Authors

  • Abduxoliq Raxmatov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.126026

Keywords:

Ekologik zo‘riqish Ekologik zo‘riqish koeffitsienti Qishloq xo‘jaligi ekologiyasi Barqaror rivojlanish Tuproq degradatsiyasi Ekologik monitoring Resurslardan oqilona foydalanish Antropogen yuk.

Abstract

Mazkur maqolada ekologik zo‘riqish va ekologik zo‘riqish koeffitsienti (Книс) tushunchalari, ularning nazariy asoslari va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada B. Kochurov tomonidan ishlab chiqilgan ekologik zo‘riqish koeffitsienti (Книс) ning mohiyati va qishloq xo‘jaligi yerlarida qo‘llanilishi o‘rganilgan. Ushbu koeffitsient qishloq xo‘jaligi yerlarining ekologik barqarorligini ta’minlash, tuproq degradatsiyasini kamaytirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, maqolada Rossiya, Xitoy, Yevropa va boshqa mamlakatlarda ekologik zo‘riqish monitoringi bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari yoritilgan. Ekologik zo‘riqish darajasini tahlil qilish orqali yer resurslarini muvozanatli boshqarish, ekologik va iqtisodiy manfaatlarni uyg‘unlashtirish hamda qishloq xo‘jaligida barqaror rivojlanishni ta’minlash imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu maqola qishloq xo‘jaligi yerlarining ekologik monitoringini tashkil etish, resurslardan samarali foydalanish va barqaror rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy va amaliy asos sifatida xizmat qilishi mumkin.

background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

157

QISHLOQ XO‘JALIGINING BARQAROR RIVOJLANISHIDA EKOLOGIK

ZO‘RIQISHNING AHAMIYATI

Raxmatov Abduxoliq Farxodovich

Farg‘ona davlat universiteti, doktorandi

raxmatovabduxoliq9@gmail.com

Annotatsiya.

Mazkur maqolada ekologik zo‘riqish va ekologik zo‘riqish koeffitsienti (К

нис

)

tushunchalari, ularning nazariy asoslari va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada B.
Kochurov tomonidan ishlab chiqilgan ekologik zo‘riqish koeffitsienti (К

нис

) ning mohiyati va

qishloq xo‘jaligi yerlarida qo‘llanilishi o‘rganilgan. Ushbu koeffitsient qishloq xo‘jaligi yerlarining
ekologik barqarorligini ta’minlash, tuproq degradatsiyasini kamaytirish va tabiiy resurslardan
oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek,
maqolada Rossiya, Xitoy, Yevropa va boshqa mamlakatlarda ekologik zo‘riqish monitoringi
bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari yoritilgan. Ekologik zo‘riqish darajasini tahlil
qilish orqali yer resurslarini muvozanatli boshqarish, ekologik va iqtisodiy manfaatlarni
uyg‘unlashtirish hamda qishloq xo‘jaligida barqaror rivojlanishni ta’minlash imkoniyatlari
ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu maqola qishloq xo‘jaligi yerlarining ekologik monitoringini tashkil etish,
resurslardan samarali foydalanish va barqaror rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha
ilmiy va amaliy asos sifatida xizmat qilishi mumkin.

Kalit so‘zlar:

Ekologik zo‘riqish, Ekologik zo‘riqish koeffitsienti, Qishloq xo‘jaligi

ekologiyasi, Barqaror rivojlanish, Tuproq degradatsiyasi, Ekologik monitoring, Resurslardan
oqilona foydalanish, Antropogen yuk.

Ekologik zo‘riqish (yoki ekologik yuklama) – bu tabiiy muhitga inson faoliyati natijasida

tushadigan bosim darajasini ifodalaydigan atama. Bu tushuncha taniqli rus tadqiqotchisi N.F.
Reimers (1931-1993) — taniqli Sobiq ittifoq ekolog olimi, ekologiya va tabiatni muhofaza qilish
sohasida yetakchi mutaxassislardan biri bo‘lgan[2; 48-b]. U ekologik fanlarning rivojlanishiga katta
hissa qo‘shgan va ko‘plab ilmiy asarlar muallifi hisoblanadi. Ushbu atama asosan inson tomonidan
amalga oshiriladigan turli iqtisodiy, sanoat, transport va qishloq xo‘jaligi faoliyatlari natijasida
tabiatning ekologik barqarorligiga yetadigan zarar va uning o‘zini tiklash imkoniyatlari o‘rtasidagi
muvozanatni baholash uchun ishlatiladi.

Ekologik zo‘riqishning asosiy tarkibiy qismlari mavjud bo‘lib ular quydagilar:
-Tabiat resurslaridan haddan tashqari foydalanish.
-Suv, havo, o‘simlik va hayvonot dunyosidan ko‘p miqdorda foydalanish.
-Yer resurslarining deyarli cheklovsiz o‘zlashtirilishi (ayniqsa, qishloq xo‘jaligida).
-Antropogen ifloslanish.
-Atmosferaga chiqayotgan zararli gazlar (CO

, NOx va boshqalar).

-Tuproqning pestitsidlar, o‘g‘itlar va boshqa kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi.
-Suv resurslarining ifloslanishi (kanalizatsiya suvlari, sanoat chiqindilari).
-Tabiatning o‘zini tiklash imkoniyatlarining kamayishi.
-Resurslarning tiklanish tezligi ularni ishlatishdan ortda qolmoqda.
-Ekosistemalarning buzilishi yoki yo‘q bo‘lib ketishi (masalan, o‘rmonlarning kesilishi,

botqoqliklarning quritilishi).


background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

158

-Aholi zichligi ortgan hududlar.
-Transport vositalari va infratuzilma tomonidan atrof-muhitga zarar yetkazilishi.
Ekologik zo‘riqish va ekologik zo‘riqish koeffitsienti o‘rtasida bir qancha bog‘liqliklar

mavjud bo‘lib ularni quyida ko‘rib chiqamiz:

Ekologik zo‘riqish – bu hudud yoki ekotizimga inson faoliyati natijasida tushadigan umumiy

bosimni tavsiflovchi keng tushuncha. U hududning tabiiy muhitida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni
ifodalaydi [1; 158-b.]. Bu o‘zgarishlar ekologik muvozanatga ta’sir qiluvchi omillar, masalan,
resurslardan haddan tashqari foydalanish, ifloslanish, tuproq degradatsiyasi va iqlim o‘zgarishlari
bilan bog‘liq.

Ekologik zo‘riqish koeffitsienti (К

нис

) esa – bu zo‘riqishning miqdoriy ko‘rsatkichidir. U

hududdagi ekologik yukni aniq sonli qiymat sifatida ifodalaydi va inson faoliyati natijasidagi
bosimni ekologik barqarorlik bilan solishtirishga yordam beradi.

B.Kochurov tomonidan ishlab chiqilgan nisbiy ekologik zoʼriqish koeffitsienti (

К

нис

)

muayyan hudud yoki ekologik tizimning antropogen (inson faoliyati) taʼsiridan kelib chiqadigan
zoʼriqish darajasini baholash uchun ishlatiladi. Bu koʼrsatkich yordamida hududning ekologik holati
va inson faoliyati tufayli oʼzgarishlarga sezuvchanligi oʼlchanadi hamda taklif etgan quyidagi

formula bilan hisoblab chiqiladi.

3

2

1

6

5

4

нис

АЮ

АЮ

АЮ

АЮ

АЮ

(1)

Bu yerda, К

нис

– hududning nisbiy ekologik-zoʼriqish koeffitsienti;

АЮ4, АЮ5, АЮ6 – hududning antropogen yukning yuqori koʼrsatkichlari; АЮ1, АЮ2,

АЮ3 – hududning antropogen yukning nisbatan past koʼrsatkichlari;

Ushbu formula orqali aniqlangan К

нис

qiymatlari hududning antropogen taʼsir intensivligini

(tabiiy resurs potentsialiga mos yoki mos kelmaslik darajasini) aniqlashda yordam beradi[1; 170-
b.]. Bu orqali esa, hududning tabiiy landshaftlar va resurslarni qayta tiklanish imkoniyati
saqlanganlik darajasini aniqlashimiz mumkin boʼladi. Umuman maskur izlanish natijasida
hududning qanday toifadagi yerlar miqdorini koʼpaytirish zaruriyati va ular uchun talab etilgan
maydon kattaligi ham aniqlanadi. Koʼrsatilgan koeffitsient qiymatlari qanchalik past boʼlsa, tadqiq
etilayotgan hududning geoekologik holati shunchalik qulay boʼladi. Tatqiqot natijasiga koʼra
hududning К

нис

koeffitsientining miqdori bir atrofida boʼlsa, ekologik-xoʼjalik jihatdan zoʼriqish

darajasi meʼyorida, agar u birdan katta boʼlsa, bu koʼrsatkichning oʼsib borayotganligini yoki
oʼzgarishsiz qolganligini anglatadi.

B.Kochurov tomonidan ishlab chiqilgan nisbiy ekologik zo‘riqish koeffitsienti (К

нис

) ekologik

monitoring tizimida muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Ushbu koeffitsient tabiiy resurslardan
foydalanishning ekologik yuklanishini baholash va hududiy rejalar tuzishda samarali vosita sifatida
tan olingan. Quyida qishloq xo‘jaligi yerlarida qo‘llanishi, uning ahamiyati, afzalliklari, yutuqlari
va kamchiliklari yoritib beriladi.

Qishloq xo‘jaligi yerlarida ekologik barqarorlikni ta’minlashda К

нис

o‘ziga xos ko‘rsatkichdir.

Bu koeffitsient yordamida hududdagi yer resurslarining zo‘riqish darajasi aniqlanadi va ekologik
xavfsizlikni saqlash choralarini belgilash imkoniyati yaratiladi. Ayniqsa, yerlarning sho‘rlanishi,
eroziya va degradatsiyasi kabi jarayonlarni nazorat qilish uchun samarali hisoblanadi [5; 102-b.].

Obyektiv baholash imkoniyati sababli К

нис

orqali turli hududlarning ekologik holatini

obyektiv baholash va ularni solishtirish mumkin. Qishloq xo‘jaligi yerlarini samarali boshqarish va
tabiatni muhofaza qilish rejalari tuzishda muhim ahamiyat kasb etadi. Metodikaning nisbiy


background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

159

oddiyligi va zarur ma’lumotlarni tezkor olish imkoniyati amaliyotda keng qo‘llanilishini
ta’minlaydi. К

нис

qishloq xo‘jaligi, o‘rmonchilik va boshqa ekologik monitoring sohalarida

moslashuvchan qo‘llanilishi mumkin.

Dunyoning bir qator davlatlarida ekologik zo‘riqish koeffitsientidan foydalangan holda

qishloq xo‘jaligi yerlarining holati haqda ma’lumotlarga ega bo‘lgan dvlatlar mavjud bo‘lib ularni
quyida ko‘rib chiqamiz:

Rossiyada ekologik zo‘riqish tushunchasi keng o‘rganilgan. Ko‘plab hududlarda sanoat,

qishloq xo‘jaligi va urbanizatsiyaning ekologik ta'siri o‘rganilib, ekologik zo‘riqish koeffitsienti

нис

) ni hisoblash amaliyotlari olib borilgan. Masalan, Ural va Sibir hududlarida ekologik zo‘riqish

darajasini o‘lchash uchun sanoat ifloslanishi va qishloq xo‘jaligi yuklari tahlil qilingan [2; 70-b.].

Xitoy ekologik zo‘riqishni kamaytirishga doir tadqiqot va amaliy loyihalarning faol

ishtirokchilaridan biri. Xitoyning Yanztsi daryosi vodiysi va Pekin atrofida urbanizatsiya va
sanoatning tabiiy muhitga bosimi baholangan. Ushbu tadqiqotlarda ekologik zo‘riqish koeffitsienti
hududiy ekologik boshqaruv rejalari uchun asos bo‘lib xizmat qilgan.

Yevropada ekologik zo‘riqish bo‘yicha tadqiqotlar asosan ekologik yuklarni kamaytirishga

qaratilgan barqaror rivojlanish dasturlari bilan bog‘liq.

Germaniya va Niderlandiya kabi mamlakatlarda sanoat va qishloq xo‘jaligi faoliyati

natijasidagi ekologik yuklar maxsus modellar yordamida tahlil qilingan. Yevropa Ittifoqi "Barqaror
rivojlanish strategiyasi" doirasida antropogen bosimni boshqarish va tabiiy resurslarni oqilona
ishlatish uchun ekologik zo‘riqish koeffitsientidan foydalanadi [3; 45-b.]..

Bu mamlakatlarda ekologik zo‘riqish va uning koeffitsienti bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar

shuni ko‘rsatadiki, har bir hududning o‘ziga xos ekologik yuk omillari borligini aniqlashda,
ekologik zo‘riqish koeffitsienti ushbu omillarni miqdoriy baholash uchun qulay usuldir. Ushbu
yondashuvlar nafaqat muammoni aniqlash, balki barqaror ekologik boshqaruv strategiyalarini ishlab
chiqishda ham muhim ahamiyatga ega.

Qishloq xo‘jaligi yerlariga ekologik zo‘riqishni darajasini aniqlashni qo‘llash orqali quyidagi

yutuqlarga erishish mumkin:

1. Ekologik yuklamalarni tahlil qilish orqali yerning zo‘riqish darajasini aniqlash orqali yer

resurslarini muvozanatli boshqarish yo‘lga qo‘yiladi. Ekologik yuklamalarni tahlil qilish orqali turli
hududlarda yerlarning zo‘riqish darajasini aniqlash, ularni haddan tashqari foydalanishdan saqlash
va tabiiy holatini tiklash bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi.

2. Qishloq xo‘jaligida ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha ilg‘or tavsiyalar ishlab

chiqiladi. Ekologik zo‘riqishni kamaytirish bilan yer unumdorligini saqlash va qishloq xo‘jaligi
uchun foydali ekotizim xizmatlaridan samarali foydalanish mumkin bo‘ladi. Bu esa qishloq
xo‘jaligida barqaror ishlab chiqarishni ta’minlashga yordam beradi.

3. Tabiiy resurslardan foydalanishda ekologik va iqtisodiy manfaatlarni uyg‘unlashtirish

imkoniyati yaratiladi. Yer va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish orqali iqtisodiy foyda
olish, shu bilan birga, ekologik zararlarni kamaytirishga erishiladi. Bu jarayon qishloq xo‘jaligi
sektorida uzoq muddatli rivojlanishni ta’minlaydi.

Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak. Agrotexnik tadbirlarni joriy etish va kam zarar yetkazuvchi

biotexnologiyalardan foydalanish orqali yerlarning ekologik barqarorligini tiklashga erishiladi.
Ekologik zo‘riqish monitoringi natijalariga asoslanib, azotli o‘g‘itlar va pestitsidlardan oqilona
foydalanish rejasi ishlab chiqiladi. Tuproqning fizik-kimyoviy va biologik xususiyatlari


background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

160

yaxshilanadi. Shuningdek, cho‘llanish va eroziya jarayonlari oldini olishga erishiladi. Suv bilan
yuvilishning oldini olish va shamol eroziyasiga qarshi choralar ko‘riladi.

B.Kochurovning nisbiy ekologik zo‘riqish koeffitsienti (К

нис

) qishloq xo‘jaligi yerlarida

ekologik monitoring va barqaror rivojlanishni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Uning
yordamida esa yer resurslaridan oqilona foydalanish yo‘llari aniqlanadi va ekologik xavfsizlikka
erishish uchun strategik qarorlar qabul qilinadi. Ammo uning samarali qo‘llanilishi uchun zarur
ma’lumotlarning to‘liq va ishonchli bo‘lishi hamda metodikaning hududiy sharoitlarga
moslashtirilishi muhimdir. Qishloq xo‘jaligi hududlaridagi tabiiy ekotizimlarning barqarorligi
tiklanadi, bu esa qishloq xo‘jaligida zarur xizmatlarning (changlatish, biologik zararkunandalarga
qarshi kurash va h.k.) sifatini oshiradi. Ekologik zo‘riqish monitoringi iqtisodiy manfaatlarni
ekologik ehtiyojlar bilan uyg‘unlashtirish imkonini beradi.

Ekologik zo‘riqish darajasini samarali qo‘llash qishloq xo‘jaligi yerlarini muhofaza qilish,

ulardan oqilona foydalanish va ularning barqarorligini ta’minlashda katta rol o‘ynaydi. Ushbu
yondashuv uzoq muddatli ekologik va iqtisodiy manfaatlarga erishishga imkon beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Kochurov, B. "Ekologik monitoring asoslari." Moskva: Nauka, 1990.
2. Dushkin, V. "Tabiatdan foydalanish va ekologik xavfsizlik." Toshkent: O‘zbekiston, 2005.
3. Qishloq xo‘jaligi ekologiyasi bo‘yicha xalqaro maqolalar to‘plami. FAO, 2018.
4. Xolmatov, A. "Qishloq xo‘jaligi yerlarining degradatsiyasi va barqaror rivojlanish."

Toshkent: Fan, 2020.

5. Ahmadaliyev Yusufjon Ismoilovich., Raxmatov Abduxoliq Farxodovich., “Surxondаryo

viloyatini lаnshаft turlаrigа аjrаtish vа uning qishloq xoʼjаligidаgi аhаmiyati.” fardu. ilmiy xabarlar
jurnali "aniq va tabiiy fanlar" 2024-yil 5-son

6. Ahmadaliyev Yusufjon Ismoilovich., Raxmatov Abduxoliq Farxodovich., “Surxondaryo

viloyatida qishloq xoʼjaligi yerlarini xaritalashtirishda gat texnalogiyalarining hamiyati”
“geografiya - nazariyadan amaliyotga” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya. 25-Noyabr.
2024 yil

References

Kochurov, B. "Ekologik monitoring asoslari." Moskva: Nauka, 1990.

Dushkin, V. "Tabiatdan foydalanish va ekologik xavfsizlik." Toshkent: O‘zbekiston, 2005.

Qishloq xo‘jaligi ekologiyasi bo‘yicha xalqaro maqolalar to‘plami. FAO, 2018.

Xolmatov, A. "Qishloq xo‘jaligi yerlarining degradatsiyasi va barqaror rivojlanish."

Toshkent: Fan, 2020.

Ahmadaliyev Yusufjon Ismoilovich., Raxmatov Abduxoliq Farxodovich., “Surxondаryo

viloyatini lаnshаft turlаrigа аjrаtish vа uning qishloq xoʼjаligidаgi аhаmiyati.” fardu. ilmiy xabarlar

jurnali "aniq va tabiiy fanlar" 2024-yil 5-son

Ahmadaliyev Yusufjon Ismoilovich., Raxmatov Abduxoliq Farxodovich., “Surxondaryo

viloyatida qishloq xoʼjaligi yerlarini xaritalashtirishda gat texnalogiyalarining hamiyati”

“geografiya - nazariyadan amaliyotga” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya. 25-Noyabr.

yil