RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
140
QORATEPA TOG‘LARINING TURISTIK IMKONIYATLARI VA FOYDALANISH
ISTIQBOLLARI
O‘zoqov Jahongir
Samarqand davlat universiteti tadqiqotchisi
Annotatsiya:
Mazkur maqolda Samarqand viloyatining Urgut tumanida joylashgan Qoratepa
tog‘larining turistik imkoniyatlari, hamda undan foydalanish imkoniyatlariga e’tibor qaratilgan.
Mazkut tadqiqot ishidan ko‘zlangan asosiy maqsad bu Qoratepa hududining tabiiy go‘zalliklari,
turizm salohiyatini ko‘rsatib berishga qaratilgan. O‘rganilayotgan hudud o‘zining g‘aroyib
manzaralari, turli tarixiy obyektlari va o‘ziga xos ekologik xususiyatlari bilan nafaqat mahalliy
qolaversa xorijiy sayyohlarni e’tborini tortadi. Maqolada hududning turistik imkoniyatidan
foydalangan holda mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun qulay bo‘lgan turistik marshrutlar ishlab
chiqishga e’tibor qaratilgan.
Kalit so‘zlar
: Qoratepa tog‘lari, ekoturizm, tarixiy obyektlar, tog‘ turizmi, turistik
marshrutlar.
Kirish:
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining turistik resurslari bo‘yicha Markaziy Osiyoda
oldingi, dunyoda noyob turistik potensialga ega bo‘lgan 10-15 ta davlat orasida joy egallaydi.
Uning hududida har xil tarixiy davrlarga mansub noyob arxitektura, tarixiy va tabiat yodgorliklari
mavjud. Respublikaga turistlarni jalb qiluvchi asosiy omil bu uning maftunkor tabiatidir, uning
xilma-xilligidir. Sababi mamlakat iqlimi, ob-havosi yil davomida dam olish va ekoturizmni
rivojlantirish uchun qulayligi bilan ajralib turadi. Jumladan, geografik o‘rni qulay, tabiiy sharoiti va
ekoturistik imkoniyatlari xilma-xil bo‘lgan, sanoat rivojlangan va aholi zich yashaydigan
Samarqand viloyati Urgut tumanidagi ekoturlarga talab yuqori bo‘ladi. Tumanning ekoturistik
salohiyati yuqori bo‘lib, uni jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.
Urgut tumani o‘zining ekoturistik salohiyati bilan viloyatning boshqa tumanlaridan yaqqol ajralib
turadi. Eng muhimi, hududda turizmning ayniqsa, ekoturizmning barcha yo‘nalishlarini
rivojlantirish imkoniyati mavjudligidir. Shu nuqtai nazardan, tumandagi Qoratepa tog‘lari o‘zining
tabiiy go‘zalligi va sog‘lomlashtiruvchi muhitiga ega bo‘lgan ajoyib turistlik obyektlar bilan alohida
ajralib turadi. Bu tog‘larning yuqori qismida joylashgan tik yon bag‘rli qoyato‘li daralar, sayr qilish
va dam olish uchun mo‘ljallangan go‘zal manzarali joylarga ega.
Asosiy qism.
Qoratepa tog‘lari - Zarafshon tog‘ tizmasining g‘arbiy qismi hisoblanadi.
Sharqdan g‘arbga 50 kilometrdan ortiqroq, shimoldan janubga 35-40 kilometrga cho‘zilgan.
Sharqiy qismidagi Chaqilikalon tizmasidan Taxtaqoracha dovoni orqali ajralib turadi. O‘rtacha
balandligi 1000-1500 metr, eng baland joyi Qumg‘aza cho‘qqisi (2197 metr). Qoratepa tog‘larining
yon bag‘irlari ko‘plab chuqur soy o‘zanlari, shimolda Ilonsoy, Og‘alik, Oqsoy, Sazag‘onsoy va
boshqalar, Janubda Qashqadaryoning bir qancha o‘ng irmoqlari (Makrid, Oyoqchidaryo, Tarag‘ay
va boshqalar) bilan kesilgan. Suvayirg‘ich qismining ba’zi joylarida maydoni kichik tekislangan
yuzalar ham uchraydi.
O‘rganilayotgan Qoratepa hududi o‘zining tabiiy go‘zalligi bilan alohida ahamaiyatga ega.
Ushbu hududda joylashgan qishloqlar sayyohlar uchun haqiqiy tinchlik va tabiat bilan uyg‘unlikni
taqdim etadi. Qoratepa tog‘ oraliq botig‘ida 4 ta qishloq joylashgan.
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
141
Omonqutan
qishlog‘i o‘zining betakror tog‘ manzaralari, tabiiy resurslari bilan tanilgan.
Ushbu hudud o‘zining tabiati va go‘zal landshaftlari bilan sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi.
Omonqutanning ajoyib tog‘lari va atrofidagi tabiat sayyohlarga dam olish va hordiq chiqarish uchun
keng imkoniyatlar yaratadi. Ushbu hududda sayohatlar davomida sayyohlar tabiiy go‘zalliklardan
bahramand bo‘lishlari mumkin, shuningdek, mahalliy hayot tarzini o‘rganish, mahalliy xalqning
an’anaviy yashash tarzi, milliy taomlarini tatib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Mahalliy aholi
bilan muloqot qilib, ularning urf-odatlari, qadriyatlari va turmush tarziga oid qiziqarli
ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin.
Tersak
hududi esa o‘zining boy tarixiy va madaniy merosi bilan ajralib turadi. Bu yerda
sayyohlar tabiatning go‘zalligini o‘rganish bilan birga, qadimiy obidalar va tarixiy joylarni ko‘rish
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Tersakning tog‘li manzaralari va tabiiy xususiyatlari sayyohlarga dam
olish va sayohat qilish uchun bir nechta yo‘nalishlar mavjud, bu sayyohlar uchun qiziqarli va
ta’sirchan tajribalarni taqdim etadi.
Sevasoyning
betakror tabiatiga sayohat qilish, o‘rmonlar bo‘ylab yurish yoki daryo bo‘yida
dam olish imkoniyatlari mavjud. Bu yerda sayyohlar nafaqat tabiiy go‘zalliklardan bahramand
bo‘lishadi, balki ekologik turizmni rivojlantirish va tabiatni muhofaza qilish haqida ko‘plab
ma’lumotlarga ega bo‘lishlari mumkin. Shuningdek, Sevasoyda mavjud bo‘lgan turistik marshrutlar
orqali sayyohlar o‘z vaqtlarini tabiiy go‘zalliklar orasida o‘tkazishlari, tabiatning toza va asramagan
qismlarini ko‘rishlari mumkin. Bu hudud, ayniqsa, tabiiy muhiti va keng landshaftlari bilan
ekologik turizmni rivojlantirish uchun juda yaxshi imkoniyatlarni yaratadi.
Uzunsoy
qishlog‘i tog‘lar orasida joylashgani sababli, ajoyib trekking va sayr qilish
imkoniyatlarini taqdim etadi. Bu qishloqlarda tabiiy suv manbalari va yashirin vodiylar mavjud
bo‘lib, sayyohlar uchun maxsus sarguzashtlar va ajoyib manzaralarni ko‘rish orqali tabiat
guzalligida bahramand bo‘lish imkoniyatini yaratadi. Shuningdek, Qoratepa hududi o‘zining tog‘lar
orasidagi yashirin va tinch joylari bilan ham mashhur. Bunday hududlar sayohatlar uchun ideal
bo‘lib, sayyohlar bu yerda toza havodan bahramand bo‘lib, tabiat bilan yanada yaqinroq aloqada
bo‘lishlari mumkin. Tabiatning go‘zalligi va tarixiy merosni saqlab qolish uchun, bu hududda
turizmni rivojlantirishda ekoturizmga katta e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur 4 hududdan tashqari Qoratepa suv ombori ham mavjuddir. Bu tumandagi zamonaviy
plyaj hisoblanadi. Qoratepa suv ombori qirg‘og‘idagi rekreatsion zona hududi plyajda dam olish
uchun to‘liq jihozlangan. Qumli plyajning tozaligi sayyohlar uchun juda yoqimli bo‘ladi. Sohilda
tinch turishni va quyoshga botishni yaxshi ko‘radiganlar bu yerda quyosh kreslolaridan
foydalanishlari mumkin. Katamaran va qayiqda sayr qilishning zavqini so‘z bilan ta’riflash qiyin.
Toza havo, suvning oynaga o‘xshash yuzasi va yovvoyi tabiatning sehrli jozibasi ham tanada, ham
ruhda dam olishni xohlaydiganlar uchun ajoyib kombinatsiyadir.
Ishda yuqorida keltrilgan ma’lumotlar asosida xorijiy sayyohlar uchun mo‘ljallangan uch
kunlik ekoturistik marshrutlar ishlab chiqildi. Bunda hududlarning jozibadorlik, turistlarning
diqqatini tortadigan va qiziqtiradigan turistik obhektlarning eng muhimlari e’tiborga olindi.
Uzunsoy mahallasining marshruti.
(Авторская карта Ж. З. Узоков)
1. "Dinozavrlar jangi" 4. Zumrat kamar.
2. Sevaz 5. Uy tosh
3. Qo‘zichi 6. Qo‘rgon Тosh
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
142
1-rasm. Teshiktosh - Qo‘rg‘ontosh marshruti
Birinchi kun.
Marshrutning boshlanish nuqtasi - Samarqandning janubi-sharqidagi Zarafshon
tog‘lari, “Dinozavrlar janggi” toshining oldida joylashgan. Sayohat (balandligi taxminan 900 m)
shu yerda boshlanadi. Marshrut granit toshlari va o‘ziga xos tog‘ yo‘llari orqali o‘tadi. Bu sayohat
erta tongda boshlanadi va kunduzi mahalliy aholi yashaydigan joylarga yetib boriladi. Qishloq
hududida sayr qilib, pastki haydovchi yo‘lidan Kuk tog‘iga ko‘taridi, bu joydan esa manzarali
qishloq hududining ajoyib ko‘rinishini ko‘rish mumkin.
Ikkinchi kun.
Sayohat Devshara vodiyasiga yo‘l oladi, undan keyin Zumrad-Kamar g‘origa
ko‘tariladi. G‘orga tashrif buyurganidan so‘ng, Devsharasoy vodiyasiga tushiladi. Keyin Uytosh
tog‘iga yo‘l olib, bu yerda katta granit tosh yoniga keladi, granit tosh kattakon uy shaklida bo‘lib,
uning ustidan tog‘lar va qishloqlarning ajoyib manzaralarini kuzatish mumkin. Bu joyda tabiat
qounida dam olish mumkin. Shundan so‘ng, Ayvonqiya toshlarini ko‘rib, Qarovultosh tog‘lariga
yo‘nalish kerak. Kun oxirida esa boshlang‘ich nuqtaga qaytish mumkin.
Uchinchi kun.
Sayohat yo‘nalishi Qo‘rg‘ontosh tog‘iga yo‘naladi. Bu yerda sayyohlar go‘zal
manzaralar bilan ajoyib tog‘lar orqali o‘tadi va tog‘ etagidagi go‘zal qishloqlarni ko‘rishingiz
mumkin. Tog‘ cho‘qqisiga ko‘tarilib atrofdagi tabiiy guzallikdan bahra olish mumkin. Keyin
O‘rtaqishloq qishlog‘i tomon tushiladi. Kunning ikkinchi yarmida ortga qaytiladi.
XULOSA.
Qoratepa tog‘lari o‘zining noyob tabiiy manzaralari, tarixiy obyektlari va ekologik
xususiyatlari bilan turizm uchun katta salohiyatga ega. Tadqiqotda aniqlangan turistik marshrutlar
va ekologik turizm imkoniyatlari ushbu hududni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Qoratepa
hududida sayyohlar nafaqat tabiat go‘zalliklarini, balki mahalliy madaniyatni ham o‘rganish
imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Tadqiqot natijalari, bu hududni turistik yo‘nalish sifatida yanada
rivojlantirish va saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan choralarni ko‘rsatib, kelajakda turizmni
rivojlantirishga yordam beradi. Ekoturizmning rivoji, mahalliy iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatib,
hududning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abdullayev, M. (2018). O‘zbekistonning tabiiy resurslari va turizm salohiyati. – Toshkent:
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi.
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
143
2. G‘aniyev, S. (2020). O‘zbekistonning turizm geografiyasi. – Samarqand: Samarqand davlat
universiteti nashriyoti.
3. Musaev, B. (2019). Ekologik turizmning rivojlanishi va imkoniyatlari. – Tashkent: Fan va
texnologiya nashriyoti.
4. Shodmonov, A. (2017). O‘zbekistonning tog‘ turizmi resurslari. – Toshkent: Iqtisodiyot va
turizm universiteti.
5. Zokirov, F. (2021). Qoratepa hududi va uning turizm salohiyati. – Samarqand: Samarqand
Davlat Universiteti nashriyoti.
6. Zarifov, M. (2018). Ekoturizm va uning global miqyosda rivojlanishi. – Toshkent: Tabiatni
muhofaza qilish qo‘mitasi.
7. Javobov, T., & Karimov, S. (2022). O‘zbekistonning turistik marshrutlari va ularning
rivojlanish istiqbollari. – Tashkent: “Turizm” ilmiy-texnik jurnal.
8. Uzbekistan National Tourism Agency (2021). Uzbekistan Tourism Development Strategy.
– Tashkent: UzTA.
9. Ibragimov, L., Sherxolov, O., Musayev, B., Boboyev, S., Sobirova, M., & Boratova, G.
(2024). Industrial development and assessment of its impact in Samarkand region-a GIS mapping-
based study. In
E3S Web of Conferences
(Vol. 590, p. 06002). EDP Sciences.
10. Tojiyeva, Z., Omanova, K., Pardayev, N., Jaloliddinov, N., Musayev, B., & Khursanov, S.
(2024). Regional Characteristics in the Dynamics and Location of the Rural Population of the
Republic of Uzbekistan. In
E3S Web of Conferences
(Vol. 491, p. 04004). EDP Sciences.
11. Ибрагимов, Л. З., Мусаев, Б. М., & Усманхонова, Д. Ф. (2021). Ўзбекистоннинг
бандлик ва меҳнат бозорига демография омилининг таъсирини баҳолашнинг баъзи
жиҳатлари.
Science and Education журнали
, (2), 2.
12. SHERXOLOV, O., & MUSAYEV, B. (2024). Ahоli punktlаri jоylаnishini gеоgrаfik
oʻrgаnishning mеtоdоlоgiyаsi.
News of the NUUz
,
3
(3.1), 327-331.
