Authors

  • Sanjar Ochilov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.126021

Keywords:

Qarnobcho‘l landshaftlari bo‘z tuproqlar sho‘rlanish tarkib o‘simlik qoplami shuvoq-efemer iqlim o‘zgarishi yaylov degradatsiyasi gumus tuproq zichligi.

Abstract

Mazkur maqolada Qarnobcho‘l landshaftlarining tuproq tarkibi, mexanik xossalari va ularning agrokimyoviy holati o‘rganilgan. Tadqiqotda Qarnobcho‘l hududining iqlimiy sharoitlari, tuproq turlari (och tusli bo‘z, bo‘z-qo‘ng‘ir, sur-qo‘ng‘ir) hamda ularning zichligi, sho‘rlanish darajasi, gumus miqdori, suv o‘tkazuvchanligi kabi ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Shuningdek, ushbu hududning o‘simlik qoplami, xususan shuvoq-efemer o‘simliklar guruhlarining tarkibi va ularga ta’sir etuvchi omillar yoritilgan.

background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

144

QARNOB CHO‘L LANDSHAFTLARI TUPROQLARI

Ochilov Sanjar Zokir o‘g‘li

Guliston davlat universiteti doktoranti, Guliston, O‘zbekiston, e-mail:

sanjar.ochilov.1992@mail.ru

Annatatsiya:

Mazkur maqolada Qarnobcho‘l landshaftlarining tuproq tarkibi, mexanik

xossalari va ularning agrokimyoviy holati o‘rganilgan. Tadqiqotda Qarnobcho‘l hududining
iqlimiy sharoitlari, tuproq turlari (och tusli bo‘z, bo‘z-qo‘ng‘ir, sur-qo‘ng‘ir) hamda ularning
zichligi, sho‘rlanish darajasi, gumus miqdori, suv o‘tkazuvchanligi kabi ko‘rsatkichlari tahlil
qilingan. Shuningdek, ushbu hududning o‘simlik qoplami, xususan shuvoq-efemer o‘simliklar
guruhlarining tarkibi va ularga ta’sir etuvchi omillar yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

Qarnobcho‘l, landshaftlari, bo‘z tuproqlar, sho‘rlanish, tarkib, o‘simlik

qoplami, shuvoq-efemer, iqlim o‘zgarishi, yaylov degradatsiyasi, gumus, tuproq zichligi.


So‘nggi yillarda butun dunyoda iqlim o‘zgarishi va antropogen ta’sirning kengayib

borayotganligi, mavjud landshaftlar hamda yaylovlarning degradatsiyasiga va yaylov
maydonlarining keskin qisqarishiga sabab bo‘lmoqda. Natijada mavjud landshaftlarni, yaylovlarni
o‘z xolicha saqlab qolishga qaratilgan tadqiqotlarga ehtiyojlar ortib, bu turdagi tadqiqotlarga ehtiyoj
paydo bo‘ldi.

Landshaftlar va undagi yaylovlar muhim tabiiy resurs hisoblanadi. Agar tabiiy resurslardan

oqilona foydalanilsa, ular o‘zlarini qayta tiklashlari mumkin. Insoniyat cho‘l va chalacho‘l
yaylovlardan qadim zamonlardan buyon foydalanib kelgan, ularni saqlashni bilgan va hozirgacha
buning uddasidan chiqqan. Odamlar yerga, jumladan, tabiiy landshaflar va yaylovlarga g‘amxo‘rlik
qilish ularning farovonlik manbai ekanligini yaxshi bilardi [3].

Keyingi 50 yil ichida cho‘l hududidagi o‘simlik qoplami inqirozi kuchaydi[4]. Bundan

tashqari, iqlim o‘zgarishi ta’sirida qurg‘oqchilik, atmosfera yog‘inlarining kamayishi yaylovlar
florasiga jiddiy zarar yetkaza boshladi. 1700 turdagi o‘simliklar mavjud bo‘lgan O‘zbekiston
yaylovlarida bugungi kunda 200 turi butunlay yo‘q bo‘lib ketgan, ba’zilari esa juda kamayib ketgan
[5].

Qarnobcho‘l Zarafshon daryosining chap qirg‘og‘idagi Zirabuloq tog‘larining janubiy

qismida joylashgan bo‘lib, dengiz sathidan 310 m balandlikdagi yerlarni egallaydi. Adabiyotlarda
ushbu hudud “Карнабская степь” nomi bilan yuritiladi. Iqlimiy xususiyatlariga ko‘ra Qarnobcho‘l
o‘rta yer dengizi iqlim tipiga xos, Qarnaobcho‘lning releyefi umuman sharqdan-g‘arbga qarab
pasayib borishi va tekisligi, shuningdek, faqat shimoli qismigina, ya’ni tog‘ yonbag‘irlari past-
baland, to‘lqinsimon bo‘lib, ko‘plab soylar, vaqtinchalik oquvchi suv yo‘llari bilan bo‘lingan.

Iqlim ko‘rsatkichlari bo‘yicha Qarnobcho‘l, barcha O‘rta Osiy cho‘llari singari qurg‘oqchiligi

va keskin kontinentalligi bilan ajarlaib turadi. Ko‘p yillik o‘rtacha harorati 17,1°c. Eng issiq havo
harorati iyun-iyul oylarida kuzatilib, soyada bu ko‘rsatkich +40+47°c ni tashkil qiladi. Eng sovuq
havo harorati dekabr-fevral oylarida kuzatilib, ba’zan 20-30°c ni tashkil qiladi. O‘rtacha yillik
havoning nisbiy namligi 30% ni tashkil qilib, yoz faslida bu ko‘rsatkich ko‘pincha 10-20% dan
ortmaydi. Yog‘ingarchilikning asosiy qismi noyabr-aprel oylariga tog‘ri keladi. O‘rtacha yillik
yog‘ingarchilik miqdori, 81,9-297,4 mm gacha o‘zgarib turib, ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkich 162,0
mm ni tashkil qiladi.


background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

145

I

II

III

IV

V

VI

VII

VIII

IX

X

XI

XII

Qish

Bahor

Yoz

Kuz

1-rasm. Tadqiqot hududining iqlim diagrammasi (Muborak ob-havo stansiyasi ma'lumotlari

(O‘zbekiston), 2021-2023 yillar).

Qarnobcho‘lning tuproqlari och tusli bo‘z tuproqlar hisoblanadi. Och tusli bo‘z tuproqlar

zonasida yil davomida o‘rtacha 200-300 mm yog‘in yog‘adi. Tuproqlarning ustki qatlamidagi sho‘r
tuzlar yaxshi yuvilmaydi, ma’lum chuqurlikda, taxminan 40-60 sm, ba’zan 1-2 m pastda ham
sho‘rlangan qatlamuchraydi. Och tusli bo‘z tuproqlar boshqa mintaqa tuproqlariga nisbatan
mexanik tarkibiga ko‘ra organik moddalarga kambag‘al hisoblanadi. Xaydalma qatlamda 0,5 dan
1,5 foiz gumus bo‘ladi. Och tusli bo‘z tuproqlar mintaqada jami lalmi yerlarning 10 foizni
(ta’minlangan lalmi) jami sug‘oriladigan foizdan (ta’minlangan lalmi) jami sug‘oriladigan
maydonlarning 18 foizni tashkil etadi. Yangi sug‘oriladigan yer maydonlari (Mirzacho‘l, Jizzax,
Qarshi)

cho‘llarining katta qismi och tusli bo‘z tuproqlardan iborat.

Och tusli bo‘z

tuprolarning donadorligi yaxshi emas. Lekin suv o‘tkauvchanligi va yuqori darajada kapillyarligi
bilan ajralib tuardi. Shuning uchun bir oz nishab yerlarda och tusli bo‘z tuproqli yerlar yuvish
natijasida sho‘rsizlantiriladi, ammo relyefi tekis joylarda ortiqcha sug‘orish va boshqa omillar
ta’sirida sho‘r yer osti suvi bilan birga tuproq yuzasiga ko‘tarilib, qayta sho‘rlanishga sabab bo‘ladi.
Bunday hol sizot suvlarining sathini kamaytirish uchun kollektor zovurlar qazish, tuproq sho‘rini
yuvsh, ekinlarni sug‘orish rejimini qat’iy tartibga solish, yerlarni tekislash, almashlab ekishni joriy
etish, ixotazorlarni barpo etish va boshqa tadbirlarni amalga oshirishni taqazo etadi. Bo‘z tuproqlar
mintaqasidagi tuproqlar tarkibida gumus, azot va fosfor miqdori kam, organik moddalar tez
minerallashadi. Tuproq strukturasi uncha mustahkam emas. Lekin bu mintaqa tuproqlarining tabiiy
unumdorligi tekis sahro mintaqasidagi tuproqlarga nisbatan sezilarli darajada yuqori.

Bo‘z-qo‘ng‘ir tusli tuproqlar turli tarkibli ona jinslardan shakllanganligi tufayli,

ularning mexanik tarkibi ham har xil bo‘lib,

ko‘proq qumloq va yengil qumoq xillari

tarqalgan. Bu tuproqlar yuzasida ko‘pincha qirrali shag‘al toshlar bo‘ladi. Tuproqning yuqori
qatlamlarida mayda qum va yirik chang fraksiyalarining, illyuvial gorizontida esa 0,001 mm dan
kichik loyqa zarrachalarining ko‘p (11-18%) bo‘lishi harekterli. Qarnobcho‘l tuproqlarining
kattagina qismi och sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlardan iborat. Bu tuproqlarda gipsli sho‘rlainsh ancha


background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

146

yuqori bo‘lib (50-60 sm chuqlikda), gumus miqdori ham anchagina 1,17%. Karbonatlarning asosiy
qismi 10-20 sm chuqurlikda yotadi, chuqurlikka kirib brogan sari ularning miqdori kamayib boradi.
Bo‘z sur-qo‘ng‘ir va sur-qo‘ng‘ir tuproqlarining mexanik tarkibi turli-tumanligi bilan ajralib turadi.
Mexanik tarkibi jihatidan Qarnobcho‘l quyidagi turlarga bo‘linadi: qumoq-soz tuproqli och tusli
bo‘z-qo‘ng‘ir, delyuvial-prolyuvial qatlamlari sho‘rlangan tuproqlar, gipsli-qumoq och sur-qo‘ng‘ir
tuproqlar va h.k.z. Barcha turdagi tuproqlarga zichligi, mexanik tarkibi va tuzlarning tarkibi
jihatidan qatlam-qatlam joylashishi xosdir. Yengil loyqa qatlam o‘rta loyqa, qumoq va boshqa
qatlamlar bilan almashinib boradi. Ba’zi qatlamlarda hajmi 0,001 mm bo‘lgan loyqa miqdori 21%
ga yetadi.

Bo‘z-qo‘ng‘ir tusli tuproqlarning suv-fizik va agrokimyoviy xosslari ancha noqulay, tuproq

va ona jinslarda gipsning ko‘p va yaqin joylashganligi, relyefning murakkabligi singari sababli, bu
tuproqlarni o‘zlashtirish ancha murakkab. Tuproq zarrachalarining solishtirma hajmiy og‘irligi
zichligi 1,72 dan 1,37 g/sm

3

gacha o‘zgarib turadi va bu ularning kelib chiqishining turlicha

ekanligidan dalolat beradi. Ular orasidagi farq faqat tog‘ jinsi parchalarining mayda tuproq
zarrachalari bilan birlashish nisbatlari va sementlashganlik darajasi bilan ifodalanadi. Xaydalma
qatlam zichligi 1,45-1,50 g/sm

3

, tog‘ jinsi bo‘laklari ko‘proq uchraydigan quyi qatlamlar zichligi

1,72 g/sm

3

. Umumiy kovakligi 48% gacha bo‘lib, aeratsiya tuproqning kovakligi32 foizdan 45

foizgacha, maksimal gigroskopikligi esa 10,4% dan 2,2% gacha ozgaruvchanlikka ega.

Qarnobcho‘lning o‘simlik qoplamida shuvoq-efemer o‘simliklar guruhi bilan birga, faqatgina

efemer o‘tlardan tashkil topgan guruhlar ham uchraydi. Bunga sabab, tuproqning kimyoviy va
mexanik xususiyatlaridir. Lekin, Qarnobcho‘l o‘simlik qoplamiga ko‘proq shuvoq va efemer va
efemeroid turlarning birgalikda uchrashlari o‘ziga xosdir, ya’ni ular birgalikda bitta o‘simlik
qavmini (fitotsenoz) tashkil qilishadi. O‘rta Osiyo cho‘llari o‘simlik qoplami xususiyatlariga ko‘ra
4 ta asosiy tiplarga bo‘lingan: buta-o‘tchil; o‘tchil-sho‘rali; yarim buta-efemerli va efemerli.
Umuman olganda, cho‘l mintaqasi o‘simlik qoplami hayotiy formalar va turlarning xilma-xilligi
bilan ajaralib turadi. Olib borilgan tadqiqotlariga ko‘ra, Qarnobcho‘l florasida 238 tur gulli
o‘simliklar qayd etiligan. Bu o‘simlik turlari 138 turkumga mansub bo‘lib, shulardan 216 turi
o‘tchil o‘simlikar (90,8%), 12 turi yarim butalar (5,0%) va 10 turi (4,2%) buta o‘simliklardir.
Tadqiqotlar olib borilgan hududning o‘simlik qoplamida ancha ko‘p uchraydigan turlarga
quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: shuvoq -Аrtemisia diffusa , Krasch. Ex Poljak, A.turanica Krasch,
Salsola orientalis S.Gmel., Halothamnus subaphulla (G.A.Mey), Carex pachyustulis L., Gade
stritata Markel. Ex Bunge; Ferula assa foetida (Bunge) Regel, Anisantha tectorum (L). Nevski,
Bromus danthanige Trin, Malkolmia turkestanica Litv., Trigonella noeana Boiss., leptaleum
Filefolim (Willd) DS arpog‘on turlari -Eremopyrum orientale (L.) Gaub. 1 Spach,E. hirsitum
(Bertel.) Nevski va boshqalar ko‘plab uchraydi. Qarnobcho‘l tabiiy florasida bir yillik sho‘ra
o‘tlardan seta-Salsola scleranta, baliq ko‘z -Climacoptera lanata, quyonjun-Halocharis hispida
kabilar, dag‘al poyali o‘simliklardan esa yantoq -Alhagi pseudalhagi, karrak Сousinia resinosa
uchraydi. Shuvoq-efemerli Qarnobcho‘l yaylovlari ozuqasining asosini shuvoq tashkil qiladi va
faqat 15-20% ni efemer o‘tlar tashkil qilib, faqat bahor mavsumida qorako‘l qo‘ylari ozuqasining
40-50% ini aynan shu barra o‘tlar tashkil qiladi. Ozuqa zaxiralari bunday yaylovlarda turli yillarda
gektaridan 1,6-3,0 sentner quruq massa bo‘lib, yil mavsumlari bo‘ylab ham keskin o‘zgarib turadi.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, yaylovlarda yilning barcha mavsumlarida chorva

mollari uchun oziqa topiladi. Shu bois, cho‘l yaylov tiplarining deyarli barchasi yil bo‘yi
foydalanish uchun yaroqlidir. Tuproq sharoitining turli tumanligi va kompleksligi o‘simlik


background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

147

qoplamining turli tumanligi va o‘ziga xosligini ta’minlaydi. Qumli cho‘ldan farqli o‘laroq, adir va
gipsli cho‘l mintaqalarida boqilayotgan chorva hayvonlarning soni ancha ko‘p bo‘lib, ko‘pchilik
xo‘jaliklarda bir bosh qo‘yga 1 ga dan kam yaylov to‘g‘ri keladi. Bu esa o‘z navbatida yaylovlarga
bo‘lgan taziqning 3-4 marotaba yuqori bo‘lishiga va yaylov tanazzulining kuchayishiga, biologik
xilma-xillikning tobora kambag‘allashuviga olib keldi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Раббимов А., Сузаева Э. Биологические особенности и качество семян А. canescens

интродуцированного из Сирии в условиях польнно эфемеровой пустыни Карнабчул.
Узбекиский биологический журнал №4 2004.

2.

Абдулкасимов А. Ландшафты Самаркандского оазиса. //Проблемы освоения

пустынь. -Ашхабад, 1999. №5. -С. 64-69.

3.

AlibekovL.A ,Nishonov S.A. «Tabiatni muxofaza kilish va tabiiy resurslardan ratsional

foydalanish». Toshkent. «O‘qituvchi». 1983 y. 45-74b.

4.

Махмудов М. М., Коракулчилик яйловларининг хозирги холати ва истикболли

фитомелиорантларни танлашнинг асосий критерийлари.// Чул-яйлов чорвачилигини
ривожлантириш муаммолари. Самарканд, 2005, 187-189 б.

5.

Шамсутдинов З.Ш. Создание долголетних пастбищ в аридной зоне Средней Азии.

Ташкент: Фан, 1975, 176 с.

References

Раббимов А., Сузаева Э. Биологические особенности и качество семян А. canescens

интродуцированного из Сирии в условиях польнно эфемеровой пустыни Карнабчул.

Узбекиский биологический журнал №4 2004.

Абдулкасимов А. Ландшафты Самаркандского оазиса. //Проблемы освоения

пустынь. -Ашхабад, 1999. №5. -С. 64-69.

AlibekovL.A ,Nishonov S.A. «Tabiatni muxofaza kilish va tabiiy resurslardan ratsional

foydalanish». Toshkent. «O‘qituvchi». 1983 y. 45-74b.

Махмудов М. М., Коракулчилик яйловларининг хозирги холати ва истикболли

фитомелиорантларни танлашнинг асосий критерийлари.// Чул-яйлов чорвачилигини

ривожлантириш муаммолари. Самарканд, 2005, 187-189 б.

Шамсутдинов З.Ш. Создание долголетних пастбищ в аридной зоне Средней Азии.

Ташкент: Фан, 1975, 176 с.