RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
182
NUROTA TOG‘LARI LANDSHAFTLARI HOSIL BO‘LISHIDA GEOGRAFIK
OMILLARNING ROLI
Sunatov Hasan Nomoz o‘g‘li
Jizzax davlat pedagogika universiteti talabasi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada landshaft shakllanishiga ta’sir qiluvchi tabiiy va antropogen
omillar qisqacha bayon qilingan. Landshaft hosil qiluvchi asosiy komponentlar – relyef, tog‘ jinsi,
iqlim, suv, tuproq resurslari, biotik omillar va inson xo‘jalik faoliyati qisqacha tahlil qilingan. Har
bir omilning landshaft hosil bo‘lishidagi o‘rni va o‘zaro bog‘liqligi izohlangan.
Kalit so‘zlar:
Landshaft, tabiiy geografiya, relyef, iqlim, geologik omillar, biotik omillar,
antropogen ta’sir, geomorfologiya, tog‘, shamol, eroziya.
Landshaft – bu yer yuzasining tabiiy muhitini tashkil etuvchi elementlari o‘zaro bog‘liq va
bir-birini to‘ldirib turuvchi tizimdir. Landshaftning shakllanishi turli omillar ta’sirida amalga
oshadi. Nurota tog‘larida mavjud bo‘lgan tabiiy landshaftlar sirasiga quyidagi hududlarni
kiritishimiz mumkin: Nurota tog‘larida mavjud bo‘lgan tabiiy yong‘oqzorlar, mevali daraxtlar
o‘suvchi Janubiy Nurota tog‘larining shimoliy yonbag‘ri, Janubiy Nurota tog‘larining 1600 m
gacha bo‘lgan jigarrang bo‘z tuproqlar tarqalgan efemer va efemeroidlar o‘suvchi hududlari.
Nurota tog‘larida mavjud bo‘lgan tabiiy yong‘oqzorlar egallagan maydon 2599 gektarni tashkil etib,
Janubiy Nurota tog‘larining shimoliy yonbag‘rida joylashgan. Tabiiy yong‘oqzorlar landshaftlari
hosil bo‘lishida relyefning ta’siri asosiy pog‘onada turuvchi geografik omillardan biri bo‘lib, qiya
yonbag‘ir bo‘ylab oquvchi suv oqim tabiiy namlik bilan ta’minlab turadi. Yong‘oqzorlar hosil
bo‘lishi uchun qulay geografik o‘rin va iqlimdir. To‘g tizmasi nisbiy balandligi yetarlicha
balandlikda bo‘lganligi tufayli havo massalari tutib qolib, yetarlicha yog‘in tushishiga sabab
bo‘ladi. Iqlimning nisbatan iliqroq va Nurota tog‘laridan boshlanuvchi kichik soylar mavjudligi,
yog‘in miqdori yetarlicha ekanligi ushbu hududda yong‘oqzorlar egallagan landshaft maydonlari
hosil bo‘lish omilidir. Yong‘oq daraxti turli iqlim tipiga moslashuvchan bo‘lgani uchun uni
respublikamizning deyarli barcha hududlarida ekiladi. U ayniqsa, namlik yuqori bo‘lgan
hududlarda, shimoliy qiyaliklarda, tog‘ yon bag‘rilarida yaxshi o‘sadi va hosil beradi. Chunki
yong‘oq daraxti yorug‘liksevar o‘simlik hisoblanib, o‘sishi uchun qulay bo‘lgan joylarda
dumaloqsimon shox-shabbani shakllantiradi va bu uning yuqori hosil berishiga xizmat qiladi.
Yong‘oqzorlar landshafti shakllanishida suv resurslari muhim ahamiyatlidir. Yer osti suvlari
o‘simliklarda suv balansini saqlash, transpiratsiya jarayonining kechishida, yashillikni saqlashda
muhim ahamiyatlidir [2].
Nurota tog‘larining yaylov landshaftidan xalq xo‘jaligida chorvachilik tarmoqlarini
rivojlantirish maqsadida foydalanilishi tog‘ tizmasining quyi qismlari uchun o‘rta darajadagi
ta’sirga uchragan bo‘lsa, yuqori qismlari uchun kuchsiz o‘zgarish mavjud. Yuqoridagi omillar
ta’sirida yaylov landshafti tashqi ko‘rinishining o‘zgarishi, o‘simlik qoplami, zichlik
ko‘rsatkichining pasayishi, hayvonot olami turlarining quyidan yuqoriga tomon siljishi kabi salbiy
oqibatlar landshaftlarning hosil bo‘lishidagi antropogen omildir. Yaylov landshafti hosil
bo‘lishidagi tabiiy omillar iqlim, yog‘in, tuproq eng asosiysidir. Tog‘ yonbag‘rining nishablik
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
183
darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda erozion jarayonlar faollashmoqda va buning natijasida
landshaftlarning tashqi ko‘rinishida o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Erozion jarayonlar quyidagi
hududlarda kuchayib borayotganligini kuzatishimiz mumkin: Janubiy Nurota tog‘laridan
boshlanuvchi Ilonchisoy, Osmonsoy, Qo‘lbasoy, Garashasoy kabi kichik soylarning yuqori
oqimdan quyi oqimgacha soylik qirg‘oqlari yildan-yilga kuchli yemirilishga uchramoqda. Buning
natijasida Nurota tog‘ landshaftlari o‘zgarishi kuchaymoqda. Antropogen omillar natijasida Nurota
tog‘ landshaftlari hosil bo‘lishida ijobiy va salbiy ta’sirlar yuzaga kelayotganligi kuzatilmoqda.
Insonning bilvosita ta’siri landshaft shakllanishida salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmoqda.
Shimoliy va Janubiy Nurota tog‘lari oraliq qismida joylashgan Qizilqum, Uchquloch, To‘liboy kabi
qishloq hududlarda yer osti suvlardan qishloq xo‘jaligi uchun ko‘p miqdorda foydalanilishi, artezian
quduqlarning qazilishi yuqori mintaqa landshat sharoitining o‘zgarishiga olib kelmoqda. Buning
oldini olish maqsadida kerakli suv resurslaridan foydalanishga moratoriy tartibini joriy etish
maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Antropogen ta’sir natijasida landshaftlar hosil bo‘lishida
faqatgina salbiy ta’sirlar emas, ijobiy ta’sirlar ham mavjud. Bunga Nurota tog‘-yong‘oqzor davlat
qo‘riqxonasining tashkil etilganligini keltirish mumkin. Buning natijasida 22,5 ming gektar
maydondagi tabiiy landshaftlar o‘z holatida muhofaza qilib kelinmoqda. Bu omil ham albatta
landshaft hosil bo‘lishida va shakllanishida ahamiyatlidir.
Ushbu maqolada landshaftni tashkil etuvchi omillar, ularning mohiyati va ahamiyati to‘xtalib
o‘tiladi.
1. Relyefning landshaft shakllanishidagi roli. Relyef – bu landshaft hosil bo‘lishining asosiy
omillaridan biri. Tog‘li hududlar, tekisliklar va vodiqlar landshaftning umumiy ko‘rinishini
belgilaydi. Relyefning turli shakllari iqlim va suv resurslarining taqsimlanishiga ta’sir ko‘rsatadi [1,
2].
2. Iqlim va landshaft shakllanishi. Iqlim landshaftni shakllantiruvchi muhim omillardan biri
bo‘lib, yog‘ingarchilik, temperatura va shamol landshaftga bevosita ta’sir qiladi. Nam iqlim:
O‘rmon landshaftini hosil qiladi. Quruq iqlim: cho‘l va dasht hududlarini shakllantiradi. Iqlimning
o‘zgarishi landshaftning evolyutsiyasiga olib keladi. Misol uchun, global isish natijasida
cho‘llashish jarayonlari kuchaymoqda. Landshaftda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar
dastavval eng kichik morfologik qismlari – fatsiyalarda ko‘zga tashlanadi. Keyinchalik u yoki bu
urochishe o‘zgarishi mumkin. Ammo butun bir landshaftning ichki tuzilishi o‘zgarishi uchun
anchagina uzoq vaqt kerak bo‘ladi [5, 8].
3. Geologik tuzilma va landshaft. Yer po‘stining geologik tarkibi va uning evolyutsiyasi
landshaftning shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Vulkanlar, tektonik harakatlar va eroziya
jarayonlari relyef va landshaft ko‘rinishini o‘zgartiradi. Vulkanik faoliyat natijasida yangi tog‘lar va
platolar hosil bo‘ladi. Tektonik plitalarning harakati esa yangi vodiq va tog‘ tizimlarini
shakllantiradi.
4. Suv resurslari va landshaft shakllanishi: daryolar, ko‘llar va yer osti suvlari landshaft
shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Suv eroziyasi tog‘ jinslarini yemirib, vodiqlar va kanonlar
hosil qiladi. Shuningdek, suv resurslari o‘simlik va hayvonot dunyosining rivojlanishiga sharoit
yaratadi.
5. Biotik omillar va landshaft. O‘simliklar va hayvonot dunyosi landshaftning tashqi
ko‘rinishini shakllantiruvchi muhim omillardir. O‘rmonlar tuproqni eroziyadan himoya qiladi va
iqlimni namlaydi. Hayvonot dunyosi esa ekologik muvozanatni saqlashga yordam beradi.
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL
184
6. Antropogen ta’sir: Inson faoliyati landshaft shakllanishida tobora kuchli ta’sir
ko‘rsatmoqda. Qishloq xo‘jaligi, sanoat, shaharlashuv va resurslardan noto‘g‘ri foydalanish
natijasida tabiiy landshaft sun’iy landshaftga aylanishi mumkin. Landshaftning yoshini qaysi
vaqtdan boshlab hisoblash haqidagi yana bir fikr anchagina ma’qul ko‘rinadi. Uning mazmuni
shundan iboratki, landshaftning yoshi uning hozirgi ichki tuzilishi qachon shakllangan bo‘lsa o‘sha
vaqtdan boshlanishi kerak [4, 6].
7. Geomorfologik omillar: Geomorfologik omillar, yer yuzasining shakllanishi va o‘zgarishini
belgilovchi jarayonlardir. Ular orasida eroziya, akkumulyatsiya, tektonik harakatlar va vulqon
faoliyati mavjud. Eroziya jarayonlari, suv, shamol va muz orqali yuzaga keladi va bu jarayonlar
tuproqning hosil bo‘lishi va landshaftning shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Misol uchun,
daryolar o‘z yo‘llarida yerni eroziya qilib, yangi landshaft shakllarini hosil qiladi. Shuningdek,
tog‘lar va tekisliklar orasidagi farq, geomorfologik jarayonlar natijasida yuzaga keladi.
8. Tuproq va uning ahamiyati: Tuproq, landshaftning muhim komponentlaridan biridir.
Tuproqning tarkibi, tuzilishi va xususiyatlari, o‘simliklar va hayvonlar uchun zarur bo‘lgan
sharoitlarni ta'minlaydi. Tuproq hosil bo‘lish jarayoni, geologik va biologik omillar ta'sirida sodir
bo‘ladi. Tuproqning turli xil turlari, o‘simliklarning o‘sishi va tarqalishiga ta'sir qiladi. Masalan,
qumli tuproqlar, o‘simliklarning o‘sishi uchun kamroq qulay sharoitlar yaratadi, bu esa
landshaftning o‘zgarishiga olib keladi.
Landshaftlarning tuproqlari esa iqlim va relyefga bog‘liq holda tog‘ jinslarining havo, suv va
organik hayot ta’sirida o‘zgarishidan yuzaga kelgan hamda moddiy tarkibi tog‘ jinslari tarkibidan
farqli bo‘lgan murakkab tabiiy hosiladir. Tuproq qatlami landshaft hosil bo‘lishi nuqtayi nazaridan
komponent yoki omil sifatida emas, balki landshaftlarning markaziy, muhim bir strukturaviy qismi
sifatida qaralmog‘i ahamiyatlidir. Landshaftning tuprog‘i tuproq osti geologik qatlamlaridan
o‘zining tarkibi, tuzilishi va boshqa bir qator xususiyatlari bo‘yicha keskin farq qiladi [4,7].
9. Iqlim o‘zgarishi va landshaftlar: Iqlim o‘zgarishi, landshaftlarning evolyutsiyasida muhim
omil hisoblanadi. Global isish, qishloq xo‘jaligi va sanoat faoliyati natijasida yuzaga keladigan
iqlim o‘zgarishlari, landshaftlarning shakllanishiga ta'sir qiladi. Masalan, iqlimning isishi,
quruqlikdagi o‘simliklar va hayvonlar populyatsiyalarining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Bu
o‘zgarishlar, o‘z navbatida, landshaftlarning ekologik muvozanatini buzishi va biologik xilma-
xillikning kamayishiga sabab bo‘lishi mumkin.
10. Landshaftlar va inson faoliyati. Inson faoliyati. landshaftlarning o‘zgarishiga olib
keluvchi asosiy omillardan biridir. Qishloq xo‘jaligi, sanoat, shaharsozlik va transport
infratuzilmasi, tabiiy landshaftlarni o‘zgartiradi. Masalan, qishloq xo‘jaligi uchun yerlarni
o‘zlashtirish, tabiiy o‘simliklar va hayvonlar populyatsiyalarining kamayishiga olib kelishi mumkin.
Shuningdek, shaharlarning kengayishi, tabiiy landshaftlarni yo‘q qilishi va ekologik muvozanatni
buzishi mumkin. Shuning uchun, inson faoliyatining landshaftlarga ta'sirini kamaytirish va barqaror
rivojlanishni ta'minlash zarur.Antropogen omillar ta'sirida landshaftlarning o‘zgarishi faqat u yoki
bu komponentning o‘zgarishi natijasida bo‘lib qolmay, balki komponentlar orasidagi, qolaversa,
landshaftlarning morfologik qismlari orasidagi modda va energiya almashinishi bilan ham
bog‘liqdir. Natijada landshaftlardagi vertikal va gorizontal aloqadorlikning o‘zgarishi oxir-oqibat
landshaftlar strukturasining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi [3,5].
Xulosa.
Landshaft hosil qiluvchi omillar, geologik, iqlimiy, gidrologik, biologik,
geomorfologik va antropogen omillarni o‘z ichiga oladi. Ushbu omillar bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq
bo‘lib, landshaftlarning shakllanishi va evolyutsiyasida muhim rol o‘ynaydi. Landshaftlarni saqlash
“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”
185
va barqaror rivojlanishni ta'minlash uchun, bu omillarni chuqur o‘rganish va ularni boshqarish
zarur. Kelajakda landshaftlarni muhofaza qilish va ekologik muvozanatni saqlash uchun, inson
faoliyatining ta'sirini kamaytirish va tabiiy resurslarni oqilona foydalanish muhimdir. Landshaft
hosil qiluvchi omillar o‘zaro bog‘liq va bir-birini to‘ldirib turadi. Tabiiy landshaftni saqlab qolish
uchun insonning tabiatga ta’sirini boshqarish, ekologik barqarorlikni ta’minlash muhim ahamiyatga
ega. Bu esa global ekologik muammolarni bartaraf etish va tabiiy muvozanatni saqlashga xizmat
qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Aslanov, Ilhomjon, et al. "Characterizing land surface dynamics in Aral Sea basin of
Uzbekistan using climatic and remote sensing data to project future conditions."
E3S Web of
Conferences
. Vol. 575. EDP Sciences, 2024.
2.
Khaitbaev, Abror, et al. "Anthropogenic transformation of oasis landscapes in
Khorezm Province, Uzbekistan: A geoecological analysis."
E3S Web of Conferences
. Vol. 497.
EDP Sciences, 2024.
3.
Uzbekov, Umidkhon, et al. "Climate risk assessment in Uzbekistan: Surface air
temperature anomaly for 2080-2099."
E3S Web of Conferences
. Vol. 563. EDP Sciences, 2024.
4.
Bakhronova, Shakhnoza, et al. "Assessment of Ecological Damage using GIS and
Remote Sensing: A comprehensive literature review."
E3S Web of Conferences
. Vol. 563. EDP
Sciences, 2024.
5.
Abdurakhmonov, Sarvar, et al. "Literature analysis of international experiences in
studying the theoretical and methodological framework of GIS-based demographic mapping
processes."
E3S Web of Conferences
. Vol. 497. EDP Sciences, 2024.
6.
Karimov, Yunus, et al. "Land use and land cover change dynamics of Uzbekistan: a
review."
E3S Web of Conferences
. Vol. 421. EDP Sciences, 2023.
7.
Djuraev, Abdulla, et al. "Evaluation of soil salinity level through NDVI in Syrdarya
province, Uzbekistan."
E3S Web of Conferences
. Vol. 258. EDP Sciences, 2021.
8.
Yu, Karimov, and K. Yarashev. "EXPERIENCE OF WORLD AND UZBEK
SCIENTISTS
IN
MAPPING
SOIL
SALINITY
THROUGH
GEOINFORMATION
TECHNOLOGIES."
Экономика и социум
8 (111) (2023): 112-121.
