RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
176
BUXORO VILOYATI EKOLOGIK KARKASI SHAKLLANISHIDA MUHOFAZA
ETILADIGAN TABIIY HUDUDLARNING O‘RNI
Shokirov Akobirjon Abrorovich
Buxoro davlat universiteti doktoranti.
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Buxoro viloyatida joylashgan muhofaza etiladigan tabiiy
hududlar va ularning ekologik karkasdagi o‘rni yoritilgan.
Kalit so‘zlar.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, ekologik karkas, tabiat karkasi,
qo‘riqxona, buyurtmaxonalar.
Zamonaviy geografiyada tobora ommalashayotgan va so‘nggi vaqtlarda eng ko‘p ilmiy
tadqiqot olib borilayotgan yo‘nalishlardan biri bu “ekologik karkas” hisoblanadi. “Ekologik karkas”
atamasi adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. Tadqiqot mualliflarining aksariyati tomonidan
ekologik karkas “ekologik tayanch”, “ekologik sinch” kabi iboralar orqali ifodalanmoqda. “Karkas”
so‘zi fransuz tilida carcasse – skelet degani. Ammo aksariyat holatlarda yuqoridagi atamalar
“ekologik karkas” ning asl mohiyatini anglatishi munozaralidir [4, 692 b.].
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ekologik karkaslar va boshqa tizimlari bo‘yicha
kontseptual va terminologik ma’nolarini qarab chiqamiz. Eng ko‘p ishlatiladigan atamalar: ekologik
karkas va tabiat karkasi. Bu atamalarni sinonim sifatida ishlatish o‘rinsiz demakdir [6, 228 b.].
Hududning ekologik karkasi – hududning ekologik barqarorligini ta'minlaydigan, biologik
xilma-xillikning yo‘qolishi va landshaft degradatsiyasining oldini oladigan, ilmiy tashkil etilgan
infratuzilmani tashkil etuvchi har bir obyekt uchun atrof-muhitni boshqarishning individual rejimiga
ega bo‘lgan ekotizimlarning yig‘indisidir. Bunda esa muhofa etiladigan tabiiy hududlarning o‘rni
alohida.
Buxoro viloyatida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga Qizilqum davlat qo‘riqxonasi,
“Dengizko‘l” davlat buyurtma qo‘riqxonasi, “Qoraqir” davlat ornitologik buyurtma qo‘riqxonasi,
“Xadicha” davlat buyurtma qo‘riqxonasi, “Qumsulton” davlat buyurtma qo‘riqxonasi, shuningdek
“Jayron” ekomarkazi kiradi. Shuningdek, bu yerda 596 ming gektardan ortiq hududda o‘mon
xo‘jaliklari tashkil etilgan [4, 26 b.].
Qizilqum davlat qo‘riqxonasi 1971-yilda Qizilqum o‘rmon xo‘jaligidan ajratilgan yerlardan
3985,1 ga maydonda tashkil qilingan. Ayni vaqtda qo‘riqxona umumiy yer maydoni 10311 gadan
iborat. Qo‘riqxona ikki viloyat hududida joylashgan: shundan – 8844 ga Xorazm viloyatining
Hazorasp tumanida, 1467ga Buxoro viloyatining Romitan tumanida joylashgan. Umumiy yer
maydonining 7134 gektari Qizilqum cho‘l zonasi va 3177 gektari Amudaryo o‘zani qirg‘og‘idagi
to‘qay zonasidan iborat. Qo‘riqxona tashkil qilinishidan asosiy maqsad, hududdagi tabiiy o‘ziga xos
qum va daryo bo‘yi o‘rmonzorlarini muhofaza qilish, mavjud o‘simlik va hayvonot dunyosi genetik
fondini saqlab qolish, ularni tabiiy holda saqlanishini ta’minlash va tiklash, noyob hisoblangan
buxoro bug‘usi (xongul)ni tarixiy yashash joylarini qo‘riqlash, ularni bosh sonini tiklash, tabiiy
jarayonlar kechishini tadqiq va tahlil etish, tabiat muhofazasi ilmiy asoslarini yaratish va ekologik
bilimlarni targ‘ib qilishdan iborat [2, 237 b.].
Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigi “Jayron” ekomarkazi – Buxoro viloyatining
janubi-sharqiy qismida, Buxoro shahridan 42 km, Kogon shahridan 15 km masofadagi Buxoro
tumanida joylashgan. Markaz turli xil muhofaza rejimiga ega bo‘lgan 2 ta hududdan iborat: 1 -
simto‘r bilan himoyalangan maydon bo‘lib, maydoni 5145 gektar. 2 - ochiq hudud, 11377
gektardan iborat. Markazning umumiy maydoni 16522 gektarni tashkil qiladi. Markaz 1977-yilda
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
177
noyob hayvon turlarini, ayniqsa, jayron turini ko‘paytirish va saqlab qolish maqsadida ilmiy
tadqiqot va ishlab chiqarish markazi sifatida tashkil qilingan. Pitomnik O‘zbekiston Respublikasi
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufida faoliyat
yuritadi. Ekomarkazning asosiy maqsadi biologik xilma-xillikni saqlash, noyob va yo‘qolib
borayotgan hayvonlar turlarini asrash va ko‘paytirish, shuningdek, janubi-g‘arbiy Qizilqum cho‘li
landshaftlarini saqlab qolish va mahalliy aholi o‘rtasida ekologik ta’lim tizimini shakllantirishdan
iborat. “Jayron” ekomarkazi – noyob hayvonlarni ko‘paytirish bo‘yicha xalqaro e‘tirof etilgan
pitomnik hisoblanadi. Hozirgi kunda pitomnik hududida O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi” va
Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining “Qizil ro‘yxat” iga kiritilgan quyidagi noyob
hayvonlar ko‘paytirilmoqda: jayron (1200 bosh), Turkman quloni (175 bosh), prejevalskiy oti (16
bosh), Buxoro tog‘ qo‘yi (48 bosh), Buxoro bug‘usi (1 bosh). “Jayron” Ekomarkazida ilmiy
tadqiqot ishlari u tashkil etilganidan buyon o‘tkazilib kelinmoqda. Pitomnik yetakchi ilmiy
muassasalar bilan hamkorlik qiladi, jumladan:
• O‘zbekiston Respublikasi (Fanlar Akademiyasining zoologiya instituti, Fanlar
Akademiyasining Samarqand filiali, veterinariya instituti);
• Rossiya Federatsiyasi (Rossiya Fanlar Akademiyasining Seversov nomidagi hayvonlarning
evolyutsion morfologiyasi va ekologiyasi instituti, Geografiya instituti, Moskva davlat universiteti,
Moskva va Sankt-Peterburg hayvonot bog‘lari);
• Fransiya (Fanlar Akademiyasi “Shize‟ va “Lyarosh” naslchilik markazlari);
• AQSH (Kaliforniya universiteti);
• Germaniya (Fanlar Akademiyasi Zoologiya instituti).
“Qoraqir” ornitologik davlat buyurtma qo‘riqxonasi. Qo‘riqxona Buxoro viloyatining
Romitan va Peshku tumanlari hududida tashkil etilgan. U Buxoro shahridan 110 km uzoqlikda
joylashgan. Gazli shaharchasiga yaqin (30 km). Bu Severniy (shimoliy) kollektoridan suv bilan
to‘ldirilgan tabiiy depressiya (chuqurlikda vujudga kelgan). Suv ombori 1970 yillarning oxirlarida
shakllana boshlagan. Unda ko‘llar va orollar vujudga kelgan. Ko‘llardagi suv sathi yilning fasliga
qarab juda katta farq qiladi. Qo‘riqxonada ham suv, ham yer borligi sababli u o‘simlik va hayvonot
dunyosiga boy. Hududda bo‘sh (zichlashmagan) qum va qumtepalar kamdan-kam uchraydi,
ko‘pincha ular qattiq qumliklardan iborat, relyefi tekis. Buyurtma qo‘riqxona mavsumiy ko‘chib
yurish paytida ko‘chib yuruvchi qushlarning dam olish maskani va qushlarning ko‘payishi uchun
juda muhim ahamiyatga ega. Bu suv qushlari va boshqa qushlarning migratsiya oqimi yo‘lida
joylashganligi bilan ifodalanadi.
“Qumsulton” davlat buyurtmaxonasi 2010-yil 25-oktabrda tashkil qilingan. Buxoro
viloyatining Jondor va Olot tumanlarida joylashgan. Maydoni 4900 gektarni tashkil etadi.
“Dengizko‟l” davlat buyurtmaxonasi 1990-yil 26-iyunda tashkil qilingan. Olot tumanida
joylashgan. Maydoni 50000 gektar.
“Xadicha” davlat buyurtmaxonasi 2010-yil 25-oktabrda tashkil etilgan. Qorovulbozor
tumanida joylashgan. Maydoni 11300 gektar. Shundan suvli maydon – 9330 gektar, quruqlik cho‘l
zonasi – 1970 gektar.
Barchamizga ma’lumki, Buxoro viloyati hududi mamlakatimizning cho‘l mintaqasiga to‘g‘ri
keladi. Shu sababli viloyat hududiy nuqtai-nazardan bugungi kundagi iqlim o‘zgarishlariga o‘ta
ta’sirchandir. Viloyat hududida ekologik karkaslarni tashkil etish orqali mazkur ta’sirchanlikni
bartaraf etish hamda barqarorlikka erishish imkoniyatini yaratadi. Hozirgi kunda muhofaza
etladigan tabiiy hududar ulushi viloyatda salmoqli bo‘lsada, mintaqa barqaror rivojlanishini
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
178
taminlash uchun tabiat-qo‘riqxona yer fondi toifalarini kengaytirsh lozim. Shuning dek, viloyatda
mavjud muhoza etiladigan tabiiy hududlar(METH) bir-biri bilan bog‘lanmagan bo‘lib, boshqa yer
toifalari bilan alohida “orollar” tarzida tashkillashtirilgan. Xalqaro tajribalarni viloyat hududida
tajriba-sinov tariqasida joriy etish imkoniyatlarni yanada yaxshilaydi. Zero, Yevropa va bir qancha
rivojlangan mintaqalarda bu tizimlar juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, samarali natijalarga
erishilgan.
Xulosa
o‘rnida shuni aytish mumkinki mintaqa va mamlakatlarda ekologik karkasni tashkil
etishda eng avvalo muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarga e’tibor beriladi. Muhofaza zonalari
hududning ekologik balansini saqlab qolishda o‘zak vazifani bajaradi va shunga monand tarzda
“ekologik yadro” deb yuritiladi. Buxoro viloyatida ham ekologik yadro muhofaza etiladigan
hududlar bilan o‘lchanadi. METH larni kengaytirish ekologik yo‘laklarni tashkil etish orqali
biologik xilma-xillikni ta’minlash, cho‘l va voha orasida bufer zona tashkil qilish, tuproq
degradatsiyasining oldini olish, ekoturizm salohiyatini rivojlantirish imkoniyatlari mavjud.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Buxoro viloyati o‘lkashunoslik atlasi. Toshkent. 2014, – B. 26.
2. Хасанов Ф.О., Шомуродов Х.Ф., Кадыров Г. Краткий очерк и анализ эндемизма
флоры пустыни Кызылкум // Бот. журн. - Санк-Петербург: Наука, 2011. Т. 96, — № 2. – С.
237-245.
3. Пономарев А.А., Э.И. Байбаков, В.А. Рубцов. Экологический каркас: анализ понятий.
Ученые записки Казанского университета. Том 154, кн.3. Естественные науки. 2012. Cт. -228.
4. Toshev X.R., Xolov Y.D. Jondor tumani aholi manzilgohlari va ularni tashkil etishning
nazariy asoslari //
NamDU ilmiy axborotnomasi. 2023, 6-son
, 692 b.
