Authors

  • Sherbekjon Raimov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.126022

Keywords:

Geotizm Atrof-muhitni asrash Zonal yondashuv Maxsus iqtisodiy zonalar Erkin iqtisodiy zonalar Konstruktiv geografiya oqilona foydalanish.

Abstract

Ushbu maqolada XXI asrning dastlbki choragida kunning eng dolzarb mavzusiga aylanib bo`lgan atrof-muhitni muhofaza qilish, hamda geotizmlardan oqilona foydalanishda innovatsion yondoshuvlarni ishlab chiqish va uni chuqur ilmiy asoslangan holda, ilmiy-amaliy loyihalarni kundalik hayotga tadbiq etish, shuningdek atrof-muhitni asrashning konstruktiv geografik masalalari yoritilgan. Geografik qobiqda, undagi geotizmlardagi keskin o`zgarishlarni keltirib chiqarayotgan jarayonlarning sayyormazda ro`y berayotgani, hududlar kesimida yuzaga kelayotgan atrof-muhitda kuzatilayotgan salbiy vaziyatlarni ijobiy yechimlari va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda ularning zonal xususiyatlari ochib berilgan.

background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

148

ATROF-MUHITNI ASRASHDA HUDUDIY GEOTIZMLARDAN OQILONA

FOYDALANISHNING ZONAL YONDOSHUVI, XUSUSIYATLARI VA YECHIMLARI

Raimov Sherbekjon Ismatillayevich

GulDU Ekologiya va geografiya kafedrasi I-bosqich tayanch doktaranti

raimov.sherbekjon.94@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada XXI asrning dastlbki choragida kunning eng dolzarb

mavzusiga aylanib bo`lgan atrof-muhitni muhofaza qilish, hamda geotizmlardan oqilona
foydalanishda innovatsion yondoshuvlarni ishlab chiqish va uni chuqur ilmiy asoslangan holda,
ilmiy-amaliy loyihalarni kundalik hayotga tadbiq etish, shuningdek atrof-muhitni asrashning
konstruktiv geografik masalalari yoritilgan. Geografik qobiqda, undagi geotizmlardagi keskin
o`zgarishlarni keltirib chiqarayotgan jarayonlarning sayyormazda ro`y berayotgani, hududlar
kesimida yuzaga kelayotgan atrof-muhitda kuzatilayotgan salbiy vaziyatlarni ijobiy yechimlari va
tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda ularning zonal xususiyatlari ochib berilgan.

Kalit so`zlar:

Geotizm, Atrof-muhitni asrash, Zonal yondashuv, Maxsus iqtisodiy zonalar,

Erkin iqtisodiy zonalar, Konstruktiv geografiya, oqilona foydalanish.

“Atrof-muhitni asrab avaylashda mas’uliyat barchamizning zimmamizda. Bu kun

tartibimizdagi eng muhum masladir”

Sh. M. Mirziyoyev

Joriy 2025-yil 4-5 aprel kunlari Samarqand shaharida tashkil etilgan “Markaziy Osiyo-

Yevropa ittifoqi” birinchi sammiti doirasida tashkil etilgan “Samarqand iqlim forumi” da
mamlkatimiz prezidentining sammit ishtirokchilariga bag`ishlangan nutqida ta’kidlab o`tilganidek
bugun ekologik masalalar global darajaga chiqdi. Ilmiy tadqiqotlar yaqin kelajakdagi xatarlardan
ogohlantrmoqda.

Biz har kuni turmush-tarzimizga chuqur kirib kelgan XXI-asrning texnologik yutuqlari

mahsuli evaziga geografik muhitda, Yer sayyorasining turli burchaklarida ro`y berayotgan kishilik
jamiyatining faol ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy xatti-harakatlarining atrof-muhitga yetkazayotgan
ko`p hollarda salbiy oqibatlarini, shu jumladan so`nggi vaqtlarda Gilobal miqyosida
sayyoramzidagi ekologik muvozanatning turli xil ko`rinishlarda izdan chiqayotganligini guvohi
bo`lmoqdamiz. Bu jarayonlar esa o`z navbatida barchamizning kundalik hayot tarzimizga keskin
tusdagi bilvosita va bevosita aks ta’sirini ko`rsatmoqdaki endilikda biz kishilik jamiyatining
qarshisida vujudga kelayotgan ekologik muammolar bizga turli ko`rinishda tahdid sola boshladi.
Ro`y berayotgan o`zgarishlarni kuzatish orqali atrof-muhitning barqarorligiga ko`proq antropogen
(inson ) omili katta va ko`p hollarda salbiy ko`rinishlarda ta’sir qilayotganligi anniq nomoyon
bo`lib qoldi. Uzoq vaqtlar davomida insoniyating tabiatdan chegarasiz va nooqilona yondoshuvlar
asosida foydalanib kelayotganligi Geografik qobiq va undagi geotizmlarda yangidan-yangi ekologik
muammolarni va keskin inqirozli vaziyatlarning zanjirini vujudga keltirib chiqarmoqda.
Asrimizning birinchi choragiga kelib o`zini kun sayin ko`proq nomoyon qilayotgan va kishilik
jamiyati svilizatsiyasi bilan birga rivojlanayotgan, bir vaqtning o`zida unga tahdid ham solayotgan
kun tartibidagi dolzarb muammolar jamiyat qarshisida ishonchli, samarali oqilona va innovatsion
ilmiy yondoshuvlar asosidagi eng optimal usullar, prinsiplar samarali yechimlarni ishlab chiqishdek


background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

149

muhum maslani kun tartibiga qo`ymoqda. Xususan O‘zbekiston tashabbusi bilan ilgari surilayotgan
“Markaziy Osiyo ekologik muammolar oldida: barqaror rivojlanish va farovonlik yo‘lida
mintaqaviy birdamlikni mustahkamlash” rezolyutsiyasini Samarqand iqlim forumida yakuniy
hujjati – “Yashil” rivojlanishning Mintaqaviy konsepsiyasi taqdimoti rejalashtirilib, u iqlim
oʻzgarishi sohasida Markaziy Osiyo davlatlarining yagona mintaqaviy qarashlarini shakllantirishga
asos soldi. So`ngi yillarda bu borada mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohotlarda
davlatimizning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy dasturlarida Atrof-muhitni asrashga qaratilgan chuqur
islohotlar hamda muammolarning yechimlariga qaratilgan samarali chora-tadbirlarning mazmun
mohiyatida ko`rishimiz mumkin.

Jumladan yangi 2025-yilga “Atrof-muhitni asrash va “yashil”

iqtisodiyot” yili deya nom berilishining o`zi yurtimizda ham global ekologik inqirozlarga qarshi
kurashish davlatimizning kun taribida turgan asosiy zaruriy hayotiy masala ekanligining yorqin
namunasi hisoblanadi.

Kishilik jamiyatining tabiatga nisbatan munosabat shakli – muyyan davrdagi kishilarning

atrof tabiiy muhitga uzviy bog‘langan hayot tarzi. Agar jamiyatni tabiatga nisbatan munosabatlarini
insoniyat tarixi nuqtayi nazaridan qaraganda uni quyidagi shakllarga ajratish mumkin: oddiy, oddiy-
iqtisodiy, iqtisodiy, iqtisodiy-ekologik va ekologik.[1, 68b]

Bu jarayonlar makonda va zamonda uzoq vaqtlardan beri Yer sayyorasining geografik

qobig`ida turli xil sura’tlarda ro`y bermoqda. Natijada Geografik qobiq va undagi geotizmlardagi
barqarorlik muvozanati buzlimoqda.

Xususan, jadallashayotgan sanoatlashtirish va aholi sonining ortishi iqtisodiyotning

resurslarga bo‘lgan ehtiyojini sezilarli darajada oshirmoqda, shuningdek, atrof muhitga salbiy
antropogen ta’sirni kuchaytirmoqda va issiqxona gazlari ajratmalarining ortishiga olib kelmoqda.[2,
1b]

Iqtisodiyotimizda energiya samaradorligining past darajasi, tabiiy resurslardan nooqilona

foydalanish, texnologiyalar yangilanishining sustligi, “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish uchun
innovatsion yechimlarni joriy etishda kichik biznes ishtirokining yetarli emasligi mamlakatni
barqaror rivojlantirish sohasidagi ustuvor milliy maqsadlar va vazifalarga erishishga to‘sqinlik
qilmoqda. Uzoq muddatli strategiyaning mavjud emasligi “yashil” texnologiyalarni joriy etish va
“yashil” iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rishni ta’minlashga imkon bermayapti. [2,
1b]

Jamiyatning tabiatga nisbatan ekologik munosabat shakli – atrof muhitni muhofaza qilish,

tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik tizimlarni qayta tiklash hamda
sog‘lomlashtirishga qaratilgan kishilarning hayot tarzi.[1, 74b]

XX asrning 30-50 yillarida rejali va markazlashgan iqtisodiyotga ega boʻlgan sotsialistik

mamlakatlarda maslan Sobiq Ittifoqda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish faqatgina alohida
muhofaza qilinadigan hududda noyob biologik xilma-xillikni saqlab qolish orqali amalga oshirish
gʻoyasi ilgari surildi. [3, 7b]

Chunki Sobiq Ittifoq davrida ilgari surilgan va “Konstruktiv geografiya”ning obyekti boʻlib

hisoblangan global va regionlararo muammoli yirik geotizimlar doirasidan lokal miqyosdagi
geotizimlar tabiat↔jamiyat↔iqtisodiyot munosabatlarini zonalashtirishga kirishildi. Bu mafkura
geografik tagqiqotlarni aynan ana shunday zonalar va ularning tarkibiy qismlariga yoʻnaltirshga
undamoqda. [3, 11b]

Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-fevraldagi 604-sonli “Maxsus iqtisodiy zonalar

toʻgʻrisida”gi qonunida 5 turdagi iqtisodiy zonalarni tashkil etish, faoliyat olib borish va


background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

150

rivojlantirish sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishning umumlashtirilgan meʼyorlari
belgilab olindi. Lekin Qonunda maxsus iqtisodiy zonalarni yuritishning geografik xususiyatlari aks
etmay qolgan.[3, ]

Malumki mamlakatimiz har bir hududning tabiiy shart-sharoiti, ya’ni relyefi, iqlim

ko`rsatgichlari, huduning geografik joylashgan o`rni, aholining hududlarda joylashuvi xususyati
hamda ularning xo`jalik faoliyati ham hududlar kesimida yetarlicha farqli tafovvutlarni keltirib
chiqaradi. Bu esa o`z navbatida hududlarni boshqarish, yuqoridagi konsepsiyalar asosida atrof-
muhitni asrash chora tadbirlarini tashkil etishning geotizmlar doirasida farqli yondoshuvni ishlab
chiqishiga sabab bo`ladi. Chunki hududiy geotizimlar va undagi tabiiy sharoitni o`rgangan holda
endilikda muayyan hududlarda tabiat qonuniyatlariga monand ravishda iqtisodiyotni rivojlantirishga
xizmat qiladigan amaliy ishlarni bajarish kerakligi, yaʼni geografiyani konstruktivlashtirishga urgʻu
berilmoqda.

I.P.Gerasimov gʻoyasiga koʻra «Konstruktiv geografiya»ning oʻrganish obyekti − global,

mintaqa yoki mintaqalararo miqyosdagi geomajmua yoki geotizimlar, deb qaraldi. Konstruktiv
geografiyaning tadqiqot obyekti va predmetiga quyidagi global, subregional va regional zonalar
kiritiladi. Mazkur zonalarni tadqiq qilish, baholash, monitoringini olib borish va ularda amaliy
chora-tadbirlarni rejalashtirish ishlari tabiat va jamiyat qonuniyatlarini geotizimlar xavfsizligi,
ularni optimallashtirish yoʻllari va geografik komponentlardan oqilona foydalanishni taʼminlashga
qaratilgan edi va konstruktiv geografiyani tabiiy resurslardan muayyan zonalarda kompleks
foydalanish yoʻnalishi bilan birlashtirdi. I.P.Gerasimov tomonidan tabiiy muhitni jadal suratda aholi
va sanoat ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondira oladigan samarali antropogen geotizimlarga
aylantirish bilan bogʻliq boʻlgan yangi ilmiy yoʻnalish − «Konstruktiv geografiya» fani yaratildi va
unga atrof-muhitning kishilik jamiyati uchun qulay holatini taʼminlash vazifasi yuklatildi. [3, 9-
10b]

Geotizim

‒ bu geosferaning bir qismi va uning elementlari iyerarxik tartibda joylashtirilgan,

yaʼni geografik jarayonlar va hodisalar sodir boʻladigan quruqlik hududlari, suv akvatoriyalari,
havo va yer osti kengliklari iyerarxik pogʻonadagi qismlari. [3, 19b]

«Konstruktiv geografiya»

bu atamaning tor maʼnoda geografik zonalar (geozonalar) tuzilishi

haqidagi fan desak boʻladi. Keng maʼnoda bu − maʼlum oʻziga xos geografik zonalarda tabiat va
jamiyat unsurlarining oʻzaro joylashgan qismlarining hududiylik, majmualilik, davriylik va tizimli
tuzilishini oʻrganadigan bilim sohasi. Amaliyot nuqtayi nazaridan ‒ hududiylik, majmualilik,
davriylik, tizimlilik tabiat va jamiyatning tarkibiy qismlarini muayyan geotizim yoki
geomajmualarda qanday tuzilishini eng optimal holatda aks ettirishi. [3, 20b]

Konstruktiv geografiyaning obyekti boʻlib hisoblangan global, subregional va regional

miqyosdagi yirik geomajmua yoki geotizimlar doirasida tabiat ↔ jamiyat ↔ iqtisodiyot
munosabatlarini zonalashtirish gʻoyasi XXI asrda kun tartibidagi dolzarb yechilishi kerak bo`lgan
masalaga aylangan. Shuning uchun ham endilikda geografik zonalashtirish masalasiga
tadqiqotchilarni lokal, yaʼni kichikroq darajadagi mahalliy zonallashtirish nuqtayi nazardan
yondashishga olib keldi. Erkin iqtisodiy zonalar (EIZ), keyinchalik esa Maxsus iqtisodiy zonalar
(MIZ) «Konstruktiv geografiya» fanining ob’yekti sifatida qaraladigan boʻldi. [3, 11b]

Erkin iqtisodiy zonalar rivojlanishining keyingi bosqichlariga nafaqat tashqi aloqalar, balki

zonalarda iqtisodiyotni jadallashtirish vositasi sifatida qaraldi. Erkin iqtisodiy zonalarda ishlab
chiqarish, xizmat koʻrsatish, aholini ijtimoiy himoya qilish va investitsiyalarni jalb qilish imkoni
kengaytiradi. Erkin iqtisodiy zona − bu maxsus huquqiy maqomdagi va bojxona hududidan


background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

151

tashqarida joylashgan mamlakatning cheklangan joyi boʻlib, u milliy yoki xorijiy tadbirkorlar uchun
qulay sharoitlar yaratilgan maxsus zonalar.

Bunday zonalarni tashkil etishdan maqsad ‒ davlat yoki alohida bir ma’muriy hududlarni

rivojlantirishda strategik tashqi savdo, umumiy iqtisodiy, ijtimoiy, mintaqaviy va ilmiy-texnik
muammolarini hal qilish.

Oʻzbekiston Respublikasi 1996-yildan buyun bozor iqtisodiyotiga kirib borishda xalqaro

tajribani inobatga olgan tarzda Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish boshladi. Oʻzbekiston
Respublikasining 2020-yil 17-fevraldagi 604-sonli “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi qonuni
3-bobida Maxsus iqtisodiy zonalarning turlari va ularning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari 9-
moddasida Maxsus iqtisodiy zonalarning turlari ko`rsatib o`tilgan bo`lib ular quyidagi ko`rinishda
bo`lishi ko`rsatilgan:

-

Erkin iqtisodiy zonalar;

-

Maxsus ilmiy-texnologik zonalar;

-

Turistik rekreatsion zonalar;

-

Erkin savdo zonalari;

-

Maxsus sanoat zoanalari;

Erkin iqtisodiy zona — yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, yuqori texnologik

ishlab chiqarishni rivojlantirish, zamonaviy raqobatbardosh, import o‘rnini bosuvchi, eksportga
yo‘naltirilgan tayyor sanoat mahsulotini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga faol jalb etish,
shuningdek ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport, ijtimoiy infratuzilmani
va logistika xizmatlarini rivojlantirishni ta’minlash maqsadlarida tashkil etiladigan hudud. [4]

Maxsus ilmiy-texnologik zona — innovatsiya infratuzilmasini rivojlantirish maqsadlarida

ilmiy tashkilotlar va ilmiy faoliyat sohasidagi boshqa tashkilotlar (texnologik parklar,
texnologiyalarni tarqatish (texnologiyalar transferi) markazlari, innovatsion klasterlar, venchur
fondlari, biznes-inkubatorlar va boshqalar) to‘plangan hudud. [4]

Turistik-rekreatsion zona — unda zamonaviy turistik infratuzilma obyektlarini (mehmonxona

komplekslari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va boshqa turistik ahamiyatdagi
obyektlarni), maxsus faoliyat ko‘rsatuvchi va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini turistlarga
xizmat ko‘rsatish maqsadida zarur shart-sharoitlarni ta’minlagan holda barpo etishga doir
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tashkil etiladigan hudud. [4]

Erkin savdo zonalari konsignatsiya omborlarini, maxsus bojxona va soliq rejimlari bo‘lgan

hududlarni, shuningdek tovarlarga ishlov berish, ularni o‘rab-joylash, saralash, saqlash uchun
maydonchalarni o‘z ichiga oladi. [4]

Maxsus sanoat zonasi — boshqaruv, xo‘jalik va moliyaviy faoliyatning alohida rejimi joriy

etiladigan hudud. Maxsus sanoat zonalari zarur ma’muriy, ilmiy-texnologik, ishlab chiqarish,
muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilmani barpo etish uchun yer
uchastkalarini ajratish orqali shakllantiriladigan xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish zonalarini o‘z
ichiga oladi.

Maxsus iqtisodiy zonalar hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya

loyihalariga doir umumiy talablardan biri ushbu hududlarda

arxitektura va qurilish, texnik jihatdan tartibga solish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza

qilish, mehnatni muhofaza qilish hamda sanoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlari
talablariga muvofiqlik talablarining ustuvor etib belgilanishi;

maxsus iqtisodiy zona faoliyatiga va tarmoq ixtisoslashuviga muvofiqlik,


background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

152

texnologik uskunalar va texnologik jarayonlar ko‘rsatkichlarining zamonaviy energiya

samaradorligi talablariga muvofiqligi alohida ahmiyat kasb etishidir. Bundan tashqari qonunning
19-moddaisda esa Maxsus iqtisodiy zonalar hududida taqiqlangan faoliyat turlariga ham alohida
urg`u berilgan bo`lib, ushbu faoliyat turlari mamlkatimizning yuqorida qayd etilgan Atrof-muhitni
muhofaza qilish va “Yashil iqtisodiyot” tamoyillariga zid bo`lgan faoliyat turlari hisoblanadi.
Maxsus iqtisodiy zonalar hududida faoliyatning quyidagi turlarini amalga oshirish taqiqlanadi:

ekologik standartlarga va mehnatni muhofaza qilish standartlariga javob bermaydigan ishlab

chiqarishni;

qurol va o‘q-dorilar ishlab chiqarishni, qurol va o‘q-dorilar savdosini;
yadroviy materiallar va radioaktiv moddalar ishlab chiqarishni, yadroviy materiallar va

radioaktiv moddalar savdosini;

alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarishni;
xom teriga ishlov berishni, hayvonlarni haydab boqishni yoki so‘yishni;
sement, beton, sement klinkeri, g‘isht, temir-beton plitalar ishlab chiqarishni, ko‘mir, ohak va

gipsdan mahsulot ishlab chiqarishni; [4]

neftni qayta ishlash zavodlarini, atom elektr stansiyalarini, yadroviy qurilmalarni,

radiatsiyaviy manbalarni, qayta ishlangan yadroviy yoqilg‘i, radioaktiv moddalar va chiqindilar,
shuningdek boshqa radioaktiv chiqindilarni saqlash, utilizatsiya qilish va qayta ishlash uchun
mo‘ljallangan punktlar hamda qurilmalarni joylashtirishni; [4]

barcha turdagi chiqindilarni qayta ishlash, parchalash, yoqish, gazlashtirish, ularga kimyoviy

vositalar bilan ishlov berish, ularni yakuniy va (yoki) vaqtincha saqlash va (yoki) yer ostiga ko‘mib
tashlashni;[4]

Xulosa qilib aytganda ushbu qonunda keltirilgan maqsadlardan, shuningdek O`zbekiston

Respublikasi hududida tashkil etilgan va tashkil etilishi ko`zda tutilgan kelgusidagi Maxsus
iqtisodiy zonalar faoliyatini yo`lga qo`yish mamlakatimizning ustuvor etib belgilangan istiqbolli
rejalari asosida tegishli qonunlar doirasida mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilishda
muhum ro`l o`ynaydi. Bu o`z navbatida, Xalqaro bitmlar doirasidan kelib chiqqan holda masalan
Parij bitimi (Parij, 2015-yil 12-dekabr) majburiyatlari bajarilishini va O‘zbekiston Respublikasining
“yashil” iqtisodiyotga o‘tishini ta’minlash maqsadidagi bosh konsepsiya va dasturlarni
muvofiqlashtrgan holda amalga oshirilishi bilan erishiladi. Kelgusida hududlarda tshkil etiladigan
Maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil qilishda konstruktiv geografik nuqtai nazardan yondoshgan
holatda har bir hududning geografik xususiyatlari chuqur urganilsa ularning kelgusi faoliyati
samarasini oshiruvchi asosiy omil bo`lishi kutiladi. Bu esa geotizmlardan va undagi tabiiy
resurslardan oqilona foydalanishning optimal yechimiga asos bo`lib, hududlarda yuzaga kelishi
mumkin bo`lgan yoki kutilayotgan salbiy ekologik muammolarni yechimida muhum ahamiyat
egallaydi. Xususan Prezidentimizning 2025-yil 30-yanvarda “O`zbekiston-2030” strategiyasini
“Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshiriga oid davlat dasturi to`g`risidagi
F-16 sonli farmonida ham bu borada amalga oshirilishi kerak bo`lgan ishlar, jumladan Samarqand
va Farg`ona viloyatlarida tajriba sinov tariqasida ekologik toza mahsulotlarni ishlab chiqarishga
ixtisoslashgan sanoat zonalari tashkil etilishini ko`zda tutuvchi choralar belgilab qo`yilgan. Bu
maqsadni amalga oshirishda ham har ikkala huduning geografik joylashuvi, ekologik toza mahsulot
ishlab chiqarishi uchun hisobga olinadigan tabiiy geografik omillari, “yashil energiya”resurslari
hamda eng muhimi atrof-muhitni muhofazasida muhum o`rin tutuvchi hududlar geotizimidagi


background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

153

barqarorlikni ta’minlovchi sanoat zoanalari hamda klasterlarini innovatsion yechimlar asosida
tashkil etilishi orqali erishish ko`zda tutiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

A. Nigmatov, J. Musayev “Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish” 2017-yil

Toshkent. “Niso Poligraf” 120 b.

2.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-2030 yillar davrida O`zbekiston

Respublikasining “Yashil”iqtisodiyotga o`tish strategiyasini tasdiqlash to`g`risidagi
PQ-4477 sonli qarori

3.

A. Nigmatov “Konstruktiv geografiya” o`quv qo`llanma 2025-yil Toshken. “Navro`z”

112 b.

4.

O`zbekiston Respublikasining “Maxsus iqtisodiy zonalar to`g`risida”gi 2020-yil 17-

fevraldagi O`RQ-604 son.

References

A. Nigmatov, J. Musayev “Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish” 2017-yil

Toshkent. “Niso Poligraf” 120 b.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-2030 yillar davrida O`zbekiston

Respublikasining “Yashil”iqtisodiyotga o`tish strategiyasini tasdiqlash to`g`risidagi

PQ-4477 sonli qarori

A. Nigmatov “Konstruktiv geografiya” o`quv qo`llanma 2025-yil Toshken. “Navro`z”

b.

O`zbekiston Respublikasining “Maxsus iqtisodiy zonalar to`g`risida”gi 2020-yil 17-

fevraldagi O`RQ-604 son.