RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
172
NAVOIY VILOYATIDA SHAHAR AHOLI PUNKTLARINING SHAKLLANISHI VA
JOYLANISHI
Sherxolov Olimjon Iskandarovich, Eshmurodov Yahyobek Otabek oʻgʻli,
Boliyeva Madina Zokir qizi
Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
Annotatsiya
: Mazkur maqolada Navoiy viloyatining shahar va shaharchalari shakllanishi va
tashkil etilishi oʻrganilgan. Shahar aholi punktlarining hududiy tarkibi tadqiq etilgan. Shaharlar
bajaradigan funksiyasiga koʻra guruhlarga ajratilgan. Shahar aholi punktlarining bir-biriga
nisbatan joylashuvi hamda ular orasidagi oʻrtacha masofasi aniqlangan.
Kalit soʻzlar:
Shahar, shahar aholi punktlari, shaharlarning funksiyalari, oʻrtacha masofa,
resurs shaharlar
Kirish
. Aholi punktini oʻrganish koʻp vaqt talab yetib, murakkab jarayon hisoblanadi. Shu
boisdan tadqiq yetilayotgan hududdagi aholi punktlari katta yoki kichik, koʻp yo kam sonli hamda
turli tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’sirida shakllangan boʻlsa, u holda har tomonlama bir-
biriga oʻxshash aholi punktlaridan tanlab olib tadqiq yetish orqali qolgan aholi punktlariga ham
baho berish mumkindir. Aholi punktlarini geografik oʻrganishda shaharlar geografiyasi chuqur
oʻrganilganligi bilan ajralib turadi. Shaharlarni tadqiq yetish har jihatdan muhim ahamiyatga yega
boʻlib, har bir hududning oʻtmishi, buguni va kelajagi asosan shaharlari bilan belgilanadi.
Asosiy qism.
Arid hududlarda shaharlarning tashkil yetilishida foydali qazilmalarning
topilishi va ishga tushirilishi birlamchi omil boʻlib, uning uzoq umr koʻrishi konlarning zahiraga
qay darajada boyligiga ham bogʻliqdir. Navoiy viloyatdagi shahar aholi punktlarining-(SHAP)
shakllanishida asosan foydali qazilmalarining topilishi va ishga tushirilishi, Zarafshon daryosining
yaqinligi, qishloq xoʻjaligi markazida joylashganligi, transport bilan yaxshi ta’minlanganligi kabi
omillar ta’sir koʻrsatgan.
Hozirda viloyat boʻysunuvidagi shahar va shaharchalarga Navoiy, Zarafshon, Gʻozgʻon
shaharlari bilan birga Tinchlik, Muruntov shaharchalari kiradi. Viloyatda jami 7 ta shahar mavjud.
Bular: Navoiy, Zarafshon, Qiziltepa, Gʻozgʻon, Nurota va Yangirabot shaharlaridir. Navoiy,
Zarafshon, Gʻozgʻon shaharlaridan tashqari qolgan shaharlar tuman markazlari hisoblanadi.
Viloyatning Konimex, Navbahor, Karmana, Tomdi tumanlarida birorta ham shahar mavjud emas.
Ushbu tumanlarda faqat shaharchalar tashkil yetilgan. Viloyatning shaharlari yangi shaharlar
hisoblanadi, Navoiy shahri 1958-yili (dastlab shaharcha sifatida 1935-y.), Zarafshon shahri 1972-
yili (dastlab shaharcha sifatida 1967-y.), qolgan shaharlar ulardan keyin tashkil topgan.
Bugungi kunda viloyatda shaharchalar soni 46 ta boʻlib, ularning 30 tasi 2009-yilda “Qishloq
taraqqiyoti va farovonlik yili” Davlat dasturi asosida qishloq aholi punktlariga shaharcha maqomi
berilishi bilan tashkil etilgan (respublikada 966 ta). Shu yili tashkil yetilgan shaharchalar soniga
koʻra viloyat respublika hududlari boʻyicha faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Sirdaryo
viloyatidan oldinda turadi xolos. Shaharchalar soni Qiziltepa (8 ta), Xatirchi (5 ta), Navbahor (5 ta),
Karmana (4 ta), Nurota (4 ta), Konimex (3 ta ), Tomdi (1 ta) tumanlarida tashkil yetilgan boʻlsa,
Uchquduq tumanida yesa talabga javob beradigan nomzod aholi punkti boʻlmaganligi sababli
shaharcha tashkil etilmagan. Hududar kesimida olinganda
Navoiy shahrida:
Tinchlik,
Zarafshon
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
173
shahrida:
Muruntov,
Uchquduq tumanida:
Shalxar (1989-y.),
Tomdi tumanida:
Tomdibuloq,
Konimex tumanida:
Konimex (1935-y.), Balaqaraq, Mamiqchi, Shoʻrtepa va Zafarobad (shaharcha
2019-yil boshigacha Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumaniga qaragan),
Qiziltepa tumanida:
Husbiddin, Qalayn-Azizon, Baland Gʻardiyon, Gʻoyibon, Oq soch, Vangʻozi, Oqmachit, Zarmitan,
Gʻamxoʻr, Uzilishkent, Oʻrtaqoʻrgʻon, Xoʻjaqoʻrgʻon,
Navbahor tumanida:
Qalqonota, Saroy, Quyi
Beshrabot, Keskanterak, Ijant.
Karmana tumanida:
Karmana (2004-y.), Malikrabot, Paxtaobod,
Podkoron, Kamolot hamda
Nurota tumanida:
Qizilcha, Temurqovuq, Chuya, Yangibino,
Xatirchi
tumanida:
Langar, Jaloir, Qoʻshchinor, Polvontepa, Qoʻrgʻon, Tasmachi, Bogʻishamol, Gʻalabek,
Paxtakor, Turkman, Yangi qurilish shaharchalaridir. Shaharchalar sonining eng koʻpi Qiziltepa va
Xatirchi tumanlarida boʻlib, mos ravishda 12, 11 tani tashkil etgan boʻlsa, Navoiy, Zarafshon
shaharlari hamda Tomdi va Uchquduq tumanlarida uning soni atigi 1 tadandir (1-jadvalga qarang).
1-jadval
Shahar aholi punktlari (SHAP) soni va ularning joylashuvi (2022-y.)
Ma’muriy-hududiy
birliklar
Jami
SHAPlar
soni, -ta
Aholi
soni, kishi
SHAPlar
oʻrtasidagi oʻrtacha
masofa, km
Navoiy viloyatida jami
53
505449
45,8
Navoiy shahri
2
150611
5,5
Zarafshon shahri
2
85636
3,2
Gʻozgʻon shahri
1
8945
24,3
Tomdi tumani
1
4964
206,1
Uchquduq tumani
2
33667
152,7
Konimex tumani
5
16790
43,0
Qiziltepa tumani
13
49200
13,0
Navbahor tumani
5
16627
17,7
Nurota tumani
5
49143
34,5
Xatirchi tumani
12
46609
10,9
Karmana tumani
5
43257
13,8
Jadval Navoiy viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi.
Viloyatning shaharlari oʻrtasidagi oʻrtacha masofa qariyb 46 km.ni tashkil etgan holda
mazkur koʻrsatkish maydoni katta boʻlgan choʻl tumanlarda bundanda uzoq hisoblanadi. Bu esa
oʻziga xos muammolarni keltirib chiqaradi.
Shahar aholi punktlari bajaradigan funksiyasiga koʻra: 1) koʻp funksiyali shaharlar; 2) sanoat
va transport shaharlari; 3) resurs shaharlar; 4) tuman markazlari; 5) agroindustrial shaharlar; 6) ilm-
fan markazlari va h.k. ajratiladi. Tadqiqot hududining koʻp funksiyali shahri boʻlgan viloyat
markazi 1958 yilda choʻl sharoitini e’tiborga olib tashkil etilgan. Mazkur shaharning ta’sirida
Karmana, Qiziltepa, Yangirabot, Konimex, Beshrabot shaharlari rivojlanib bormoqda. Viloyatdagi
Karmana, Qiziltepa, Nurota kabi shaharlar qadimgi karvon yoʻllari yoqasida joylashganligi bois,
tarixiy shaharlar hisoblanadi. Qiziltepa shahri hududi ham Karmana kabi qadimdan karvon yoʻllari
ustida joylashgan boʻlsada, 1979-yil 6-noyabrda shahar nomini olgan. Uchquduq, Zarafshon,
Gʻozgʻon, Langar, Muruntov va Zafarobod shaharlari funksiyasiga koʻra resurs shaharlardir.
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
174
Shulardan, Gʻozgʻon shaharchasi Nurota tumanidagi resurs shaharcha boʻlib, 1975-yilda tashkil
topgan. Tadqiqot obyektidagi Langar shaharchasi 1942-yilda Xatirchi tumanida rudali va qurilish
material sanoatining markazi sifatida tashkil topgan boʻlib, u konchilar va xizmatchilar
shaharchasidir. Shaharchaning dengiz sathidan balandligi 1400 metr atrofida.
Muruntov shaharchasi shu nomdagi oltin konining ochilishi munosabati bilan posyolka
sifatida 1959-yilda vujudga kelgan, 1976-yilda shaharchaga aylantirilgan. Hozirgi kunda Zarafshon
shahar kengashi tarkibidagi shaharcha boʻlib, uning dengiz sathidan balandligi 600 metrdan yuqori.
Ma’lumki, ushbu shaharcha dunyoga mashhur oltin koni markazi hamdir.
Buxoro viloyatining Gʻujduvon tumani tarkibidagi Zafarobod resurs shaharchasi 2019-yilning
boshidan Navoiy viloyatining Konimex tumani tarkibiga kiritildi. Shaharcha Navoiy-Uchquduq
avtomobil yoʻli yoqasida joylashgan. U 1984-yil rangli metall konlarining topilishi bilan tashkil
topgan. Ushbu shaharchada Navoiy kon-metallurgiya kombinatining bir boʻlimi faoliyat yuritadi.
Zafarobod shaharchasi bajaradigan funksiyasiga koʻra, sanoat shaharchasidir.
Xulosa
qilib aytganda viloyatning asosiy shahar va shaharchalari foydali qazilmalarni qazib
olish va qayta ishlash markazlari sifatida, shuningdek, Zarafshon daryosi hamda xalqaro yoʻllar
yoqasida tashkil boʻlganligi, asosiy shaharchalari agroshaharlar ekanligi bilan ajralib turadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Zokirov S.S. Aholi zich joylashgan hududlarda shahar punktlarining ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishi (Andijon viloyati misolida) -i.f.n. diss-Toshkent, 1996. – 19 b.
2.
Kadirov M. A., Sherxolov O.I. Samarqand viloyati aholi joylashuvining muammolari va
istiqbollari // SamDU Ilmiy axborotnomasi. №5-son. Samarqand, 2018. – 181-185 b.
3.
Kovalev S.A. Selskoe rasselenie (Geograficheskoe issledovanie). – M.: MGU, 1963. –
372 s.
4.
Mavlonov A.M. Choʻl sharoitida shaharlarning shakllanish va rivojlanish muammolari
(Buxoro viloyati misolida). –g.f.n. diss-T.: Buxoro, 2009. – 182 b.
5.
Soliyev A.S., Tashtayeva S., Egamberdiyev M. Shaharlar geografiyasi. Oʻquv
qoʻllanma.-T, 2019. – 94 b.
6.
Tojiyeva Z.N. Oʻzbekiston Respublikasida demografik jarayonlar va ularning hududiy
xususiyatlari. – g.f.d. diss – T.: OʻzMU, 2017. – 206 b.
7.
Sherxolov O.I. Navoiy viloyati aholisi oʻsishi va joylanishining geografik muammolari.
Fal.fan. dok. …diss-T.,2023.-152 b.
8.
Sherxolov O.I. Navoiy viloyati shahar aholi punktlarining hududiy tarkibi va
demografik koʻrsatkichlari // Fan va Jamiyat Ilmiy-uslubiy jurnal № 1-son. Nukus, 2023. – 48-50 b.
9.
Egamberdiyeva M.M. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaharlar rivojlanishining
mintaqaviy muammolari (Toshkent viloyati misolida) Nomzodlik dissertatsiyasi. – T.,2008. – 15 b.
10.
Ibragimov, L., Sherxolov, O., Musayev, B., Boboyev, S., Sobirova, M., & Boratova,
G. (2024). Industrial development and assessment of its impact in Samarkand region-a GIS
mapping-based study. In
E3S Web of Conferences
(Vol. 590, p. 06002). EDP Sciences.
11.
Tojiyeva, Z., Omanova, K., Pardayev, N., Jaloliddinov, N., Musayev, B., &
Khursanov, S. (2024). Regional Characteristics in the Dynamics and Location of the Rural
Population of the Republic of Uzbekistan. In
E3S Web of Conferences
(Vol. 491, p. 04004). EDP
Sciences.
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
175
12.
Ибрагимов, Л. З., Мусаев, Б. М., & Усманхонова, Д. Ф. (2021). Ўзбекистоннинг бандлик
ва меҳнат бозорига демография омилининг таъсирини баҳолашнинг баъзи
жиҳатлари.
Science and Education журнали
, (2), 2.
13.
SHERXOLOV, O., & MUSAYEV, B. (2024). Ahоli punktlаri jоylаnishini gеоgrаfik
oʻrgаnishning mеtоdоlоgiyаsi.
News of the NUUz
,
3
(3.1), 327-331.
14.
MUSAYEV, B., & SHERXOLOV, O. (2024). Mirzacho ‘l iqtisodiy rayoni shaharlari aholi
soni dinamikasi va tarkibining hududiy xususiyatlari.
News of the NUUz
,
3
(3.1), 267-271.
15.
Ibragimov, L., Ubaydullayev, D., & Musayev, B. (2021). Recreational assessment of natural
landscapes of Jizakh region.
ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH
,
10
(4),
212-217.
16.
Ибрагимов, Л. З., Мусаев, Б. М., & Убайдуллаев, Д. К. Ў. (2021). Жиззaх вилoятида
туризмни ривожлантириш имкониятлари ва истиқболлари.
Science and Education
,
2
(3),
429-435.
17.
Bekzod MUSAYEV, Olimjon SHERXOLOV.
Forecast of the network and composition of
cities in Mirzachul economic region
. Journal of Geography and Natural Resources 3 (06), 132-
145, 2023.
