Authors

  • Jumanazar Xolmurzayev
  • Dinara Bozorova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.126054

Keywords:

Yer osti suvlari grunt artesian mineral suvlar soy va buloqlar Yer osti konlari

Abstract

Yer osti suvlarining Jizzax viloyatida muayyan qonuniyatlar asosida shakllanishi bilan birgalikda ularning ekologik holati va dehqonchilikdagi oʻrni, ahamiyati yoritilib oʻtilgan.

background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

210

JIZZAX VILOYATIDA YER OSTI SUVLARINING SHAKLLANISHI VA

GEOEKOLOGIK MUAMMOLARI

Xolmurzayev Jumanazar Ergashevich, Bozorova Dinara Qurbon qizi

JDPU oʻqituvchisi,

Annotatsiya.

Yer osti suvlarining Jizzax viloyatida muayyan qonuniyatlar asosida

shakllanishi bilan birgalikda ularning ekologik holati va dehqonchilikdagi oʻrni, ahamiyati yoritilib
oʻtilgan.

Kalit soʻzlar:

Yer osti suvlari, grunt, artesian, mineral suvlar, soy va buloqlar, Yer osti

konlari,

Maʼlumki, iqlimning oʻzgarib borishi va uning atrof-muhitga taʼsiri XXI asrning eng asosiy

muammolaridan biri boʻlib insoniyat oldida turgan jiddiy muammolardan biri hisoblanadi. Bunda
antropogen holatning faol taʼsiri ostida yer osti suvlarning qatlami va biologik xilma-xillikni saqlab
qolish muhim rol oʻynaydi

Hozirgi vaqtda yer osti suvlarini oʻrganish, asrab-avaylash, amaliyotga

tadbiq etish muhim vazifalardan hisoblanadi.

Viloyatda yer osti suvlari yer usti suvlariga bevosita chambarchas bog‘liqdir. Yer osti suvlari

daryolarning oqim rejimiga katta taʼsir koʻrsatadi. Yer poʻstining zich tog‘ jinslarining darz va
yoriqlarida, g‘ovak jinslar orasidagi boʻshliqlarda mavjud boʻlgan suvlar yer osti suvlari deyiladi.
Ular bug‘, suyuq va muz holatida boʻlishi mumkin. Bahor faslining mart-aprel oylarida daryolar
toʻlib-toshib oqadi. Shu vaqtda daryo suvlarining bir qismi yerga sizib, yer osti suvlariga qoʻshilib,
ularning sathini koʻtaradi. Kuz hamda qishda, daryo suvlarining asosiy manbai boʻlgan qor va
muzliklarning erishi toʻxtagandan keyin, daryolarda suv juda xam kamayib ketadi. Bu vaqtda
daryolar bahor va yoz vaqtida yoʻqotgan suvlarini atrofdagi qatlamlardan sekin-asta qaytarib oladi
va shu sababdan koʻpchilik soy va daryolar qurib qolmaydi

Jizzax viloyatida yer osti suvlari joyning geografik oʻrni, orografik tuzilishi, iqlimiy

omillarning taʼsir doirasi va joylashish qonuniyatlariga qarab turlicha taqsimlangan. Bizga
maʼlumki yer osti suvlari arid boʻlgan oʻlkalarda, shimilish yuqori boʻlgan, iqlimi quruq va issiq,
tuproq qoplami qumloq va gil, oʻsimlik qoplami kam, namlik ancha kam boʻlgan joylarda yer osti
suvlari ancha yaxshi yer ostiga soʻriladi va yig‘iladi. Natijada yer ostida katta miqdorda yer osti suv
dengizi paydo boʻladi. Gidrologik mutaxassislarning olib borgan tadqiqotlariga qaraganda Issiq
boʻlgan choʻl (Saxroi Kabir, Qoraqum, Qizilqum) kabi hududlarda yer ostida juda katta yer osti
suvlari yig‘ilganini kuzatadilar. Binobarin bizni viloyatimiz xam shunday arid oʻlkalardan
hisoblanadi. Viloyatimizning orografik tuzilishi geomorfologik qonuniyati janub baland tog‘lik,
shimol past boʻlgan tekislikdan iborat bu esa yer usti va yer osti suvlarining shimol tomonga
xarakatlanishiga olib keladi. Natijada viloyatning eng chekka shimoliy qismida qoldiq Aydar-
Arnasoy koʻllar tizimi shakllanganligini koʻrish mumkin. Yer osti suvlarining eng past joyga shimol
tomonga qarab oqishi natijasida botqoqliklar shakllangan. Undan tashqari Mirzachoʻl va Gagarin
shaharlarida tarkibida inson salomatligi uchun juda yuqori boʻlgan magniy, yod, kaliy, kalsiy, radon
kabi koʻplab foydali elementlar uchraganligi bois dam olish sihatgohlari va sanatoriyalar barpo
etilgan.


background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

211

Viloyat yer osti suvlarining joylashishi va tarqalish strukturasi tog‘likdan adir, tekislik va

pasttekislikka tomon miqdor va sifat jixatdan oʻzgarib boradi. Yaʼni tog‘li hududlarda 3000-3500
metrda muz va qorlar, 2000-3000 metrgacha qorlar, 1000-2000 metrgacha qor va yomg‘ir suvlari,
1000 metrgacha mavsumiy yomg‘ir suvlaridan toʻyinganligi bois yer osti suvlari xam mana shu suv
yig‘uvchi havza va toʻyinishiga qarab oʻzgarib kamayib boradi. Yer osti suvlarining joylashish
strukturasi turli joylarda geografik omillarga qarab turlicha tarqalgan. Yer osti suvlari geologik
qatlamlarning stratigrafik joylashuvi, geologik tarkibi, tuproq turi, oʻrmon bilan qoplanganlik,
relefning nishabligi, yer usti gidrografik ob’ektlarning kam yoki siyrakligi, suv massasi va balansi
kabi omillar taʼsirida yer osti suvlari miqdor va sifat jixatdan turli joylarda xar xil qiymatlarga ega.
Yer osti suvlari tabiatda 3 xil turda uchraydi. Grunt, artezian va mineral suvlarga boʻlinadi.

Viloyatda esa mazkur suvlarning uchchala turi xam uchraydi. Joyning geografik oʻrniga va

boshqa faktorlarga qarab turlicha tarqalgan. Tog‘li hududlarda barcha yer osti suvlari chuchuk,
tiniq, bir qancha elementlarga boy holatda uchraydi. Tog‘li hududlarda grunt suvlari buloq-chashma
boʻlib oqib chiqadi. Artezian va mineral suvlar esa ancha chuqurda joylashgan. Bu ham bevosita yer
osti geologik qatlamning tarkibiga bog‘liq xolatda joylashadi. Tekislikda esa gurunt suvlari ancha
chuqurda, shoʻr va loyqa boʻladi. Bunga sabab toʻyinish manbasi mavjud emas, iqlimi issiq va
quruq, ancha chuqurda joylashganligidir. Suv yig‘uvchi xavzadan qancha uzoqlashgan sari yer osti
suvlari xam shuncha kamayib pastlab, minerallashuv darajasi shuncha ortib boraveradi. Tog‘li
rayonlarda baʼzi joylarida suv 2-5 metrdan chiqsa, tekislik hududlarida 5-15 metrdan grunt suvlari
chiqadi. Tog‘li hududlarda bosimli, tekislikda esa bosimsiz boʻladi. Artezian suvlari grunt suvidan
ancha chuqurda, chuchuk, tiniq, mineralogik tarkibida koʻplab foydali elementlar uchraydi. Grunt
suvlar yer osti suvlarining pastga sizib oʻtishida “filtir” vazifasini oʻtaydi. Shuning uchun xam
artezian suvining foydalilik xususiyati ancha yuqori.

Yer osti sizot suvlarining 1997 yilda minerallashuvi past 0-3 g/l darajali boʻlgan maydonlar

73,65 ming ga dan, 2018 yil 152,76 ming ga yaʼni 79,11 ming ga ga (25,34%) koʻpaygan, oʻrtacha
minerallashuvi (3,1-5,0 g/l) boʻlgan maydonlar 1997 yil 86,11 ming ga dan 2018 yil 133,33 ming ga
ga yaʼni 47,22 ming ga ga (14,57%) koʻpaygan boʻlsa, yuqori minerallashuvi (5,0-10 g/l) boʻlgan
maydonlar 1997 yil 118,93 ming ga dan 2018 yil 13,75 ming ga ga yaʼni 105,18 ming ga ga
(36,58%) kamaygan, 10 g/l va undan yuqori minerallashuvi maydonlar 1997 yil 10,32 ming ga dan
2018 yil 0,7 ming ga ga yaʼni 9,62 ming ga ga (3,334%) kamaygan (3.3.1-rasm.). Umuman olganda
tadqiqot yillari davomida viloyat yer osti sizot suvlari minerallashuvini oʻzgarish qiymatlari tahlili
sezilarli darajada ijobiy koʻrsatgichlarni qayd qilmagan.

Natijalar shuni koʻrsatdiki, soʻnggi 20 yil ichida Jizzax vohasida ekin maydonlari sezilarli

darajada kengaygan. Yer osti suvlarining mavsumiy dinamikasi va yer osti suvlari va yer usti
suvlarining oʻzaro taʼsiri qishloq xoʻjaligi yerlarining kengayishi va yer osti suvlaridan foydalanish
natijasida keskin oʻzgargan. Xususan, yer osti suvlari gidrokimyosi mavsumiy oʻzgaruvchan
xususiyatga ega. Inson faoliyati yer osti suvlarining shoʻrlanishining kengayishiga olib kelmoqda.
Shu bilan birga, yer osti suvlari gidrokimyosini bug‘lanish-kondensatsiya, yuvish va erish,
yog‘ingarchilik, yuvish va aralashtirish, ion almashinuvi va yer osti biologik faolligini oʻz ichiga
olgan bir nechta mexanizmlarning ulanishi orqali boshqarish mumkin. Yer osti suvlaridagi mavjud
ekologik muammolarni oldini olish uchun quyidagicha takliflar tavsiya etiladi:

Suvning sifatini saqlash.

Yer osti suvlarining sifatini saqlash uchun ularni

ifloslantirishdan himoya qilish zarur. Bu, asosan, kimyoviy moddalar, pestitsidlar va sanoat
chiqindilarini zamin va suvga toʻg‘ridan-toʻg‘ri tushishidan oldini olishga yordam beradi.


background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

212

Suv taʼminoti.

Yer osti suvlari, ichimlik suvi taʼminoti va qishloq xoʻjaligida muhim

rol oʻynaydi. Ularning barqarorligi iqlim oʻzgarishlari va qishloq xoʻjaligi faoliyati bilan bog‘liq.

Ekosistemalarga taʼsiri.

Yer osti suvlarining oʻzgarishi yer yuzasidagi

ekosistemalarga, masalan, botqoq va daryo tizimlariga taʼsir qiladi. Bu taʼsirlar oʻsimlik va
hayvonot dunyosini bevosita taʼsir qiladi.

Iqlim oʻzgarishi.

Iqlim oʻzgarishi yer osti suvlari darajasining oʻzgarishiga olib

keladi. Suvlarning koʻpayishi yoki kamayishi turli ekosistemalara salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Alimkulov N.R. Mirzachoʻl tabiiy-texnogen tizimlarining landshaft-ekologik sharoiti.

Dissertatsiya 65 bet.

2.

Mirzaev J.A. Jizzax viloyati sug‘oriladigan yer va suv resurslaridan barqaror

foydalanishning ekologik jihatlarini baholash. Dissertatsiya . – T.: 2021. 69-b.

3.

Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi Jizzax gidrogeologiya-

meliorativ ekspeditsiyasi maʼlumotlari 2023y.

4.

Xaqberdiev O.E., Sodiqova G.S. Oʻzbekistonning yer-suv resurslari: muammo va

yechimlari. Oʻquv qoʻllanma – Toshkent: 2017, 13 b.

References

Alimkulov N.R. Mirzachoʻl tabiiy-texnogen tizimlarining landshaft-ekologik sharoiti.

Dissertatsiya 65 bet.

Mirzaev J.A. Jizzax viloyati sug‘oriladigan yer va suv resurslaridan barqaror

foydalanishning ekologik jihatlarini baholash. Dissertatsiya . – T.: 2021. 69-b.

Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi Jizzax gidrogeologiyameliorativ ekspeditsiyasi maʼlumotlari 2023y.

Xaqberdiev O.E., Sodiqova G.S. Oʻzbekistonning yer-suv resurslari: muammo va

yechimlari. Oʻquv qoʻllanma – Toshkent: 2017, 13 b.