‘z navbatida, aynan shu hududlarda yog‘in- sochin
miqdori nisbatan yuqori bo‘lishini kuzatish mumkin. Yoz faslida ham xuddi shunday Janubiy
Surxon suv omboriga yaqin hududlarda nisbatan salqin ob-havo kuzatiladi.

Tuman iqlimining shakllanishida yer yuzasini qoplagan moddalarning ahamiyati nihoyatda

yuqori. Qish faslida bu yerdagi havo massalari nisbatan erkin harakatlanadi. Qolgan fasllarda
qishloq xoʻjaligi ekinlari va daraxtlarni sug’orishda aholi suvlardan foydalanadi. Natijada nisbiy
namlik miqdori ortadi. Harorat, asosan, yuqori bo‘lgan yoz oylarida bosim tushadi. Shuningdek,
tumandagi mavjud suv manbalaridan atrofga kuchsiz shamol doimiy esib turadi. Tumanda havo va
tuproqning yuza qismi harorati yuqori boʻladi. Ayniqsa, yuza qismida o‘simliklari kam bo‘lgan adir
va qattiq jinslardan iborat Bobotog’ yonbag’irlarida kunduzi juda yuqori harorat kuzatiladi.
Aksincha, kechasi esa keskin haroratning pasayishi kuzatiladi.

Tumanda yoz oylari о‘ta jazirama boʻlib, olti oygacha chо‘ziladi. Ba’zi yillari о‘simlik

vegetatsiyasi yil boʻyi davom etadi,. Tuman markazidagi quyoshning tushish burchagi 22-dekabrda
28°33ʹ ni, 21-iyulda esa 75°

27ʹ ni tashkil etadi. Shuningdek bahorgi va kuzgi teng kunlik paytida

quyosh nurlari 52° 00ʹ

burchak bilan tushadi. Shо‘rchi tumanida bulutsiz kunlar 230 ga boradi.

Bulutsiz kunlarning kо‘pga chо‘zilishi, mamlakatimizning havo haroratidagi absolyut

maksimumning shu hududda kuzatilishi tuproq qurg‘oqchilligini keltirib chiqaradigan omil
hisoblanadi. Kо‘p yillik meteorologik ma’lumotlarga tayanib tumanning qishloq xо‘jalik ishlab
chiqarishi amalga oshiriladiga tekislik hududlarida havo haroratining foydali kо‘rsatkichi
mudddati chо‘zilganligini kо‘rishimiz mumkin.

Xulosa.

Tumanning murakkab yer yuzasi xususiyatiga kо‘ra havo harorati va yog‘in

taqsimotidagi vertikal mintaqalanish agrosanoat majmuasining tarmoq tuzilishi, joylashishi va
rivojlanishiga kuchli ta’sir kо‘rsatgan. Daryo va soy qayir va terrasa tekisliklarida sug‘orishga
asoslangan dehqonchilik va qoramolchilik rivojlantirilgan. Yog‘in kо‘proq tushadigan adirliklar va
togʻ oldi qir-tepqliklarida lalmikor dehqonchilik, yaylov chorvachiligi va parrandachilik,
hududlarda esa mevachilik (ayniqsa olma, jiyda, yongoq, dо‘lana, bodom, pista, nok yetishtirish)
kengroq rivojlantirilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi.
2. Iqlimshunoslik :[oliy o‘quv yurtlarining talabalari uchun darslik] Y.V. Petrov [va boshqa.];

O‘z R oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi. – T.: Noshir, 2010. 168-b.

3.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Iqlim

4.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Sho%CA%BBrchi_tumani

References

O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi.

Iqlimshunoslik :[oliy o‘quv yurtlarining talabalari uchun darslik] Y.V. Petrov [va boshqa.];

O‘z R oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi. – T.: Noshir, 2010. 168-b.